Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Jaloliddin Rumiy (جلال‌الدین محمد بلخی) — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan. Mashhurlikda Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Hofizning «Devon»i bilan bir qatorda turgan, forsiy Qur’on nomi bilan shuhrat qozongan «Masnaviyi ma’naviy»ni inson ma’naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan. «Dekameron» asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovani Bokkachcho «Masnaviyi ma’naviy»dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratganligi ma’lum.
Mavlono 1207 yilda qadimiy Balx shahrida o‘z davrining mashhur mutasavvuf donishmandi,yirik xatib va voizi bo‘lgan Bahovuddin Valad oilasida dunyoga keladi. Bahovuddin Valad aslida Shayx Najmiddin Kubro (1135 – 1221) ning Majdiddin Bag‘dodiy, Sa’duddin Hamaviy, Raziuddin Aliyi Lolo, Sayfuddin Boxarziy, Bobo Kamol Jandiy kabi 300 ga yaqin zabardast shogirdlaridan biri hisoblanardi. Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo‘g‘ul bosqini xataridan qochish, ham haj farizasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar.
1230 yildan bu oila Kuniyada qo‘nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o‘z davrining etuk donishmandi bo‘lib etishadi. Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, “Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go‘zal, betakror, tug‘yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo‘g‘rilib o‘tdi”.
Mavlono Rumiy o‘zidan keyingi avlodlarga 5 muhim va qimmatbaho asar qoldirdi:
1. “Devoni kabir”, “Devoni shamsi tabriziy”, “Devoni shamsul haqoyiq” degan nomlar bilan mashhur devon. yevon g‘azal va ruboiylardan iborat.
2. “Masnaviyi ma’naviy” – 25700 baytdan iborat bebaho tasavvufiy-ishqiy asar. Songgi yillarda taniqli o‘zbek shoiri Jamol Kamol tomonidam I-II – jildlari, shoir Asqar Mahkam tomonidan I-jildi o‘zbek tilida nashr etildi.
3. “Fiyhi ma fiyhi” (“Ichingdagi ichingdadir”) – Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. 1998 yilda Toshkentda o‘zbek tilida nashr etildi.
4. “Mavoizi majolisi sab’a” – bu asar Rumiyning etti o‘git va pand-nasihatlaridan iborat.
5. “Maktubot” – Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tashkil topgan to‘plam.
Jaloliddin Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta ta’sir quvvatiga ega. Taniqli olim va adib Radiy Fish so‘zlari bilan aytganda, shoirning «mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, balki otashin shoirona timsollar vositasida» talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo bo‘lishi — «dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi»dan iboratligi to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelyushg e’tiroficha, unta dialektik metod yaratishga yordam bergan. Yoki ulug‘ mutafakkir Husn va Ishq tortilishi misolida birinchi bo‘lib olamning asosida o‘zaro tortishish kuchlari yotishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashlaydiki, mazkur qonunning chindan-da amal qilishini bir necha asrdan keyin ingliz olimi Nyuton kashf etdi.
Jaloliddin Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Zero, shoirning millati — turk, kelib chiqishi — xorazmlik. Uning buvisi Alo’iddin Muhammad Xorazmshohning qizi bo‘lgan. Mavlono tavallud topgan Balx shahri u davrda Xorazmshoxlar davlatiga qarar edi. Hozirda Afg‘oniston hududida bo‘lgan bu qadimiy va dongdor shahar aslida uzoq asrlar mobaynida Turon mulkining mashhur shaharlaridan biri sanalib kelgan.
Jaloliddin Rumiy she’riyatini, asosan, ilohiy ishq bilan bog‘lashadi. Bu bejiz emas. Zero, Mavlono o‘zining 53 mingdan ortiq misrani o‘z ichiga olgan «Masnaviyi ma’naviy»si, 84 ming misradan iborat «Devoni Kabir» («Ulug‘ devon»)ida yeru ko‘kning sarvari bo‘lmish Ollohi karimni va uning zamindagi xalifasi Hazrati insonni ulug‘laydi.
Ma’lumki, Jaloliddin Rumiy o‘z davrining an’anaviy adabiy tili bo‘lmish forsiyda ijod qilgan. Bizda shoir ijodini o‘rganish va targ‘ib etish Radiy Fishning «Jaloliddin Rumiy» deb nomlangan tarixiy-biografik romanini tarjima qilish bilan bonshandi (Ruschadan J. Kamol tarjimasi). Shundan keyin Sh. Shomuhamedov Rumiy g‘azallari, ruboiylari va masnaviylaridan bir nechtasini o‘zbekchaga o‘girib, fors-tojik mumtoz shoirlari asarlaridan tashkil topgan «Injular ummoni» kitobida e’lon qildi. J. Kamol esa avval Rumiy ruboiylari va masnaviylaridan namunalar tarjima qilib, «Uchmoqqa qanot yo‘q vale uchgayman» nomi bilan alohida kitobcha holida nashr ettirgan bo‘lsa, yaqinda buyuk «Masnaviyi ma’naviy» tarjimasini nihoyasiga yetkazdi. Jami olti kitobdan iborat bu ulug‘ asarning 4 tasi bosmadan chiqdi. A. Mahkam «Masnaviy»ning birinchi kitobi bir qismini sharhlari bilan o‘zbekchalashtirib, nashr qildirdi.
Hazrat Alisher Navoiy “Ustozlar ustozi” deb sharaflagan, Abdurahmon Jomiy esa “U payg‘ambar emas, ammo payg‘ambarlik kitobi bor” deb ulug‘lagan Mavlono Jaloliddin Balxiy-Rumiy 1273 yilning izg‘irinli qish kunlarining birida vafot etgan.

G‘AZALLAR

* * *

Dilimning dardini hargiz huvaydo aylayub bo‘lmas,
Bu ko‘ksim ichra bir sir bor, ki paydo aylayub bo‘lmas.

Sening husning bizim ko‘zlarga toki tola nur bermas,
Jamoling bog‘ida aslo tamosho aylayub bo‘lmas.

Seni to so‘ylamaskan til, umrlar o‘tsa hamki bil,
Sening la’li labingdan bir tamanno aylayub bo‘lmas.

Bu olamda faqat tanho senga yuz burmaguncha to,
Sening chehrang bilan dilni musaffo aylayub bo‘lmas.

Mehr nuring qilib ifsho, kishi zarrangga yetmas to,
Masiho dahrining tarkini aslo aylayub bo‘lmas.

Butun olam tiniq ko‘zgu, ki ishq mayxonasidir bu
Mayu ishq mastligin bir joyda barpo aylayub bo‘lmas.

Agar oshiq dilidan kim xabarsizdir, shuni bilkim,
U shaydolikni bilmaydur va shaydo aylayub bo‘lmas.

Bu olam uzra gar Iyso chiqib kelmas ekandir to,
Bu gumbaz uzra bir sayru tamosho aylayub bo‘lmas.

Labining bodasidinikim quyibdir Shams qalbiga,
Bu kun bir qatrasini ham huvaydo aylayub bo‘lmas.

* * *

Kel ey, jonimga jononim, uying qayda, uying qayda?
Kel ey, dardimga darmonim, uying qayda, uying qayda?

O‘zing manzursanu nozir, o‘zing pinhonu ham hozir,
Sen ey, paydoyu pinhonim, uying qayda, uying qayda?

Meni mahjur etursan yor, g‘am ichra yig‘layursan zor,
Sen ey, sen mohitobonim, uying qayda, uying qayda?

O‘zing jonsan, o‘zing jonon, o‘zing husn ahliga sulton,
Seni derman, seni jonim, uying qayda, uying qayda?

Musalsal* zulflaring, hayhot, dilimni ayladi barbod,
O‘zing shoh birla sultonim, uying qayda, uying qayda?

Kel ey, sen Shamsi Tabreziy, tun oqshom yo sahar kezi,
Daf ayla fitna burhonim,* uying qayda, uying qayda?

Qara, arsh tomiga ketdim, sening zavqing hadis etdim,
O‘zing jon birla jononim, uying qayda, uying qayda?
___________
* Musalsal (arab.) – zanjir-zanjir, halqa-halqa soch.
* Burhon (arab.) – dalil, hujjat, guvoh.

* * *

G‘azal ayt yorga, ey mutrib, ki ey yor, tavbalar qildim,
Agar har gulki uzdim, tildi bir xor, tavbalar qildim.

Ishimdin gohi mast bo‘ldim, xumoridin gahi o‘ldim,
Gahida zor bo‘ldim, gohi bezor, tavbalar qildim.

Maning bo‘ynumgacha boshdin oyog‘im tavbadin to‘ldi,
Qilingan tavbalardin qayta ming bor tavbalar qildim.

Kel ey sen, mayfurush kelkim, qo‘limga sog‘aring berkim,
Kechibmen, oru nomus ham na darkor, tavbalar qildim.

Chunon mastdirmanu behush, na til bordir, na aqlu hush,
Siz ey, issiq bilan sovuq, suvu qor, tavbalar qildim.

Dilimni poralar qildim g‘amimga choralar istab,
G‘amimga chorasizlik chora, nochor tavbalar qildim.

To‘lin oyning jamolidin qaro kechamni xush ayla,
Gunohlarni bu zavqdin mo‘lu bisyor tavbalar qildim.

Dedimki tavba vaqtidir, menga bir xor kishi aytdi:
Ki men bir ko‘hna toibman,* umr bor – tavbalar qildim.

Salohiddin ulushidin kelib munkir so‘rar ishqdin:
Bu ishdin qil meni soqit, qil inkor, tavbalar qildim.
___________
* Toib (arab.) – tavba qiluvchi.

* * *

Labing shahriga bir kunga meni mir aylasang erdi,
Labingning la’lidin jonimga taqrir* aylasang erdi.

Parishon zulflaringni tushda ko‘rgan kechadin boshlab,
Parishondirmanu hayron, ta’bir aylasang erdi.

Jahon oqillarini zulflaring devonalar qildi,
O‘shal zulflarni bir bor menga zanjir aylasang erdi.

G‘amingdin ko‘zlarim ikki tiflday* oncha yig‘larkim,
Sen, ey sen, toshbag‘ir, bag‘ringni taqdir aylasang erdi.

Chiroying Ka’basi yo‘lida ehrom boylamishman, ko‘r,
Necha talbiya aytdim, bir takbir aylasang erdi.

Dilim keksaydi, ey xushbaxt sarv, dardu g‘aming birla,
Anga ergashmading hargiz, ani pir aylasang erdi.

Sening g‘amzang o‘qidin bejarohat qolmadi bir dil,
Meni ham ul aroda barchaga bir aylasang erdi.

Ki husning oyatidin bori aqlim ham tamom o‘ldi,
Karam aylab ul oyatdin tafsir aylasang erdi.

Necha jonlarni oldingu necha jonlarni zor etding,
Bu ishda, ey sanam, rahmu karam bir aylasang erdi.

