Elmiddin Habibo‘g‘li (1982)

Yusupov Elmiddin Habib o‘g‘li (Elməddin Həbiboğlu) 1982 yilda Ozarbayjonning Fuzuliy tumanida tug‘ilgan. “Kechikkan orzular”, “Vatanim toshiga qo‘ying boshimni”, “Tabassum” nomli kitoblari chop etilgan. Turkman yozarlar birligi a’zosi. Ozarbayjon nashriyotida xizmat qiladi.

* * *

Yana sensiz bu kunim, yana ruhim parishon,
Uyushadi badanim, yurak uradi ishon,
So‘rmoqdan zerikmaslar sani mandan so‘rashgan,
Saning ishqingda kuygan, yuragimga na deyin,
Kelmaydi deb aytaymi?

Deyinmi u kulganda, butun dunyo quvonur,
So‘zlarim olovlanur, butun hissim uyg‘onur,
O‘chirishni bilmayman, butun ruhim ham yonur,
Saning ishqingda yongan, yuragimga na deyin,
Kelmaydi deb aytaymi?

Deyinmi u boqqanda, unutaman o‘zimni,
Unga bag‘ishlagayman, har she’rimni, so‘zimni,
Ochaman haq uyiga yaratganga o‘zimni,
Aytchi mening dardkashim yaratganga na deyin?
Sevganim bilmaydimi?

Hech alisha bilmayman, sensiz bu bo‘sh hayotga,
O‘zing aytchi ishqdan bu qora koinotga,
San o‘zgaga Onasan, habib o‘g‘lin yot ata,
Senga mendan uzoqda bax topganga na deyin,
Yaradan o‘lmaydimi?

* * *

Ey tabibim, man axir o‘zga nigor istamadim,
San o‘zingsan bahorim, o‘zga xabar istamadim.

Man saning ishqing ila, majnundan o‘tib ketdim,
Yor manim davlati-borimdir ki, bor istamadim.

Bag‘rimda o‘t qalanib, yonur namrud o‘tidek,
Qo‘y yonay, o‘t dilimni gul bo‘lishin istamadim.

Ishq yo‘lida shishadek, yor mani ossangda dorga,
Ishq dori boshimdadur, , yor kuyishing istamadim.

O‘qiydi o‘z guliga, so‘zlarimni bulbuli-zor,
Qo‘rqdimki yor kelishi, bir yil bo‘lar istamadim.

Chun yorim yaxshi bilar, ko‘zlarining xastasiman,
U ko‘zlar o‘zgasiga manzil bo‘lar, istamadim.

Kim bo‘larki yor uchun, Habib o‘g‘lidek o‘sal,
Shoirning qaddi egilib, dol bo‘lar istamadim.

MANIM KIMIMSAN?

San manim hasratim, san manim g‘amim,
Ham manim savlatim, ham manim damim,
O‘zingga olmaysan, sirli alamim,
Umr mizrobimsan, umr simimsan,
O‘zim ham bilmayman, asli kimimsan?

Hech qachon izlamadim, izingdan o‘zga,
Oy yuzga boqmadim, o‘zingdan o‘zga,
Quvonch axtarmadim o‘zingdan o‘zga,
O‘zimga tug‘ishgan, tug‘ma dilimsan,
O‘zim ham bilmayman, manim kimimsan?

Umrimning mizrobdan sozisan emish,
Adolar etganing nozisan emish,
Umr bilib bo‘lmas, yozajon emish,
O‘zimsan o‘zimdan odim kulimsan,
O‘zim ham bilmayman, manim kimimsan?

Taniy ham olmayman, o‘zimni sansiz,
Saqlaya bilmayman, to‘zimni sensiz,
Yolar yondirmasin ko‘zimni sensiz,
Yurtsiz hasrat chekkan oyim, yilimsan,
O‘zim ham bilmayman, manim kimimsan?

Dilbar Haydarova tarjimasi