Ibrohim Ilyosli (1963)

Ibrohim Ilyosli (İbrahim İlyaslı) – Hojiyev Ibrohim Musa o‘g‘li 10 mart 1963 yilda Ozarbayjonning Qazax rayoni, Aslanbeyli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1998 yildan mamlakat yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2018 yildan Turk adabiyoti fondining a’zosi. Hozirda “Sumgait poeziya uyi” direktori. She’lari qator xalqaro antalogiyalarda chop etilgan.

* * *

Uyg‘on, och ko‘ngil eshigin,
Do‘st, sizga mehmon kelaman.
Barmoqlari lachak-lachak,
Siynasi ol-qon kelaman.

Yo‘lda kelmayman. Uchaman,
Lablari pichir-pichir man.
*Kun kabi issig‘im sochaman,
Oy kabi pinhon kelaman.

Yulduzlarni ulfat ayla,
Hayotim-la suhbat ayla,
Yoronlarni xilvat ayla,
To‘kilguncha don kelaman.

El etgan elning qurboni,
Gul tutgan qo‘lning qurboni,
“Kel” degan dilning qurboni,
Kelaman, ay, jon kelaman!

Sarg‘aygan oq qog‘oz kabi,
Sarg‘aygancha yelaman.
Bu saning Ibrohiming!-
Dedimmi: hamon kelaman!

QANDAYSAN

Manim sandan uzoqlarda,
Yomondir holim, qandaysan?
Boshqasiga qismat bo‘lgan,
Shohi-jalolim, qandaysan?

Yolg‘onga aylandi chinlarim,
O, go‘zalim, ochunlarim,
Chamanim, cho‘lim, chechagim,
Asalim, bolim, qandaysan?

Toshdurman yo‘lingda bitgan,
Na sirdir anglamas yetgan.
Ko‘zi, yeo‘ngli dil-dil tutgan,
Dillari lolim, qandaysan?

Zar-zebom, lalim, gavharim,
Yoqut, yaman, siymi-zarim,
Barmoqlari baxtavorim,
Boshi balolim, qandaysan?

Uzun do‘nmas manga sari,
Yori o‘z umridan, yori.
Ibrohimning sitamkori,
Qandaysan, zolim, qandaysan?

Dilbar Haydarova tarjimasi