Moxandas Karamchand Gandi. Mening hayotim
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Gandi Moxandas Karamchand (1869, Gujarot viloyati — 1948.30.1, Dehli) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni «Mahatma» («Buyuk qalb») deb ataydi. Uning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan gandizm ta’limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887—91 yillarda Angliyada hukuqshunoslik bo‘yicha ma’lumot oladi. 1891 yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914 yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos-maslahatchi. Nataldagi olmos, ko‘mir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi «satyagraxa» («kuch ishlatmasdan kurashish») taktikasini ishlab chiqdi. U 1915 yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar o‘tkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq to‘lashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922—24, 1930—31,1942—44). Gandi hindular bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizmtya e’tiqodi chuqur bo‘lgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bog‘lashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va do‘stligi haqidagi g‘oyalari Hindistondagi reaktsion unsurlarning g‘azabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti a’zosi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.