Meni o‘ldirgali yetdingu muhlat bermading bir on,
Tuganmas nolayu zorimni oxir aylasang erdi.

Sening ishqingni o‘tida kuyib bo‘ldi dilim butkul,
Bu dardimning davosiga taboshir* aylasang erdi.

G‘amu hajring bilan oxir bu kun men o‘lgali yetdim,
Meningdek xastaga, ey yor, tadbir aylasang erdi.

Yuzing oftobi birla birlashibdir ul Zuhal zulfing,
Qilibdir necha qirg‘inlarki, ta’sir aylasang erdi.

Yuzimni ostoningga surib bir nolalar qildim,
Bu hijron qissasidin qissa tahrir aylasang erdi.

Na ham derdim, sening bir eskidan qolgan qulingdirman,
Meni ko‘ngil uyingda qayta tasvir aylasang erdi.
___________
* Taqrir (arab.) – qaror berish.
* Tifl (arab.) – go‘dak, yosh bola.
* Taboshir (fors.) – Xayzaron nomli hind qamishidan olinadigan oq dorivor modda.

* * *

Ey jahon, ezdi meni savdolaring, savdolaring,
Qildi talx umrimni bu halvolaring, halvolaring.

Marvaridu duru la’ldin to‘ladir charx etagi,
Senga bergay borini – savg‘olaring, savg‘olaring.

Sel bo‘lib ketmoqdadir oshiqlarining jonlari,
Chorlagaydir ul sening daryolaring, daryolaring.

Kecha bergan maylaringdan men bu kundirman xarob,
Erta nelar ko‘rgizur da’volaring, da’volaring?

Men o‘zimning sodda jonimga turib boqsam bu kun,
Rangini qilmish sariq safrolaring, safrolaring.

Gavharingning zavqin istab ayladim dildan nazar,
Oyda ko‘rindi sening siymolaring, siymolaring.

Men seni oy deb xato qildim, g‘alat aytdim suxan,
Sen kimu oy kim – bo‘lur hamrolaring, hamrolaring?

Shamsi Tabreziy shuning-chun aytur o‘z noming bilan,
Ey mudom ko‘nglim aro g‘avg‘olaring, g‘avg‘olaring.

* * *

Tebranur har bitta shox, lek o‘zga shoxdin mevasi,
Har kishi bir o‘zga maydin mast bo‘lib tebrangusi.

Parda ichra ikki yuz xotin yuzin yirtar, valek
Har biri gar bir ayoldir, o‘zga juftning bevasi.

Har baliqning tanglayi sayyod qarmog‘indadir,
Yangrayur goh ul baliq, goh bul baliqning nolasi.

Mutribi ishq ahlini, ey Shamsi Tabreziy seni,
Hech qachon yig‘latmasin charxning ajib bu shevasi.

* * *

Ey ko‘ngil, jonon tomon ketmoqdasan,
Kim nazarlardan nihon ketmoqdasan.

Oy misol chok aylabon ko‘ylaklaring,
Oftob, osmon tomon ketmoqdasan.

Ey zaminda o‘ltirursan, aslida
Etti ul ayvon tomon ketmoqdasan.

Suratingdir bunda mehmonlar bilan,
Eng buyuk mezbon tomon ketmoqdasan.

Eng buyuk naqqoshdadir ul mo‘yqalam,
Naqshu surat ichra jon ketmoqdasan.

Suvdayin ketmoqdasan tuproqqa sen,
Ey hayot, bo‘ston tomon ketmoqdasan.

Bu jahondan g‘am chekib olamjahon,
Charx urib, raqs aylabon ketmoqdasan.

Qancha el g‘aflatda yotgay noayon,
Barcha eldan noayon ketmoqdasan.

Holimizni ko‘rgilu yetkiz xabar,
Kim buyuk sulton tomon ketmoqdasan.

«DEVONI KABIR»DAN

* * *

Ey yuzimni dahr aro misli qamar qilgan o‘zing,
Band-bandim so‘ylatib, ahli nazar qilgan ko‘zing.

Ey shamolingdan daraxtim raqs aylab, o‘ynagan,
Noming aytsam, og‘zimi shahdu shakar qilgan so‘zing.

Sen bilursanki daraxtim ne uchun raqs aylagay,
Barg berdingmi samar yo besamar qilgan o‘zing?

Bargidin ham bir nishon yo‘q, mevasidin – bir nishon,
Ey daraxtim sabrini zeru zabar qilgan o‘zing.

* * *

Gul kabi gulshan tomon ketmoqdasan,
Sendaman men, sen qayon ketmoqdasan?

Lolu gung bo‘ldi seni savsan ko‘rib,
Gulruxim, savsan tomon ketmoqdasan.

Mayfurush ikki labingdin, ey sanam,
Bergali mastlarga jon, ketmoqdasan.

Dilrabolar ortingda yulduz misol,
Sen to‘lin oysan, jahon ketmoqdasan.

O‘zga bir otash yoqursan har kima,
Toshmi temirdil – nihon ketmoqdasan.

Men sening zarrang bo‘lib raqs aylagum,
Ey quyosh, ravzan tomon ketmoqdasan.

Surma yanglig‘ ko‘zga solgayman seni,
Ey dil, ey dil, beomon ketmoqdasan.

* * *

Bir soniyada meni guliston qiladir,
Bir soniyada yana zimiston qiladir.

Bir soniyada fozilu ustod aylar,
Yosh bola misoli yana nodon qiladir.

Birpasda urib tosh, meni sindiradir,
Birpasda yana misoli sulton qiladir.

Birpasda oftob bila teng aylar,
Birpasda qaro tunu shabiston qiladir.

Tutdim etagidin ikki qo‘lim birlan,
Toki ko‘royin deb, ne doston qiladir.

Xush dardining mayiga menman qadah,
Garchi meni mastlarga xon qiladir.

Shul-chun shakaridan oladirman tun-kun,
Toki laqabimni shakariston qiladir.

* * *

Dilbarim qilgay vafo andakkina,
Chiqdi xush aylab sado andakkina.

Menga bir kuldi kecha ul navbahor,
Bo‘ldi ro‘zgorim ziyo andakkina.

Oq atirgul chiqdi xandon aylabon,
Bo‘ldi bog‘im xushnavo andakkina.

Ul nafis tongim manga berdi nafas,
Shul nafasdin men ado andakkina.

Oq bulutim qo‘ndi daryo bo‘yiga,
Xok bo‘lgil, men – samo andakkina.

Men yog‘ay yomg‘ir bo‘lib, gullar ochib,
Bo‘lki, men bergum safo andakkina.

Menga muhlat bergil, o‘zdin ketmagil,
Sabr aylay, dilrabo, andakkina.

Kofir o‘lgayman, aning ishqida gar
Sabr qilsam, ey Xudo, andakkina.

* * *

Bu xilvat uyda biz birlan bu kech dildor tebrangay,
Dilim ko‘ksimda raqs aylar, eshik, devor tebrangay.

Bu shodlik g‘ul-g‘uli zo‘rkim, bu oshiq ahlini ko‘rkim,
Agar ming na’ra uyg‘ongay, bu dil bir bor tebrangay.

Haqiqatdir, buni ko‘rkim, bu ishrat majlisi ichra
Shahidlar bor – yotgaylar, shahidlar bor – tebrangay.

Uning aksi jamoli gar ko‘rinsa to‘qqiz ayvondin,
Zamin gardun misoli aylanur, davvor tebrangay.

Toshib o‘ynaydi daryolar uning shavqi jamolidin,
Adirlar, tog‘laru toshlar qilib izhor, tebrangay.

Bu ko‘ngil misli gul yaproq, anga bir yel solur titroq,
Bu holat birla guftordin bo‘lib xushtor, tebrangay.

Bu dunyo xalqini ko‘rgil, dili kar ham dili ko‘rdir,
Shuning-chun zohidu obid bila asror tebrangay.

G‘alat aytdim bu ma’nidin, ki zohid birla obidmas,
Bu majlis ichra ul rohib ila zunnor tebrangay.

Tilimni tiydim, ey do‘stlar, bu gap bir joyga yetgay gar,
Bu shahru kent, borliq – barcha majnunvor tebrangay.

* * *

Ketgusi aqlu hushu tan birla jon, sen ketmagil,
Menga mendin sen azizroq, sen ishon, sen ketmagil.

Oftob birlan falak – bori sening soyangdadir,
Ketsa gar bul oftobu osmon, sen ketmagil.

Ey kaloming pok ham tab’i latifdin ham latif,
Ketsa gar og‘zimda til, tab’i ravon, sen ketmagil.

Jumla iymon ahlining eng so‘nggi damdin xavfi bor,
Ketmagil, ey bori iymon, qol omon, sen ketmagil.

Ketmagil, ketsang, mening jonimni ham ol birgakim,
Sen agar mensiz ketursan – hech qachon sen ketmagil.

Bog‘ bilan bo‘ston erur sen birla bu ro‘yi jahon,
Bo‘lsa gar bul bog‘u bo‘stonlar xazon, sen ketmagil.

Tosh dilimni men kuyib suv ayladim, hajring bila
Toshga aylandi Badaxshon la’li, kon, sen ketmagil.

Zarradir gar kimsa, aytur: ketmagil, ey oftob,
Banda bo‘lsa, aytur ul, ey sulton, sen ketmagil.

Lek sen obi hayotsan, bori xalqlardir baliq,
Ey kamolu rahmatu, ey ehson, sen ketmagil.

Bu mening ko‘ngil tumorim mangulikdin ham uzun,
Sen o‘zing yozding uni, qilding bayon, sen ketmagil.

Sen o‘zing yuz mingta bayt, yuz ming g‘azaldin ham baland,
O‘n sakkiz ming olamu yuz ming jahon, sen ketmagil.

Shamsi Tabreziy sening la’li labing birla hayot,
Ey hayot, men birla qol, ey jonga jon, sen ketmagil.

Forsiydan Sirojiddin Sayyid tarjimalari

RUBOIYLAR

Man zarra-u, xurshidliqo sensan,
Man xasta-u, ayni davo sensan.
Qanotim yo‘q, poyingda ucharman zor,
Man qadahman, yor, qahrabo sensan.

* * *

Agar o‘lsam tanimni keltiring, do‘stlar,
Vujudimni nigorimga bering, do‘stlar.
Labimdin bo‘sa olsa ul masihim,
Tirilsam gar – yaqo tutmay turing, do‘stlar.

* * *

Voh, dilimni g‘amga bandi qildi yor,
Kech-kunduz dilni tig‘siz tildi yor.
Kecha-kunduz nola cheksam qayg‘irib,
Pinhon-pinhon, shirin-shirin kuldi yor.

* * *

Ma’shuqa oftob ila bahs boyladi,
Oshiq ham o‘zini chun xas o‘yladi.
Ishq bahor yeli kabi esdi chunon,
Qurmagan shox bo‘lsa,bas,raqs ayladi.

