Mehmon Baxtiy. Xubon (qissa)

Aziz hamqishloqlarim hurmati va otamning yorqin xotirasiga bag‘ishlayman

1

Oftob hali qiyomga yetmagan edi. Tog‘ yonbag‘ridagi haydalib, tekislab qo‘yilgan yer tomondan hofizning yakka nolishi qishloq osmoniga arang-arang o‘rlardi. Bu tepalikdan Sholon, Qal’acha va Chashmador qishloqlari, ekin yerlari va yam-yashil bog‘lari ko‘zga tashla-nardi.
Bu qishloqlarni qurshab olgan tog‘larni kuzatgan inson qachonlardir mo‘jizali tabiat o‘zining bor mahoratini ishga solib, bu yerdagi tepalik va tog‘lar atrofiga ulkan bir taqa qo‘ygan deya o‘yga borardi. Bu tepalik va tog‘lar yonbag‘rida hamda dara va sel yo‘l-lari o‘rtasida g‘allazor maydonlar sap-sariq rangda tovlanardi…
Bug‘doyzor yonida to‘rt hofiz jarangli, baland ovozda qo‘shiq kuylardi.

Unib-o‘sgan bug‘doyni o‘ramiz-ey-o‘ramiz,
Yor olisda, holini so‘raymiz-ey-so‘raymiz.

O‘roqchilar bug‘doyni qabzalagancha, berilib-berilib o‘roq tortishardi.
Ovozlari tomoqlarida qotib qoldimi, qo‘shiq ayni avjiga chiqqan mahal bir-daniga hofizlar kuylashdan to‘xtashdi. Katta yo‘lda ko‘ringan otliq Sholon qishlog‘iga yeldek kirib keldi. Uch-to‘rt o‘roqchi yelkaga o‘roq tashlab yerga o‘tirishdi va yana bir necha o‘roqchi, birining qo‘lida bug‘doy bog‘lami, ikkinchisi bug‘doy tutamini tutgancha turgan joyida qotib qoldi. Balanddan ko‘zga kichik ko‘rinayotgan otliq qishloqning quyuq daraxtzorlari orasida bir ko‘rinib-bir ko‘rinmay shitob bilan ot qamchilab borardi.
Otliqning paydo bo‘lishi bug‘doy o‘rayotgan odamlar ruhida bir yengillik va quvonch uyg‘otdi. O‘roqchilarning iliq, ma’noli nigohlarida bu hissiyot ifodasini sezish qiyin emasdi. Ularning har biri otliqning bir xushxabar bilan kelayotganiga ko‘z tutardi. Bu yerlarning odatiga ko‘ra chopar hammadan avval askar oilasiga xushxabar yetkazishi va bu epchilligi, chekkan zahmati evaziga suyunchi olishi zarur. Lekin bu quvonch, bu ulug‘ baxt qaysi bir xonadonga nasib bo‘lishini hali hech kim bilmasdi…
Urush tugaganiga bir yarim oy vaqt o‘tdi. Qishloqning kamdan-kam yigitlari urushdan qaytib, bobo kasblari – dehqonchilikka kirishib ketishdi. To‘rt yildan ko‘p cho‘zilgan urush davomida keti ko‘rinmagan qoraxat, uyma-uy oralab yurgan motam yig‘i-sig‘isi bora-bora qishloq odamlari ko‘zidagi yoshni quritdi. Urushdan biron askar qaytib kelgan hovli ostonasidan odamlar oyog‘i hafta-haftalab uzilmasdi. Askar diydorini ko‘rish uchun kelgan odamlar bu mo‘jizaga – uning tirik qaytib kelganiga shukronalik qilishardi. Birinchi kuni dutor va doira navosi, qo‘shiq va raqs jozibasi askar hovli-sini sururga ko‘mardi. Shu yo‘sin oldingi g‘am va aza qishloqdan uzoqlashganday bo‘lardi. Lekin frontdan qaytmagan askar ota-onasi, xotini va farzandlari uchun hali urush tuga-gan emas edi. Ayriliq dardi yosh bolalarning mitti qalbini ham qattiq o‘rtardi. Bolalar onalarining qo‘llarini tutgancha otalarini sog‘inganlarini aytib, uning qachon kelishi-ni so‘rashardi. Biroz ulg‘ayib, uncha-munchani tushunib qolgan bolalar esa, onalarining umid to‘la alamli ko‘zlaridan og‘ir azob hissini sezishardi.
Otliq Sholon qishlog‘idan o‘tib, yo‘ldan chetga chiqdi-da, sel yo‘lini yonlab Qal’acha tomonga ot surdi. Anchadan beri tik turgancha qolgan bug‘doy o‘ruvchilar quyosh ko‘zni qamashtirmasligi uchun qo‘llarini peshonalariga tutib, chopar qaysi bir eshikka Kirishi-ni sabrsizlik bilan kutishardi.
Otliq otni ayovsiz choptirgancha qishloqqa kirib keldi. Bir to‘da bola qiyqirgancha ko‘cha changini osmonga ko‘tarib uning ortidan chopishdi. Otliq yo‘l chetidagi masjid yoni-dan o‘tib, ot jilovini chap tomonga burdi va ikki tavaqali o‘ymakor darvoza yonida otdan sakrab tushdi…
– Sohib kelibdi, Sohib rais! – o‘roqchilar orasidagi ozg‘in odam sevinganicha qo‘l-larini osmonga ko‘tarib qichqirdi.
– Yaxshi bo‘ldi-da, bechora Salima kampir egilib-bukilib qolayotgandi, – dedi o‘rta yashar ayol hasrat aralash ko‘z yoshlarini ro‘moli uchi bilan artgancha.
– Muborak bo‘lsin, birgad! – har tarafdan ovozlar eshitildi va hammaning nigohi yigirma to‘rt-yigirma besh yoshlardagi bug‘doyrang ayolga yo‘naldi.
Xubonning quyoshda qoraygan, uringan chehrasi odamlar tomonga o‘girildi-da, so‘ng Sholon qishlog‘iga kiradigan katta yo‘l tomon burildi. Yo‘lda hech kim ko‘rinmasdi. Xubon bir zum goh odamlarga, goh yo‘lga tikilar ekan, birdaniga har yer-har yerida bug‘doy bog‘-lamlari g‘aramlangan bug‘doylar orasidan asta qadam tashlab pastlikka ena ketdi. Marzaga yetgach, ilkis qomatini tiklab, bor ixtiyorini ildam oyoqlariga berdi. U tog‘dan otilgan tosh misol mayda toshlar va butalar ustidan chopib borib, ilonizi yo‘lga yetgachgina sekin-lashdi. Anbargulli ro‘molini boshidan oldi-da, xuddi qanot chiqargan kabi uchganicha pastga otildi. U bir yiqilib, bir sirg‘anib, yulg‘un va itburun butalarini tutgancha dara tubiga qulamaslik uchun intilardi.
Xubonning qadamlari ostidan havoga ko‘tarilayotgan chang ilonizi yo‘l yonidagi yerga qo‘nmasidan burun u dasht tomon yurdi. Tosh ustiga o‘tirib nafas rostlamoqchi bo‘ldi. Yurak urishi va tez-tez nafas olishidan ko‘krak qafasi yongandek bo‘lardi.
Xubon yo‘ldan ko‘z uza olmasdi. Qariya, oldinda bir yigit qishloq tomon kelishar-di. Xubonning oyoqlariga og‘riq kirdi, tizzasi titradi. U kechikmasligi shart. Hademay, Sohib yo‘ldan o‘tib ketadi. Xubon o‘rnidan sachrab turgancha ko‘ylak etagi va lozimiga yopishgan dumaloq tikanlarni terib tashlab, yana katta yo‘l tomon chopdi.
Ayni shu dam baland tog‘dagi o‘roqchilar qo‘lida anbargulli ro‘mol, boshyalang Xubonning yo‘l chetidagi qo‘raga uchgancha kirganini ko‘rishdi.
Qo‘rada hech kim yo‘q edi. O‘rikning bir shoxidan ikkinchi shoxiga uchib-qo‘nayotgan hakka birday xunuk sayrardi. Qo‘ra etagidan ariq suvining mayin shildirashi quloqqa chalinardi.
Xubon ko‘ylagi va lozimiga yopishgan chang-tuproqni qattiq-qattiq qoqib, yuz-qo‘lini yuvdi, to‘zg‘igan sochini qo‘li bilan tarab, tartibga keltirdi, ro‘molini boshiga o‘rab, qamishdevor ortidagi tut to‘nkasiga o‘tirib, yo‘l tomon tikildi. U hali o‘ziga kel-masidan, yo‘lda uch otliq erkak ko‘rindi.
Xubon to‘nka ustidan sachrab turdi va pana yerga o‘tgancha cho‘kkaladi. Nafas olishi tezlashib, yurak urishi qaytadan kuchaydi. U na’matakning qalin shoxlarini bir tomon tortib, yo‘l tomon diqqat bilan tikildi va o‘rtadagi otliqni tezda tanidi: Sohib! U bilan birga «Zafar» kolxozi raisi Anvar Nazarov va viloyat vakili Ravshan Hakim ot yo‘rttirib kelishardi.
Bir lahzada Xubonning boshidan ming fikru xayol o‘tdi. «Yo‘lga chiqsammi, chiqma-sammi? Bordi-yu, Sohib yaxshi gapirmasa, nima qilaman? G‘azablanib, biron bo‘lmag‘ur gap aytib qo‘ysa, ahvolimga voy keyin. Yo‘q, yaxshisi, sabr qilaman. Ilohim, gap chiqargan uyga o‘t tushsin. Chorasiz azobga uchrasin».
Xubon Sohibni yaxshiroq ko‘rish uchun ko‘z yoshlarini ro‘moli uchiga tezda artdi. Otliqlar Xubon turgan yerga yaqinlashishdi. Xubon Sohibning oppoq, uringanmisol chehra-sini aniq ko‘rdi. «Sochlari o‘ziga biram yarashibdi», – ko‘nglidan o‘tkazdi u. Sohib askar-likka ketganicha soch qo‘ymasdi. U askarlikka boshiga Xubon tikib bergan gullik do‘ppi-ni kiyib ketgandi.
Quyosh nurida Sohibning orden-medallari yaltirardi. Ko‘ylagi ustidan kamzul, sarg‘ishrang galife shim kiygan, xrom etikli, orden-medallari jiringlayotgan Sohib Xubonning ko‘ziga allanechuk bir vajohatli ko‘rindi. Xubonning chetan ortidan o‘tib, yo‘lga otilishiga bir bahya qoldi. Lekin noiloj nafasini ichiga yutib, jonini uzgudek hasrat-alamda Sohibdan ko‘z uzolmay qoldi.
Shu lahza Xubon o‘zini sevgan kishisini yaqindan ko‘rayotgan, lekin bir og‘izgina so‘z qotish huquqiga ega bo‘lmagan va unga yaqin borishga jur’ati yetmagan panjara orti-dagi asir insonga o‘xshatdi.
– Urushning shum nafasi bu yerlarga ham ta’sir ko‘rsatibdi-da, Anvarsho. Mevazor bog‘larimiz ham kamayib ketibdi, unda-bunda daraxtlarga ko‘zim tushyapti. Nazarimda yo‘l ham ilgarigi o‘rnida emasday. Qing‘ir-qiyshiqmi-ey, – Sohib shunday deya ikki oyog‘i bilan uzangida tik turib atrofni tomosha qildi. Uning bu holati jang maydonida olis-olis-larga nazar tashlayotgan, yangi kurashlar rejasini tuzayotgan lashkarboshiga o‘xshardi.
– O‘tgan yil yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ldi. Sel qancha obod joylarni buzib tashlab, yalan-g‘och toshloqqa aylantirdi. Sel bir ofat bo‘lsa, chang yana bir ofat, Sohib. Biri tabiat ishi bo‘lsa, ikkinchisi odamning kasofati – farqi shu – otini niqtalarkan Anvar Ravshan Hakimga ma’noli ko‘z tashladi.
Otliqlar qo‘ra yonidan uzoqlashib, yo‘l yoqasidagi uylarga yetmaslaridan bir guruh bola qichqirib-qiyqirib ko‘chani to‘sib olishdi. Xubon o‘rnidan qo‘zg‘alib, o‘rikning egik tanasini quchoqladi va bir «oh» tortdi-da, xuddi yo‘li ochilgan dimiqib yotgan suv ariq qirg‘oqlaridan to‘lib-toshib shitob bilan oqqandayin yuragidagi tugun yechilib ketib, u bor ovozi bilan o‘krak tortdi. U to‘lib-to‘lib yig‘lar va hozir quchoqlab turgani qaddi egik o‘rik daraxtidan o‘zga uning g‘amiga sherik bo‘ladigan va suyanadigani yo‘qligini o‘y-lardi. U yig‘lardi va fitnachi odamlarga la’nat o‘qirdi.

2

Quyosh botay deganda Sholon, Chashmador qishlog‘idan bo‘lgan odamlar kimdir bir o‘zi, kimlardir guruh-guruh bo‘lib Sohibni ko‘rgani borardilar. Ko‘pchilikning yelkasi-da o‘roq, to‘ppa-to‘g‘ri bug‘doyzordan Qal’achaga oshikardi.
Farzandlari kelishi sharofati bilan chol-kampir – usta Nusrat va Salima buvi-ning hovlisida keldi-ketdi ko‘payib, shovqin-suronga to‘ldi. Uzum ishkomi tagidagi uzun supada erkaklar davra qurib o‘tirishardi. Supa adog‘ida, hovliga kiraverishda Sohib erkaklarga quchoq ochib kutib olardi. Ayollar va kampirlar yeng ostidan qo‘l uzatib, Sohibdan hol-ahvol so‘rashardi.
Uy ichkarisida xushovoz ayollar baland ovozda xalq qo‘shiqlarini kuylashar, dah-lizda esa, bo‘y yetgan sho‘x qizlar doira chalib davrani qizitishar, navbat bilan raqsga tushishardi. Sevinchidan kalavasining uchini yo‘qotgan Salima buvi goh ayollar davrasiga kirib raqsga tushar, goh erkaklar quriga yaqinlashib, «xush kelibsizlar, ko‘zimning nuri sizga bo‘lsin» deya takalluf qilardi. Usta Nusrat Qosim qassob bilan hovlining bir chek-kasida yangi so‘yilgan qo‘yni daraxtga osib, terisini shilishardi. Anvar Nazarov va viloyat vakili Ravshan Hakim odamlardan chetroqda qadam tashlab jimgina suhbat qurishardi.
Hovliga Sangin polvon kirib kelishi zahoti erkak-ayol chehrasi tabassumdan yashna-di. Bu qariya yetmish yoshdan o‘tgan bo‘lsa-da, bardam va chaqqon, qiziq-qiziq gaplar topib kuldirishga usta edi. U o‘rta bo‘yli, baqaloq, qo‘l va ko‘krak paylari turtib chiqqan, uzun soqolli kishi edi. Odamlar uning yolg‘on-yashiq gaplariga, hazillariga o‘rganib ketishgan-di. U o‘zi to‘qigan yolg‘on gaplarga to‘n kiygazib, bo‘yab-bejab, xuddi bo‘lib o‘tgan voqeaday hikoya qilishga usta, u bilan birinchi marta uchrashib, so‘zlarini eshitgan odam ham lol-hayron bo‘lib qolardi. Hamma Sangin polvonning ko‘ngli toza, gina-kudurati yo‘q inson-ligini, yolg‘on-to‘qima aralash qiziq gaplari hech kimga zarar keltirmasligini yaxshi bilardi.
Aytganday, u Polvon laqabiga tekindan-tekin ega bo‘lgandi.
Yigirma oltiga kirgan Sanginni na Sholondan, na atrofdagi qishloqlarda hech kim kuyov qilishni istamadi. Odamlarning ta’na-malomatlari uning naq bo‘g‘ziga keldi va Navro‘z bayramidan bir kun oldin amakisining o‘g‘li bilan birga Hoyit tomon yayov yo‘lga tushdi. Sangin odamlar og‘zidan Navro‘z bayramida Hoyitning barcha bo‘yi yetgan qizlari yashnagan bog‘ va dalalarga chiqishlarini, arg‘imchoqda uchib, gulxan yoqishlarini, o‘yin-kulgi qilishlarini eshitgandi. U bu gapni eshitgach, u yerda o‘ziga yoqqanni tanlash va uylanish oson ekan, degan o‘yga borgandi.
Amakivachchalar Hoyit masjidida tong ottirib, erta sahar nonushta qilib, bozor tomon oshiqishdi. Bozor sahnida odamlar allaqachon kurash maydonini tayyorlab bo‘lish-gandi. Avvaliga davrani qizitish uchun bolalarni kurashga solishdi va so‘ngra nomi chiq-qan polvonlar va ularning kuragini yerga tegizish niyatida bo‘lgan kurashchilarga navbat berishdi.
Sangin avvalo bozor atrofidagi tomlarga ko‘z yugurtirdi va yosh qizlar, ayollarni ko‘rdi. Ular bir-birlariga nimalardir deya, kulishar, gap ma’qullashar, kurash may-donini tomosha qilishardi. Shavqqa to‘lgan Sangin birdaniga maydonga chiqqisi kelib qoldi va amakivachchasiga maslahat solgan bo‘ldi: « Men kurashga tushaman deb o‘rtaga chiqishim bilan sen qo‘rqib, titraganday bo‘lib, o‘zingni orqaga tashla. Men bu dong‘i ket-gan polvon bilan kurash tushmayman, deya baqir. Bu polvonning raqibini boshi uzra ko‘tarib osmonga otish odati bor, ne-ne kurashchilarning belini sindirgan, degin. Bu pol-vonga Xo‘ja Xizr nazar qilgan. Shu paytgacha yelkasi yerga tegmagan, degin.»
Pichir-pichir, maslahatlashuvlardan so‘ng Sanginning amakivachchasi maydonga chiq-di va Sangin chakmonini kiyib, belbog‘ini yengilgina bog‘lab, uning ortidan gerdaygancha o‘rtaga qarab boraverdi. Ikkalalari maslahatlashib olganlariday amakisining o‘g‘li Sangin polvonning baquvvat bilaklari, tutgan yerini ezib oladigan qo‘llari ta’rifini naq osmonga ko‘tarib, u bilan kurashga tushishdan bosh tortdi. Bu gaplardan so‘ng odamlar anchagacha jim qolishdi, hamon gerdaygancha turgan Sanginni hayrat bilan kuzata boshlash-di. U bilan kurash tushaman degan polvon chiqmadi. Ishi yurishganidan mamnun Sangin atrofdagi tomlarga ko‘z yugurtirar, qo‘llarini baland ko‘targancha maydon aylanardi. Amakisining o‘g‘li ishorasiga ko‘ra Sangin maydondan chetga chiqmoqchi edi, lekin odamlar orasidan ozg‘in bo‘lsa-da, mushaklari turtib chiqqan bir yigit maydon tomon qadam tash-lab, Sanginning qarshisida qoqqan qoziqday turib oldi.
Sanginning u yigit bilan kurash tushishdan boshqa iloji qolmadi. Hali raqibi-ning belbog‘iga qo‘li yetmasdan turib, yigit o‘ng oyog‘i bilan uning chap oyog‘ini qisib oldi va Sanginni ozod ko‘tarib kuragini yerga tekkizdi. Bir necha daqiqa hushsiz yotgan Sangin ko‘zini ochib qarasa, kurash davrasidan chetda, osmonga tikilib yotibdi, odamlar o‘rab olishgan, amakivachchasi tez-tez betiga suv sepmoqda. Ana shu voqeadan so‘ng Sangin nomiga «Polvon» laqabi yopishib oldi.
 Sangin polvon Sohib bilan uchrashguncha «po‘sht-po‘sht, chetga, qani chetga»lab bolalarni to‘rt tomonga surdi va kurash maydoniga joy ochdi. So‘ng xuddi uchishga shaylangan burgut-day qo‘llarini ikki chetga qanotday yozib chopgancha davra aylanaverdi.
 – Qani, manaman degan mardi maydon bormi? Ko‘kragimda yolim bor degan maydonga chiqaversin. Eshitmadim, aytishmagan demanglar. Girmon urushidan kelgan sheryuraklar maydonga chiqishsa, yo‘q demaymiz. Xaloyiq, aytib qo‘yayin, hali mening kuragim yerga tek-kan emas, – Sangin polvon ko‘ylagining yengini viqor bilan himardi.
– Polvonni ehtiyot qilinglar, tag‘in oyoqlari bir-biriga o‘ralashib qolmasin. Kuragini aytmayin, manglayi yer iskamasin, – uzun bo‘yli, salobatli Mirzoxo‘ja chavandoz ko‘z qisgancha Sangin Polvonning uzun va oriq oyog‘iga ishora qildi. – Hoy, Polvon, oyog‘ingni tagiga qarab yur. Bu yerga buvingni yetti qavat namatini to‘shab qo‘yishgan emas, nima sening-cha bu maydondan suyaklaringni terib olish osonmi?
 – Bundayin yurishlari chiroyli, terakmisol, ichakoyoq polvon onadan bitta-yu bitta tug‘ilgan. Shu paytgacha bironta odamning qo‘li uning belbog‘iga tegmagan, ha, – uzoqdan Anvar Nazarovning baland ovozda gap otgani eshitildi.
 – Sangin polvonning damini Hoyitda qaytarishmaganda, bilagining kuchi haqida-gi xabarlar Farg‘ona-yu qirg‘izlarning Oloyidan ham o‘tib ketardi, – o‘tirganlardan biri aytgan bu gap shunday ham to‘xtamayotgan kulgini avjiga chiqardi.
-Rais, shashtimni qaytarma! – Sangin polvon maydonda aylandi. – Shu aytganim –aytgan! Otasining mulki ulushini mendan undira olmagan kim bo‘lsa, bolaligida mening qumg‘onday mushtimning mazasini totib ko‘rib, bir qo‘yin yong‘oq va bir bosh uzumning bahridan o‘tgan kim bo‘lsa, yuragi dosh bersa chiqaversin, mana maydon, mana belbog‘!
Uydan yugurib chiqqan Salima xola Sangin polvonning yelkasiga ohori ketmagan yupqa to‘n yopdi. Sangin polvon shoshganicha to‘nni egniga kiydi va yana bir necha lahza nomi ketgan polvonlarga taqlid qilib maydonda aylandi, so‘ngra quchoq ochgancha Sohibga yaqin-lashdi.
– Olgan haqimni halolladim, boshqa bir davoyim yo‘q. Ko‘rinishim ham, musht tushirishim ham zo‘r, rustamchasiga! Ko‘zlarining o‘ti « men – mardi maydon» deganlarini boshimda ko‘taraman, rais. Kel, kel, xush kelibsan, Xudo haqi, yo‘lingni poylamoqdan ko‘z-larim to‘rt bo‘ldi. Yo … qani, eson-mon, qomatingdan kuch yog‘ilib, haligi… onasining ko‘kragini kesgan fashist la’natining dodini berib keldingmi?
– Tashvish tortmang, Polvon, hammaning qasdini olib keldim, – Sohib bu so‘zlarni aytarkan, Sanginni yengilgina yerdan uzdi.
Hovliga hassasini do‘qillatgancha Suman kampir kirib keldi, ikki-uch qadam tash- lar ekan, ko‘zlari javdirab Sohibni qidirardi. Kampirni ko‘rishi bilan Sohib u tomon intildi.
– Keldingmi? Qadamlaringga sadqa bo‘layin, bolam. Sharifjonimni o‘zing bilan olib kelmadingmi? –tez-tez kiprik qoqayotgan kampirning iztirob to‘la nigohi Sohib tomon qadaldi.
 – Endi hamma askarlar orqama-ketin kelaverishadi, Suman ena, – Sohibning og‘iz ochishiga imkon bermay orqadan Rajab sarkorning yangroq tovushi eshitildi va u Sohib tomon bildirmasdan ko‘z qisdi.
– Sharifjon, albatta keladi, ena. Kimga tezroq, kimga keyinroq javob berishmoq-da. Mana men o‘zimni aytsam, urush tamom bo‘lishiga bir necha kungina qolganda oyog‘imga o‘q tegsa bo‘ladimi, ena. Ikki oy bemorxonada yotib davolandim, – Sohib kampirning yelkasi-ni mehribonlik bilan siladi.
Urushdan oldin Kamarob dovoni yo‘lida Suman kampirning erini, biri o‘n olti yashar, ikkinchisi yigirma yashar ikki o‘g‘lini ko‘chki olib ketgandi. Bu fojiadan so‘ng uch yil o‘tib urush boshlandi va kampirning yolg‘iz qolgan to‘ng‘ich o‘g‘li urushga ketdi. Suman farzandini sog‘inib o‘tda kuyar, burchak-burchaklarda xun-xun yig‘lardi. Bir o‘ziga yeb qo‘ygudek tikilayotgan devordan qo‘rqib, ko‘chaga chiqar, eshikma-eshik yurib, boshiga tushgan qora kunni birozgina yengillashtirish uchun odamlar bilan og‘ir tolei haqida hasrat-lashib, ko‘z yosh to‘kardi. Urushning ikkinchi yili o‘g‘lidan qoraxat keldi. Qishloq odam-lari ming bir iloj topib, bu mudhish xabarni undan yashirishdi. Hamqishloqlar bu og‘ir g‘ussani kampir ko‘tara olmasligini yaxshi bilishardi. Qishloqda katta-kichik «o‘g‘lingiz tirik, bugun kelib qoladi-erta kelib qoladi», deb kampirning ko‘nglini ko‘tarar, onai-zorning og‘riq yuragi, ezgin ruhida biroz bo‘lsa-da, umid so‘nmasligiga intilardi.
Sohib Suman kampirning qo‘ltig‘idan tutgancha yetaklab, ko‘rpachaga o‘tqazdi.
 – Har tola sochingga sadqa bo‘layin, bolam. Sharifjonimning hamma bilan baravar urushga ketganini bilasan-ku, nima bo‘ldi, nega undan darak yo‘q? – kampir quvvatsiz titroq barmoqlari bilan Sohibning qo‘lidan tutgancha so‘zlardi. – Unga nima bo‘lganiy-kin? Nega komandiri insofsizlik qiladi, hammaga javob beradi-yu, o‘g‘limni ushlab o‘tiribdi. Agar oyoqlarim sog‘, tilim burro bo‘lganda, o‘zim borib komandiriga bolamni qandayin sog‘inganimni tushuntirardim. Ana, onangdan so‘ra, bolam, onangdan, farzand firog‘i qanday og‘irligini aytadi u…
Suman kampirning odamlarga tikilgan nigohidagi dard va alamga chiday olmagan ko‘pchilik o‘zini bildirmasdan chetga oldi. Hovlida qandaydir yuraklarga tazyiq solayot-gan tinchlik hokim edi. Kampirning ma’yus nigohidan kimlarningdir miyasi zirqilladi, ayollarning ko‘zida yosh halqalandi.
Atrofga ko‘z yugurtirgan Anvar agar shunday davom etaversa, g‘am soyasi hovliga langar tashlab, uning qattiq zabtiga oladi-da, odamlarning qaddi egilib, oyoqlari osti-dagi yer cho‘kib, atrofdagi butun borliq nursizlanib, karaxtga aylanadi degan o‘yga bordi.
 
3

Erta tongda Anvar odatiga ko‘ra samantoyiga minib, Sholon qishlog‘i o‘rtasidagi tepalikka ko‘tarildi. Qishloqda tong otishi odamga o‘zgacha bir surur bag‘ishlardi. Ham-madan oldin maktab va xirmonjolarning oppoq devorlari xuddi oy atrofidagi halqadek sarg‘ish rang olib, qishloqning to‘rt tomonidan ko‘zga tashlanardi. Baland tog‘lar ortida shafaq gul-gul yonib ko‘tarilardi.
Hovlilar, egri-bugri ko‘chalarda qishloq odamlarining ovozlari eshitila boshlan-di. Odamlarning harakatiga nazar tashlar ekan, rais kolxozdagi oltita brigada a’zo-larining ishga taraddudini sezdi. Tong sahardan shoshmasa bo‘lmaydi-da, g‘alla o‘rimi-ning ayni avji pallasi bo‘lsa…
«Zafar» kolxozi viloyat miqyosida namuna bo‘lsa ham, daladagi ishning borishi raisni qoniqtirmayotgandi. Daryoning narigi tomonidagi «Rohi Lenin» va «Hayoti nav» kolxozlari go‘sht va pilla topshirish rejasini bajarishda «Zafar»dan ortda bo‘lsalar-da, g‘alla o‘rish va topshirishda borgan sari unga yaqinlashib kelayotgan edilar. Bu holat Anvarni bezovta etardi.
Quyosh ko‘tariladigan tog‘ ortida, o‘ng tomonda yog‘ochdan yasalgan qo‘lbola moslamaga bug‘doy g‘aramini ortgan kishi pastga enib borardi. Qo‘lbola yuklagich ortidan oq chang ustuni baland ko‘tarilar, tonggi shamol changni to‘zg‘itib, tor dara tubiga haydardi.
Anvar bir necha lahza tepa ustida turib, atrofga nazar tashladi va so‘ngra ot jilovini pastga, suvli dara tomon burdi. Suvli daraning narigi tomonida kolxoz fer-masi sigir sog‘uvchisi bilan birga borayotgan Xubon ko‘rindi. Otni qamchilagan Anvar ularning yo‘lini to‘sib chiqdi. Lolarang beti ko‘pchigan semiz sog‘uvchi ayol hurmat bilan salom berdi va Xubondan chetroqqa o‘tib, kutib turdi. Raisning kutganiga ters Xubon sovuqqina salomlashdi, uning chehrasi allanechuk so‘lg‘in, xayoli o‘zida emasdayligi nigohidan sezilib turardi. Xubonning bu holati Anvarni o‘ylantirib qo‘ydi.
 – Xubon, senga nima bo‘ldi?
– Hamma gapdan o‘zingizning xabaringiz bor, rais, – Xubonning ovozidan ranjish va malomat sezildi. – So‘nggi umidim uning kelishidan edi. U bo‘lar-bo‘lmas gaplarga ishonaveradigan, oqibatsiz ekan.
– U bilan gaplashishga munosib vaqt topa olmadim, singlim. Bugun albatta u bilan uchrashaman. Ko‘nglida nima borligini bilishga harakat qilaman.
 – O‘zi tushunmagach, zo‘rlikka hojat yo‘q, rais aka! Aslida nima gap bo‘lganligini o‘zimdan kelib so‘rasa, o‘lib qolmasdi.
– Bo‘pti, sen xafa bo‘lmagin. Mana ko‘rasan, hali o‘zi oldingga kelib yalinadi. Biz-ning Xubonimizdek xotinni qayerdan topadi. Muhimi, o‘tgan hafta sening brigadang ham-maga ibrat bo‘ldi. Endi, singil, iloji boricha ilg‘orlikni qo‘ldan berma, – muloyimgina dedi Anvar.
– Hammasiga chidadim, lekin bu qilig‘iga… Xayr, men omborga boraman, – Xubon yig‘lab yubormaslik uchun tezroq ketishga intildi.
– Omborni qo‘yib tur, Xubon! Xirmondagi bug‘doyingni tezroq rayonga jo‘nat. Bunisi muhimroq. Nechta arava, nechta eshak topding?
– Dodarbek aka brigadasidagi aravani so‘rab oldim. Hammasi bo‘lib bitta arava va o‘nta eshakka yuklaymiz.
 – Yomon emas! Bugun bor-budini tashishsa, ertaga o‘zim xirmonlaringda bo‘laman, –
 Anvar shunday deya otini niqtab, Xubondan uzoqlashdi.
Quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilib, tog‘ ortidagi soya-salqinni asta-sekin va bildirmay-gina tog‘ tomonga torta ketdi, ariqlar orasidagi ekinzor yerlar hammadan oldin yorishib, ko‘zga tashlandi.
Anvar kolxozning ayrim shoshilinch ishlarini oxiriga yetkazib, ko‘ngli joyiga tushib, eski qadrdon do‘sti Sohibning oldiga oshiqdi. O‘tlar orasidagi yaltiroq qo‘ng‘iz va chigirtkalar issiq havo ta’sirida «biz-biz»lashga tushishgandi.
Bundan bir yil oldin Qal’acha qishlog‘ini Chashmadorga qo‘shib «Mehnat» kolxozi nomini berishgandi. Kolxoz to‘rt brigadadan iborat bo‘lib, tog‘ yonbag‘rida serhosil yer-lari, har yer-har yerda olmazor, o‘rikzor bog‘lari, tokzorlari bor edi. Urushdan oldin Anvarni Sholonga va Sohibni Chashmadorga rais qilib saylashgandi… So‘ng Sohibni as-karlikka chaqirishdi. Lekin Anvarning nafas olish yo‘li muntazam og‘riqqa uchragani uchun harbiyga olishmadi. Sohib urushga ketganda yosh xotini Xubon bilan bor-yo‘g‘i ikki yarim yil yashagandi.
 Anvar yo‘lda borarkan, goh Xubonning qismati haqida va goh «Mehnat» kolxozi-ning qiyin ahvoli borasida o‘ylardi. U faqatgina Xubonning taqdirinigina emas, balki «Mehnat» kolxozining obod bo‘lishini ham Sohibga bog‘lardi. Biri tuhmat va mish-mish-lar sababli oilasidan ayrilgan… Ikkinchisi – raisi besh oydan beri bemor, to‘shakda yotgani bois g‘allazorlari qarovsiz qolib, qor-yomg‘ir tagida qolib ketish xavfiga uchragan-di.
Anvar yaqindagina rayonga borib, raykom kotibi bilan Sohibni raislikka saylash haqida ataylab gap ochdi va endi bu borada Sohibning roziligini ham olmoqchi edi.
Ot tuyog‘i tovushini eshitishi zahoti Salima xola darvozaning bir tavaqasini ochib, Anvarni kutib olishga chiqdi. Anvar otni ko‘cha chetidagi daraxtga bog‘ladi-da, Salima xola bilan iliq so‘rashib, hovliga kirdi.
 – Uy egasi qani, ena?
 – Hov ana, bog‘ etagida. Qurigan tolni yiqitib, o‘tin qilyapti. Bosgan tuprog‘ingga sadqa bo‘lay, bolam. Kelib yaxshi qilding-da. Sohibjon siqilganidan nima qilishini bilmaydi. Sen supaga chiqqin. Men hozir…
 – Ovora bo‘lmang, ena. Men o‘zim oldiga boraman. Yonida kim bor?
 – Dodarjon cho‘pon.
Anvar tok ariqchalarini yonlab qadam tashlab, bog‘ etagiga yetdi. Oyog‘ida xirom etik, galife shim, yoqasi oq askar ko‘ylagi kiygan Sohib Dodarjon bilan yo‘g‘on g‘o‘lani arralar-di. Dodarjon Anvarning kelganini ko‘rib, arra tortishni sekinlatib, «rais keldi» deya Sohibga qaradi. Sohib ishoraga mahtal bo‘lgandayin g‘o‘la o‘rtasida qolgan arrani Dodar-jonning ixtiyoriga havola etib, oyog‘ini qo‘lga olgandayin Anvarning istiqboliga shoshdi. Ikkalalari samimiy ko‘rishishdi. Sohib terlagan boshini, betini ro‘molcha bilan tez-tez artar ekan, Dodarjonga sholcha va ko‘rpacha keltirib, o‘rik soyasiga joy qilishni buyurdi.
Anvar Sohibning kutib olishidan va gap ohangidan o‘zining kelishini sabrsizlik bilan kutayotganini angladi. Ko‘m-ko‘k maysali, yumshoq yer ustiga namat to‘shalib, ko‘rpacha-lar solingach, lo‘labolishlarga suyanib, u yoq-bu yoqdan suhbat boshlashdi. Salima xola das-turxon ochib, uzum va olma solingan laganni qo‘yib, tandirdan yangi uzilgan arpa nonni ushatdi.
 – Manovi ertapishar uzum sening rizqing ekan, Anvarsho. Chug‘urchuq, chumchuq, ari-dan arang asrab qoldim. Qani, bolam, og‘zingni shirin qil.
– Mingdan-ming rahmat, ena. Bog‘bonining qo‘li aslo dard ko‘rmasin.
Dodarjon ulardan ancha narida sopi uzun og‘ir bolta bilan g‘o‘lani maydalardi.
 – Sizlar, bolalarim, issiq non va uzumni yeb turinglar, birpasda shakarob tayyor-lab kelaman. – Salima xola Anvarning yelkasiga mehribonlik bilan qo‘l qo‘ydi-da, gapini davom ettirdi: – Bilasanmi, Sohibjon, ilohim Anvarsho farzandlarining rohatini, huzur-halovatini ko‘rsin, sening yo‘qligingda biz chol-kampirga rosa qaradi, do‘stlik, odamiylikni qoyillatdi. Ishning ko‘zini bilgani uchun Sholon ochlik va qahatchilikka nima, bilmadi.
– Men tez-tez xabar ololmaganim uchun sizdan xijolat edim, siz meni osmonga chiqarib qo‘ydingiz, – kulgancha dedi Anvar.
– Minnatdorman, baraka topgin, do‘stim, – Sohibning ko‘zlari quvnoq kuldi. – Gapning to‘g‘risi, sen shu yerda bo‘lganing uchun ko‘nglim xotirjam edi.
Salima xola aylanib-o‘rgilib, kavushini kiydi-da, oshxona tomon ketdi. Anvar va Sohib picha u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tirishdi. Borib-borib gap asosiy maqsadga taqaldi.
 – Sho‘rlik, yuz-ko‘zi sarg‘ayib ketgan, dard filni pashshaga aylantirishi rost ekan, do‘stim. Haddan ortiq qiynalib, ozib-to‘zib ketibdi.
– Ko‘rinishidan yaqin orada o‘rnidan turishi gumon. Ikki marta viloyat bemorxona-siga olib borib yotqizdim. Dard o‘tib ketganmi, dori-darmon ham ta’sir etmadi. – Anvar achinish aralash dardli oh chekdi. – O‘tgan kuni uyiga borib xabar olgandim. O‘zimcha ko‘ngil ko‘tarishga urindim. Sho‘rlik nimani deyishini bilmaydi: o‘zining dardinimi yo kolxozning g‘aminimi? Sening qaytganingdan sevinyapti. Senga qattiq ishonyapti, Sohib. O‘rniga seni raislikka saylashsin, deya iltimos qilyapti.
Sohib og‘riq oyog‘ini silay-silay noliganday bo‘ldi va so‘ngra bir necha lahza baland tog‘ tomon xushhol tikilib qoldi.
Anvar uning yuz-ko‘ziga jiddiy tus bermoqchi bo‘layotganini sezib qoldi. U Sohib-ning raislikka ko‘ngli borligini angladi. Lekin qishloqda odamlar orasida «Sohibni qo‘yarda-qo‘ymay majbur qilishibdi», qabilida gap tarqalishini va shu tariqa obro‘-e’tibori yana oshishini istayotgan ko‘rinadi.
 – Kolxozning ahvoli bir nav bo‘lganda va rais bemor bo‘lmaganda, bu gaplarga hojat yo‘q edi, Sohib, – Anvar unng ko‘zlariga tig‘day nigohini qadadi.
Anvar gapning dangalini aytgach, Sohib birdaniga o‘ziga keldi va oldingi holati-ga qaytdi. U kichikligidan Anvarning fe’l-atvorini yaxshi bilardi. U laganbardorlik, qulluq qilib turish va ikkiyuzlamalik kabi xislatlarni yomon ko‘rardi, o‘ylagan o‘yini, fikrini, gapini har doim ochiq aytardi.
– Chol-kampirning hovlisini biroz tartibga keltiray, degandim. Bo‘pti, yana bir hujum qilaman. Ha-a, hujum ketidan hujum, – Sohib egilib, bir bosh uzum oldi-da, Anvarga uzatdi.
– Gap bunday, Sohib, kecha kotibning fikrini bilmoqchi bo‘ldim. U – rozi. O‘zing hamma narsani bilasan. Necha yillik bu urush sho‘rlik odamlarning suyak-suyagidan o‘tib qaqshatdi, go‘r azobini ko‘rsatdi. Kel, gapning erkakchasiga o‘taylik. Hozir hosil qor-yomg‘ir ostida qolmasligi uchun bir ish qilamiz. Uning uvol-savobi ikkimizning bo‘yni-mizda. Bo‘lmasa, hashar qilamiz.
Anvar uzum donalarini ikki-uchtalab og‘ziga tashlagancha, Sohibning javobini kut- di. Sohib o‘yga cho‘mdi, onda-sonda yuziga tabassum yugurardi. U ishning bunchalik tez pishishiga umid qilmagandi. Anvar qulay vaziyatdan foydalanib, Sohibning Xubon haqidagi fikrini bilmoqchi bo‘ldi.
 – Sohib!
 – Labbay.
 -Aftidan, mehmonning izzatini joyiga qo‘ymasdan, ikkalamiz urishib qolamiz.
 -Agar bunga munosib bo‘lsam, nimayam derdim, – Sohib Anvarning Xubonni nazarda tutib gap ochayotganini payqadi.
 – Nega Xubonga nisbatan hurmatsizlik qilyapsan?
 – Buning sababini bilmaysanmi nima, Anvarsho? – Sohibning tusi o‘zgarib zahar aralash kuldi. – Kel, bu haqda gaplashmaymiz. Nima bo‘lsa, bo‘ldi.
 – Menga yaxshilab quloq tutib, bir narsani hisobga olishingni so‘rayman, Sohib. Xotining haqida kurakda turmaydigan yolg‘on mish-mish tarqatishgan, tuhmat qilishgan. Qasam ich desang, ichaman, bu bironta iflosning ishi. Uning o‘zidan nima gapligini so‘rab ko‘rsang, biron yering kamayib qolmaydi. U sening ko‘z ochib ko‘rgan xotining bo‘lsa, birinchi baxting…
– Xolis odamlardan xat olgandim. Shamol bo‘lmasa, daraxtning shoxi qimirlamay-di. Bu yerda necha kungacha surishtirib ko‘rdim. Bo‘ladigan ish emas…
 – Albatta, sening oilangga mening aralashishim yaxshi ish emasdir. Lekin, ishon, do‘stligimiz haqqi-hurmati indamay tursam bo‘lmaydi. O‘sha iflos gap o‘rmalagandan so‘ng har ikkovini alohida-alohida idoraga chaqirtirdim. Hammasi yolg‘on ekan, tuhmat ekan, Sohib! Ramazon qishloqdagi qizlar va xotinlarning yarmiga bilakuzuk, sirg‘a yasab bergan. Sen ikki-uch aqlli, insofli erkak-ayoldan aslida nima bo‘lganini so‘rab ko‘r. Xotining yosh, boshqalarday orzu-havasi bor. Dugonalari qatori ikki do‘ppi bug‘doyga sirg‘a almashibdi. Sening kelishingga quloqlariga o‘sha sirg‘ani taqishni orzu qilgan ekan.
Sohib jo‘xorizor chetida ona tovuq ortidan yemish izlab chiyillab ergashib yurgan jo‘jalarga o‘ychan boqar ekan, o‘tgan yillardagi voqealar ko‘z oldidan o‘ta boshladi. May oyi oxirlari edi. O‘shanda Xubon maktabda, sakkizinchi sinfda o‘qirdi, Sohib kolxoz ishlariga qarashib yurardi. Darsdan so‘ng o‘quvchilar quvnoq qiyqiriq, shovqin-suron bilan qishloq o‘rtasidagi katta yo‘lga chiqishar, u yerdan bo‘linib mahallalariga jo‘nashardi. Bir kuni Sohib o‘sha yo‘ldan o‘tar ekan, Xubon dodlagancha unga tomon yugurdi. Sohib bunday qarasa, Ramazon ilonni boshidan ushlab siltagancha, kula-kula Xubonning ortidan quvib kelardi. Xubon Sohibga Ramazondan himoya qilishni so‘rab zorlandi. Ramazon ulardan ikki-uch qadam chetroqda turganicha ilonni Xubonga ko‘rsatib, «Qo‘rqma, Xubon. Men hazillashdim,» dedi.
O‘shanda Sohib qo‘llarini siltadi-da, hech nima demay Xubonni tashlab ketdi.
Lekin o‘sha uchrashuvdan so‘ng Sohib g‘alati voqea yuz bergan yo‘ldan tez-tez o‘tadigan, har gal bir bahona topib Xubonga gap otadigan bo‘ldi. Dars tugab, maktabdan chiqishi bilan Xubonning nigohi ham Sohibni izlaydigan bo‘lib qoldi. Ayniqsa, podajoda Sohib bilan bo‘lgan voqea esiga tushsa, ko‘ngli allanechuk o‘rtanib ketardi.
Odatda qishloq qizlari va bolalari podadan mollarini olib ketish uchun soy bo‘y-lab borishardi. Bir kuni kechqurun Sohib u yerdan o‘tib borar ekan, Ramazonni ko‘rib qoldi. U ko‘pchilikdan chetda, tosh ustida o‘tirgancha o‘rgatilgan qarg‘asiga buyruq berar, qush «qag‘-qag‘»lagancha yelkasidan uchib, odamlarni oralar va nimanidir tumshug‘iga ilib, egasiga keltirib berardi. Bu manzara va bolalarning sho‘x kulgisi, shovqini Sohibni o‘ziga tortdi. U yaqinroq borib qizlar va bolalar o‘rtasida tizzalab o‘tirgan Xubonni ko‘rdi. U boshiga yong‘oq qo‘yar, qarg‘a qag‘illagancha kelib yong‘oqni tumshug‘iga ilib, Rama-zonning yelkasiga borib qo‘nardi. Xubon boshiga boshqa yong‘oq qo‘yardi. Xubonni ko‘rgan Sohib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, qarg‘aga tosh otib haydamoqchi, Ramazonning quloq-chakkasiga ikki-uch musht tushirgisi keldi. Lekin arang o‘zini qo‘lga olib, qarg‘a uchib o‘tadigan tomon yurdi. Qarg‘a Xubonning kaftidagi yong‘oqni olib qaytar ekan, Sohib bir sakrab uning qanotidan tutib olmoqchi bo‘ldi. Lekin qarg‘a tezda baland ko‘tarilib, yong‘oqni tumshug‘idan tashlab yubordi-da, Ramazondan nariroqdagi tosh ustiga borib qo‘ndi. Sohib yong‘oqni oyog‘i ostiga olib ezib tashladi-da, qahru g‘azabga to‘lib podajodan chiqib ketdi.
 – Ramazon askarlikdan qachon qaytgandi, – Sohib Anvarga shubha bilan qaradi.
 – Urushning ikkinchi yili. Bir oyog‘iga o‘q tegibdi, ustiga kontuziya bo‘libdi. Usta Munavvar temirchi bilan birga ishlagin deb aytdik. Ishidan vaqt orttirib zargarligi-ni ham qiladi. Uning bechoraholligini, beozorligini hamma biladi.
– Sepilgan suvni qayta to‘plab bo‘larmidi. Mish-mish tarqalib, o‘z ishini qildi, o‘q nishonga borib tegdi. Agar men ko‘z yumib ketaversam, erkakligim qayerda qoladi? Ana, bu qiliqlari yetmaganday ustiga brigadir bo‘lib olibdi, – Sohib oyog‘idagi etikka go‘yo hamma baxtsizliklarga u aybdordayin yomon qattiq tikildi.
 – Brigadlikka tayinlash ham ilojsizlikdan bo‘ldi, Sohib. Ishga bosh bo‘ladigan erkak qoldimi hozir.
 Anvar mo‘ylovini buradi-da, ko‘ngli olingansimon Dodarjonning g‘o‘la yorishini kuzatganday bo‘ldi.
Darvoza tomondan «Salima ena, rais aka shu yerda emasmilar?» degan baland ovoz eshitildi.
– Nima gap, Mirzosaid? – Anvar o‘rnidan turib so‘radi.
 – Viloyatdan vakil kelibdi.
 Anvar va Sohib bog‘ oralab suhbatlashib borib, darvozaga yaqinlashishdi. Sohib epchillik qilib otning arqonini yechdi-da, jilovni ehtirom bilan Anvarga uzatdi.
– Aslida yo‘l chetida o‘sgan daraxt shoxidagi qizil olmaga hamma tosh otadi. Rajab Isoning gapi esingdadir. « Otni o‘zim minganimda oqsamaydi». Bundayin mish-mishlar erkak uchun unchalik og‘ir emas. Lekin ayollar uchun juda og‘ir. Buyog‘ini endi o‘zing o‘ylab ko‘r. Do‘st achitib gapiradi.
Anvar otni qamchilab, Sholon tomon yo‘l oldi. Sohib yelkasi bilan eshik ortiga suyangancha bir necha daqiqa qulog‘iga yetib kelgan gaplarni aql va fikr tarozisida tor-tishga urindi.
Chashmador va Sholon yo‘li bo‘ylab borar ekan, Anvar otning ixtiyorini o‘ziga qo‘y-di-da, negadir miyasida Sohibning erkak oriyati, nomusi haqidagi gapi qayta-qayta ay-lanaverdi. « Or-nomus…» Biz erkaklar qanchalik xom xayollarga berilamiz. Na xotini-mizning or-nomusini himoya qila olamiz, na o‘zimizning. Ayrimlar ko‘kragiga urib, shu niqob ostida erkaklik da’vosini qilishadi. Xotinini begona erkak bilan yomonotliqqa chiqarishsa, halol juftini himoya qilish o‘rniga, aksincha himoyasiz bir inson ustiga bor qahru g‘azab toshini yog‘diradigan erkaklar yo‘qmi. Go‘yo xotin erning obro‘-e’tiborini yer bilan bitta qilibdi. Bunday holatda toshbaqa kabi boshini yashirib, quloqlarini kar-likka solib, biron qulay fursatni kutadigan va ayolini yomonotliq bo‘lgan xotinga chiqarib, undan kechib qo‘ya qoladigan erkaklar ozmi… Go‘yo shu bilan erkaklik or-nomusini o‘rniga qo‘yadiganday. Sohib ham hozir rashk va yomon gumonlar tufayli emas, balki uch-to‘rt yaramasning pok ayolga yog‘dirgan tuhmatidan qo‘rqib, xotinidan yuz o‘girmoqda. Balki bu yolg‘on mish-mishlar Sohibning o‘ziga yoqib tushayotgandir, ayni ko‘nglidagi gaplardir…
Ana shunday xayollarga cho‘mib borayotgan Anvar idora oldida otdan tushdi.
 
