Faxri Ali (1948)

Faxri Ali (Fahri Ali) 1948 yili Makedoniyaning Skope shahrida tug‘ilgan. “Birlik” gazetasidan ishlagan. “Sevinch” va “G‘uncha” bolalar jurnallarini chiqargan. “Manqal” (1984), “Taqa” (1984) kitoblari chop etilgan.

ZAMON-ZAMON

Kimdir zamon-zamon insonni o‘q qilar
Kimdir zamon-zamon insonni yo‘q qilar

Kimdir zamon-zamon insonni bor qilar
Kimdir zamon-zamon zamonni dor qilar


HEChAM

Yillardir ahvoli o‘sha o‘shadir
O‘sha eski gapga yamoq qo‘shadir
Mishmish g‘iybat qilib o‘tar bular ham

Yillardir bir zayl chaynalar bu xalq
Hecham uyalmadi birorta odam

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi