Shtab doktori qaysarlik bilan o‘z gapida turib oldi. “Ser, agar hayotingiz xavf ostida qolsa men bu ishni qilmayman. Yurtimizda doktor Lensdan boshqa qalqonsimon bezni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini qiladigan jarroh yo‘q.”
“Siz operatsiya qilasiz!”
Shifokor boshini chayqadi. “O‘lib qolishingiz mumkin, rais janoblari. Bu borada mening tajribam yetarli emas.”
Rais hamma joyni ostun ustun qilib tashladi. Ayollarga o‘xshab jazavasi tutib o‘zini qo‘yishga joy topolmasdi. Nihoyat u taslim bo‘ldi.
“Uni bu yerga olib kelinglar” deb buyurdi.
Doktor Lens raisni diqqat bilan tekshirib ko‘rdi. “ Xo‘sh ko‘rdim, Men bu operatsiyani qilaman. To‘lovi qancha bo‘ladi? deb so‘radi u.
“To‘lov?” hayratlanib qaradi rais. “Sen iflos cho‘chqasan. Axir senga gunohlaringni yuvish uchun imkon berilyaptiku!” Doktor qoshlarini uchirdi. “Buni mendan boshqa birov qila olmasligini yaxshi bilasiz. Shubhasiz mening ishim juda qimmat turadi.
“O‘z bilganingdan qolmaysan! Agar ozgina saxiylik qilsang tirik qolasan.”
“Shunday bo‘lsa ham men haqqimni olmaguncha operatsiya qilmayman.” “Senga tirik qolasan deyapman” bu safar po‘pisa qilib gapirdi rais.
Lens indamadi.
“Oilang borligidan xabarim bor”
Lens labini tishladi. Emma… ular uning xotini Emma va kichkina qizchasi Rouzga shikast yetkazishlari mumkin. Lekin u jasur bo‘lishi kerak. U oilasi uchun hamma narsaga tayyor. “ Ular o‘limdan qo‘rqishmaydi” deb javob berdi Lens qat’iylik bilan, “keyin ham, hozir ham” . Rais Lensni soatlab tutqunlikda ushlab tursa ham u fikrini o‘zgartirmadi. U bardoshlilikni onasidan o‘rgangan edi.
“Nima istaysan?” dedi Rais nihoyat taqdirga tan berib.
“O‘zim va oilam uchun passport.”
“Yaxshi, to‘rt tomoning qibla!”
“O‘z taqdirimni o‘z qo‘limga topshirasiz”
“Juda soz”
“Operatsiya qilmasimdan oldindan oltin to‘laysiz.”
O‘ziga bino qo‘ygan ahmoq! Operatsiyadan so‘ng boshqa tomonga o‘zgarasan deb umid qilaman.
“Ha, shuningdek operatsiyani xorijdagi kasalxonada qilaman.”
“Bema’nilik!”
“Buni talab qilaman!”
“Menga ishonmayapsanmi?”
Lens javobsiz ko‘zlari bilan to‘g‘ridagi xonaga termildi. Rais uning yuziga zarb bilan tushirdi. Doktor jon holatda o‘zini olib qochdi biroq ulgurmadi…
“U bilan birga borishni istaysanmi, Samuyel?” deb so‘radi rais.
“Albatta, doktor” dedi yoshroq bir erkak doktor Lensga qo‘rquv bilan qarar ekan.
“Tuzalib ketishingizga kafolat bera olmayman. Raisning qalqonsimon bezi xastalangan. Siznikini olib unga o‘tkazadigan bo‘lsak bunga dosh bera olmasligingiz mumkin.”
“Buni bilaman, lekin men bu la’nati konsentratsion lagerdan tezroq ketmoqchiman!”
“Ha, albatta siz haqsiz. Agar tuzalib ketsangiz ozod bo‘lasiz. Tuzalguningizcha sizga o‘zib g‘amxo‘rlik qilaman.
