Aziza Og‘ahusayn qizi (Əzizə Ağahüseynqızı) 1960 yili Ozarbayjonning Beylaqan rayonida tug‘ilgan. Boku Davlat Universitetida tahsil olgan. “Qizil qalam” media mukofoti laureati, prezident mukofotini olgan. Ozarbayjon yozmrlar birligi va jurnalistlar birligining a’zosi.
SO‘ZGA KELDIM
So‘zu-sozdan shoshib keldim,
So‘zni suvdek ichib keldim.
So‘zki, kuchli tog‘ soyiydi,
Men bu soydan kechib keldim,
So‘zga keldim.
Nafasimni tentitdi u,
O‘ylarimni gangitdi u,
O‘z ichimda bino qurdim,
Navo edi, qo‘rqitdi u.
Naqshlari sexirlidir,
Ilmalari mehirlidir,
Ilhom otim uchqur edi,
Man bu otni minib keldim,
So‘zga keldim…
Tomirda qonim o‘ynadi,
Oqshomim, tongim o‘ynadi,
Men bu jonni so‘zga berdim,
Ruhimda jonim o‘ynadi.
Ichimdagi ohim mening,
Oq tuyoqli baxtim mening,
Tangrim uni menga berib,
Ellarimga yoqdim o‘zim.
Yotdim shirin butam bo‘ldi,
Turdim shunda yetar bo‘ldim,
Onam bo‘ldi, otam bo‘ldi,
Men tug‘ilib so‘zga keldim.
Afsunlidir sirli jonon,
Qiymadi, qizarib, yondim,
U kelmasa o‘lik jonman,
Tug‘ildi iz -iza keldim,
So‘zga keldim…
OTAM XOTIRASI
Saharda ufqning ranglari bo‘g‘iq,
Ko‘kni to‘ldiribdi bulutlar yana.
Yodimda otalik kunlarim to‘liq,
Manim ovozimda bulut bor yana.
Siz mening sevinchim, siz yana g‘amim,
Vurg‘unni qo‘riyman, sog‘inchni sevdim.
Nurli tabassuming ko‘ngil hamdamim,
So‘zing, suhbatingdan isindi uyim.
Ovuna olmayman yoding yetardi,
Kunimni sanchaman yerlarga ota…
Qaro qish bahordan xabar keltirdi,
Sani qaytarmadi bu bahor, ota…
BU HAM BIR TOLEDIR
Gohida boqmaysan yuzimga manim,
Adabiy majlisdan kech qaytganimda.
Yupanib gohida injitgan manim,
Yuragin g‘amim-la ovutganganida.
Yaxshiki oq varaq, qora qalam bor,
Qalbimning o‘tini to‘kaman unga.
Tuyg‘usiz, she’rlarsiz yashagan kunim,
Ruhim arshdan nogoh qulaydi yerga.
Qayerga yuz burib, kimga so‘ylayin?
Ichimda yig‘laydi so‘ngan umidim.
Bu g‘arib shaharda ko‘nglim uyi yo‘q,
Eshiklarni ochib, tashqari ketdim…
O‘zimga kelaman savol beraman,
Dardimni aytaman, aytayin kimga?
Iltijo tuyaman, sinov eshigin,
Marjonday teraman she’rlarimga.
O, mani keltirgan bashar bag‘riga,
Artar ko‘z yoshimni, silar damo-dam.
Ko‘rasan dunyoda bunday tuyg‘uni,
Bu dunyoda bormi, bedard bir odam.
Baliq suvdan ayro yasharmidi hech,
Bu so‘z daryosida baliq kabiman.
Ilhom parisini qo‘rib har kecha,
Misralar og‘zida farishtaman man.
Bu so‘ngsiz ummonda qo‘noq bo‘lmoqqa,
Oddiy so‘zlaring ham muhtasham sening.
Yurakni ezishga na borki bunda,
Yashasin bir shoir sevib vatanin.
Mening jismimda so‘z, ruhimda so‘zdir,
So‘zdan qanot olib so‘z-la uchaman.
Qarshimda oq varaq, qo‘limda qalam,
Yangi cho‘qqilarga yo‘llar ochaman…
Sen nega yuzimga boqmaysan jonim,
Mendan yaxshimidi yana bir malak.
Qizg‘anma bu yerdan, samodan jonim,
Sani ham sevaman o‘z she’rlarimdek!
Dilbar Haydarova tarjimasi