4
 
Kolxoz binosining orqa tomonida, azim chinor soyasi ostida chetlari toshdan ko‘tarilgan uzun supa bor edi. Ko‘pincha mehmonlar shu supada qabul qilinar, yig‘ilish va kengashlar o‘tkazilar, kolxozning ayrim muhim masalalari hal etilardi. Rais kelganicha maktab direktori Ibrohimzoda va Sangin polvon viloyatdan kelgan vakilni shu supaga olib, suhbatlashib o‘tirishardi. Vakil yum-yumaloq, pakana odam bo‘lib, sochi qizg‘ish, o‘tkir ko‘zi ko‘kish edi. U o‘zidan martabasi pastroq odamlarga boshqacharoq, mensimasdan muomala qilardi. Mahalliy odamlar bobolari udumiga ko‘ra ko‘pchilikning ismi va otasining ismini qo‘shib aytib chaqirishardi. Shunga ko‘ra katta-kichik vakilni Ravshan Hakim deb atardi.
Ibrohimzoda va Ravshan Hakimning kulgisi bir pasayib, bir avjiga chiqardi. Ularni ko‘rmayotgan uzoqdagi odam biron bola radio oldida o‘tirib, bolalarcha zavqlanib kulgi ovozini pastlab-balandlatmoqda, degan o‘yga borardi.
 – Viloyat teatridagi u masxaraboz Sholonni yelkamning chuquri ko‘rsin, deyishi sababini endi tushundim, rais, – Ravshan Hakim o‘rnidan yarim qo‘zg‘alib Anvar bilan so‘rashdi. – Sangin polvon bor joyda masxarabozga nima bor, hazilni qiyib qo‘yarkanda ammo-lekin.
– Ana shuning uchun ham qishlog‘imiz odamlari qarisalar-da sochlariga oq orala-maydi. Quvnoqlik boshqacha-da. Yetmishga kirishgandan keyingina sochlari mosh-gurunch bo‘ladi, – Ibrohimzoda Sangin polvonga ishora qilib ko‘z qisdi.
– Xudo yomon qarishdan asrasin, rais! Bo‘lmasa, anovi Sulaymon akaga o‘xshab sak-sondan o‘tdim deb ikki bukilib hassa tutib yurish qiyin ish, – Sangin polvon dasturxon ko‘tarib kelayotgan Sulaymon boboga gap uchirdi.
 – Sayra, bulbulim, sayra, – Sulaymon bobo Sanginga dasturxon uzatdi. – Sen bir gapni unutma – bir qari molning terisi, o‘nta yosh molga yuk, deydilar. Hali, inshoolloh, senga o‘xshagan o‘pkasi yo‘q, bulduruq urganlarni tuproqqa qo‘yib kelamiz.

 Qarilarning egik qomati o‘lim belgisi emas,
 Bir kamon yuzta o‘qni tuproq ostiga joylab qo‘yar.
 
 Dono odamlar senga o‘xshagan og‘ziga kuchi yetmaydiganlarga qachonlardir munosib javob berib qo‘yishgan, bildingmi, Sangin?
 – Azroilni aldash oson emas, Sulaymon aka. U qalin soqol va uzun tayoqqa o‘ch bo‘ladi. – Sangin polvon Sulaymon boboning qo‘lidagi olma va olmurud to‘la laganni olib, dasturxonga, rais va vakilga yaqinroqqa qo‘ydi.
Sulaymon bobo hassasini supaga suyab qo‘yib, Ravshan Hakim va rais bilan quchoq-lashib ko‘rishdi. Hech qancha o‘tmasdan yaqin-atrofdagilar issiq non, qatiq va bir tovoq qurutob olib kelishdi.
Sangin polvon idoraning chetan devori ortida turgan Zarragul kampir va Olifta uzatgan bu narsalarni olib, dasturxonga qo‘ydi. Ravshan Hakim «vah-vah, ah-ah»la-gancha og‘zining suvi qochib, lablarini chapillatgancha qurutobga to‘yib, tovoqdan arang ko‘ngil uzdi va barmoqlarining uchini sochiqqa artar ekan, Anvarga o‘girildi:
 – Rais siz keldingiz-u, Sangin polvonning hikoyasi og‘zida qoldi.
 – Ayni vaqtida keldim-da, yo‘qsa, kechgacha javrab, hammani ishdan qoldirardi. Sangin polvonimiz boshidan o‘tgan kechinmalarining adog‘i yo‘q. Buning hikoyalari oldida bor-ku… ha, Sindbod dengizchining va Amir Hamzaning kechinmalari ham ikki pul…
 Anvar Sangin polvonning o‘ti pasayayotgan o‘chog‘iga yana yog‘ sepdi.
 – Xayr, kampirning o‘ligi nima bo‘ldi keyin, – Ravshan Hakim yostiqqa suyangancha so‘radi. – Sizning suhbatingiz, gaplaringiz g‘animat, Sangin polvon. Kampir haqidagi hikoyaning davomini eshitmaganimcha yeganim osh bo‘lmaydi.
– Shum, jon olguvchi odam bo‘lmasang, jannati kampirni do‘zaxiyga aylantirasan-mi? – dedi kulgancha Ibrohimzoda.
– Parvo qilma, o‘rtoq Ibrohimzoda! Ilojini qilib Munkar Nakirning ko‘nglini topdim. Buyog‘iga Sulaymon akadan boshlab qishloqning katta-kichigi – hammamiz jannatga savol-javobsiz kiramiz. Komandirovkalarga xo‘jayin – mening o‘zim. Sholondan to‘g‘ri jannatga bo‘lgan yo‘llanmaga muhrni o‘zim bosaman. Buyog‘iga Azroilga tanish-bilishchilik qilaman, deb yurmang, Sulaymon aka. Endi jannatning bir burchi qishlog‘imiz odamlari-ning yeri bo‘ladi, ha, – Sangin polvon boshini qimirlatib, o‘z gapini o‘zi tasdiqlamoqchi bo‘ldi.
– Sulaymonbobo hovlisidagi ikki-uch tup olma va nok daraxtini hech ko‘ra olma-ding-da, Sangin polvon. Baxillikning ham cheki bordir, – Anvar kosadagi yog‘li qatiqdan ikki-uch simirdi. – Qasdma-qasdiga kelasi yili besh-olti tup olma tikkin-da, nok ula-gin. Azroil bekorxo‘ja odamlar bilan oshno bo‘larkan.
– Xudo haqi, agar u shunday oshnachilik qilganda, Sanginning go‘ridagi maysa bir qarich bo‘lardi, – Sulaymon bobo raisning gapidan ruhlandi.
– Qani, gapingni tezroq ayt, turamiz. Xola-xolalab o‘tirishga vaqtimiz yo‘q, Sangin polvon, – Anvar Ravshan Hakimning nega kelganligini tezroq bilib olishni istardi.
Ravshan Hakim Anvarning gapi ma’nosiga tushunib yetmadi yoki ahamiyat bermadi-mi, yana Sangin polvonga yuz o‘girib, qissaning davomini aytishni so‘radi. Sangin pol-von supa chetida tizzalab, odatiga ko‘ra rangi o‘chgan chust do‘ppisini qo‘liga oldi-da, bitta-yarimta qolgan oq sochini ozg‘in barmoqlari bilan orqa-oldinga taragan bo‘ldi va o‘z-o‘zi-dan ovoz chiqarmasdan kulishga tushdi. Kulgining kuchidan yelkasi to‘xtovsiz pirillab uchardi.
Anvar Ravshan Hakimga unga xalal bermang degan ma’noda imo qildi. Chunki Sangin polvon biron voqeani aytib berish yoki esiga keltirishdan oldin o‘zi avval berilgancha zavqlanib kular va shu tariqa hammaning e’tiborini o‘ziga qaratardi.
Sangin Polvon do‘ppisini boshiga qo‘ndirdi, bosh barmog‘i bilan quyi labini muloyimgina silagach, gap boshladi.
 – Sizga yolg‘on, menga chin. O‘tgan yili joying jannatdan bo‘lgur to‘qson besh yoshli Sojida kampir o‘lib qoldi. Valekin, o‘sha kuni Xudoning qudrati bilan bir haftadan beri yog‘ayotgan yomg‘ir to‘xtab, osmon ko‘m-ko‘k tusga kirdi, olam guliston bo‘ldi. Quyosh tik cho‘qqisidan ortga qaytayotganmidi-yo‘qmidi, katta-kichik savob olish umidida Sojida kampirning murdasi atrofida to‘plandi. Endi, o‘zlaringdan qolar gap yo‘q, ishqilib, arvohi hoziru nozir bo‘lmasin, kampir gap tashiydigan, ig‘vogar edi. U ertadan kechgacha eshigi oldida o‘tirib, o‘tgan-ketgandan qishloqdagi voqealar, odamlar haqida ipidan-ignasi qolmayin surishtirardi. Ertasiga o‘sha yo‘lovchilarning o‘zlariga «bilasanmi, bolam», «eshitdingmi, o‘g‘lim», deya kecha eshitganlariga yuzta yolg‘onni qo‘shib-chatib, shum xabarlar tarqatardi. Gapni cho‘zmayin, oqibatda odamlarning dodi Azroilning qulog‘iga borib yetadi. U imi-jimida kelib ming azob berib kampirning jonini uzib ketadi. To‘g‘risi, ishqilib arvohi hozir bo‘lmasin, kampirning shumliklari ko‘p edi. Men haqimda ham bir-ikki bo‘lmag‘ur gap tarqatgandi. Nima desangiz-deng, ana shu hamma yomon-liklari esimga tushdi-da, tirikligida qo‘limdan kelmagandi, o‘ligidan boplab o‘chimni olaman degan o‘yga bordim. Gapni cho‘zmayin, o‘lik chiqariladigan hovliga kirsam, o‘rtada tobut «qani ko‘taringlar» degan ishoraga mahtal turibdi. Musa bilan kelishib olib, bo‘sh tobutni uyga olib kirdik. Bitta quruq cho‘pni ko‘rpachaga o‘radik-da, tobutga solib, ustini yopdik. Keyin, umringiz uzun bo‘lsin, yuvg‘uvchi kampirlardan yashirincha tobutni yana hov-liga olib chiqdik va «qani sheryigitlar, bo‘zbolalar, ko‘tardik, omin», dedik. Birpasda to‘planganlar « kampirning o‘ligi tabarruk, savobdan mahrum bo‘lmaylik », deya bo‘m-bo‘sh tobutga yopishishdi, hovlidan chiqmasdan nechta yelka almashdi. Katta-kichik turnaqator bo‘lgancha tobut ortidan katta yo‘lga chiqdi. Biz qishloq etagiga tobut ortidan bordik-da, bildirmaygina o‘zimizni chetga urdik. Yo‘l changini osmonga ko‘tarib borayotgan odamlar qabristonga yetishmasdan qarshilarida bir otliq paydo bo‘lib, tobutni ortga qaytarishni buyurdi. Keyin nima bo‘ldi, deysizmi? Nima bo‘lardi, odamlarning qahru g‘azabi pasay-gancha, Jahl otidan tushganlaricha, Musa ikkovlon G‘oziyon qishlog‘ida yashirinib yurdik.
Sangin polvon « gapni cho‘zmayin, bo‘lgan voqea mana shu,» deya hikoyasini oxiriga yetkazdi. Ravshan Hakim va Ibrohimzoda ikkovlon «xa-xa-xa»lashib rosa kulishdi. Anvar boshini tizzasidan pastroqqa olgancha kulganday bo‘ldi-da, qiyofasi tez jiddiylashib cho‘ntak soatiga qaradi.
Ravshan Hakim lo‘labolishga suyangancha, uzun ko‘rpachaga oyog‘ini uzatib, huzur bilan kerishdi-da, kulgidan labini yig‘ishtira olmay, Sangin polvon tomon uzoq tikildi. Uning bu ajib tikilishi va bemalolligidan Anvarning g‘ashi keldi. «Agar ish bilan kelgan bo‘lsa, nega bemalol o‘tiribdi. Kolxoz ishlari ayni avjiga chiqqan mahal bizni atrofiga to‘plab o‘tirganini sezmasmikan.»
– E, o‘lmang, kam bo‘lmang, Sangin polvon. Qani o‘sha qog‘ozga o‘rog‘lik hikoyalardan yana bittasi bo‘lsin. Ishoning-ishonmang, qachondan beri bundayin ich-ichimdan huzur-lanib kulmagandim. – Ravshan Hakim qattiq yo‘taldi-da, cho‘ntagidan ro‘molcha olib ko‘z yoshlarini artdi.
 Anvar supadan sachrab tushdi-da, oftobani olib o‘ng qo‘liga suv quyib, sochiq bilan artdi. U bug‘doy o‘rayotganlarni ko‘rish maqsadida chinordan nariroqqa o‘tdi. Bu yerdan Shohdara yerlarida bug‘doy o‘rayotgan Xubonning brigadasi ko‘zga tashlanardi.
– Ikki-uchta xirmon boshiga borishim zarur, Ravshanbek, – ortiga qaytgach dedi Anvar. – Bo‘pti, agar menga aytadigan zarur gapingiz bo‘lmasa, ketdim. Birozdan keyin qaytib kelaman. Sizlar suhbatni davom ettiraveringlar.
Anvar chinorning pastki shoxidagi novdadan qamchini olib, ketishga taraddud-landi.
Ravshan Hakim beparvogina « ha, yaxshi», deya o‘rnidan qo‘zg‘alganday bo‘ldi-da va birdaniga nimadir esiga tushib ketganday Anvarga yuzlandi.
 – E, aytgandayin, yana kech qolib ketmang, rais. Yo‘q, yaxshisi, obkomning tayin-laganlarini hozir aytib qo‘ya qolay.
 – Obkom dedingizmi?
 – Obkom, ha, obkom dedim, rais! Ertaga soat o‘n ikkilarda Stalinoboddan Manzar Sharif, Shogadoyuf, ha, yana Xalturin kelisharkan. Kotib «Zafar» kolxozi ikki-uch briga-dasini aeroport yaqinidagi yerlarga chiqarsin, deb buyurdi. Umuman, mening fikrimcha ham, kolxozdagi hamma kuchni u yerga safarbar qilish kerak. Rais, buni shuning uchun…
– Obkomning o‘zi shunday deb buyurdimi? – Ravshan Hakimga ishonmayotgan Anvar uning gapini bo‘ldi.
– Nega so‘rayapsiz, rais? Ishonmayapsizmi? Bundan tashqari, sizning kolxozingiz va Chashmador kolxozining faollari soat o‘n birda aeroportda hozir bo‘lishsin. Buning ham-masi viloyatimiz sha’ni uchun, rais.
– O‘tgan yildagidek xomo‘roq qilamizmi, nima? – Anvar etigining sag‘risiga beix-tiyor qamchi urdi.
 – Birinchidan, dashtdagi g‘alla allaqachon pishib yetilgan, rais. Ikkinchidan, obkom amrini bajarish biz uchun ham farz, ham qarz. Aytdilarmi, demak, qilish kerak ekan-da, endi baribir qiladigan ishimizni muhokama qilib o‘tirsak, qanday bo‘larkin? – avay-labgina olma archayotgan Ravshan Hakim Ibrohimzoda va Sangin polvon tomon qarab qo‘y-di.
– Bultur Moskvadan vakil keladi deb, katta yo‘l bo‘yidagi yerlarni xomo‘roq qil-dirishingizga oz qolgandi. Xalqning mehnati uvol bo‘ladi, Ravshanbek!
 – Nega uvol bo‘larkan? Bir kun oldini nimayu, bir kun keyini nimasi?
Ravshan Hakimning bu mas’uliyatsizligi va o‘ylamasdan so‘zlashi Anvarning jahl o‘tini tobora kuchaytirardi. Axir, o‘tgan hafta kolxoz boshqaruvida xuddi shu Ravshan Hakimning ishtirokida Pastig‘ov va Shodobadagi tog‘ yonbag‘ir yerlar g‘allasini tezroq yig‘ishtirib olish masalasi muhokama qilinib, qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘l-gandi. Chunki o‘tgan yillar tajribasidan ba’zan kuzning o‘rtalarida qor-yomg‘ir yog‘ib, dehqon peshona teriga bitgan hosilni xavf ostida qoldirishi ma’lum edi. Tog‘larga qor yog‘ib, oppoq sovuq ro‘molini o‘rab qo‘yardi. Yog‘in ostida qolgan bug‘doy hosilidan yopilgan non ta’mi qochib, mazasi og‘izga yoqmas, qorin to‘ydirmas edi. Shuning uchun raisning tak-lifini boshqaruvning hamma a’zolari ma’qullashdi. Ravshan Hakimning o‘zi ham bu bora-da fikrini bildirib, boshqaruv qarorini qo‘llab-quvvatlagandi. Nima bo‘lganda ham, dashtdagi yerlardan g‘allani o‘rib-yig‘ib olish oson. Ustiga dashtga bug‘doy kechroq ekilgan. G‘allazor odamlarning ko‘ziga sarg‘ayib ko‘rinsa-da, lekin hali boshoqlar yetilgan emas edi.
 – Kotibning bizning maqsadimizdan, qarorimizdan xabari yo‘q. Siz bu haqda bir og‘iz aytsangiz, yo‘q demasdi, albatta, – Anvar bir oyog‘ini supaga qo‘yib, unga bilagini tiradi.
 – Qanday maqsad, qanday qaror, rais?
 -Ana, xolos!
 – Axir, men obkom kotibiga aka bu ishingiz to‘g‘ri, bunisi to‘g‘ri emas, bu fikrin-giz joyida, bunisi joyida emas, deb aytishim kerakmidi? Bunday og‘izga urishni menga kim qo‘yibdi? E-ha, bundayin maslahat beradiganlarning oyog‘ini osmondan qilib qo‘yish-larini ko‘ravering.
 – Agar maslahat jamiyat foydasiga bo‘lsa obkom ham, raykom ham unga tarafdor-lik qiladi. Hozirdan maqsaddan uzoqqa ketmaylik. O‘tgan hafta Pastig‘ov va Shodoba yerlarida hashar uyushtirish haqida gap borgan boshkaruvda o‘zingiz qatnashgandingiz. Hozir Xubonning brigadasidan boshqa hamma u yerga safarbar qilingan.
 – Men sizga obkomning buyrug‘ini yetkazdim, rais! Buyog‘i sizning ishingiz. Men boshimdan soqit qildim, – Ravshan Hakim o‘rnidan turib, etigini kiymoqchi bo‘ldi.
– Yo‘q, Ravshanbek, boshdan bunaqa soqit qilmaydilar. Siz bizning kolxozimizda rasmiy odamsiz. Obkom sizdan so‘raganda, siz haqiqiy holni ayting. Chunki kolxoz taq-dirini menga ishonib topshirishgan. Sizga esa bizni nazorat etishni ishonib topshirish-gan. Xalqdan hech narsani yashirib bo‘lmaydi, Ravshanbek! Bunday xo‘jako‘rsin va soxtakor-liklar ishning manfaatiga xizmat qilmaydi. Bizning vazifamiz – xalq oldida obkom va raykomning obro‘-e’tiborini saqlash. Odamlarga har qanday holatda ham to‘g‘ri ma’lumot beraylik. Ularni qiyin ahvolga solib qo‘ymaylik. Gap shu, Ravshanbek, men aeroport atrofida parad tashkil etmayman. Kechqurun o‘zim obkomga boraman.
 Anvar g‘azabini yashirmasdan shiddat bilan chetan eshikni ochdi-da, otiga o‘tirib Qal’ai Dasht xirmoni tomon ketdi. U yo‘l-yo‘lakay Ravshan Hakim kabi odamlarning o‘ziga bino qo‘yishi, mas’uliyatsizligi haqida o‘ylab borar ekan, g‘azab o‘ti yerga tegsa yondirgudek edi. Endi Ravshan Hakimning ayrim qiliqlari va ishning uddasidan chiqa olmasligi ko‘z oldidan o‘ta boshladi. O‘tgan yil ko‘klamida poytaxtda respublika kol-xozlari rahbarlari va faollarining kengashi bo‘layotgandi. Ravshan Hakim raisning yo‘qligida kolxozga bir «yaxshilik» qilmoqchi, o‘zining ishbilarmonligi va yo‘lboshchi-ligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. U ferma atrofidagi o‘n gektar yerni tezda shudgorlab, kar-toshka ekishni buyurgan. Ayrimlar hali ekin ekishga erta, yer yetilmagan, deya oraga kirish-ganda, vakil ularni yalqovlikda va ish ko‘zini bilmaslikda ayblab, aytganini qildirgan. Ana shu «ishbilarmonlik» natijasida o‘sha yer ikki yildan beri qatqaloq bosib, sho‘ra-zorga aylanib yotibdi.
O‘z navbatida Ravshan Hakim qulay fursat topsa, Anvarning go‘riga g‘isht qalardi. O‘tgan yili obkom byurosida Ravshan Hakimning nomzodi rayijrokom raisligiga qo‘yil-ganda faqat Anvar qarshi chiqdi. Anvarning «Xo‘jalik ishlarini uddalay olmaydi» deyishi sabab bo‘lib, Ravshan Hakimning nomini ro‘yxatdan o‘chirishdi. O‘shandan buyon Anvarga duch kelish nari tursin, hatto uning nomini eshitganda ham Ravshan Hakim bo‘g‘ilib, tutab ketardi. Qo‘ynida gina-adovat o‘ralgan tosh yashirin edi.
 … Ot yo‘ldan chetga chiqib, ko‘lmak yonida to‘xtadi. Shundagina Anvar xayolga beril-ganini sezib, ot jilovini qo‘yib yubordi. Otning og‘ziga suv tegishi bilan uning bo‘yni va tanasi halovatdan yengil silkina ketdi.
 
5
 
O‘tgan kechqurun raykom kotibi Rustamov va obkom vakili Ravshan Hakim ishtirokida «Mehnat» kolxozining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sohib Rahmatovni kolxoz boshqaruvi raisi etib saylashdi. Erta tongda Anvar va Sohib kotib va obkom vakilini Sholon qishlog‘i etagigacha kuzatib qo‘yishgach, otlarini ortga qaytarib, yo‘l chetidagi bog‘ va polizlar yonlab suhbatlashib ketishdi.
 Sohib o‘qituvchidan saboq olgach, imtihondan oldin o‘zini yana bir bor sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talaba misol Anvardan kolxozning tashkiliy ishlari borasidagi masalalarini birma-bir so‘rab borardi. Otlar ham egalarining qizg‘in suhbatini anglaganday bosh-larini maromida qimirlatib, pishillagancha baravariga asta yo‘rtib borishardi.
Anvar Sohibning savollariga javob berish asnosida uning chehrasiga bildirmas-dan sinch solar va aytayotgan gaplarininghammasi unga ma’qul kelib, jon qulog‘i bilan tinglayapti degan o‘yga borardi. Shu lahza Sohib qishlog‘idagi katta-kichikning bironta-sini qoldirmasdan ko‘z oldidan o‘tkazayotgandi. U hamqishloqlarining har birini baho-lab, nimaga qodirligi, nima qo‘lidan kelmasligini o‘ylagancha ularning qay biriga qanday ish berishni rejalashtirardi.
 – Sohib, men kartoshka ekilgan yerlarni ko‘rmoqchiman. Suv qo‘yishganmi-yo‘qmi, – Anvar shunday deya otining jilovini boshqa tomonga burdi. – Sen ham ishingning payi-dan bo‘l. Vaqt topsang, kechqurun uyga kel. U yoq-bu yoqdan chaq-chaqlashib o‘tiramiz.
– Bugun sharoit bilan tanishib chiqayin, ertaga kechkurun oldingga o‘tarman. Buyog‘iga bo‘larini aytsam, o‘zing sabab bo‘lib boshimni bu sertashvish, g‘alvali ishga qo‘yding. Meni yarim yo‘lda tashlab ketmasligingni iltimos qilaman. Kolxozning ahvolini besh qo‘lingdek bilasan o‘zing, – Sohib Anvar tomonga boqib, fikrini bilmoqqa urindi.
 – Qo‘limdan kelganini sendan ayamayman, Sohib. Kolxoz ishlari jilovini mahkam tutgin. Odamlarning ko‘ngliga yo‘l topgin, ha, odamlarning ko‘ngliga!
 – Anvarsho, hali ko‘rasan. Bir hujum boshlasam, ishning changiyam, tutuniyam naq osmonga borib yopishadi, – Sohib egardan bir ko‘tarilib, yana avvalgiday o‘tirib oldi.
 – Qani endi shunday bo‘lsa, Sohib, qaniydi. Lekin, jo‘ra, ehtiyot bo‘lgin, chang va tutun quyuqlashib ketib qolsa, odam bir qadam oldindagi biron narsani ko‘rolmaydigan bo‘lib qoladi, – Anvar kulgancha gapni qiziqchilikka oldi.
 – Hech gap emas, Anvarsho, urushda hujum bilan yutib chiqqanmiz, bu yerda ham hujumga zo‘r beramiz.
 – Bo‘pti, omadingni bersin, jo‘ra!
 Anvar ariq yoqalab kartoshkazor tomon yo‘l oldi. Sohib bo‘lsa, Chashmador qishlog‘i tomon ot yo‘rttirdi.
 U Sholon qishlog‘idan chiqqach, o‘zini ot ustida endi birinchi marta egarga o‘tirgan kishi kabi o‘tirganday va ot unga unchalik bo‘ysunmayotganday his qildi. U egardan qo‘z-g‘alib, ot jilovini tarang tortdi va qaytadan mahkam o‘tirib, ot biqiniga tovon tiradi. Kutilmagan zarbadan otning g‘ashi kelib, chap tomonga sakramoqchi bo‘ldi, lekin otliq jilovni tarang tortib, uni shashtidan qaytardi va ot sertuproq ko‘chada boshini burmas-dan yo‘rta ketdi.
Sohib Chashmador atrofidagi serdaraxt bog‘lar va g‘allazorlarga viqor bilan boq-di. Shu lahza uning xayolida jismi terisini yorib chiqib kattalashib borar, ulkan gavda-sini ko‘tara olmayotgan otning beli bukilib qolayotgandi. Uning ko‘nglida qo‘llarini keng yoygancha hali hosili o‘rib olinmagan hamma g‘allazorni quchoqlab olib, xirmonga to‘kish va ertaning o‘zidayoq rayonga xushxabar yetkazish istagi to‘lqinlandi.
Quyosh tog‘ ortidan balandlab borardi. Sohibning oti sel yuvib ketgan yo‘lga shun-chalik shitob bilan kirdi-yu, nimadandir cho‘chiganday birdaniga joyida to‘xtab, qulog‘i dikkaydi. Sohib xavotirlanib, to‘rt tomonga javdiradi. Nogoh ko‘zi gulxayri butasi or-tida o‘rnidan turgan qizil libosli ayolga tushdi. Sohib uni tanidi. Xubon tepalikdan o‘tkir nigoh tashlagancha uning yo‘lini to‘sib chiqib, asta-sekin yaqinlashaverdi. Sohib hech bir kutmaganda xayolida bo‘lmagan yerga tushib qolgan misol turgan yerida toshdek qotib, Xubon tomondan taajjub to‘la nigohini uza olmasdi. Gulxayri butasini aylanib o‘tar ekan, Xubonni qattiq hayajon bosib, oyoqlaridan mador qochdi, lablari pirillab ucha boshladi. Lekin o‘zini tezda tutib oldi va Sohibning oldiga indamasdan kelib, otning jilovini avaylab ushladi. Sohib shu lahza og‘iz ochishga ham kuch topa olmasdi. Xubon otning yollarini, bo‘ynini mehribonlik bilan silab-siypadi, so‘ngra ayollarga xos chiroyli bir g‘urur ila boshini baland ko‘tarib, Sohibning yuziga qaradi.
 – Majbur bo‘ldim, toqatim qolmadi, Sohib! Odamlarning og‘zidan – kelganingni, odamlarning og‘zidan – rais bo‘lganingni eshitdim. Qutlug‘ bo‘lsin!
– Ha, o‘lganim yo‘q, keldim. Boshqalarga qasdma-qasd o‘lmadim, – Sohib birdaniga uyqudan uyg‘ongandayin otning jilovini tarang tortib, boshini burishga urindi.
 – Jilovni tortma, Sohib! Qo‘lim og‘ridi.
 – Endi hech bir foydasi yo‘q, yo‘limdan qoch!
– Sohib, jilovni tortma, dedim. Qo‘lim og‘ridi. Menga quloq tut… Men yo‘lingni poylaganim-poylagan. Sen insofsiz, rahmsiz ekansan. Og‘ziga kuchi yetmaganlarning gapi-ga ishonding… Tortma, deyapman… Agar bir marta kelib men bilan suhbatlashganingda edi, bor gapdan xabardor bo‘larding… Xudo haqi, hammasi o‘zingning foydang bo‘lardi, Sohib, – Xubon ot jilovini ikki qo‘li bilan qattiq tutgancha so‘zlardi.
– Yo‘limdan qoch, dedim-ku! Sha’ningni yerga urib, obro‘ngni to‘kding. Uyat, ayb degan gaplar ham bor. Ming afsus, uch-to‘rt kunda g‘azabimni bosib oldim, bo‘lmasa, billohi azim, ikkiga bo‘lib tashlardim seni. – Sohib otni qamchilab, ketishga urindi.
 – Shoshmagin, Sohib! Xudo hozir, qip-qizil tuhmat…Agar biron yomon ish qilgan bo‘lsam, onam bergan sut harom bo‘lsin. Avval so‘rab-surishtirgin, keyin chora ko‘r, deydi-lar.
 – Gap tarqalib ketdimi, uni odamlarning og‘zidan yig‘ishtirib bo‘psan. Agar ikkovingda bir gap bo‘lmaganda edi, xotinsiz bir erkakning uyiga sirg‘a uchun yolg‘iz bormagan bo‘larding. Nega hamma temirchilik ustaxonasidan borib oladi-yu, sen uyiga borasan? Ustiga u boshqalardan yasagan narsasiga pul olib, faqat sendan olmagan. Uyiga kirib-chiqqaningni qo‘shnilari necha marta ko‘rishgan. Men yo‘qligimda senga sirg‘a nimaga kerak? Aqlingni yeb qo‘yganing yo‘qmidi? Boshida buni o‘ylasang bo‘lmasmidi, yo Sohib borsa-kelmasga ketgan, degan xayolga bordingmi? – uning g‘azabi tobora kuchayib borardi.
 – Sen o‘ta rahmsiz, bilganingdan qolmaydigan ekansan, Sohib! Iltimos, jahl otidan tushib, gaplarimni eshit. Ikki marta ustaxonaga bordim, Munavvar bobo uning bemorligini aytdi. Keyin Po‘latning qizchasi bilan ikki do‘ppi bug‘doy olib bordik. Bug‘doyni qo‘limdan olmadi, majbur bo‘lib supaga to‘kdim. Sirg‘ani olib uyga keldim. U mening yo‘qligimda bug‘doyni onamga tashlab ketibdi. Kechqurun ishdan qaytib, voqeani eshitgach, onamga noto‘g‘ri ish qilibsiz, dedim. Onam bechorani bug‘doyni olib borib berishga majbur qildim. Bo‘lgan gap shu, – Xubon zo‘rg‘a o‘zini yig‘lab yuborishdan tiydi. – Jilovni qo‘yvor, birontasi ko‘rsa, yaxshi bo‘lmaydi. Sen bilan boshqa ishim yo‘q, – Sohib beparvogina dedi.
 – Ke, otingdan tush, teparoqqa borib, anov tolning tagida o‘tiramiz. Tush, Sohib, tushgin! Xudo hozir, meni eshitgin, keyin boshingni baland ko‘tarib yurasan. Otingni ko‘zdan nari yerga bog‘lab qo‘y, – Xubon Sohibning ko‘zlariga iltijoli tikildi.
To‘rt yildan beri Xubonni ko‘rmagan Sohib uning oftob urgan dilkash chehrasiga, jozibali ko‘ziga uzoq tikildi-da, g‘ururini unutdi. Sohibning nazarida Xubonning chehrasi o‘tgan to‘rt yilda nurga to‘lgan, yanada yoqimli tus olgandi. Uning jozibali, nazokatga to‘la nigohi asta-sekin Sohibning ko‘nglini yumshatib, bo‘lgani-bo‘ldi deya, otining jilovini burib, sel yo‘li bilan yoqalab Xubonning o‘zidan yana bir marta voqea aslida qanday bo‘lganligini anglash maqsadida yuqori ko‘tarilib boraverdi. Lekin xuddi shu lahza ko‘zi Xubonning qulog‘idagi yarq etib ko‘zga tashlangan kumush sirg‘aga tushdi. Sirg‘a chetidagi nozik bargchalar titrab, uning husniga o‘n chandon husn qo‘shardi.
Sirg‘ani ko‘rishi bilan Sohibning yurak urishi tezlashdi. Ko‘z oldida Ramazon zar-garning bahaybat qomati gavdalandi. Nazarida sirg‘aning har bir bargchasidan kinoya yashiringan kulgi otilib kelardi. U otini qattiq qamchilab Xubonni yo‘lidan surib tash-lashga urindi. Lekin Xubon jilovni mahkam tutganicha, qo‘yib yubormasdi. Qamchi zarbiga chidayolmayotgan ot yer tepgancha turgan yerida aylanar, Xubon ham unga qo‘shilib aylanayot-gandi.
 – Qo‘yvor, deyapman, bo‘lmasa, qamchi bilan boshingni yorib tashlayman, nahs bosgan suyuqoyoq, – Sohib Xubonning boshi ustida qamchi o‘ynatdi.
 – Ie, men yaxshi bo‘lsin, degandim, hali shundaymi?
Xubon bir qo‘li bilan jilovni tutgancha, ikkinchi qo‘li bilan Sohibning kamari-dan ushlab pastga tortdi. Bunday bo‘lishini kutmagan Sohib joyidan bir tomonga suril-di-da, shoshganicha egar qoshiga yopishdi. Lekin Xubon unga egarga qaytadan qattiq o‘tirish imkonini bermasdan, qo‘li bilan bo‘yniga yopishdi va gavdasini orqaga tashlagancha, bor kuchini to‘plab pastga tortdi. Sohibning orden-medallari betiga tegib, ko‘z oldida yaraq-lab, jarangladi. Sohibning har ikki oyog‘i uzangidan uzildi va otdan qulab, bir yoni bilan Xubonning etagi ostiga tushdi.
Jilovi bo‘shagan ot kamon o‘qidek otilib, sel o‘tgan yo‘ldan chopib chiqdi va shamol-dek yelib, ko‘zdan yo‘qoldi.
Sohib sel o‘tar yo‘lda chang-to‘zon orasida tirishib, Xubonning qo‘lidan qiynal-ganicha arang xalos bo‘ldi va tepaga qarab intildi. U qo‘rqqanidan toshmi, butami, nima duch kelsa, ushlashga urinar va to‘rt yil urushda ham bunday qiyin ahvolga tushmaganini o‘ylardi.
Xubon uning ortidan uzoq tikilib, qotib-qotib kuldi va ko‘ylak-lozimining changini qoqib, selo‘tar yo‘ldan chetga chiqdi. Yo‘ldan chetroqqa o‘tib, ko‘zdan nari bir joyga o‘tirdi-da, uzoq uyqudan uyg‘ongan odam kabi tevarak-atrofga beparvo nazar tashladi. Ko‘ngliga hech narsa sig‘masdi. Uning bu uchrashuvgacha hali so‘nmagan kichkina umidini shamol uchirib ketdi. Xubon hozirgina yuz bergan voqeani boshdan-oyoq eslashga, taqdir-ning bu o‘yinidan nimani yutib, nimani yutqazganini ajratishga ming urinmasin, lekin, hayhot…
Shu lahza Xubon bo‘m-bo‘sh miyasini novda suv ozligi bois arang aylanayotgan va don-ni yanchishga kuchi yetmayotgan tegirmon toshiga o‘xshatdi.
 
6
 
Sentyabr oyi oyoqlab kolgandi. «Zafar» kolxozi tog‘lardagi va yonbag‘irlardagi g‘al-lazorlar hosilini o‘rib olib, kuzgi yog‘inlar xavfidan qutulgandi. Faqat quyosh ko‘tarila-digan tog‘ ortida ikki-uch kunlik o‘rim qolgandi, xolos. Kolxozning uch brigadasi tog‘ etagidagi yerlarda basmabasiga berilib g‘alla o‘rardi. Anvar qolgan brigadalarni «Meh-nat» kolxoziga hasharga jo‘natgandi.
Obkom vakili Ravshan Hakim nima sababdandir ikki oydan buyon Sholon qishlog‘i-ga kirmasdan, to‘g‘ri Chashmador tarafga o‘tib ketardi. U yerda tez-tez majlis o‘tkazib, deh-qonlarni g‘alla hosilini tezroq yig‘ishtirib olishga undardi. U Anvar bilan uchrashish-dan o‘zini chetga tortardi. O‘rni kelganda obkom yig‘ilishlarida Anvarni «qo‘pol, muoma-lasi yomon», deya qoralar, Sohibni esa ishbilarmon, serg‘ayrat deya naq osmonga ko‘tarardi. Albatta, hamma narsaning o‘z sababi bo‘ladi.
Anvar keyingi paytlarda Ravshan Hakimning gap-so‘ziga, buyruq va maslahatlari-ga uncha e’tibor bermasdi. Ularning munosabati o‘sha Manzar Sharif va Shogadoyevning Stalinoboddan kelar-kelar kunlaridan so‘ng ayniqsa yomonlashdi. Kotib Anvarning fikrini ma’qullab, Ravshan Hakimning odamlarni viloyat partiya qo‘mitasi nomidan aeroport atrofidagi yerlarga safarbar etish haqidagi «tashabbusi»ni xomxayol dedi. O‘sha kundan boshlab Ravshan Hakim o‘zini Anvardan oshkora nari olib, ortidan yomonlagani-yomonlagan edi.
Anvarning nazarida bugun kuzgi quyosh nurlari har kungidan iliqroq va mehrliroq edi. Quyosh harorati Anvarning rangi o‘chirinqiragan sarg‘ish kitelidan zo‘rg‘a o‘tib, yelka-si va kuragini ilitardi. Bugun Anvar xirmonga tezroq yetmoqchi bo‘lib, yo‘lni yayov kesib o‘tdi va Sulaymon boboning qo‘rasi yonidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Qo‘radan bobo nabiralarining yoqimli ovozda kuylaganliklari quloqqa chalinardi. Anvar eshikni yopar ekan, somon g‘arami ortida Sulaymon boboning g‘ayrat bilan ishlayotganini ko‘rib, to‘g‘ri u tomon yur-di. Hosili qizlar kokilidek osilib yotgan past ishkom ostida boboning uzum uzish uchun qarashishga kelgan ikki nabirasi chelakni teskari qilgancha chalishardi. Oyoq sharpasini sezishi zahoti Sulaymon bobo bosh ko‘tardi va qaddini tiklab, raisning kutilmagan tash-rifidan hayronligini yashirmadi.
 – Hormang, Sulaymon bobo!
 – E, bu qanday bo‘ldi, rais… yo, yo‘ldan adashib qoldingmi, desam… Tinchlikmi, ishqilib? – Sulaymon boboning chehrasidan hayrat asarining ketishi qiyin bo‘ldi.
 – Tinchlik, tinchlik, Sulaymon bobo. Xirmon boshiga o‘tayotgandim. Allaqachon uzum uzishni boshlab yuboribsiz-ku! Hali erta emasmikan…
 – Gaping to‘g‘ri, rais! Bu… qushlardan, aridan saqlash qiyin. Pishgan uzumlarni uzib, oftobda quritib olmoqchiman. Qani, og‘zingni shirin qil, – Sulaymon bobo uzum to‘la chelakni Anvarning oldiga qo‘yib, gapida davom etdi, – Bu uzumni Mol buyragi deb qo‘yishibdi, vaqtida yeyish kerak, rais.
– Xayr, dunyoning ishlari shu ekan-da, Sulaymon bobo. Uzumlaringizga ichingiz kuyadi, lekin kolxoz uzumini o‘ylamaysiz. Yordam, hashar degan gaplar ham bor-ku, -Anvar kolxoz bog‘iga ishora qildi.
 – Axir, bu kal bog‘boning ichimdan top odam bo‘lsa. O‘lsam ham, o‘zim yesam bo‘ldi degandayin… Bog‘ini eplay olmayapti. Buni bugun desang, bugun, ertaga desang, ertaga uzamiz. Faqat bitta sharti – sen rozilik bersang, u esa…
 – Kelasi hafta usta Mannon bilan Jalolni yuboraman. Atrofdagi ikki bog‘ning olma-yu uzumini qoldirmasdan terib-uzib berasizlar.
Anvar qo‘radan o‘tib, to‘g‘ri xirmon tomonga boraverdi. Uzoqdan yangi yanchilgan don ustida ikki kishining bug‘doy yelpiyotgani ko‘zga tashlandi. Ulardan chetroqda hali yanchil-magan don ustida qo‘shho‘kizni aylantirib haydashardi.
Anvar bug‘doy yanchayotganlar bilan «horma-bor bo‘l»dan so‘ng ayollar tomon yaqin-lashdi. Xubon raisni ko‘rib, qo‘lidagi g‘alvirni don uyumi ustiga qo‘ydi-da, o‘rnidan tur-di.
– Ayollarning ishi barakali bo‘ladi. Bugun manovi bug‘doyni yelpib tugatish sizning g‘ayratingizga bog‘liq. Sharofat opa, xo‘jayiningga aytgin, kechqurun idoraga borsin. Raisning gapi borakan, de.
– Yaxshi, aytaman, Anvarsho, – boshqalarga qaraganda yoshi ulug‘roq ko‘ringan, ko‘zlari ko‘kish ayol ishdan bosh ko‘tarmay asta javob berdi.
Bugun Xubonning chehrasi olingan ko‘rinar, lekin u o‘zini odamlarga har doimda-gidek quvnoq, xush kayfiyatli ko‘rsatishga urinardi. Sohib ikkovi selo‘tar yo‘lda uch-rashib, oralariga sovuqchilik tushgach, Sholon va Qal’acha qishloqlaridagi katta-kichik-ning og‘zidan ularning gapi tushmay qoldi. Qizig‘i, sakkizinchi sinfda o‘qiydigan ikki o‘quvchi bog‘bondan yashirinib boqqa kirishgan, daraxtga o‘ralib chiqqan tok uzumini yeyishayotgan dam o‘sha voqeani ko‘rib qolib, boshdan-oyoq tomosha qilishgandi. O‘sha kunning o‘zidayoq uchrashuv hikoyasi oyoq chiqarib, Sholondan Chashmadorga, Chashmadordan Qal’achaga o‘rmaladi. Gap tarqalgan dastlabki kunlar Xubon uyat o‘tida yonganday odamlar ko‘zidan yashirinib yurdi. Lekin bora-bora o‘zini chetga tortib, o‘y-xayolga berilganidan alami keldi va ich-ichidan o‘ziga ta’nayu-malomat yog‘dirdi. «Men Sohib oldida biron gunoh ish qilmagan, uning ishqini mudom yuragim to‘rida saqlab, bir lahza bo‘lsa-da, unutmagan bo‘lsam, nega taqdirning og‘ir o‘yiniga tan berib, o‘zimni odamlarning nohaq ta’na-malomatlari domiga tashlab qo‘yaman?!» Xubon bundan keyin boshini baland ko‘tarib yurishga, oyog‘i qolib, og‘zi bilan yuradigan kimsalarning har qanday ivir-shivirlariga zarracha e’tibor bermaslikka ahd qildi.
– Bugun, yayov yuribsiz, rais aka? Xudo haqi, bunday bildirmay, pisib keladigan bo‘lsangiz, ayrimlarning yuragi yoriladi. Mana men bo‘lsam, bekor o‘tirgandim, sizni ko‘rib, uyatdan qochadigan joy topolmayapman. Ajib salobatingiz va siyosatingiz bor-da, rais aka, – Xubon sharaqlab kulib, hammani o‘ziga qaratdi. Hatto ayollardan naridagi xo‘pchi ikki erkak ham jarangli beg‘ubor kulgini eshitib, ko‘ngillari chog‘ bo‘lib qo‘l-laridagi sanchqini bug‘doy g‘aramiga sanchishdi va ayollar tomonga qarashdi. Anvarning oldida hech kachon ovozining boricha yayrab kulmagan Xubon to‘satdan boshiga qaysi bir o‘y kelib, xijolatga tushdi va yerga tikildi.
 – Kechirasiz, rais aka! Qurib ketgur bu kulgi qayerdan kelib qoldi-ya…
 – Xuddi mening to‘satdan kelganimga o‘xshash bo‘libdi-da, – Anvar Xubonni xijo-latlikdan qutqarish maqsadida zo‘raki kulgan bo‘ldi-da, uning yonidan uzoqlashdi. – Xubon, kecha kechqurun majlisga kelmading. Bunaqa qiliqlarga toqat qila olmasligimni bilmasmiding.
– Kun buyi butun tanamdan mador qochgandayin shalvirab yurdim. Kechqurun issi-g‘im chiqib ketdi. Nima siz meni ataylab majlisga bormagan deb o‘ylayapsizmi? – Xubon qovog‘ini uygancha ayollar tomon ketdi. U xirmondan g‘alvirga bug‘doyni limmo-lim solib, qahru g‘azabga to‘lib, yelpib tozalangan don uyumi yoniga keldi. U yon-atrofiga qaramasdan tik turgancha bug‘doyni tez yelpiy ketdi.
Anvarning ko‘ngliga xijillik yugurdi. U uyumdan bir kaft bug‘doy olib, unga tikilar ekan, ko‘nglida shukronalik zuhur etdi.
«Bulturgiga qaraganda bu yil g‘alla yaxshi bo‘ldi. Qaniydi, buyog‘iga odamlar to‘yib-to‘yib non yeyishsa. Insonning toqatiga ham qoyil qolish zarur», – Anvarning ko‘nglida shu gaplar kechdi.
Shamol esa boshlab, bug‘doy yelpiyotganlarni tezroq ishlashga shoshirdi. Endi ular bug‘doy bog‘lariga sanchqilarini chaqqonroq sanchishar va havoga ko‘tarib shopirishardi. Shamol yengil somonni o‘ynatib ketar, bug‘doy shuvillagancha xirmonga to‘kilardi. Anvar bu manzaraga bir necha lahza qarab qoldi-da, so‘ng ayollar xirmoni tomonga kelib, Xubonga yuzlandi.
– Singlim, bu kecha oydinda ikki kishi navbatlashib bug‘doy yelpishsin. Bir iloj qilib ertagacha bug‘doyni tozalab olaylik. Agar mazang bo‘lmasa, ertaroq uyingga ketgin. Rajab sarkor va Ibod ikkovlon bug‘doyni qanorlarga solib qo‘yishadi. Sarkor! – Anvar xirmon chetida yirtilgan qanorlarni yamayotgan jussasi yirik kishini chaqirdi.
 – Labbay, rais!
 – Qanorlarga solingan bug‘doyni navbati bilan yana bir marta yelpib olinglar. Bug‘doyga hushyor bo‘linglar, o‘tgan kecha yuqoridagi xirmonda bittasini o‘g‘irlik qilayot-ganda qo‘lga tushirdim.
– Rais, axir, mening jonim ham toshdan emas. O‘tgan kecha, undan oldingi tunda ham kiprik qoqqanim yo‘q, – Rajab sarkor alamga to‘lganday gapirdi.
 – Yanganing quchog‘ini sog‘indim, deyvering-da, sarkor! – xirmonchilardan biri bor ovozi bilan gapirgancha kuldi.
 – Yana bir haftagina chidagin, sarkor. Kolxozning qarorini chiqarib, yangalarni bu yerga jo‘natamiz. – Anvar mo‘ylovining uchlarini buragancha jilmaydi.
Anvar sel yo‘li yoqalab, Sarinay xirmoni tomon odimlar ekan, yillar davomida yuragida yashirin orzu va armonlari haqida o‘ylardi. Agar bu qaqshatg‘ich urush bo‘lmaganda edi, to‘rt-besh yilda murodiga yetgan bo‘lardi. U aeroport yaqinida yangi, namunali Sholon qishlog‘ini bunyod etishni rejalashtirardi. Bir-biridan uzoq, bog‘-rog‘lari, adir va yon-bag‘irlarda yashayotgan odamlarni dashtlikka ko‘chirishni o‘ylardi.
Buyog‘iga baland tog‘larda g‘alla ekishni to‘xtatish zarur. Chunki har yili qattiq yog‘ingarchiliklar vaqtida o‘sha ekin ekilgan maydonlarning shudgorlanaverib, yumshab qolgani bois sel yerni yuvib ketib, quyidagi bog‘ va ekin maydonlariga oralar va na bir tup daraxt, na ekinni qoldirmay, hammayoqni toshloqqa aylantirardi. Odamlar sel yo‘li-dan chetroqqa o‘tib, kolxoz bog‘lari, tepaliklar, yonbag‘irlarda boshpana qurib olishdi. Yo‘q, u bundayin tashvishlarga xotima qo‘yishi kerak, odamlarni bir xavfsiz yerga to‘plab, sel ofatidan xotirjam yashashlarini ta’minlashi zarur. Shunda Sholonning o‘zida ekin-zorlar, bog‘lar ham ko‘payadi. Yaxshi hosil unmaydigan, har yili ekinzorning ma’lum qismini ko‘klamgi yog‘inlar yuvib ketadigan yonbag‘irlar va adirlarda o‘rik va olma bog‘lari yaratadi. Yillar o‘tib, bu bog‘lar kolxoz daromadini oshiradi. Albatta, hali kolxoz qaddini tiklab, odamlar to‘q va tinch yashay boshlagandan so‘nggina o‘zining bu maqsadini amalga oshirish uchun yeng himarib kirishadi.
Anvar nafasi yetishmay qolayotganidan tez-tez qadam tashlab borayotganini sezib qoldi. Eski nafas yo‘li og‘rig‘i bor Anvar uchun yugurish va tez yurish og‘ir azob edi. Tez-tez nafasi qisilar va rangi o‘chib, holsizlanardi. O‘yiga bir yaxshi fikr kelib qolsa, qadamini tezlashtirib yurib ketish odati bor edi . Ot ustida ketayotib xuddi shunday fikrlaydigan bo‘lsa, uzangidagi oyoqlari taranglashar, qomati tiklashardi. Ana shunday lahzalarda u atrofidagi odamlarni, yo‘ldoshlarini ham unutib qo‘yardi. Havo yetishmay, qiynalib nafas olgach, quloqlari ham tom bitgandayin bo‘lib, bir necha lahza faqatgina yuragining vahimali tarzda gupillab urishini eshitardi, xolos. U yo‘ng‘ichqazor chetidagi marzaga egilib o‘tirib, nafasini rostladi va yana yo‘lida davom etdi. Sel yo‘lidan quyi-roqqa tushib, Qal’acha tomon eltadigan tor yo‘lga o‘tmoqchi bo‘ldi. Ortidan ot tuyog‘ining ovozini eshitib, orqaga o‘girildi. U otliqlarni tanidi. Yo‘l chetida turgancha Sohib va Ravshan Hakimning yetib kelishlarini kutdi. Otliqlar otlarini tezlashtirib Anvarning oldiga kelishdi. Ular otlaridan tushib, birin-ketin Anvar bilan ko‘rishishdi.
– Yayov yuribsiz, rais? – Ravshan Hakimning ma’noli tikilib turishidan sizday dong‘i ketgan raisga bunday yurish hech bir yarashmaydi demoqchiligini uqish mumkin edi.
 – Kecha ot yo‘lda qiynalib qoldi. Oqsoqlanganday bo‘ldi. Biron kun dam olsin, dedim. – Anvarni bu savol-javob emas, balki Ravshan Hakim va Sohibning qishloq etagi-dagi egri-bugri yo‘ldan o‘tishgani o‘ylantirdi.
Aslida esa, obkom kotibi Ravshan Hakimni Anvarning oldida koyigan vaqtdan va Sohib hamda Xubonning uchrashuvi mojarosi katta-kichik orasida ovoza bo‘lgan kundan so‘ng ularning har ikkovi ham boshqa Sholon qishlog‘idan o‘tmaydigan bo‘lishgandi. Faqat o‘tgan hafta Sohib tunda Anvarning uyiga kelib, yordam va hashar haqida gaplashib ket-gandi. Anvar Sohibning kam ko‘rinishi va xilvat izlashining sababini faqatgina ishi ko‘pligiga bog‘lardi.
– Hashar ish berdi. Ming rahmat, Anvarsho. Yana bir hafta shunday hujum qilsak, o‘rim tamom bo‘ladi, – Sohib ayyor nigohini Anvardan olib qochib, Chashmador qishlog‘i tomon yuz burdi.
– Rais, aftidan, bugun hasharga odam kam chiqqan. Ora-chora mo‘ylov burab imo qilib turmasangiz, begona kolxoz bo‘lsa, bizga nima qabilida ishni lanj qilishmasin yana. Bugun ish yurishmadi. Gapning to‘g‘risi, raykom kotibi «Mehnat» kolxozidagi ish-lardan tashvishda, – Ravshan Hakim Anvarga qarab so‘zlarkan, qoshlarini chimirdi.
– Ravshanbek, o‘zingiz g‘alla o‘rayotganlar oldiga bordingizmi? – Anvar ovozini ko‘tarmasdan so‘radi.
– Nimaydi? Biz ko‘rgan joylarning hammasida ish zo‘r edi. Yo‘q, shunisiga ham tashakkur… lekin endi tashabbusni suv oqizib ketmasa degandim.
 – Mening bir odatim bor, Ravshanbek, ko‘rmasdan yo aniqlamasdan turib, hech qachon hukm chiqarmayman. Iso bobo aytganlariday « Men tegirmondan kelyapmanu, sen bo‘lsang, do‘l bo‘m-bo‘sh, deysan». Yo sening nazaringda ham bugun hasharchilar ozmi, Sohib? – Anvar jilmaygancha Sohibga o‘grildi.
– Yo‘q, gapning to‘g‘risi, kecha va o‘tgan kungiga qaraganda ham bugun hasharchilar ko‘p-roq. Balki Ravshan Hakim bog‘ ortida bug‘doy o‘rayotganlarni ko‘rmagan bo‘lishlari mumkin, – Sohib chaynala-chaynala yo‘ldoshini oqlamoqqa tutindi.
– Xayr, bu gap bizning qizarib-bo‘zarishimizga arzimaydi, rais. Lekin Sohibning oilasi borasida men obkom vakili sifatida sizdan xafaman, ha, xafaman!
Ravshan Hakim maxsus tayyorgarlikdan so‘ng baland minbarga ko‘tarilib so‘zlayotgan kabi kesib-kesib ta’kidlar ekan, Anvar va Sohib bir-birlarining ko‘zlari tubiga tiki-lib qolishdi. Ravshan Hakim yelkasini yalayotgan ot og‘zidan nari surildi-da, jonivor-ning peshonasiga tapillatib urgancha ohangini o‘zgartirmasdan so‘zida davom etdi.
 – Rais, bu yerda gap Sohibning sha’ni, obro‘si haqida boradi. Bu odam frontga borib, qon to‘kib qaytgan. Bugun viloyat va tuman hukumati katta xo‘jalik ixtiyorini unga ishonib topshirgan. Shunday ekan, nega biz bitta ayolning og‘zini yopa olmaymiz. Nega unga nasihat qila olmaymiz?
 – Sizning fikringizcha men nima ish qilishim kerak, Ravshanbek? – Anvar o‘zini zo‘rg‘a bosib, javob kutdi.
 – Bo‘lmag‘ur ishni qilib qo‘ygandan keyin Sohibning orqasidan ergashib yurishini qanday tushunsa bo‘ladi? Siz raissiz, u xotin sizning qo‘l ostingizda ishlaydi. Ilojini topib, suv yo‘lini to‘smoq zarur. Men buni zo‘rlik bilan qiling demayman…
 – Iqlim kampirning bir ajoyib maqoli bor: « Gapirsang, tarvuzlab gapir, uni so‘yishganda, ichidagini hamma ko‘rsin.» Gapni chaynashning nima hojati bor, Ravshanbek. Muddaoingizni ochiqchasiga aytavering. Agar men Xubonning baxtiga zomin bo‘lsam…
 – U gapingni yerda qoldirmaydi, Anvarsho. Jo‘ralik mehru oqibati deganday shu ishni qilsang edi, boshimdagi g‘am tog‘ini surib tashlarding. Mening ortimdan yurib, obro‘mni to‘kib nimaga erishadi u, – Sohib ko‘mak so‘ragandayin Anvarning ko‘ziga tikilib qoldi.
– Gapni boshqa cho‘zmaymiz, rais! Uyning gapi ko‘chaga chiqmaydigan bir ish qiling. Agar jamoat raisi bilan birga ZAGS qog‘ozini hal qilish qo‘lingizdan kelsa, yanayam yaxshi. U ham o‘z yo‘liga-yu, bu ham. «U dedi-bu dedi»lab yuraverish kimga kerak! – Ravshan Hakimning yuzini jiddiylik egallab oldi.
 – Men bu gapni Xubonning ko‘ziga qaysi ko‘z bilan qarab aytaman? U bunchalik yerga urib, loyga qorishtirib tashlashga loyiq emas. Sohib, o‘ylab ko‘rgin. Men ilgari ham sen-ga fikrimni aytgandim. Odamlarning havoyi gaplariga ishonasan-u, halol xotiningni gapiga ishonmaysanmi?
 – Aytmadimmi, – Ravshan Hakim Sohib tomonga imo qilgancha tirjaydi.
 – Agar beshigi osmondan tushgan bo‘lsa ham, u bilan boshqa yashamayman, – Sohib kibr aralash g‘urur bilan bitta toshcha olib etigi uchiga urdi-da, uzoqqa irg‘itdi.
 – Rais ikkovimizning yulduzimiz hech qachon bir-biriga to‘g‘ri kelmadi-da, – Ravshan Hakim uzangiga oyoq qo‘yib, otga o‘tirar ekan, Anvarga malomat toshini otdi.
 – To‘g‘ri aytasiz! Bizning yo‘limiz ham, ishimiz ham boshqa-boshqa ekan.
Ravshan Hakim otini jahl bilan qamchilab, yo‘lga tushdi. Sohib ham Anvar bilan istar-istamas, sovuqqina xayrlashib, shoshgancha vakilning ortidan ergashdi.
 
