Oydin Murovtog‘li (Aydın Murovdağlı) – Oydin Bandali o‘g‘li Hojiyev 1956 yilda Ozarboyjonning Ko‘kko‘l rayonida tug‘ilgan. Ganja davlat universitetini tamomlagan. Ozarbayjon jurnalistlari, Ozarbayjon yozuvchilari uyushmalari a’zosi, Ozarbayjon Ziyolilar jamiyatining faxriy a’zosidir.
Shoir, publitsist. Uning qator kitoblari chop etilgan. Turli tillarga tarjima qilingan.
BAYROQLAR
Tanishmoq istayman men uch bayroqning tilida,
Bayroqlarda titragan mash’al, chiroq tilida.
Bir harf ham o‘rganmadim, men tumtaroq tilida,
Bunga ham rozi bo‘lmas, osmon yaroqlari,
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
Yo‘qligidan yo‘l kelur, yaratganning yer yuzi,
Yana o‘ziga kulur bu dunyoning chor yuzi,
Shu damda hozirlashur asr payg‘ambar yuzi,
Unga ko‘ra bor bo‘lsin sulhning kular choqlari,
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
Abadiyat nafasi, haq, adolat ranglidir,
Insonlikka e’tiqod, ulug‘ xilqat rangidir,
Niyati ko‘rlar bilsin, oliy niyat ranglidir,
Olloh, Vatan ishqidato‘libdi quchoqlari!
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
Botu, Do‘g‘u orast nurlantirar zulmatni,
Uch davlatning surati, uch qatdoshning surati,
Bir- biriga orqadir, uchchovining hikmati,
Uchchovlari sayr etar muqaddas tuproqlarin!
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
Yurak urishi kabi yarashib dolg‘alanar,
Uchchovi uch cho‘qqiday, tog‘lashib dolg‘alanur,
Uchlarning muhtashami ziyosi dolg‘mlanur,
Dardlashuryurt ishqining vatandosh o‘rtoqlari,
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
Yorishib otzularim atay shunday degayman,
Bu yozning ari qo‘ngan chechagidan degayman,
Men Turonning poytaxti yuragimdan degayman,
Siynam eltadi sizga ishqning lal yotoqlari,
Ozarbayjon, Turkiya, Pokiston bayroqlari!
* * *
Yuzingdan malakning yuzini ko‘rsat,
Ko‘zingdan hiylaning ko‘zini kursat,
O‘zingni tezlagan o‘zingni ko‘rsat,
Taniyin sani!
Boshingni qorningga yig‘, tanisinlar,
Vijdoning tiklanib, qirq tanisinlar,
Ichingdan ashyo chiq, tanisinlar,
Taniyin sani!
Burilib kezursan gul bozorida,
Saloming bilinmas el bozorida,
Tilingni asragin til bozorida,
Taniyin sani!
Insonlik deguvchi yaan uydirmadir,
Qo‘l qo‘y, ichingdagi kin uydirmadir,
So‘yla, axir sanda san uydirmadir,
Taniyin sani!
Ont ich, sen ko‘m-ko‘ksan, hali yashilsan,
Ont ich, sen gadoning vatandoshisan,
Ont ich, sen irigan bir bosh toshisan,
Taniyin sani!
Ko‘rsat san o‘zingni, bir marta ko‘rsat,
Arzon matohingni qimmat deb ko‘rsat,
Sendagi shaytonni Ollohga ko‘rsat,
Taniyin sani!
* * *
Bir kun yerdan ko‘kka boshlayadursan,
Beshikdek, mozordek bo‘sh qoladursan,
Tuxuming ko‘ksingda tosh bo‘ladursan,
San nega to‘yursan toshingga dunyo?
Dardga chidamlisan goh-goh o‘zingmi,
Turib yig‘lagaysan so‘rab o‘zingni,
Sotding yaratilgan kunday o‘zingni,
Yig‘ibsan mol-dunyo hirsini dunyo!
Yo‘l topdim, ket dedim yo‘lning ichida,
Yaltoqning ichida, yolg‘on ichida…
Ollohim besh milyardquling ichida,
Beribsan davlatning beshiga dunyo!
Davo karvonidek chizsang tog‘larni,
Manga desa qumday buksang tog‘larni.
Taroziga qo‘yib tortsang tog‘larni,
Kelmas yuragimning toshiga dunyo!
Ko‘pincha, o‘svolib butoqlanibsan,
Hiyladan sut emib, qo‘ndoqlanibsan,
San nega gomardga adoqlanibsan,
Qolaman tushunib-tushunib dunyo!
Goho qisilaman, vohidman, birman,
O‘zimdan-o‘zimga izman, zarurman,
Saning gardishingga ochilmas sirman,
Qorishma Oydinning ichiga, dunyo!
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi