Nizomiy G‘arib (1972)

Nizomiy G‘arib (Nizami Qerib) – Shohkeldiyev Nizomiy Variqa o‘g‘li 1972 yilda Ozarboyjonning Bosarkechar tumanida tavallud topgan. 1992-1996 yillarda politexnika institutida tahsil olgan. Matbuotda maqola, she’rlari chop etilgan. “So‘zlagan kamonim, yig‘lagan sozim”, “Vokzalga keladiganman” singari kitoblari chop etilgan.

EHTIYoJIM BOR

Dardimni eslatmas yomg‘ir tomchisi,
Ko‘klagan sellarga ehtiyojim bor.
Jonli daralarga, qorli tog‘larga,
So‘nali ko‘llarga ehtiyojim bor.

Ko‘nglim na tanishar, na dunyosidir,
Sohil hasratimni bo‘z siynasidir.
Dengizdan hadiyam qum donasidir,
Bo‘ronli cho‘llarga ehtiyojim bor.

O‘tib borayotgan umirni o‘yla,
Go‘ychaning atrini keltirgan bo‘ylar,
G‘aribman, subh chog‘i g‘unchadan so‘yla,
Ochilgan gullarga ehtiyojim bor.

AYRILIQ

Sen ketgan kuningdan sirdoshim bo‘ldi,
Yig‘ladim, ko‘z yoshim artdi ayriliq.
Qutqara olmadi birorta kimsa,
Chekkan azoblarim bildi ayriliq.

Holim harob bo‘ldi, qo‘limda aso,
Qo‘ymadi bir nafas, kelmas yor esa.
Dunyoda yuzimga kulmadi kimsa,
Shodlanib holimdan kuldi ayriliq.

G‘aribman, dardimni ko‘tardi menday,
Ko‘rmadi bir bora nashida menday.
Bu yolg‘on umrni yashadi menday,
Qalbimda men bilan bo‘ldi ayriliq.

YoLG‘ON MUHABBAT

Bizlar ikki jonda bir yurak edik,
Sira ayriliqni tushunmas edik.
O‘zimiz qurgan shu ishq saroyini,
Hali olovida isinmagandik.

Bilardim hijronning so‘ngidir visol,
Bilmadim visol ham hijron bo‘larmish.
Bir so‘z bilan bizlar begonamisol,
Sevgan sevganidan ayrilar emish.

Sanki, bilmas eding ishq o‘yinini,
U o‘yinlar og‘ir, bari yolg‘ondir.
Zamonlarni buzar eng kichik yolg‘on,
Bizni ado qildi katta yolg‘onlar.

Axir, elanardi bizning muhabbat,
Eng kichik shubha ham sig‘magan edi.
Bir yolg‘on ustida qurilgan sevgi,
Ado bo‘lgan edi, qolmagan edi

ShUShA, SEN OZODSAN

Ko‘rmakka zor edik, asir holingni,
Uzib zanjirlarni yechdik qo‘lingni.
Cho‘qqilardan topib zafar yo‘lingni,
Shusha, sen ozodsan! Bizlar ham qaytdik!

Bezakdir tumaning, joning qoshingda,
Jannat tasvir bo‘lgan har qarichingda.
Jon berib, jon olib, haq savashinda,
Shusha, sen ozodsan! Bizlar ham qaytdik!

Bo‘ynini bukmagay oshiq bulbulin,
Yana ifor sochar chechaging, guling.
Mozori buzilmas, Xonning, Bulbulning,
Shusha, sen ozodsan! Bizlar ham qaytdik!

O‘rdumiz dushmanning qaddini egdi,
Xalqimiz g‘alaba libosin kiydi.
Oliy bosh qo‘mondon g‘ururla dedi,
Shusha sen ozodsan! Bizlar ham qaytdik!

Dilbar Haydarova tarjimasi