Dolg‘a Xotino‘g‘li (1981)

Dolg‘a Xotino‘g‘li (Dalğa Xatınoğlu) 1981 yili Ozarboyjonning Julfa shahrida tug‘ilgan. Ilk she’riy kitobi “O‘zlik” nomi bilan 1998 yili Tabriz shahrida chop etilgan. Keyinroq “Chechagim mening”, “O‘lim simfoniyasi”, “Dengizga yaqin”, “Oyna” she’riy to‘plamlari chop etilgan.
2019 yili Imomiddin Nasimiyning forscha g‘azallaridan turk tiliga o‘girib, chop ettirgan.

GO‘ZALSAN

Bir yonimda:
Go‘zalsan,
O‘rtanib, ko‘zlarimni bir kez qoldirib,
O‘zingga boqa bilmasam shundoq go‘zalsan,
Ko‘r bo‘lsam, hech bo‘lmasam bunday,
Yana go‘zalsan.
Yozni ko‘zlayman,
Qarshimdan chiqqan har gulga egilib salom demoqqa
Eringga, har o‘sgan og‘ochning butog‘ini ushlab qo‘l bermoqqa.
Gullarni so‘ldirgan,
Qish og‘ochlariga qaramay, muzlarning bug‘iga qaramay,
Hatto, yuzingga tutgan oltindan ham shunday go‘zalsan.
Bir yonimda:
Fotografchi kishi shoshib turdi so‘ngra,
Na manga, na boshqalarga mengzagan suratimni kutgancha,
So‘ngra shahlo ko‘zlaringga ishonolmadi bir zum,
Ko‘zgudan boqilsa, man
chirmab tashlanganman,
Uning ichida bo‘lmaydigan kiyimlarim,
So‘ngra unimni kesdi bir polis
Oting nima? – baqirdi,
Yuragimda, otim Hechkim-
deganda hurkdi.
So‘ngra bir qassob ko‘rdim
Boshidan tutab, baliqqa suzishni o‘rgatdi,
Qo‘limga boqib, bir qush uchmoqlikni o‘rgandi.
Oh, uyim, uyim.
Ichingda kechdim yorqin,
Soatni qiyomatga qo‘rib yashagim kelur.

SOChLARING

Sochlaringning uzunligidir umrim,
So‘ylamak shart emas,
Bir tolasi ham manga qiyin bo‘lmas umr bo‘yi.
Bilaman.
Qachon umrim boshladimki,
tugamasligidan qo‘rqay?
Yuragini siqma,
Saning o‘sha sochlaring uzunligicha qisilgan qo‘llarimda?
Qani,
Dengizni shartta ko‘tar qo‘lingga,
Tabassumli, u quyosh yuzli yuzini,
O‘zingdan sochilgan ishq duosini tishlamoq istaram,
Istaram yana istaram.
Ishq soch o‘ngimga yo‘l ochgan ichimga.
Shunday dolg‘alansin umrimga aylanmish sochlari.
Yuragingni siqma,
Kech yuraging istasa, kech,
Qachon umrim boshladimki,
tugamasidan qo‘rqay?

ILK SEVGI

Nega yarar sanga boqmagan bir ko‘z?- degandim,
Sani quchmoqdan qancha yota bilarmish inson?
Lablaringsiz qanday kula olar?
Og‘zingsiz qanday to‘ya olar?
Sasingsiz qanday uyg‘onarkin?-
degandim.
Sira yashamadim shanki bularsiz hech qachon,
Sani ilk ko‘rganimdan anchp ketganimdan so‘ngra.
Boqishlarimdan boshlandi go‘zalliging, bilursan,
So‘ngra uzun,
Go‘zal ko‘rganim qadar go‘zallashdi.
Oh bir qish kunini xotirlayman,
Universitet yonidagi parkni,
Chinor og‘ochi,
U ham, bizlar kabi tashlab ketgan u yerdan endi,
Sevinib sevishmak istadik oldinda,
Zotan shahar og‘ochisiz bir ko‘rimsiz biz uchun,
Ko‘zimga ko‘rinmasdi hech kim senga boqqanda,
Yaxshiki ko‘rmadik hech kimni,
Tutilardik yo‘q esa yolvorardik…
Seni sevmakka bir yurak yetmas,
Bir umr yetmas – derdim hamon,
Ko‘r bo‘lar yo‘qligingni ko‘rsa ko‘zlarim,
Kar bo‘lar lablaring suzilsa quloqlarim,
San bo‘yli bo‘shliq ochilar
quchog‘imda – bilirsan dedim…
So‘ngra bir kecha yo‘qqa chiqdi dudoqlaring,
Qo‘llaringni qaradim hovuchlarimda, yo‘q edi,
Ko‘zlaring suzilgan bus butun,
Kiyimlaringni yechgandim egningdan,
Ichidan topmadim sani bir lahza,
Bir eshik yopildi,
Sen ketding, yuragim ketdi, ishqlar ketdi,
Eshikni itargan go‘dak kabi turib- keldim,
Ammo quloqlarim,
Yana aniq eshitardi sassizligi,
Ko‘zlarim yana ochildi yo‘qligingni ko‘rmoqqa,
Oh biz, oh biz,
Ayriliq sevgimiz kabi, ongsiz, nodonsiz…

Dilbar Haydarova tarjimasi