Yulius Fuchik. Dor ostidagi so‘z (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Yulius Fuchik (1903.23.2, Praga – 1943.8.9, Berlin) — chex yozuvchisi, tanqidchi va jurnalist. ChSSR Milliy qahramoni. Plzendagi real gimnaziyani tugatgach (1921), Praga universitetining falsafa fakultetida o‘qigan. 1922 yildan adabiyot va teatr masalalariga oid maqolalar chop eta boshlagan. «Kmen» («Stvol», 1927—29) va «Tvorba» («Ijod», 1927—28) jurnallariga muharrirlik qilgan paytida barcha ilg‘or kuchlarni yagona front atrofida birlashtirishga uringan. 1930 va 1934—36 yillarda SSSRda bo‘lib, safar taassurotlari asosida «Ertangi kunimiz kechagi kun bo‘lib qolgan mamlakatda» (1932) kitobini yozgan. SSSRga qilgan 2-safari vaqtida O‘zbekistonda birmuncha vaqt yashab, mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlarni kuzatgan va o‘zbek xotin-qizlari hayotiga bag‘ishlangan «Tojixon Shodiyeva tarixi», «Roziyaxon Mirsoatova» singari ocherklar yozgan. Fuchik O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga doir 24 ta ocherk va maqola e’lon qilgan. Fuchikning 30-yillar so‘ngidagi adabiy-tanqidiy faoliyatida umuminsoniy qadriyatlarni fashizm xavfidan saklab qolish g‘oyalari ustuvorlik kiladi. 1942 yil aprelda Chexoslovakiya kompartiyasining yashirin nashrlariga rahbarlik qilgani uchun gestapo tomonidan hibsga olingan va 1943 yilning yozida Germaniyaga olib ketilib, qatl etilgan. Fuchik Pragadagi Pankrats qamoqxonasida «Dor ostidagi so‘z» (1942) kitobini yozgan. Ko‘pgina tillarga tarjima etilgan ushbu kitob fashizmga qarshi mardona kurash olib borgan kishilar, shu jumladan, Fuchikning o‘zi haqidagi, ularning matonati va jasorati haqidagi hujjatli qissadir.Fuchik Tinchlik tarafdorlarining 2-butunjahon kongressida Xalqaro tinchlik mukofoti bilan takdirlangan (1950). Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.