* * *

Ishqimdin pokroq obi zilol yo‘qdur,
Ishqimdek g‘amu dardi halol yo‘qdur.
O‘zgalar ishqi faqat hol bo‘lsa gar,
Manim ishqi nigorimga zavol yo‘qdur.

* * *

Lutf etsang tosh ham jonona bo‘lg‘ay,
O‘shal dam shevasi mastona bo‘lg‘ay.
Zulfingning zanjiri gar bo‘lsa zohir,
Luqmoni Hakim ham devona bo‘lg‘ay.

* * *

Jamoling namozim, ko‘zingdir ro‘zam,
Labing ishqida man – gado, daryuzam*.
Aybliman, netay, yor, sarxush edim man,
Suyingni ichdimu sindirdim ko‘zang.
___________
* Daryuza – gado, hech narsasiz odam

* * *

Ishqing otashidin men tomchiga zor,
Xayoling tushlarimda manga yodgor.
Suving sharob yanglig‘ yondirdi mani,
Charxpalakdek aylanurman nolakor.

* * *

Dildor manga aytdi: Oyning o‘ziman,
Ne berursan bo‘sa bersam ko‘zimnan?
Tillo! – dedim, dedi: Tillo ne kerak?
Jonni! – dedim, dedi: Mayli, roziman!

* * *

Ayt, nechun oshiq mudom dildan judo?
Yorining zulfini deb bo‘lg‘ay ado.
Jo erur oshiq dili rubob aro,
Pardasida yoshirun munglig‘ sado.

* * *

Zulfinin har tolasin bir joni bor,
Zulfinin dardida man bo‘ldim xumor.
San dema: Voh,muncha ko‘p g‘am-hasrating?
Hasratim huriliqo nozicha bor.

Forschadan Xurshid Davron tarjimalari

1

Yashnab, ochilib, menga qarab keldingmi?
Makringni tabassumga o‘rab keldingmi?
Ul kun ketib erding-ku olib qalbimni,
Bul kun yana jonimni so‘rab keldingmi?

2

Ishq ul — toki xalq uchun saodat bo‘lsin!
Ishq ul — bu saodat to qiyomat bo‘lsin!
Ul ishq meni tug‘di aslida — ona emas,
Ul onaga ming tahsinu rahmat bo‘lsin!

3

Biz oshiqi ishqmiz-u, musulmon boshqa,
Biz zaif chumolimiz, Sulaymon boshqa.
Bizdan so‘ra kuygan dilu somon yuzni,
Kim savdo qilar mol bila — do‘kon boshqa.

4

O‘tgan kecha men erdim-u, jon mahrami boz,
Mendan hama zor erdi-yu, undan hama noz.
Tun o‘tdi-yu, yetmadi biroq so‘nggiga so‘z,
Tunda ne gunoh, bo‘lsa uzun dildagi roz?!*
__________
* Bu ruboiy Abusaid Abulxayrga ham nisbat beriladi.

5

Ul yor havasida dil rubobdir, rubob,
Ishq o‘tida qovrilib kabobdir, kabob.
Dardim eshitib, etsa sukut dildorim,
Shul jimligi menga ming javobdir, javob.

6

Qil yaxshilik — yaxshilikni bilgay dunyo,
Poydordir u yaxshilik tufayli tanho.
Mol qoldi-ku hammadan, qolar sendan ham,
Qoldirdi baxil — mol, yaxshilikni — dono.

7

Ishqing o‘tidan jo‘shgusi yoshlik qoni,
Ko‘ksimda jamoli jonlanar Layloni.
O‘ldirsang agar o‘ldir — haloling bo‘lsin,
Yor qo‘lida o‘lsa, boqiy oshiq joni!

8

Ishqingda g‘am ichra ushladim ko‘ngilni,
Qar lahza izingga boshladim ko‘ngilni.
El menga olib keldi bugun bo‘yingni,
Shukr etdim-u, yelga tashladim ko‘ngilni.

9

Olamda vafosi yo‘q kishi kam bo‘lsin!
Har bir kuni bevafoni(ng) motam bo‘lsin!
Yod etmadi g‘amdan o‘zga hech kimsa meni,
Ming tahsinu rahmat senga, ey g‘am, bo‘lsin!

10

Nogoh eshigim hatladi ul dilbari mast,
Ultirdi, may ichdi, ushalib mangu havas:
Yor sochini ko‘rib va tutib, oh, u nafas,
Aylandi yuzim ko‘zga, ko‘zim qo‘lga abas.

11

Diltangman-u, diydori erur darmonim,
Oydek yuzi bo‘lmasa, zamon — zindonim.
Hech dilga yaqin kelmasin-u, hech tanga —
Ul qayg‘uki, hijronida topdi jonim.

12

Bizning bu azoblarga sabab tama’i xom,
Halqum g‘ami, hoyu havasu hirsi harom.
Ko‘z tashla-yu to‘rqovoqqa, fikr ayla: mudom —
Bir don ila qush qismati hal bo‘ldi — tamom!

13

Jon menga habib edi — begona emish,
Aql menga tabib edi — devona emish.
Vayronaki bor, ganj ila bo‘lgay obod,
Vayrona dilim ganj ila vayrona emish.

14

Har so‘zi bilan kishini yor o‘ldirgay,
G‘amxo‘rligi seni necha bor o‘ldirgay.
Do‘st tutma meni, mayliga, dushman sana,
Kim dushmashshi shunchalik zor o‘ldirgay?!

15

To tushdi sening yuzingga bir lahza ko‘zim,
Qon yig‘lamagan kunimni bilmayman o‘zim.
Sensiz may ichar esam — zahar bo‘lsin o‘sha,
Sensiz yashasam — kelsin o‘lim menga shu zum.

16

Yor yodini qilsam, yuragim gup-gup urar,
Har lahza ko‘zimdan qonli yosh to‘kilar.
Har yerda agar yor xabari menga yetar,
Bechora dilim qush kabi ko‘ksimdan uchar.

17

Kelgan edi kecha lutf etib dildorim,
Men tunga dedim: «Aylama fosh asrorim».
Tun qildi javob: «Bo‘lsa quyosh sen birla,
Men tongni olib kelay qayoqdan, yorim?!»

18

Bo‘stonu bahrru sarvi oli(y), ey jon,
Hech yerda buning bormi misoli, ey jon,
Yop asta eshikni-yu, yuzing och, ey jon.
Men borman-u, Sen xam xona xoli, ey jon!

19

Ey, sultonu faxri xama dildorlarning,
Jolinusisan ishq ila bemorlarning.
Biz jam’ bo‘lamiz ul Kuni bo‘stoningda,
Jam’ bo‘lgani soz emish u Kun yorlarning.

20

Kun keldi — sening g‘avg‘ong uning qoshinda,
Tun keldi — sening savdong uning boshinda.
Menman — o‘sha: dardim yukini tortolmas,
Tun-kun degan ikki lang eshak ochunda!

21

Bir gavxar edik azalda, jono, senu men,
Oshkoru nixonimiz bir — oshno senu men,
Xomlik bo‘ladi, desang, bu asno: senu men,
Ko‘r: qolmadi-ku o‘rtada aslo senu men?!

22

Oshiqqa yog‘ar dunyoda bor dardu balo,
Har kimki giriftori ishq — yo‘q unga davo.
Darmon emas ishqqa na xasislik, na riyo,
Ishq ersa xaqiqiy na vafo-yu, na jafo.

23

Bu tang dil aro sho‘ru xayajon nimadan?
Ishq ichra qadim egik, ko‘zim qon nimadan?
Ko‘ksim ichida telba dilim ham tunu kun
Janjal qiladi men ila har on nimadan?

24

Ey tun, shodsan, menga-da shodlik ber mo‘l,
Sen umri uzoqlikda qiyomat kabi bo‘l!
Yor suvratidan o‘t ichra qolmish yodim,
Yod aylama, ey g‘am, meni — bo‘lgaysan kul…

25

Ishq dardiga dilni mubtalo istarman,
Jonni u balo o‘qiga jo istarman.
Umrimki, ko‘yingda oh urib o‘tmasa gar,
Dil qoniga botgancha qazo istarman.

26

Yor kelar erdi mastu tanho-tanho,
Ko‘zi to‘la noz-ishvayu ra’no-ra’no.
To‘sdim yo‘lini bo‘sa olay, deb labidan,
Faryod ko‘tardi o‘sha: «Yag‘mo-yag‘mo!»*
__________
* Yag‘mo — talon-toroj, g‘orat.

27

Tundan murod ulki, maxv o‘lib begona,
Xilvatda qilar vasl oshiqi farzona*.
Bul kecha, chunonchi, xosu oy — hamxona,
Men — mastman-u, oy — oshiq-u, tun — devona.
___________
* Farzona — oqil, dono, donishmand: yagona, tengsiz.

28

Ey boda, o‘zing adlni bunyod etasan,
Bir jom ila ming bandani ozod etasan.
Sen borki, mudom ko‘zim quyoshdek ravshan,
Sen borki, sitamga to‘lsa dil — shod etasan.

29

Sen har kecha tupshmda bo‘larsan paydo,
Tong otdimi, bas, kun bo‘yi dilda g‘avgo.
Fil bandini uzdi tush ko‘rib Hind elini,
Fil toqati bizlarda topilmas aslo.

30

Ko‘zingdan o‘lim topg‘usi ming bir dildor,
O‘ldirgusi oh-nola ila hammani zor.
O‘z dushmanini dorga osadi shohlar,
Bedor ko‘zing esa o‘ldiradi be dor.

31

Ishq ichra pisand ermas ming bir dilu jon,
Jon o‘zi ne, so‘zin eslamas hech inson.
Bu yo‘lni o‘tarda har qadam bossa kishi,
Yuz jon berar-u, ortiga boqmas bir on.

32

Ko‘nglimda o‘shal suluvni to suvrati bor,
Olamda topilmas men kabi baxtiyor.
Shodlikdan o‘zga bir hayotni bilmam,
G‘amni eshitib, ko‘rmadim o‘zin zinhor.

33

Lutf etsa chaqir toshga — u jonona bo‘lar,
Bir lahzada ishvalari mastona bo‘lar.
Qo‘sh kokilining zanjiri zohir o‘lsa,
Luqmoni Hakim majnunu devona bo‘lar!

34

Ustingdagi kim — bilarmisan, ey eshshak?
Charx uzra oyoq qo‘y — u paridir beshak.
Oftobni uyaltirar edi husn ichra
Umring bo‘yi sen ko‘targaning nozli malak.

35

Bir joni samandarvash yorim bordir,
Ishqi otashida xush qarorim bordir.
Quy lablarining bodasidan, ey soqiy,
Undan mening, oh, ajab qarorim bordir!

