Siddxi Charon Shreshta (1912-1992)

Siddxi Charon Shreshta (सिद्धिचरण श्रेष्ठ) – Nepal shoiri, taniqli adabiyotshunos. Inqilobiy ruhdagi she’rlari uchun 1940 yilda 18 yil ozodlikdan mahrum etiladi. “Urvashi” dostoni, “Mening aksim” kitobining muallifi.

OYDIN ShARShARA

Bir lahza ham tinmaydi –
Jarangdor va navqiron.
Ko‘ngul tubi tubsizdir –
Kuyla, kuyla bearmon!

Tinglar uni vodiylar,
G‘orlar tinglar, gulshanlar.
Hadsiz, uzundan-uzun
Yorug‘ gulzor, chamanlar.

Barglar toza va xushbo‘y,
Oy va yulduzlar yorqin.
Uchqunlarda aks etar
Seningdek tiniq, jo‘shqin,
Shudringlarda tovlanar…

O, sharshara, shunday boy,
Tanti bo‘lmoq, qanday soz!
Quchib bo‘lmas kengliklar
Tuhfa etar xush ovoz.

Gul, orom o‘lkasida
Qayg‘udasan, ne armon?
Izlaysan olislardan
Bo‘ronnimi qadrdon…

Chirmoviqlar oralab,
Oydin, sirli o‘yingni –
Yugurasan, topdingmi
Ummonlardan uyingni…

Rus tilidan Oygul Suyundiqova tarjimaci