Gazanfar Masimo‘g‘li (Qəzənfər Məsimoğlu) 1963 yil 22 noyabrda Gruziyaning Dmanisi tumanida tavallud topgan. Ozarbayjon inshoot muhandislari institutini tamomlagan. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.
“Kimning yo‘qsa muhabbati”, “Men go‘zallik oshiqiman”, “Sevgisiz umr bo‘lmas” kabi kitoblari chop etilgan.
NEGA YIG‘LAYuRSAN, KO‘HNA UYIMIZ
Umring yig‘lar yana yoshing yig‘laydi,
Kuzing faryod qilar, qishing yig‘laydi,
Boqib bir-biriga, kuyinib to‘lur,
Daraxting yig‘aydi, toshing yig‘laydi,
Nega yig‘layapsan, eski uyimiz?
Bunda yoddoshimning kuyli dunyosi,
Zamon o‘z hukmini devordan oshib,
Bolalikdan kezgan hayot- yasanib,
Yo‘limni, izimni ot oyoq bosib,
Nega yig‘layapsan, eski uyimiz?
Eshiging qachondan zulfin solibdi,
Toleying qaromi, aqli qolibdi,
Dardlari ayon bu panjaralarni,
A’lo bil siynasi dog‘li qolibdi,
Nega yig‘layapsan eski uyimiz?
Ko‘rganimiz bu shon firib tog‘ bo‘lib,
Quyidan asar yo‘q, tag‘in dog‘ bo‘lib,
Yozdagi gullarning urug‘lariday,
Yozning shamolidan mast-alast bo‘lib,
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Dardini yozmoqqa laylaklar to‘zar,
Parishon qanoting mushtimga to‘zar,
Sizlaydi o‘shandoq karomatatlarni,
G‘amli ko‘rkamiga yurak ham to‘zar,
Nega yig‘lamaysan, ko‘hna uyimiz?
Saning har qariching qalbim sasidir,
Otamning qo‘llarin nishonasidir.
Bu hazor ovozi bo‘lgan qoyalar,
Har biri bir hayot hikoyasidir,
Nega yig‘layursan keksa uyimiz?
Onamning tarog‘i, chehrasi qani?
Qadimdan ochgani mehrobi qani?
Lablar orasida og‘zi bulovli,
Otamning boltasi, teshasi qani?
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Qozoning qaynamas, chelaging to‘lmas,
Qo‘nur tutimizning dodidan bo‘lmas,
Qaysi bir xonaning yonar chirog‘i,
Sening orzulatgan hislaring so‘lmas,
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Otamning joyidan, to‘fonlar o‘tib,
Onamning xonasi, jahonlar etib,
Bundagi jimlikdan quloq tutilar,
Bunda bir sevgining ohangi o‘tib,
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Qalbim qonga to‘lar, bu holni sev san,
To‘y-nishon so‘roqli yillarni sev san.
Ota hasratida yo‘llarga boqqan,
Uch o‘g‘il, to‘rt qizning bo‘yidan ehson,
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Agar istar esang, tosh bo‘lay senga,
Oqay yonog‘ingdan, yosh bo‘lay senga,
Naysonlar bo‘layin qora bulutdek,
Yolg‘izim yig‘layin, qo‘shilib kenga,
Nega yig‘layursan, ko‘hna uyimiz?
Kelib tuprog‘ingni o‘pib ekaman,
Qo‘limda ruhingga duo etaman,
Ona Vatanimsan, ota yurtimsan,
Sen tomon uchaman, seni quchaman,
Yig‘lama, yig‘lama, ko‘hna uyimiz!
NAFTALAN
Kel, o‘tli, olovli bir salom beray,
Erisin qo‘limda qo‘ling, Naftalan.
To‘rg‘ayday sadoli, bulbul lahjali,
O, nozli, ishvali kelin Naftalan.
O‘ying tartar, Barda so‘ling, sog‘ingda,
Gul-chechaklar atri bog‘cha-bog‘ingda,
Yomg‘irdan keyingi kuy qurshog‘ida,
Bog‘lanar u nozik beling, Naftalan.
Eng buyuk davlatning eng buyuk borning,
Shirin tabassumli bu insonlarning,
Yashil yaproqlarning yashil jomlarin,
Sochini taragan, yeling Naftalan.
Axtar, Sehirlida nafas ol, tayan,
Tonglari muallim, do‘stin saylagan,
Qora mazutidan, shifo izlagan,
Oltini, gavhari, la’li Naftalan.
Sevdi Qozonfarni, mehmon ayladi,
Hasrati, hijroni hayron ayladi,
Imtihonlar etdi, sinov ayladi,
Ramazon so‘roqli eling Naftalan!
ONA
Uzoqlardan keldim, g‘amlarimni yeb,
Ona mozoringni o‘pib qaytaman.
Yuragimda qayta gullagaysan deb,
Ko‘zimni yoshini sepib qaytaman.
Sepganim o‘choqqa, o‘tga hasratman,
Qo‘llaringdan ketgan dodga hasratman.
Dilimda muqaddas otga hasratman,
Ona, mozoringni o‘pib qaytaman.
Onajon, belingni yag‘ir aylagan,
Baxting, toleyingni faqir aylagan,
Menga ayriliqni og‘ir aylagan,
Ona, mozoringni o‘pib qaytaman
Eh, sendan qobog‘im dog‘ ko‘rdi siynam,
Yozig‘ingga qarshi na qilay egam?
Yotgan tuprog‘ingdir, Makkam, Madinam,
Ona mozoringni o‘pib qaytaman.
Shoir Gazanfarman, bag‘rim yaralar,
Bilmasdim umrimda alam yer ular.
Gul-chechak ichindan o‘tib nolalar,
Otamning qabrini topib qaytaman!
Dilbar Haydarova tarjimasi