36

Sen boqma nechog‘lik zufunun kelgay mard,
Boq: ahdu vafo ichra nechun kelgay mard?
Gar ahdu vafo ichra butun kelgay mard,
Har qanchaki maqtasang, fuzun kelgay mard.

37

Ellardan uning payg‘omini eshitaman,
Ul bulbuli mastdan nomini eshitaman.
Bir naqsh dil eshiginda ko‘rdim — tutmish
Ovozasi dunyo tomini… eshitaman.

38

Hamrohim ekan yor surati to, ey dil,
O‘zimni qilay mudom tomosho, ey dil.
Har qaydaki, dil murodi hosil bo‘lmas,
Ming xurmosidan bir tikan a’lo, ey dil!

39

Monandi hilol bul kecha har dilda talab,
Qilmoqchi u ham Zuhra kabi ayshu tarab.
Keltirdi jonim labga u jon berguchi lab,
Bul tun nima tun — o‘zing bilarsan, yo Rab?!

40

Kim kam yesa, u ziyragu hushyor bo‘ladi,
Kim ko‘p yesa, u ablahu bekor bo‘ladi.
Nafsiga ruju qo‘ysa kishi xor doim,
Har kimsaki, kam yesa, u kam xor bo‘ladi!

41

Dil ichra, dilovarim, dilafro‘z sensan,
Ko‘p do‘stu yaqinlar vale dilso‘z sensan.
Navro‘zu hayit shavqi bilan shod kishilar,
Bul kun men uchun hayitu Navro‘z sensan!

42

Har narsaki, ko‘p bo‘lsa agar xor bo‘ladi,
Xor bo‘lsa, muhabbatga sazovor bo‘ladi.
Kim qone’ — jahondan o‘sha bezor bo‘ladi,
Yor jon bahosida xaridor bo‘ladi.

43

Ovozi mudom dilda tamanno bo‘lsin!
Ovozi mudom quvnog‘u go‘yo bo‘lsin!
Ovozi agar xasta esa — xastamiz-ey,
Naydek u shakarlar bila oshno bo‘lsin!

44

Eslab seni mast o‘ldi dilim, jonona,
Ichmay mayini sindi tushib paymona.
Chiqdim ko‘chaga na hushyor, na mastona,
Ovoza taraldi bo‘ldi deb devona.

45

Bir-birlaridan qafasu qushlar ozod,
Qaydansan-u, ey qush, ayt, nimadansan shod?
Kelmoqda baqo nafasi har nolangdan,
Bo‘sh kelma, kuying dilimni etdi obod.

46

«Devona!» — deding sen meni, ey jonona,
«Devonadan aql izlasa kim devona!»
Deding: «Bu muomala nedan nishona?»
«Ko‘zgu kabi borni ko‘rsatar devona!»

47

Ko‘zingga boqib, ko‘zishda kin ko‘rgayman,
Endi ne qilayki, men chunin ko‘rgayman.
Oftobni qo‘y, u ko‘kda — senga teng kelmas,
O‘zingni men oftobi zamin ko‘rgayman.

48

O‘lsam, sira yig‘lamang tutib ismimni,
Yorimga berib qo‘ying mening izmimni.
Bo‘lmang sira hayron — o‘sha bir bo‘sa bilan
Tirguzsa mening bu sovugan jismimni.

49

Ul yorki, meni o‘z g‘amiga bog‘laydi,
So‘ng pisand etmay, yuragim dog‘laydi.
G‘amgin ekanim ko‘rsa u pinhon-pinhon
Ham shirin-shirin kulib dilin chog‘laydi.

50

Ushshoq gurungida qaror o‘zgachadir,
Bu sevgi sharobida xumor o‘zgachadir.
Ul ilmki, madrasada bo‘lmish hosil,
Bas, o‘zga-yu, ishqi gul’uzor o‘zgachadir.

51

Bul kecha men-u, men kabi bir ahvoli tang,
Bog‘ ichra tuzib davra, unga berdik rang.
Bor bunda sharob birla kabob hamda rubob,
Koshki bari yo‘q bo‘lsa-yu, Sen bor bo‘lsang!

52

Yo‘lida niyozning fard bo‘lmoq lozim,
Payvasta harifi* dard bo‘lmoq lozim.
Mardlik sanalmagay vasl izlab chopmoq,
Hijron kunida ham mard bo‘lmoq lozim.
___________
* Harif — o‘rtoq, ulfat, sherik; dushman, raqib.

53

Gulshanga kiring-o‘, sabzpo‘shlarga* qarang,
Har yerda do‘kon — u gulfurushlarga qarang.
Ul gul kulib aytar andaliblarga suxan
Xomush bo‘ling-u, siz u xomushlarga qarang!
____________
* Sabzpo‘sh — ko‘k libosli, ko‘kka burkangan; shayx, so‘fiy.

54

Baytu g‘azalim suv oldi — girdob oldi,
Bor bo‘lsa nimam — barini selob oldi.
Yaxshi-yu, yomonligim-u, pokizaligim
Mohtob berib erdi-yu, mohtob oldi.

55

Ishqingda bo‘libman chinakam devona,
Uyqumni buzar qo‘sh kokiling, jonona.
Ul dedi: «Etar, so‘ylama ko‘p afsona,
Devonadan uyqu bo‘ladi begona!»

56

Nay so‘yladi: men hur edim aslida — biroq,
Ishratpeshalar urdi-yu bag‘rimga pichoq,
Etkazdi ular tanga — zaxm, jonga — firoq,
Ayb etma shu bois yig‘lasam gohi uzoq.

57

Dildor zarifdir — gunohi shuldir,
Zeboyu latifdir — gunohi shuldir.
Bormi sira aybiki, qochurlar undan?
Ul aybdan afifdir* — gunohi shuldir.
___________
* Afif — bu yerda: ayblardan xoli, iffatli, pokdomon.

58

Yo‘q sevgidan o‘zga bir hamroz menga,
Avval — O‘zi, oxir — Uzi, ustoz menga,
Ichdan beradi bu jonim ovoz menga:
«Ey sevgida sustkash odam, bo‘l mos menga!»

59

Jono, bu qadim sifatin ul qoshdan so‘r,
Oshuftaligimni zulfi qalloshdan* so‘r.
So‘r xasta dilim holini tor og‘zingdan,
Bemorligim ul nargisi beboshdan so‘r.
__________
* Qallosh — xiylagar.

60

Tinglab ovozingni men xushovoza bo‘lay,
Olloh karami kabi beandoza bo‘lay.
Yuz bor sotib olding, holbuki, mulkingman,
Bir bor sotib olki yana, to toza bo‘lay.

61

Soz do‘sti munofiqdan uzoqroq yursang,
Yori nomuvofiqdan uzoqroq yursang,
Xoki poyini o‘pib muvofiq yorning,
Ul xeshi munofiqdan uzoqroq yursang.

62

Men uyquda ko‘rdim soqiyi zeboni,
Tutmish qo‘lida u sog‘ari sahboni*.
So‘z o‘tdi ko‘ngildan: «Garchi qulsan unga,
Kosh xojasi bo‘lsang oshiqi rasvoni».
__________
* Sahbo — qizil may, oliy navli may.

63

Umr o‘tdi ko‘rolmay orzuli gulzorin
Ham nozu karashmali ko‘zin — xummorin.
Eldan yashirin emish o‘shal misli vafo,
Ko‘p bo‘ldi ko‘rolmadik nihon ruxsorin.

64

To yondi yuzing sham’i-yu, parvona bu jon,
Ko‘yingda bo‘lib sabr ila begona bu jon.
Ko‘z mardumi beqaror jamoling bois,
Ko‘rgan kabi bir parini devona bu jon.

65

Ul yori sitampesha safar etgaydir,
Charxdek meni ham zeru zabar etgaydir.
Ul sheru shikoriman men ilkida uning,
Dilni yedi-yu, qasdi jigar etgaydir.

66

Har zarra uchun havoyu osmon mavjud,
Biz-chun hama yoq gulshanu bo‘ston mavjud,
Zar yo‘lini garchi so‘shtida kon mavjud,
Har qatra bu — tilsim, unda Ummon mavjud.

67

Bedil — man-u, bedil — san-u, bedil — san-u man,
Sarmast edik ul kuni, manzil — chaman.
Umr o‘tdi-yu, men orzu qilarman har dam:
Eslarmi u kunni, deya, yor ham ba’zan…

68

Gar daryo esang, baliqman ul daryoda,
Gar sahro esang, ohuman ul sahroda.
Sen menga nafas qil — nafasing bandasiman,
Surnoying erurman, chunki bul dunyoda.

69

Kar qoshida soz xoh chal-u, chalma, baribir,
Hamxonasi bo‘lgan kabi Yusufni so‘qir.
Yo og‘ziga qand solsa kasalni — ne huzur,
Tanmahram etilsa yo hezalak bila hur.

70

Payvasta boshi sabz, labi xandon bo‘lsin,
Ushshoq dili ko‘rsa uni shodon bo‘lsin,
Har kimsa uni ko‘rsa-yu, hech bo‘lmasa shod,
Xor bo‘lsin-u zor bo‘lsin-u sarson bo‘lsin!

71

Ul yor ko‘yidan qachon judo bo‘lgaymiz,
Yig‘lab g‘amu hasratda ado bo‘lgaymiz.
Ul sham’ kabi topib e’tibor ko‘z yoshidan.
Ul chang kabi manbai navo bo‘lgaymiz.

72

Har qayda sharob bo‘lsa, rubob hamda kabob,
Ul joyda xarob bo‘lsa, ne tong, g‘am va azob.
Gul, sabza kabi davra tutib suv bo‘iida,
Ey do‘stu yaqinlarim, iching toza sharob!

73

Ko‘yingda menga nasihatu pand na kerak?
Ishq zahrini totdim, yetar, qand na kerak?
El deydi: «Oyog‘iga uringlar zanjir»,
Telba — dil esa, oyoq uchun band ne kerak?

74

Bul kun hama kundan-da xarobmiz, xarob,
Yop andisha eshigini, ol qo‘lga rubob.
Yuz turfa namoz unda, ruku’ hamda sujud,
Gar bo‘lsa o‘shal do‘st jamoli mehrob.

75

Yor uyiga bordim qilib ul kun qasd man,
Ul quvdi meni — bois emishki: mastman.
Dedim: «Eshigingni och, axir, mastmasman».
Yor dedi: «Jo‘na, so‘zimda turgum, bas, man».

76

Boz keldi-yu, xam zulfini keltirdi yana,
Ul sho‘ru sharu* zulmini keltirdi yana.
Ul oyki, Zuhrani alam qildi nigun*,
Tur, u alamu* tablini* keltirdi yana.
________
* Sho‘ru shar — fitnayu fasod, g‘avg‘o, to‘polon.
* Nigun — egilgan, bukilgan.
* Alam — bayroq, tug‘.
* Tabl — katga nogora.

