Ehson Tabariy (احسان طبری) – eronlik shoir, siyosatchi.
SAN’AT
She’riyat yaralmas, gar bo‘lmasa dard,
San’atga ilm o‘zi yetmog‘i gumon,
Yong‘in lovullashi uchun uchqun shart:
Muzlagan ko‘ngilda yonmas hayajon.
So‘zamol Sahbonning qalbidagi o‘t,
So‘zidagi vulqon, tildagi shiddat
Qalbi tosh, gunglarda bo‘lmagay butkul.
She’riyat yaralmas, gar bo‘lmasa dard.
Qaysar, isyonkorlar dillarida – dard,
Yarashar eng otash so‘zni aytsalar.
Azobdan tug‘iladi asl she’riyat –
Qaro yerdan unar… yashil maysalar.
Karim Bahriyev tarjimasi