Ilhom Qazaxli (İlham Qazaxlı) 1973 yil 13 mayda Ozarboyjonning Qazax rayonida tug‘ilgan. Shoir. “Qalbimning duosi”, “Sevgisiz yashamoq bir afsonadir” kabi kitoblar muallifi. Bokuda yashab ijod qiladi. “Qizil qalam” mukofoti sovrindori. Iroq-turkman yozuvchilar birligi a’zosi.
BOKUNING OQShOMLARI
Fusunkordir, go‘zaldir,
Yulduzlarning shomlari.
Kuy-u, she’r, g‘azallari,
Bokuning oqshomlari.
Ko‘zga yoqar nurlarga,
Mengzanur shahar, zarga,
Mayli, chiqqin Hazarga,
Bokuning oqshomlari. O‘o‘
Xiyobonlar gul, alvon,
Ko‘rganni etur, hayron,
Mo‘jilidir har on,
Bokuning oqshomlari.
Kuylaydi sohil, dengiz,
Ko‘chalar toza, ta’miz,
Yoddoshlarga qo‘yar iz,
Bokuning oqshomlari.
Qozoqli ko‘ngil olur,
Xotiralar jonlanur,
Ol saharga boylanur,
Bokuning oqshomlari.
UYG‘OT
Idrok sukunatda, amallar loldir,
Bu na tushkunlidir, na miskin holdir?!
Etar.., oyoqqa qalq, ruhingni qoldir,
Uyg‘ot yoddoshingni, san jasur turksan!!!
O‘zingga kelganda san ko‘p buyuksan!
Qudrating ko‘rganlar bilur zahmingni,
Hiylagar dushmanlar deyir fahmingni,
Tarixda ko‘p ko‘rib bo‘shar rahmini,
Dushmanga ko‘z tag‘i dnyoga ko‘rksan,
O‘zingga aylansan san ko‘p buyuksan!..
Sensan tarix yozgan, xonadon qurgan,
Xoinga, nomardga qonlar ichirgan,
Xiylasin – vahdatdan yaralgan TURON,
O‘zbeksan, qozoqsan, uyg‘ursan, turksan,
O‘zingga do‘nganda eng ko‘p buyuksan!
Yozilib oldingga maydon, unga tushsang,
Zarbangdan dushmanlar bo‘lar, yer ila yakson,
Raqiblar ko‘rurlar nahangsan, nahang,
Olchoqning, nomardning ko‘zini o‘y san,
O‘zingga do‘nganda san ko‘p buyuksan. !
Quyoshdir mash’alang, otashdir zarbing,
Hunar cho‘qqisidir, eng baland cho‘qqing,
O‘zingni turk ata, o‘zingni unut,
Agar bir bo‘lmasang, yolg‘izsan, toqsan,
O‘zingga do‘nganda, san ko‘p buyuksan!
Dilbar Haydarova tarjimasi