77

Ul yor qo‘lidan zahar-da no‘sh etsa bo‘lar,
Achchiq so‘zini shakarga esh etsa bo‘lar.
Ko‘p tuzli emish so‘zlari — har yerda agar
Tuz bo‘lsa, jigar yeb, dilni xush etsa bo‘lar.

78

Dardimni tabibisan o‘zing, ey jonon,
Etdi kasalim haddiga — bormi darmon?
Vallohki, ichirsang-da menga ming ma’jun*,
Bir ko‘rmasam orazing, berolmayman jon.
__________
* Ma’jun — dori; sharob.

79

O, achchiq u so‘zlar etdi ko‘p dilni xira,
Insof bila ayt, u tilga loyiqmi sira?
Aytmas sira shirin labi achchiq so‘zni,
Sho‘r baxtim ularni aylagan beshira.

80

Oshiq emas ul, bo‘lmasa yengil chun jon,
Yulduz kabi tun oy yonida sargardon,
Kel, tingla meni, so‘zlarim ermas yolg‘on,
El esmasa, bayroq hilpirarmi hech on?..

81

Ul laxzaki, yor ko‘ylagidan bo‘y yetsa,
Men qolsam-u, yo‘q ajab, falak to‘n yirtsa.
Arziydi ifor hidli Yusuf ko‘ylagi ham
Bul kun kelib, yor ko‘ylagidan bo‘y etsa.

82

Xummor ko‘zing, chehrai raxshoning* bor,
Koni guhar-u, la’li Badaxshoning bor
Ham g‘uncha kabi xandai pinhoning bor,
Kuydirguchi gulni labi xandoning bor.
________
* Raxshon — porloq, jilvagar.

83

Ishq ichra na pastlik, na balandlik bo‘lgay,
Na behushlig-u, na hushga bandlik bo‘lgay,
Qardoshligu pirligu muridlik bo‘lmas,
Qashshoqligu baxtsizligu rindlik bo‘lgay.

84

Gar mayni yashirsak, bo‘yini na qilamiz?
Oshiqni(ng) xumor rang-ro‘yini na qilamiz?
Gar ishqni quritsak qaqragan lab birlan,
Suv ostidagi ko‘z uyini na qilamiz?

85

Soyang seni manzilim erur ham xona,
Sochingni tuzog‘idan dilim devona.
Har go‘shada bir sham’, ikki-uch parvona,
Bizning sham’ o‘zi ham sham’u ham parvona.

86

Ko‘rsat yuzingni bir qilib odamlik,
Ko‘rdim, deya, men lof urayin, xurramlik.
Ey jonu jahon, senda bo‘larmi kamlik,
Ko‘rgan seni shod olganidek bayramlik.

87

Bormi yana bir dilki, parishon bundan?
Yo voqeaye besaru somon bundan?
Kim ko‘rdi jahonda yoki mehnatzadani
Sargashtai ro‘zgoru hayron bundan?

88

Bir-bir sanasangiz mohliqolarni agar,
So‘zsiz berasiz bizning u mohdan-da xabar.
Ey siz majlis ahli, parda ortiga o‘ting —
Tashlang meni bu shu’lali chehramga nazar.

89

Ey yor, yuzing — namoz, qo‘zing-chi — ro‘za,
Har ikkisi qul emish labi qirmiza.
Mast edim agar gunoh qilibman, ya’ni
Sindirgan esam ichib suvingni ko‘za.

90

Ey ishq, seni ham pari bilar, ham inson,
Qoshingda tuban emish muhri Sulaymon,
Tan bo‘lsa jahon, unga seni derlar jon,
Ishqsiz yashagan kimsaning umri yolg‘on!

91

May mo‘l-ko‘l-u, yo‘q sohibi jom — kimnikidir?
Bizlar-ku asir qushmiz-u, dom kimnikidir?
Ushshoq tufayli har nafas sochilgan
Bul shakkaru pistayu bodom kimnikidir?

92

O‘t yonmasa dilda, so‘yla, bu dud qaydan?
Ud quymasa, kelmoqda bo‘yi ud qaydan?
Men sevmasam-ey — oshiqi nobud qaydan?
Sham’ shu’lasisiz parvona xushnud qaydan?

93

Dedimki: «Ko‘zim erur ko‘ying tuprog‘i,
Chehrangni yashirmagil visoling chog‘i».
«To soyai davlatimda yetmasmi, — dedi, —
Umring bo‘yi tinmasa ko‘zing irmog‘i».

94

Mendan sira qochmagil — xaridoring o‘zim,
Bir menga qiyo boq — nuri diydoring o‘zim,
Korimga yaraki, ravnaqi koring — o‘zim,
Mendan sira bezor o‘lma, bozoring — o‘zim.

95

Bul tong men-u, may jomi qo‘limga payvast,
Yiqilgum-u, turgum-u, mudom yurgum mast,
Ul sarvi qadim ishqi bilan mastman-u past,
Men o‘lsam-o‘lay, ko‘rmasin ul qaddi shikast!

96

Xurshidi kamarbasta qoshingda o‘lsin!
Ul mohi jigarxasta qoshingda o‘lsin!
Ul sarvu guli rasta qoshingda o‘lsin!
Bu dil bo‘lib payvasta qoshingda o‘lsin!

97

Sopolsifat tanim emish jomi dil-ey,
Ul puxta fikrlarim mayi xomi dil-ey,
Bul durri ma’rifat hamasi domi dil-ey,
Men so‘zladim-u, asli bu paytomi dil-ey.

98

Ketding, sening ketganing uchun qon yig‘lay,
Qayg‘ung farovon bo‘ldi, farovon yig‘lay.
Ketding-u, izingdan seni ko‘z ham ketdi,
Qanday qilib endi meni hayron yig‘lay?..

99

Har kim seni ko‘rsa agar, ey xo‘baxloq
Shu lahzada qilgay u bu dunyoni taloq.
Oftob kabi chehrang qoshida dunyoda
Na oyda tarovat, na Zuhaldir porloq.

100

Charx oldida ko‘zing seni xunrezroqdir,
Shamshir tig‘idan-da kipriging tezroqdir.
Rozingni qulog‘imga balandroq aytgil,
Yuzing ko‘yida quloq bir oz mudroqdir.

101

G‘am kim o‘zi — har dam uni yod etgaymiz?!
Dil hayf unga, tuproqqa qorib ketgaymiz!
Bodom emishu g‘am, yo‘q emish mag‘zi uning,
Bosh egmasa, yanchib uni un etgaymiz!

102

Ey ashki ravon, gapir u savdolardan,
Ul bog‘u bahor ham u tamosholardan,
Bedor kechalardagi tavallolardan,
Ko‘z yumma adabsizligu g‘avg‘olardan.

103

Ishqing qiladi shirinzabonliklar to,
Ushshoqda, quloq tut, necha oh-vovaylo.
Har kecha o‘zint soqiy ekansan tanho,
Oshdi firibu makru xusumat, g‘avg‘o.

104

Ey sarvi ravon, bodi xazon ko‘rma sira!
Ko‘z tegmasin-u, rangi somon ko‘rma sira!
Osmonu zaminning jonisan, azbaski*,
Ko‘r rohati jon, ofati jon ko‘rma sira!
_________
* Azbaski — shuning uchunki, shu sababdanki.

105

Ey do‘st, bugunni erta qilma aslo,
Kunduz kabi yaxshiyu yomonlik paydo.
Ishq yo‘lida noravo xiyonat, zino,
Men to‘g‘ri-yu, sen egri esang yo‘q ma’no.

106

Men bechoradan-da bormi bechora, ayo,
Ishq dardi bilan og‘risa kim — yo‘qmi davo?!
Bu g‘amni davosi na baxillik, na riyo,
Chin sevgida bo‘lmas na vafoyu na jafo.

107

Jon qolsa yetar, har necha qaqshatgali kel,
Har hiylaki, bilgung, uni ko‘rsatgali kel.
Har kimsaga bir makru firib o‘rgatding,
Bir makru firib menga-da o‘rgattali kel!

108

Ey ganj, egalla joyni vayronangdan,
Ey zulf, parishon bo‘lma o‘z shonangdan3.
Ey qush, yuzing o‘girma o‘z donangdan,
Ey uy egasi, tushma uzoq xonangdan.
___________
* Shona — taroq.

109

Ishq asli kamol birla-yu, dilbar-chi — jamol,
So‘z qaynar-u dilda, til uni aytgali lol.
Bormi yana bundan-da o‘tar antiqa hol:
Men tashna-yu, qoshimda oqar obi zilol.

110

Har kimsaning ko‘ksida ushoq dil bo‘lgay,
Ishqsiz yashamoq o‘shanga mushkul bo‘lgay.
Bul halqama-halqa zulf zanjiri bilan
Devona kishi bo‘lsa, u oqil bo‘lgay.

111

Ishqsiz quvonching sira afzun bo‘lmas,
Ishqsiz vujud ham xo‘bu mavzun* bo‘lmas.
Daryoga yog‘ar bo‘lsa magar yuz tomchi,
Ishq to‘lqinisiz u durri maknun* bo‘lmas.
_________
* Mavzun — zebo, nozik, chiroyli, kelishgan, nuqsonsiz.
* Durri maknun — sadaf ichidagi qimmatbaho dur.

112

Bir bayt o‘qib erdim — malagim ranjidi:
«Bayt ichra band aylash meni lozimmi edi?»
Aytsam: «Nega baytimni buzarsan, ey jon?»
«Men baytga sig‘armanmi, o‘zing o‘yla?» — dedi.

113

Band etma sira harifi g‘amgin qoshini,
Tark etma sira suhbati shirin qoshini.
Bo‘stonga kirib, borma tikan qoshiga hech,
Bo‘sh qo‘ima sira sumanu nasrin qoshini.

114

Ey soqiy, bugun sening xumoring bo‘ldim,
To tunga qadar ko‘p intizoring bo‘ldim.
May ber-u, xalos ayla bu dunyo domidan,
To toshta qadar bu tun shikoring bo‘ldim.

115

Qabrim yonidan o‘tsa, bashar mast bo‘lgay,
Sal to‘xtasa, mahsharga qadar mast bo‘lgay,
Ummon sari borsa, bahru bar mast bo‘lgay,
O‘lsa, uni qabri sarbasar mast bo‘lgay!

116

Ko‘nglimga yashirmagayman — afgor bo‘lasan,
Diydamda mujassam etmagum — xor bo‘lasan.
Jon ichra beray joy senga — dil, ko‘zdan emas,
To so‘nggi nafasgacha o‘zing yor bo‘lasan.

117

Pok ishqima rashk etgusidir obi zilol,
Bu sevgi bilan mashg‘ul o‘lish menga halol.
Gar o‘tsa birovlar ishqi holdan-holga,
Yo‘qdir meni ma’shuqamu ishqimga zavol.

118

Gar jabr etar, ahdining ne qimmati bor?
Gar zahr berar, shahdining ne qimmati bor?
Xalq nazdida jahd aylamoq ezgu ishdir,
Bul xasta ko‘ngil jahdining ne qimmati bor?

119

Sochshshng har torida bordir bir jon,
Sochdek meni ham qildi parishon jonon.
Bilgaymi o‘shal: g‘amim farovon ne uchun?
Boisi: uning nozi farovon chandon!

120

Ul bongi Sirofildan emish paydo rubob,
Dillarni tiriltirdi magar erdi kabob.
Uyg‘ondi unut o‘ylar — baliqlar xuddi
Chiqqan kabi suv ostidan ustiga shitob.

121

El gulni to‘kar ustiga xummorlarning,
Yor mayni quyar sog‘ariga yorlarning.
Sunbul sochi atgorlar ishin etsa kasod,
Sho‘x ko‘zi to‘kar qonini hushyorlarning.

122

Bog‘ yo‘lida dilbarimga bo‘ldim hamroh,
Gulga nazarim tushdi o‘shal dam nogoh.
«Chehramni qo‘yib, gulga qaraysan ne uchun?» —
Deb toza uyaltirdi faqirni ul moh.

123

Bir dam senga dilbaring magar mahramdir,
Taqdirdan ulush senga o‘shal bir damdir.
Zinhor u ilohiy damni etma zoye’,
Chunki hayotingda bu kabi dam kamdir.

124

Shakkar konida solsa chivinlar g‘avg‘o,
Shakkar koni aylarmi ularga parvo.
Qush bir qo‘nib uchgani bilan ul tog‘ning
Ortdi biror yeri-yu, kam bo‘ldimi yo?

125

Daryo kabi diydamga sanam ursa tikan
Ham qil kabi dilni tilsa g‘am tig‘i bilan,
Aslo etagidan qo‘l uzib ketmasman,
Ming hiylani ul daf’im uchun qilsa-da fan!

126

Yomonlik etib, yaxshilik iyetar esa kim,
Bilgilki, o‘shal kimsaning iymoni yarim.
Besh qo‘ldek ayon-ku, arpa ekkan kishiga
Bermasligi bug‘doyni Xudovandi karim!

127

Bul kun tavof etgum yor koshonasini,
To toyutacha qilmayin tark xonasini.
Vaqt yetganida daf’i humor aylash uchun
Bosh kosasidan yasay paymonasini.

128

Men xasta-yu, zoru notavon yor g‘amidan,
Ko‘zdan yosh emas, oqadi qon yor g‘amidan,
Bo‘g‘zimga yetar bo‘lsa-da jon yor g‘amidan,
Yo Rabbim, ayirma hech qachon yor g‘amidan!

129

Hamsuhbatimiz bul kecha ul dildorning,
O‘tmas nimalar xayolidan xushtorning:
Boshlar uza goh chamanda gul sochilsa,
Shakkar yog‘adi o‘rniga goho qorning.

130

Oshiqlik ishin kamolidan o‘rgandim,
Bitmoqni g‘azal jamolidan o‘rgandim.
Ko‘nglim uyida xayoli raqs etgaydir,
Men raqsni ham xayolidan o‘rgandim.

131

Aytdim: «Sanamim, sen — may-u, men — paymona,
Men o‘ldim-u, sen esang jonu jonona.
Och endi vafo eshigin». Aytdi: «Jim bo‘l,
Devona kishiga ne kerakdir xona?»

132

Ey, turgil-u, kirgil o‘sha neknom qoshiga,
Xush suhbatin olgali dilorom qoshiga.
Bir domni qo‘yib, kel, yana bir dom qoshiga,
Gar quvsa eshikdan, kelaver tom qoshiga.

133

Yor dedi: «Ko‘zing yoshini Jayhun etaman,
Ko‘nglingni firoq tog‘ida tutqun etaman.
Jismingga ishonma sira — uch kun ichida
G‘am o‘g‘irida tuyib-tuyib un etaman!»

134

Jabringcha xush ermas, o‘zga ming qilsa vafo,
Qayg‘ungcha xush ermas, o‘zga ming qilsa safo,
Nozingcha xush ermas, o‘zga ko‘rsatsa liqo,
Qahringcha xush ermas, o‘zga ming aytsa sano.

135

Har kun ko‘rinish berib ketib, ey dilbar,
Boshimga solursan necha savdoi digar.
Jon sog‘arini to‘ldiribon tut bu sahar,
Ey, sen mening jonimga padar ham modar!

136

Begona gurungidan esang begona,
Haq so‘zni senga aytadi bul devona:
Yuz uyni to‘latgung aridek bol birla
G‘ayr ahlidan agar xoli bo‘lsa xona.

137

Bul kecha sharobi jon mudomdir, mudom,
Soqiy shoh-u, boda bardavomdir6, davom,
Asbobi tarab* jumla tamomdir, tamom,
Uyqu dili bedorga haromdir, harom.
__________
* Asbobi tarab — xursandchilik vositalari, shodlik sababi.

138

Ishq otashida muzlar erib, suv bo‘ladi,
Ishq o‘tida toblansa, tosh inju bo‘ladi.
Ushshoq gunohini og‘ir olma, ey do‘st,
Ishq bodasidan ular beqayg‘u bo‘ladi.

139

Tun o‘tdi vale etmadi tark boshimni,
Qayg‘uli munojoti qalamqoshimni.
Ul tunda erur uyqum-u, kunduz esa nur,
Ul bo‘lmasa, tun-kun to‘kamen yoshimni.

140

Keldi-yu ko‘zimga xush xayoling, mohtob,
Har ikki ko‘zim shu lahza yosh to‘kdi shitob.
Ko‘zlarni qulog‘iga dedim ohista:
«Siylang aziz mehmonni quyib bodai nob!»

141

Bizdan o‘sha sho‘x dilbari ayyor qochadi,
Yoring bo‘layin, desak, agar yor qochadi.
Ul aqli munavvardir-u, biz masti uning,
Xummorni mudom aql etib xor qochadi.

142

Ey bongi rubob, dilimda tobim bordir,
Dil qa’rida mening-da rubobim bordir.
Gar tushsa yo‘ling bir dam aziz mehmon bo‘l,
Men qulni-da kulbai xarobim bordir.

143

Keldi eshigimga kecha yori shaydo,
Dedim: «Jo‘na, bemahalda bo‘lding paydo».
Qaytarkan iziga, dedi: «Qiziq savdo,
Davlatta eshik ochmas — u tentakmi yo?»

144

Ey yor, nima gap, jahon yo‘qoldi ko‘zdan?
Osmonu zamin qayon yo‘qoldi ko‘zdan?
Sen mayni qo‘limga berma, tut og‘zimga,
Kayf oshganidan dahon* yo‘qoldi ko‘zdan…
___________
* Dahon — og‘iz.

145

Ishqing havasi boshda-yu, zorman doim,
Ko‘ying aro mastu beqarorman doim,
Gar bor-yo‘g‘i bir kun xumor bo‘lgay mast,
Men ul mast erurmanki, xumorman doim.

146

Chek qo‘yadi bu zamona bor oh-vohga,
Bir ko‘z-da qarar falak gadoyu shohga.
Har kimsa g‘ururga mast o‘zicha, ammo,
Qaydaydi ajal barchasini bir chohga…

147

Ey dil, sira yaqin yo‘latma g‘amni,
Ep ko‘rma hecham suhbati nomahramni.
Ko‘kat ila nonga gar qanoat qilsang,
Ko‘kat, deya bilma jumla bu olamni.

148

Dil keldi-yu aytdi: «Yor savdosi uzun»,
Tun keldi-yu aytdi: «Zulfi ra’nosi uzun»,
Sarv keldi-yu aytdi: «Qaddi zebosi uzun»,
Qilsin shunga mos umrni Ollosi uzun!

149

Ishq ul — unga ergashib balolar yursa,
Oshiqmas u — ko‘rganda balo yuz bursa.
Ishq olamida atalgay mardlar mardi,
Kim ishq kabi jonga tegsa-yu, jon bersa…

150

Xijron qanotin qayirsa ummid qushini,
O‘ldirsa jafosi yana dil xohishini,
Oshiq sira tushmaydi umidsizlikka,
Maqsad sari eltar asli himmat kishini!

151

Bul fasli bahor emas, bul fasli digar,
Ko‘zlarni xumor etguchining vasli digar.
Har qanchaki novdalar tutash raqs etsa,
Har shoxni qimirlashi bo‘lar asli digar.

152

Ey, poyqadamingdan bu zamin xurramu shod,
Yuz g‘uncha quvonchidan ko‘paytirmish zot.
Osmonga tushib g‘ulg‘ula ul fursatda,
Oyning ko‘zi yulduzga tushibdir, hayhot!

153

Tavba, dilini o‘shal sanam tosh qilmish,
Qasd olgali otlanganini fosh qilmish.
Zulfi kabi ko‘p chuvaldi tavbam — unga zulm
Andoq qilayin, menga qalamqosh qilmish.

154

Kimning tilagi erur mudom manzili jon,
Kimning tilagi erur mudom luqmai non.
Bu nuktaning ma’nisini chaqqilki, ayon:
Kim ne tilasa, yetgusi unga begumon!

155

Berguvsi bo‘lak hayot kuning bitsa Xudo,
Gar umri fano qolmasa, bor umri baqo.
Ishq obi hayot erur — uning bahriga kir,
Har qatrasi bir o‘zga hayotdir uning, o!

156

Ko‘zimni qitiqlar har zamon nozi uning,
Yangrar qulog‘imda mudom ovozi uning,
Uzimcha manam oshig‘u hamrozi uning,
Qanday yashiray mast aylasa rozi uning?!

157

Ko‘kni to‘la nola aylasam, ma’zurman,
Dashtni to‘la jola aylasam, ma’zurman.
Sen jonim erursan — chopaman ortingdan,
Jonni ortda vola aylasam, ma’zurman.

158

Insof bila ayt, ishq ezgulikdir asli,
Bulgar uni kimning yuragi kir asli.
Pok sevgiga o‘xshatma harom shahvatni,
Chunki biri osmon-u, biri yer asli.

159

Jon tunda baliq, kunduz ilon erkan, oh,
O‘ylab qara: senga qaysi bir jon hamroh?
Horut kabi sehru jodudir kasbing goh,
Goh Zuhrani qo‘riqchisisan xuddi moh.

160

Qilgaymi bu qullarga u bir nazzora,
Biz topding-u chora, qoldi ishq bechora.
Jon nima? U bir zaif go‘dak beshikda.
Dil nima? U bir garib erur, bechora.

161

Goh hurlar etadi rashk — andoq pokmiz,
Goh vahmaga devlar tushadi — bebokmiz,
Hammoli Xudomiz asli — tani xokmiz,
Bu sa’y ila mavjudot ichinda toqmiz.

162

Bir qatra yuzing suvidan ul obi hayot,
Bir zarra nuringdan etding oyni bunyod.
Mohtobni tilab edim uzun kechada men,
Tun zulfing-u, oy yuzing ekan-ku, hayhot!

163

Qarchandki, qomati go‘zal bor sarvda,
Yor qaddini ko‘rsa, ne amal bor sarvda?
Yor qaddiga o‘z qaddini mengzar emish ul,
Bu kibru havo asli azal bor sarvda.

164

Biz kasbu hunar, molu do‘kondan kechdik,
She’r yo‘liga kirdig-u, jahondan kechdik.
Ko‘zu dilu jonimiz edi sevgida ul,
Bas, ko‘yida ko‘zu dilu jondan kechdik.

165

Og‘zing isini menga chaman bildirgay,
Husningni esa lola, suman bildirgay,
Ul ikkisi bo‘lmasa ochurman labni,
Nomingni tutib, u so‘z bilan bildirgay.

166

Qaydan, qani, nag‘mayi rubob, kelmishsan,
Ming otashu sho‘ru fitnaga to‘lmishsan,
Dil josusi-yu elchisisan sahroning,
Dil rozi erur har ne navo qilmishsan.

167

Ey ko‘zu dilu jon huzuri qandoqsan?
Har ikki jahonim sururi qandoqsan?
Holim ne labing hajrida asti so‘rama,
Mensiz o‘zing, ey ko‘zim nuri, qandoqsan?

168

Ey jonu jahon, jonu jahon bandang emish,
Olamni shirin etgan shakar xandang emish.
Sendekni falak ko‘rmamish olam yaralib,
Osmonu zamin husnishta hangu mang emish…

169

Terimni shilib olsa-da ul dildorim,
Undan gina qilmagum sira — yo‘q zorim.
Dushman menga barcha-yu, udir yolg‘iz do‘st,
Dushmanga chaqishga yorni kelgay orim.

170

Sendek bu faqir oqilu hushyor erdim,
Oshiq elini qilguchi inkor erdim.
Umr o‘tdi-ey oh-voh ila devonayu mast,
Shundoq yashamoqqa, bas, sazovor erdim.

171

Ma’shuqa quyosh kabi charaqlar xandon,
Zarra kabi oshiq bo‘ladi sargardon,
Bas, sevgi bahori yellari esgan on
Har shox raqs etar unda magar bordir jon.

172

Gar istar esang, hamisha hurram bo‘lsang,
Etsa qadaming qayga, mukarram bo‘lsang,
Pok bo‘l-u, halol yasha-yu, ilm o‘rgangil,
To toji bashar, Hazrati Odam bo‘lsang!

173

Sen birla quvonchga to‘la shahru dehot*,
Osmonu zamin-da sen sabab xurram, shod.
G‘amdan bo‘lak hech kim gina qilmas sendan,
Sen hammani g‘am-qayg‘udan etding ozod.
__________
* Dehot — qishloqlar.

174

Derlar menga: «Muncha otashin dard qaydan?
Bu nolayu oh-u, bu rangi zard qaydan?»
Dedim: «Gapingiz g‘alat, o‘shal oy yuzni
Bir ko‘rsa kishi, bilardi bu dard qaydan».

175

Ko‘nglimdagi oh boisi savdo, ey dil,
Ul aslida dil tufayli paydo, ey dil.
Qondan yuragim mavj uradi to‘xtovsiz,
Bas, u dil emas, bo‘libdi daryo, ey dil!

176

Har narsani dil ochig‘u pinhon so‘zlar,
Mushkin soch haqinda anbarafshon* so‘zlar.
Oshufta esa u, bu — parishon, bilgum,
Oshufta og‘iz ochsa, parishon so‘zlar.
________
* Anbarafshon — anbar sochuvchi, xush xid taratuvchi.

177

Ey do‘st, axir, do‘stu yaqinmiz senga,
Etsa qadaming qayga, zaminmiz senga.
Sezsak-da tajallingni, o‘zing ko‘rmasmiz,
Ishq sharti shumi, nahot o‘yinmiz senga?!

178

Men — zarra, quyoshyuz dilraboyimsan o‘zing,
Bemorman-u, dardimga davoyimsan o‘zing.
Yo‘q garchi qanotim, uchaman ortingdan
Bir xas kabi, chunki kahraboyimsan* o‘zing.
________
* Qahraboni charmga ishqab, somon, xasga yaqinlashtirsa, ularni o‘ziga tortadi.

Ergash Ochilov tarjimalari

MAVLONO JALOLIDDIN RUMIY

1

Ay dil, ko‘zingni och, jahon o‘tgusidir,
Umring bu jahonda roygon o‘tgusidir,
Tan manzilida mahbusu g‘ofil qolma,
Manzil osha manzil karvon o‘tgusidir…

2

Jonim bsrayin, ol uni, jondin kechma.
Dildan kechayin, ol u jahondin kechma.
Sen o‘qsanu men esam kamonmen hanuz,
Ey o‘q, sabr ayla, kamondin kechma…

3

Ko‘nglim dudi bir nishoni savdo, ey dil,
Har lahza u dud ko‘ngilda paydo, ey dil.
Qonlar necha mavj urar msning bag‘rimda,
Toshgaymu edi bo‘lmasa daryo, ey dil…

4

Ko‘nglimni sanamga mubtalo istarmen,
Jonimga necha tiri balo istarmen.
Ko‘yingda agar kechmasa umrim, sanamo,
Qonlar yutadirmanu qazo istarmen…

5

Dedimki, ko‘zim, dediki, Jayhun etgum,
Dedim: yuragim, dediki, purxun etgum.
Dedimki, tanam, dediki, uch kundan so‘ng
Rasvo qilibon, badarg‘a, surgun etgum…

6

Soqiy quyadir bodai humro, ne qilay?
Gar bo‘sa talab aylasa jono, ne qilay?
Iqboli visol hozir ekan, kutmasmen,
Kutmoqqa yana bo‘lmasa ma’no, ne qilay?

7

Mayling, malagim, xublik esa, xubing o‘zim,
Jang qilsang agar, qo‘lingdagi cho‘bing o‘zim.
O‘ldirsang agar ranj ila, Ayyubing o‘zim.
Ey Yusufi ro‘zgor, Ya’qubing o‘zim…

8

Sendanmi chu bezor bo‘layin? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!
Bir boshqasiga yor bo‘layin? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!
To bog‘i visolingda faqat gul ko‘rdim,
Guldin kechibon, xor bulayin? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!

9

Ko‘nglim havasing bila rubobdir, rubob,
Har porasi o‘rtanib, kabobdir, kabob.
Dildorki dardimga boqib, xomushdir.
Homushligi menga ming javobdir, javob…

10

Majnuni parishoning o‘zim, ilkim tug,
Sargashtavu xayroning o‘zim, ilkim tut.
Har holi xarobga bir madadkor bo‘lgay,
Ul besaru somoning o‘zim, ilkim tut…

11

Ey sarvi ravon, hech xazonliq ko‘rma,
Ey chashmi jahon, hech yomonliq ko‘rma.
Ey jon, ki jon der seni osmonu zamin,
Rohat bori ko‘rgilki ziyonliq ko‘rma…

12

Ey bongi rubob, kuyingga tobim bordir,
Bag‘rimda mening-da bir rubobim bordir
Chetlab o‘taverma, kir, aziz mehmon bo‘l,
Mehmonni kutishga bir xarobim bordir…

13

Ey bosh, sabab senda, sabab senda, sabab,
Ey tan, ajab senda, ajab senda, ajab.
Ey dil, talab senda, talab senda, talab,
Ey jon, tarab senda, tarab senda, tarab…

14

Yuzingga boqib, yuzlari gulshan erdim,
Ko‘zingga boqib, ko‘zlari ravshan erdim.
Dedimki, yiroq tutay yomon ko‘zlardin,
Yoningda yomon ko‘zli magar man erdim?..

15

Ey jonu jahon, jonu jahonim qayda?
Ey oy, zaminu osmonim qayda?
Sen mayni qo‘limgamas, labimga tutgil,
Mastlik bila bilmasam dahonim qayda?

16

Jonon keladir chamanda tanho-tanho.
Nargis ko‘zi purxumoru ra’no-ra’no.
To‘sdim yo‘lini, dedimki, bir bo‘sa olay,
Faryod solib haydadi: yag‘mo-yag‘mo!..

17

Har lahza g‘aming chekib, g‘aming olg‘aymen,
Har lahza g‘aming bila yana qolgaymen,
Har chandki kaming chekib-chekib, jon berdim.
Kam ulki, g‘aming chekib-chekib, tolgaymen…

18

La’ling, sanamim, hamisha xandon bo‘lgay,
Oshiq sen ila hurramu shodon bo‘lgay.
Har kimsa seni ko‘rsayu gar bo‘lmasa shod,
Baxt yuzini ko‘rmagay u, sarson bo‘lgay.

19

Jonimki, harif erdi, begona emish,
Aqlimki, tabib erdi, devona emish.
Vayronaga shohlar berishar ganj, ajab.
Vayrona dilim ganj ila vayrona emish…

20

Men o‘lsam agar, boshimda giryon bo‘lmang,
Jononima topshiringu nolon bo‘lmang.
Jonsiz u labimga lab qo‘yib jononim,
Jon menga ato aylasa, hayron bo‘lmang…

21

Ey munisi ro‘zgor, nechuksen mensiz?
Ey hamdamu g‘amguzor, nechuksen mensiz?
Men bori xazonmenu xarobmen sensiz,
Ey yuzlari gulbahor, nechuksen mensiz?

22

Xurshidi kamarbasta fidoying bo‘lsin,
Ul oy, jigarxasta fidoying bo‘lsin,
Ul sarvu guli rasta fidoying bo‘lsin,
Bu jon senga payvasta, fidoying bo‘lsin…

23

Men zarravu xurshedliqoyim sensan,
Bemori g‘amingmenu davoyim sensan.
Uchmoqqa qanot yo‘q, vale uchgaymen,
Somon bo‘libmen, kahraboyim sensan…

24

Dedim: sanamo, magarki jononim o‘zing.
Jonimni nisor etay senga, jonim o‘zing.
Murtad bo‘layin, agarda tushsam ayru,
Ey jonu jahon, kufr ila iymonim o‘zing…

25

Xushdirki bugun jisming aro jon bo‘lsa,
Qarshingda dag‘i bir ruhi jonon bo‘lsa,
Bulbul kabi dilda dog‘i hijron bo‘lsa,
Maskan senga erta kech guliston bo‘lsa…

26

Derlar: hama ishq – havoyi nomdir, yolg‘on,
Derlar yana ishq umidi xomdir, yolg‘on.
Baxt yulduzi ko‘kdamas, shu jonimda yashar,
Derlarki, balandlik – necha tomdir, yolg‘on..

