Ilhomiy Emin (Ilhami Emin) 1931 yili Makedoniyaning Radovish shahrida tug‘ilgan. Turkcha va makedonchada yozgan. Ahmad Yassaviy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro she’rlarini makedonchaga tarjima qilgan.
“Qidirish” (1954), “Hayot qo‘shiq aytar va yig‘lar” (1955), “Kunduz kecha” (1957), “Qirq do‘st” (1965), “Quyoshli she’rlar” (1966), “Gulchechak” (1972), “She’rli alifbo” (1974), “Guldasta” (1991), “Kulding” (1993) nomli kitoblari chop etilgan.
UXLAMAS UYQU
rosa kuta kuta seni
eshigim ochiq qoldi
seni sog‘inib sog‘inib
uyqum uxlamas bo‘ldi
eshigimni yel oldi ketdi
uyqumni-da sel oldi ketdi
eshiksiz uyqusiz na go‘zal
gul chechaksiz na demak mahshar
yuz yil o‘tdi
kelmading
kelmading-da bor bo‘lding
kelmading-da yo‘q bo‘lding
O‘LIMSIZ TOSh
ariq ichinda bir qush
kimniki bu qush
tuproq
ariq ichinda bir tush
kimniki bu tush
buloq
buloq ichinda bir yuz
kimniki bu yuz
kulish
buloq ichinda bir kuz
kimniki bu kuz
ko‘chish
ko‘chish ichra ko‘k
yulduz
kimniki u ko‘k
bulut
ko‘chish ichra bir ildiz
kimniki ildiz
umid
Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi