Yashar Aliyev. Ayriliq (hikoya)
Ona-bola saharlab yo‘lga chiqishgandi, yuraverib charchashgani bois oyoqlaridan mador keta boshlagandi, ikkisi ham bir og‘iz gapirmasdan borardi. Ona qosh qoraymasdan turib manzilga yetish lozimligini, aks holda o‘g‘li yolg‘iz qaytsa, yo‘lda turli yirtqichlarga ro‘para kelishini o‘ylab, so‘nggi kuchini to‘plab bo‘lsa-da, olg‘a davomi…


Yashar Aliyev (Yaşar Məmmədəli oğlu Əliyev) 1963 yil 3 mayda Bokuning Amirjon tumanida tug‘ilgan. Ozarboyjon Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Bir qator davlat muassasalarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Ayni paytda “Hazar” adabiy-badiiy jurnalining bosh muharriri. “Etti hikoya”, “Bo‘ri”, “O‘g‘il” singari asarlari chop etilgan. 1991 yilda uning stsenariysi asosida “Devor” nomli badiiy film suratga olingan. Xuan Rulfoning “Pedro Paramo” romanini ozar tiliga o‘girgan.