27

Gar bo‘lsa umr, boz bergaydi Xudo,
Gar umri fano bo‘lmasa, naqd umri baqo.
Ishq obi hayot erur, uning mavjiga kir.
Har qatrasi bir hayot emish, senga fido…

28

Dunyoki Iso bilan ekan molomol,
Sig‘mas anga hech qachon matoi Dajjol.
Sho‘roba — taxr suv degani kimga kerak,
Ko‘p ersa jahon ichra agar obi zilol?

29

Ey oy, chiqib keldingu tobon bo‘lding,
So‘ng sayri falak etib, xiromon bo‘lding.
Bildingmi keyin, jonga barobar bo‘libon,
Nogoh botib ketdingu pinhon bo‘lding…

30

Ey, senki yasharsen, shodu xurram bo‘lgil.
Har yerda yana azizu mahram bo‘lgil.
Umringni halolu pok kechir, ilm o‘rgan,
To zebi bashar, ziynati Odam bo‘lgil…

31

Umr o‘tdiyu ko‘rmadim vale gulzoring,
Ul nargisi purxumoringu xummoring.
Xalqdan chu vafo kabi magar pinhonsen,
Ko‘p bo‘ldiki ko‘rmadim nari ruxsoring.

32

Ishq bo‘ldi, ko‘ring, hamsha damsoz menga,
Dunyo ishidan etmadi og‘oz menga.
Jonim beradir ichimdan ovoz menga,
Och menga eshikni, deb qilur roz menga.

33

Kun o‘tdiyu kun keldi, xarobmen, xarob,
Qo‘y har neki andishani, ol qo‘lga rubob.
Yuz qatla namoz durur, yuz qatla sujud —
Gar do‘st jamoli senga ersa mehrob.

34

Men oshiqi ishqmenu musulmon boshqa,
Men zaif chumolimen, Sulaymon boshqa.
Mendan alamu ohu jigarnora so‘ra,
Bozorchai qasabfurushon boshqa…

35

So‘rdimki, qayerdadir, nigoro, xonang?
Dediki, dilingdir ul — o‘shal vayronang.
Vayronaga men, quyosh nechuk kirgaymen?
Ey mast, xarob bo‘lgay o‘shal koshonang!

36

Laylimki nahor bo‘lmasa ul, men ne qilay?
Baxtimki bahor bo‘lmasa ul, men ne qilay?
Dedimki, ichay bodani sen birla, sanam,
Iqbol menga yor bo‘lmasa ul, men ne qilay?

37

Kelmish menga bir ajab shikorim, ne qilay?
Boshimga tushibdir ul xumorim, ne qilay?
Zohidmen o‘zim, vale meni yo‘lda ko‘rib,
Gar bo‘sa berar bo‘lsa npgorim, ne qilay?

38

Nafsim itini dodimki men, pir aylay,
Tavba ipidan bo‘yniga zanjir aylay.
Har yerda harom ko‘rib vale ul ko‘ppak,
Zanjirni uzar bo‘lsa, ne tadbir aylay?

39

Jon boricha bir bandai marjoning o‘zim,
Oshuftayi ul zulfi parishoning o‘zim.
Ey nay, navo aylaki, afg‘oning o‘zim,
Ey chang, jaranglagilki, mehmoning o‘zim.

40

Gar baliq esang, suzgali daryoying o‘zim,
Gar ohu esang, kezgali sahroying o‘zim,
Men senga asirmanu sen — menga nafas,
Surnoyingu surnoyingu surnoying o‘zim.

41

Ey oy, agar samoda porloq nursen,
Yorim yuzicha ravshan emas, benursen.
Ey nargis, agarchi tozayu maxmursen,
Yorim ko‘zicha xumor emas, ma’zursen.

42

Dedimki, ko‘yingda men bugun devona,
Uyqumda ko‘rarmenmu seni, jonona?
Dediki, gapirma, bas! Bu ne afsona?
Devonayu uyqu! Yasha, ey farzona!..

43

Oy ketdi balandlab, biz esa past bo‘ldik,
Yor hushiga keldi, biz esa mast bo‘ldik.
Ey jonu jahon, so‘ngra nelar bo‘lganini
Sen so‘ylama chun har neki bo‘lmas, bo‘ldik…

44

Boshimni hamisha ostoningta qo‘yay,
Ko‘nglimni sochingga — o‘ynagoningga qo‘yay.
Jon og‘zima keldi, hoy, o‘zing lab tutgil,
Jonimni qulay qilib dahoningga qo‘yay…

45

Ishq nash’asi bu kecha mudomdir, mudom,
Jomu mayi la’l bizga davomdir, davom.
Ohu g‘amu andisha — haloldir, halol,
Ko‘p, uyquni o‘ylama — haromdir, harom…

46

Ishq – avji kamol emish, sanam — avji jamol,
Ko‘ngil to‘la so‘zu, til aytgali lol.
Voy, menga yoronlar, bu ne holdir, bu ne hol?
Men tashnayu oldimdin oqar obi zilol…

47

Vaslingni tilab xastayu zormen kunu tun,
Ishqing mayi birla beqarormen kunu tun.
Mastlarga xumor aslida bir kun bo‘lgay,
Men mastni ko‘rigizki xumormen kunu tun…

48

Dil ketdiyu aytdi: «Yor savdosi uzun»,
Tun keldiyu aytdi: «Zulfi ra’nosi uzun».
Sarv keldiyu aytdi: «Qaddi bolosi uzun»,
Hoy, umri uzun, desangchi, dunyosi uzun!..

49

Dil dardini oshkoru pinhoi aytar,
Zulf ersa, hadisni anbarafshon aytar.
Ul — oshuftayu bul esa — parishon, ma’lum,
Oshuftaki so‘z aytsa, narishon aytar…

50

Lutfing bila tosh porasi jonona bo‘lur
Nutqing, sanamim, agarda mastona bo‘lur.
Nogoh iki zulfingni ko‘rar bo‘lsa, ishon,
Luqmoni Hakim oshig‘i devona bo‘lur…

51

Zinhor, dilo, yaqin yo‘latma g‘amni,
Suhbatga muyassar etma nomahramni.
Non birla ko‘katga-ku qanoat qilding,
Ko‘katga alishma endi shu olamni.

52

Ey lola, yuzimga termulib, rang o‘rgan,
Ey Zuhra, dilim taloshidin jang o‘rgan.
Ul lahzaki yangrar yana ohangi visol.
Ey baxti abad, kelgilu ohang o‘rgan…

53

Ey do‘sti azizlarim, judolik etmang,
Ko‘p hoyu havas birla xatolik etmang.
Bir jumlada so‘zlar kabi mardona turing,
Amr o‘ldi vafoki, bevafolik etmang…

54

Men birgina jonmenu yuz mingta tanim,
Ammo ne qilayki, band yumuqdir dahanim.
Ko‘rdim pecha ming xalqki, ul men erdim,
Yo‘q erdi ulardin biri monandi manim…

Jamol Kamol tarjimalari

“NAYNOMA”
(“Masnaviy”dagi ilk o‘n sakkiz bayt)

Bishnav az nay chun hikoyat mekunad,
Az judoyiho shikoyat mekunad.

Tingla bu nay ne hikoyat aylagay,
Ul judoliqdin shikoyat aylagay.

K-az nayiston to maro buridand,
Az nafiyram mardu zan nolidand.

Aylagach ayro nayistondin bu dam,
Tingladi erkak-ayol hasrat-la g‘am.

Siyna xoham sharha-sharha az firoq,
To bigo‘yam sharhi dardi ishtiyoq.

Ayriliqdin pora siyna istaram,
Toki dardim shavqidin sharh aylaram.

Har kase ki dur mond az asli xesh,
Boz jo‘yad ro‘zg‘ori vasli xesh.

Kimki ayrilgan erur o‘z aslidin,
Istagay takror nishon ul vaslidin.

Man ba har jam’iyate nolon shudam,
Jufti xushholonu badholon shudam.

Men bu odam qavmi ichra nay edim,
Shodu g‘amgin ilkida birday edim.

Har kase az zanni xud shud yori man,
Az daruni man najust asrori man.

Har biri o‘z shubhasidin yor edi,
Bilmagay lek ichda ne asror edi.

Sirri man az nolai man dur nest,
Lek chashmu go‘shro on nur nest.

Sirlarim ermas fig‘onimdin yiroq,
Yo‘q erur ko‘zlar ichinda nur biroq.

Tan zi jonu jon zi tan mastur nest,
Lek kasro diydi jon dastur nest.

Bir-biridan tan va jon pinhon emas,
Kimsaga jon ko‘rmagi farmon emas.

Otash ast in bongi noyu, nest bod,
Har, ki in otash nadorad nest bod.

Nay ovozi g‘am erurkim yel emas,
Kimda ul g‘am bo‘lmasa, ul el emas.

Otashi Ishq ast k-andar nay fitod,
Jo‘shishi Ishq ast k-andar may fitod.

Naydagi otash ham asli ishq erur,
Maydagi qaynash-da asli ishq erur.

Nay harifi har ky az yori buriyd,
Pardahoyash pardahoi mo dariyd.

Yordin ayrularg‘a nay ham yor erur,
Pardasidin pardalar sadporadur.

Hamchu nay zahreyu tiryoke ky diyd,
Hamchu nay damsozu mushtoqe ky diyd.

Naydayin og‘uyu afyun kim bilur,
Naydayin hamdam va shaydo kim bo‘lur.

Nay hadisi rohi purxun mekunad,
Qissahoi ishqi Majnun mekunad.

Qon bo‘lib yo‘llar, kalomin shavqidan,
So‘ylagay nay qissa Majnun ishqidan.

Mahrami in hush juz behush nest,
Mar zabonro mushtariy juz go‘sh nest.

Mahramidir hushni hushsizlar-ki, bas,
Tilga tolibdir – quloqdin o‘zgamas.

Dar g‘ami mo ro‘zho begoh shud,
Ro‘zho bo so‘zho hamroh shud.

Bo‘ldi tun, g‘am birla kun bizlar uchun,
Erdi hamroh, so‘z bilan kunlar junun.

Ro‘zho gar raft go‘: “Rav, bok nest,
Tu bimon, ey on, ki chun tu pok nest”.

O‘tsa kunlar aytki: “Parvo bo‘lmagay,
Sen faqat qol, Sendayin pok o‘lmagay”.

Har ky, chuz mohy zi obash ser shud,
Har ky bero‘zist, ro‘zash der shud.

Qonadir suv birla kas, mohdin bo‘lak,
Benasib, kun o‘tmog‘in kutmoq kerak.

Dar nayobad holi puxta hech xom,
Pas suxan ko‘toh boyad, vassalom.

Topmasa gar puxtadan hech narsa xom,
Kalta qilgin so‘zni endi, vassalom.

Fors tilidan Kavsar tarjimasi