Asad Bayram (1934)

Asad Bayram (Esad Bayram) 1934 yili Makedoniyaning Oxri shahrida tug‘ilgan. Belgrad universiteti filologiya fakulteti turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan. Turkcha va makedonchada yozgan.

“O‘rishlar”, “Men va bozor”, “Qari bolaman”, “Yulduzlarga bo‘salar”, “Yurak alifbosi”, “Jonimning saroyi” she’r kitoblari, “Alivali” “Devon”, “Dunyo gulchambari” nasriy kitoblari chop etilgan.

BOShIMDA YoQILGAN ShA’M

Bu kecha ko‘l bo‘ylab kezarkan ko‘rdim
yulduzlar cho‘milib yuvinayotir
cho‘kmasinlar deya qo‘riqlab turdim
har biriga boqib titradim dir-dir.
Sindi ko‘l oynasi
yonardi bir sha’m
oyog‘im olti bo‘p qochdim o‘sha dam
uyimga berkinib
hushim yo‘qotdim
ko‘ldan chiqqan kabi qon terga botdim.

Ko‘rdimki boshimda bir sha’m yonardi…

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi