Safarli Aysel Xonlar qizi (Aysel Xanlarqızı Səfərli) 1982 yilda Ozarbayjonning Lenkoran tumanida tug‘ilgan. “Bir dunyo bor”, “Yo‘qlikning joziba quvvati”,”Karantin bo‘shlig‘i”, “Sog‘ingan she’rlar” nomli kitoblari chop etilgan. Tabrizda “Qaydasan, do‘stim”, Turkiyada “Derazamga quyosh chiz”, Germaniyada “Bu kun kuz kabiman” nomli kitoblari bosilgan.
* * *
Sen bir bozor tongida shirin uyqu kabisan,
Ayrilmoq istamayman u saharning atridan.
Eng kovrak orzularim dudog‘imda sevilao,
Har nafasda bol oqar she’rlarimning satridan.
Quchog‘ingni yozgancha kel,och, bag‘ring lim to‘lsin,
Piyolada qahva kabi, yotog‘imga to‘l bu kun.
Eng dodli kalimada aytilganda so‘zlaring,
Bir umrga keldim de,azizlansin ushbu kun…
Bir bozorning tonggida sahar yemagi kabi,
Choyimning shakari bo‘l,dimog‘imning dodi bo‘l.
Namli kipriklarimda sevinch o‘tin qalayin,
Eng ulug‘ odamlarning kutilgan nomzodi bo‘l.
Bir bozorning tonggi bo‘l, uyim to‘lsin quvonchga,
Sahar sog‘inguvchi dodingda sevdim seni…
Sasing to‘lsin xonamga,otimday sevdim seni…
Bahorning chechagiday,botinda sevdim seni…
* * *
Sog‘ chiqqanman jangohlardan,
Cho‘qqisi talangan tog‘man.
Haykaliga she’r bitilgan,
Inson otli o‘yinchog‘man.
Na bir baland tepa bo‘ldim,
Bir cho‘qqi bo‘ldim qush qo‘ngan.
Mening onam tug‘magandir,
Bir shoximning sochi yongan.
Duo qildim,shamlar o‘chdi,
Yondi ichimda ma’danim.
Oyning ishqida aldandim,
So‘ndi quyoshim abadiy.
Yuvasiz ko‘charin qalbim,
Qafasda etdi intihor.
So‘rama mendan holimni,
So‘zim g‘am to‘la intizor.
Uzoq kez mendan ilohim,
Bulanma inson kiriga.
Yolg‘onlar yonda bo‘lgandan,
Cherikman dunyo siriga.
So‘rama mendan holimni,
Qandayman hamon bilmayman.
Kiyganmanmi sevinchimni,
Egnimga hamon bilmayman.
YuNUS EMRONING MOZORIDA
Hasratingdan tomga kabi so‘zni so‘zga joyladim,
Qancha-qancha sherning ko‘zi yaroqlarni yondirdi.
Dali-g‘uli bir charchamoq satrlardachizildi,
Kiprigimning qatorini misra-misra sindirdi…
Bu hasratni shoxlarida og‘ochlarga chizurman,
Bir kun tinib qog‘oz bo‘lsa yonog‘idan so‘z oqsin.
Nafasimning quchog‘ida isinmoqqa yubordim,
Dudoqlari bo‘salardan o‘t yoqsin,olov yoqsin.
Sen ketganda panjaradan quyoshga ham boqmayman,
Ko‘zlaringni ko‘k yuziga ko‘k qurshog‘in taqurman,
Zaif chiroq issig‘ida misralarim uchadi,
Maktublarni oqizgancha suvlarga jim boqurman.
Dilbar Haydarova tarjimasi