Samuyel kuldi. “Konslagerlar yo‘q mamlakatlarda kasal bo‘lsang ham xursand bo‘lsang kerak!”
“Xo‘p mayli, qani boshladik unda.”
Ular xonaning oxiridagi asabiy guruh oldiga qaytishdi. Tashqarida esa askarlar maoshidan dohiyning operatsiyasi uchun pul yig‘ilayotgan edi. Bir soat yigirma daqiqadan so‘ng Lens so‘nggi asbobini qo‘yar ekan yordamchi jarrohlarga “bo‘ldi” deb bosh qimirlatdi va qo‘lqoplarini yecha boshladi. Xonadan chiqishdan oldin u ikki bemorga bir qarab qo‘ydi.
Keyingi kuni doktor Lens birinchi klassdagi mehmonxonaga ko‘chib o‘tgan rafiqasi va qizchasini ko‘rib kasalxonaga qaytib keldi. U kasalxona qabulxonasiga kelib Samuyelning ahvoli haqida so‘radi. Qabulxonadagi xodimning boshi qotib unga qaradi. “ U bu yerda emas” dedi u.
“Bu yerda emas?”
“U Janobi oliylari bilan birga mamlakatingizga qaytib ketdi.”
Lens tortishib o‘tirmadi. Ayyorlik ma’lum bo‘ldi, endi bechora Samuyelga yordam berishga kech edi. Doktor Lens o‘zi va oilasiga ham Samuyelga qilingani kabi beshavqat adolatsizlik qilinmagani uchun Yaratganga shukronalar keltirdi. Xodim bilan xayrlashib indamachiqib ketdi.
Bu orada rais janoblari hushiga keldi. Operatsiya yakunlandi! U tirik! U endi yashaydi! U paypaslab qo‘ng‘iroqni qidirib topdi, asta sekin ko‘zlarini ochib xonani ko‘zdan kechira boshladi. Bu Dohiy yotadigan xonaga o‘xshamaydi. Uning jahli chiqa boshladi. U kir bo‘lib yotgan shiftga, chang bosib yotgan polga nafrat bilan qaradi. Krovatniku aytmasa ham bo‘ladi, bolalar krovatidan ham kichkina. “Kim bor?” deb baqirdi rais. Uning sevimli korpusining formasini kiygan bir askar kirib keldi.
“Qayerda yuribsan yaramas cho‘chqa!” deb o‘shqirdi rais. Dohiy senga murojaat qilganida chest ber! deb yana baqirdi rais. Askar esankirab qoldi. U krovat tomonga yurib bordi va qaddini rostlab, o‘ng qo‘li bilan chest berdi. Uning qo‘lida rezina tayoq (dubinka) bor edi. “Dohiyda Salom! deb baqirdi u va rezina tayoq bilan raisni yuziga tushirdi.
Shovqinni eshitgan boshqa askar xonaga kirganida birinchi askar kulayotgan edi. “ Nima gap Jon?” U dohiyning qonab ketgan yuziga beparvolik bilan qaradi. “Uni tanimadingmi?” deb u sherigini yoniga tortdi va asta pichirladi.
Sherigining ko‘zlari katta katta bo‘lib ketdi va tirjaydi. “Shunaqami? Ular uni tuzalishini istamaydimi? Yaxshi, bugun ertalab yaxshigina mashq qilgandim.” “Ketdik Fetsni olib kelamiz unda doim ajoyib g‘oyalar bo‘ladi.”
“Yaxshi fikr.” U eshik oldiga borib qichqirdi, “Ey Fets!”
Fashist dohiy bir odamni qurbon qilib, katta pul evaziga bo‘lsa ham jonini saqlab qolishga intildi lekin oxir oqibat baribir o‘z halokatini topdi.
Ingliz tilidan Feruz Ziyodullayev tarjimasi
“7x7” gazetasi 2014-yil, 24-iyul soni