Varlam Shalamov. Pasternakdan xat (hikoya)
Sarxush radist eshigimni ochdi. – Senga boshqarmadan xat bor, mening oldimga kir. Shunday dedi-yu, qorong‘ida qor qo‘ynida g‘oyib bo‘ldi. Safardan olib kelgan quyon to‘shlarini pechkadan chetga surib qo‘ydim. O‘shanda quyon mo‘l yil bo‘lgandi. Qopqon qo‘yib ulgursang bas edi, ilinaverardi. Yarim davomi…


Varlam Shalamov (1907–1982) murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tgan rus yozuvchilaridan biri. U yoshligidan adabiyotga mehr qo‘yadi, ham she’r, ham nasrda qobiliyatini sinab ko‘ra boshlaydi. Moskva Davlat universiteti talabaligi chog‘ida Leninning siyosiy vasiyati – partiyaning X11 s’ezdiga yozgan xatini tarqatishda ayblanib, uch yil lagerda o‘tiradi. 1937 yili yana qamaladi va Kolimaga jo‘natiladi. KPSS XX s’ezdidan keyin to‘la oqlanadi.