7
 
Sholondagi baland choyxonada Mahmadrahim va Shayx chalayotgan qo‘shnay va sur-nayning yoqimli, qalblarni sehrlovchi ovozi uzoq-yaqinga tarqalib, ko‘ngillarni ovlar, ayrim odamlar hatto kechki ovqatni unutib, choyxona tomon shoshardilar. Bugun choyxona hovlisidagi ochiq sahnada viloyat teatri artistlari tomosha ko‘rsatishlari kerak edi.
Hali qo‘shnay va surnay ovozi eshitilmasdan burun Xubon cho‘mildi, mushk tarala-yotgan sochini ikki o‘rim qilib o‘rib, orqasiga tashladi, qoshiga o‘sma tortdi. Qizining quvonchidan va kayfiyati chog‘ligidan onaning boshi osmonga yetib, Xubonning quyuq sochini tarab, sevinch yoshi to‘kardi. U anchadan buyon qizini bunchalik chehrasi ochiq holda, xursand ko‘rmagandi. Xubon kelinlik kavushini, yoqasiga aylantirib gul tikilgan oq ko‘ylagini kiyib, hovliga chiqdi. U chiroyli qadam tashlar, jarangli kulgisi hovlini quvonch va sururga to‘ldirardi. Ona tomoshabin kabi supa ustida qotib qolgan, qizining go‘zal chehrasiga, chiroyli, tik qomatiga tikilgancha o‘tirgani joy topolmasdi.
Xubon bir-biriga gap qotib, atrofni kulgiga to‘ldirayotgan mahallaning yosh ayollari va qizlari davrasida toshariq yoqalab pastga enib borardi. Yo‘lovchilar va buloq-dan suv olayotgan ayollar ko‘chani boshiga ko‘tarib borayotgan quvnoq davrada Xubonni ko‘rishib, ko‘zalarini yerga qo‘yishar va ular ko‘zdan yo‘qolgancha havas bilan qarab qolishardi. Qo‘shnay ovozi toshariqqa urila-urila quloqqa xush yoqardi. Yaqin-atrofdagi guzarlardan, erkaklar, ayollar guruh-guruh bo‘lishib choyxona tomon borishardi. Birdaniga o‘rta yoshli, lekin haligacha sho‘xligi quyilmagan bir ayol Xubonning tirsagidan olib, buloq tomonga ishora qildi.
 – Anovi xushmo‘ylovni ko‘r, Xubon, kavushlaringga chang qo‘nmasin deb yo‘lingga suv sepyapti.
Xubon bunday qarasa, buloq tomondan qo‘lida chelak Ramazon oqsoqlangancha yo‘l tomon kelardi. Ramazon qaddini tiklab, o‘zicha hazillashgan ayolning yuziga sovuq nigoh qadadi, yo‘lida to‘xtadi, ayolning ochiq chehra, hazil-kulgi bilan Xubonga ko‘z qisayotgani-ni ko‘rib, quvnoq kuldi va ketishga tutindi.
– Og‘ziga kuchi yetmaydigan odamlarni Xudo ko‘tarsin. Achchiq-achchiq gapirsam, xafa bo‘lmagin tag‘in. Aytinglar, anovi oqsoq zargar qayerda-yu, bizning qirqkokil nozanini-miz qayerda? – ayol bu gapi bilan Xubonning ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘ldi va yelkasini uchirgancha qotib-qotib kuldi.
 – Ko‘nglimni bundayin sovutmagin, opa. Nahotki, ko‘nglingga shu gaplar sig‘sa. Qarab tur, endi oybaldoq buyurmasam, nima desang-deyaver!
Xubon Ramazonning yonidan quvnoq hazillashgancha o‘tar ekan, uning hayrat qotib qolgan chehrasini ko‘rib, kulgisi qistadi. Ramazondan besh-olti qadam nari ketmasdan, to‘satdan ko‘nglida ortiga qaytmoq va Ramazonning bu holatini yana bir bor ko‘rmoq istagi paydo bo‘ldi. Xubon boshini biroz yelkasi ortiga tashladi-da, Ramazonga bildirmay nigoh tashladi. Ramazon o‘zini zo‘rlab jilmayishga urindi, lekin qo‘lidan kelmadi. U suv to‘la chelakni yo‘l chetiga qo‘yib, toshsupacha ustiga o‘tirdi-da, Xubonning ortidan uzoq tikilib, xayolga cho‘mdi. U hech qachon o‘zini hozirgidek qo‘lidan hech bir ish kelmaydigan, bo‘shang his qilmagandi. Xubon oldidan o‘tib ketayotganda anchagacha qo‘l-oyog‘i jonsizlanib, o‘ziga bo‘ysunmay qo‘ydi. U tosh ustiga omonat o‘rnatilgan sovuq bir haykalga do‘ngan misol edi. Agar sinchkov ayollar va sho‘x qizlarning baland kulgilari, ayyor qarashlari bo‘lmaganda edi, balki u shu turishida yo‘l chetida yana qancha vaqt qotib qolgan bo‘lardi. Ramazon keng manglayini qotib qolgan qo‘li bilan silagancha ich-ichidan o‘ziga ta’na yog‘dirardi. Hech bir asossiz, yuz-ko‘zing bormi demasdan, nomini yomonotliqqa chiqarishgan bu nozanin oldida u kim bo‘libdi? Ramazon anchadan buyon Xubonni endi shundayin quvnoq va chiroyi ochilgan holda ko‘ryapti. Agar u o‘zini Xubonga munosib deb bilganda uning ko‘zidan qochib yurmas-di, shuncha gap-so‘zlarni oradan ko‘tarib, unga yaqin munosabatda bo‘lardi. Bu fikr unga qattiq ta’sir etib, o‘rnidan turdi-da, chelakni ko‘tarib yulga tushdi. Uyiga yetgancha chelak suvi to‘kila-to‘kila yarimlab qoldi.
Choyxona sahni tobora odamga, g‘ovur-g‘uvurga to‘lib borardi. Sholon qishlog‘idan bo‘lgan naychilar choyxona ayvonida tik turganlaricha sozlarini bag‘irlariga bosib Sangin polvonning hikoyasini eshitib kulishardi. Har yer-har yerda davra qurilgan, har kim o‘z tengini topgan, suhbat qo‘r olardi. Hammadan orqada, choyxona hovlisi chetida ayol-lar va bo‘yi yetgan qizlar ro‘mollarini qoshlari uchigacha tushirib, bir-birlariga qishloq-dagi tesha tegmagan xabarlarni qo‘shib-chatib shivirlashardi. Ayvon yaqiniga yog‘och so‘ri qo‘yilgan, uning ustida Anvar, Ravshan Hakim, viloyat teatrining xushovoz hofizi Bahodir, qishloq qariyalari va obro‘li odamlaridan Ahmad, Akobir, Aziz chavandoz, Abdu-sattor, jamoa raisi Davlat va maktab direktori Ibrohimzoda o‘tirishardi. Erkaklar to‘pidan chetroqda bolalar shovqin-suron solgancha, hammadan ko‘proq o‘ynab-kulishardi. Choyxonaning uzun ayvonidagi ikki sutun orasiga rangi o‘chgan, u yer-bu yeri yirtiq enlik baxmalni parda o‘rniga osishgan, uning ortidan eshitilayotgan turli soz ovozlaridan teatr sozandalarining mashq qilishayotganini anglash mumkin edi. Qishloqdagi eng sho‘x bolalar – Mezbon va Musofir qo‘lbola parda yirtiqlaridan tez-tez bosh suqib, san’at-korlarning qanday tayyorgarlik ko‘rishayotgani bilan qiziqishardi. Ular supa pastida o‘tirgan jur’atsiz boshqa bolalarga o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan manzara haqida zavq-shavqqa to‘lib so‘zlagancha, tengqurlarini kuldirishardi.
Choyxona hovlisida paydo bo‘lgan Xubon erkak-ayolning diqqatini o‘ziga tortdi. Bugun ozoda kiyinib kelgan Xubon odamlar ko‘ziga oldingidan ham chiroyli, yoqimliroq ko‘rinardi. Xubon so‘rida o‘tirgan erkaklarga bir boqdi-da, salom berib, tezda ayollar tomonga o‘tdi. Sinchkov ayollar go‘yo bir ishoraga mahtal bo‘lgandayin, Xubon paydo bo‘lishi bilan yana pichir-pichirni qizitishdi, uning «olifta» bo‘lib kelishiga har biri o‘z bil-ganicha ma’no bera boshladi. Xubon ularning shivirlashlariga e’tibor bermasdan, sho‘x hazil boshlab davraga jon kiritdi. Ayollar undan ko‘z uzmasdan asta-sekin hazil-kulgiga qo‘shilishdi. Erkaklar nigohidan ibo qilayotgan ayollar boshqa tomonga o‘girilib, kulgi-larini yashirishga urinishardi.
Ravshan Hakim ayollar davrasini yaxshiroq ko‘rish istagida ortidagi yostiqni olib, ko‘kragiga bosdi-da, o‘zini orqaroq tashlab, Anvarning ortidan o‘g‘rincha Xubonga tikildi, Sohibning oltinning qadriga yetmaganidan afsuslandi.
 – Rais, odamlar yig‘ilib bo‘lishdi, boshlasak bo‘lar? – teatr vakili cho‘ntak soatiga sabrsizlik bilan tikildi.
– Yana biroz sabr qilaylik. Hali Chashmadordan tushishganicha yo‘q, – Anvar Sohib va uning kolxozidagi dehqonlarning kechikishayotganidan tashvishda edi. U qo‘li bilan ishora qilib Sangin polvonni chaqirdi-da, hazil aralash dedi:
– Bugun damingni ichingga yutibsanmi? Ovozing chiqmaydi?
 -Hoy, raisjon! Sababini bilmaysanmi, Xudo haqi, xursandligimdlan jimgina o‘tiribman.
 – Polvon, ayvonga chiqib olam va odamdan to‘rt og‘iz gapir! Odamlar zerikib qolishmasin.
 – Bo‘pti, rais, bizdan nima ketardi.
Ikki-uch kishi Sangin polvonni ko‘targanmisol ayvonga chiqarib qo‘ydi. Sangin polvon har doimgi odatidek do‘ppisini olib, kafti bilan boshini berilib siladi, so‘ng g‘ala-g‘ovur va kulgini to‘xtatmoq niyatida o‘ng qo‘lini ko‘tarib, «jim» ishorasini qildi.
– Eshitinglar, qon-qarindoshlar. Men va’z o‘qiyman. Avvaliga bir narsani aytishim zarur, men sizlarning hammalaringdan hadya olganman. Mening qiyomatlik jo‘ram Saidbek qariganida yangi farzand ko‘rdi. Sherdek bir bola… Ana o‘sha kundan boshlab kim bizning oq soqolimizga qarab to‘kilib qolibdi, go‘r og‘ziga yetibdi, desa noma’qulning beshta nonini yebdi. Gapning ochig‘i, rais, ertadan boshlab bizga o‘xshagan ikki-uchtagina xotinsiz qolganlarning savobini olishni o‘ylanglar. Hozir Sholonda nima arzon desanglar, beva arzon. Karnaychidan bir puf, rais. Siz bizning qariligimizga qaramanglar… Ha, tovuqqa tuxum bostiringlar-da, jo‘ja olinglar, deyishgan…
Erkak-xotinning baland kulgisi Sangin polvonning ovozini bosib ketdi.
Anvar peshonasini silay-silay, badani titrab, miriqib kulgach, ko‘z qiri bilan Ravshan Hakim tomon boqdi. U «vakil» sifatida kulgidan tiyilib, odamlar ko‘z o‘ngida o‘zini sipo tutardi. Odamlar Sangin polvonning ko‘p gaplarini avvaliga bir hazil deya qabul qilishdi. Lekin ayrim kishilar oraga tushib, odamlarni bu xushxabar quloqlariga chalinganiga ishontirishdi. Odamlar yetmishga kirgan Saidbek boboning shu yoshida o‘g‘il-lik bo‘lganiga shubha qilishardi. Saidbek bobo uch yil oldin olis bir qishloqdan o‘ttiz yoshli, kasalmand, hech kimi yo‘q bir ayolni uyiga olib kelgandi. Choli tushmagur u yosh ayolni dori-darmon bilan davolab, qarovini yaxshilab, rosa bir yildan so‘ng hech kimning gapiga e’tibor bermasdan nikohlab oldi. Chol odamlarning gap-so‘ziga qasdma-qasd har kechqurun ataylab choyxonaga kelar va ovozini baland qo‘yib «hali bel baquvvat, tuyaning dumini uzib olaman», deya g‘ayrati oshib-toshib yotganini ko‘rsatmoqchi bo‘lardi.
Sangin polvon ayvondan tushayotgandi, jamoa raisi Davlat unga hazil aralash gap qotdi:
– Bilasanmi, Polvon, qal’achaliklarning kelmasliklariga sen gunohkorsan. To‘qi-gan maqoling ularning qulog‘iga borib yetgan.
– Ana, xolos. Bu maqolni men ichimdan to‘qib chiqargan bo‘lmasam.
– Yo‘q, billohi azim, vaqti kelsa, sen sutni qatiq deb qasam ichasan. Agar to‘qima-gan bo‘lsang, hozirning o‘zida aytasan, – orqadan Sulaymon boboning ovozi eshitildi.
Sangin polvon boshidan do‘ppisini olib, yana o‘z-o‘zidan yelka uchirib kuldi-da, ensasini qashlagancha gapga tushdi:
– Qiziqchilikka burmanglar, bu bo‘lgan voqea. Qal’achaliklarning choyxonasida na namat, na bironta sholcha yo‘qligini hammalaring yaxshi bilasizlar. Bir kuni kechqurun qishloq aholisi bo‘yra ustiga tizilib, nega Chashmador mehmonxonasida namat boru bizda yo‘q deb hasrat boshlashdi. Kelinglar, kolxozimizni ajratib olamiz, deyishdi. Shundan keyin birinchi yili davlatga yung topshirish rejasini yarmini bajarib, qolgan yungdan namat tayyorlaymiz, degan gaplar eshitildi. Namatni yuqoridagi ikki sutun orasiga solib qo‘yamiz, debdi nosini bo‘yra tagiga tuflarkan qal’achaliklarning brigadiri. Bu gap Nosirga qattiq ta’sir qilibdi va u yo‘q, inim, namatni mana men o‘tirgan yerga solamiz, nima qishloqning ikki-uch oliftasi namatga o‘tiradi-yu, biz bo‘yrada o‘tiramizmi, debdi. Xulosa, sizlarga yolg‘on, menga chin, qarindoshlarim, kolxozni ajratib olish va namatni qayerga solish masalasi ikki guruh o‘rtasida janjal keltirib chiqaribdi. Agar Amin chol o‘rtaga tushmagani-da, bu janjal bosh yorish va mahkamabozlik bilan tugagan bo‘larmidi.
Sangin polvon hali hikoyasini tugatishga ulgurmasdan katta yo‘lda Chashmador va Qal’acha qishloqlari odamlari ko‘rinib, g‘ala-g‘ovur bilan choyxonaga kirib kelishdi. Sholonliklar shoshilgancha mehmonlarni kutib olish uchun o‘rnilaridan turib, ularga joy berishdi. Hech qancha o‘tmasdan Sohib otini yo‘rttirib kelib, undan chaqqonlik bilan pastga tushib, tizginni Hasanning qo‘liga tutqazdi va u otni bog‘lash uchun qoziq tomon yetaklab ketdi. Sohib ikki-uch kishi bilan sovuqqina salomlashdi-da, boshqalarga hatto qaramasdan so‘ri tomon yurdi.
Sohibning kelganini ko‘rgan Xubonning qulog‘i g‘uvilladi, undan bir necha lahza uzun hushtak ovozi nari ketmadi, chehrasi uyat va hayajondan qizardi. Kuragidan sovuq ter pastga qarab o‘rmaladi. U hayajonini bosishni istar, atrofdagi sinchkov ko‘zlarga o‘zini beparvo ko‘rsatishni istab, boshini baland tutar, lekin endi na kulgi, na bir og‘iz so‘zlash uchun kuch topolmasdi. Xubon noiloj boshini quyi solib, rangi o‘chgan gilamga tirnog‘i bilan xat yozishga tushdi. Faqatgina Sohib so‘riga borib o‘tirgach, uning ko‘kragidagi orden-medallarning jiring-jiringi Xubonning quloqlariga yopishdi. U o‘zini qo‘lga olishni istar, shuning uchun so‘ri tomon yashirincha boqib, Sohibning so‘ri yog‘ochiga suyanib, ayollar davrasiga orqa o‘girganini ko‘rdi. Xubon labini tishlab, shoshib boshqa tomonga qaradi, ko‘zi yuzi burishgan, burni katta ayolga tushdi. U Xubon tomon yomon qaragancha, yonidagilarga nimalarnidir shivirlardi.
 – Hu, ko‘zlaring teshilib oqsin, – Xubonning qahrga to‘la, ko‘plar eshitgan gapi boshqa ayollarni hayratga solib, o‘sha burni katta ayol tomon qarashdi.
Erkaklar chalgan qarsak ayollar diqqatini choyxona ayvoni tomon qaratdi. Ravshan Hakim sahna o‘rtasiga chiqib, chap qo‘li bilan zobitlik kamarini qattiq tortdi va o‘ng qo‘lini yuqori ko‘tarib, odamlarni tinchlanishga, gapdan to‘xtashga chorladi. Uning so‘zla-yotganda hech kimning yuz-ko‘ziga qaramaydigan odati bor edi, odamlar tepasidagi biron nuqtani topib olib, kiprigini zarracha qoqmasdan va’zxonlik qilardi. U «Zafar» kol-xozining barcha a’zolarini – erkak va ayollarni yillik reja va majburiyatni bajargan-liklari bilan ovozining boricha tabrikladi.
Urush yillaridagi qahatchiliklar va qiyinchiliklardan qat’iy nazar «Zafar» kol-xozi reja va majburiyatlarini ilojini topib bajarib kelar, bu yil ham o‘z va’dasiga vafo qilgandi. Go‘sht rejasining bajarilishiga ozgina qolgan bo‘lsa-da, sut, g‘alla, yung topshirishni do‘ndirib qo‘ygan, har bir xo‘jalikka jon boshiga qarab ho‘l va quruq meva, ozroq bo‘lsa-da, bug‘doy va arpa, baqlajon tarqatgandi. «Zafar» urushning og‘ir yillarida kolxozchilarning ish haqini kamroo‘ bo‘lsa-da berib, qanday bo‘lmasin, odamlarni ocharchilikdan saqlab qolgani bilan viloyatda ko‘zga ko‘ringan kolxoz edi.
Ravshan Hakim hech keti ko‘rinmayotgan «kirish so‘z»i davomida «Mehnat» kolxozi-ni ham tilga olib, Sohibni osmondan sal beriroqqa ko‘tarib ta’rifladi. U og‘zini to‘l-dirgan holda kelajakda «Mehnat» kolxozi ham « Zafar» kabi albatta viloyat miqyosida namuna bo‘ladi, dedi. «Chunki endi bu qoloq kolxozga, – Ravshan Hakim ataylab chertib-chertib so‘zlardi, – gitlerchilarga qarshi urush maydonining g‘oliblaridan biri o‘rtoq Sohib boshchilik qilmoqda. » Ravshan Hakimning bundayin ko‘tar-ko‘tarlaridan terisiga sig‘may qolayotgan Sohibga o‘zining o‘tirishi yoqmay qoldi va o‘rnidan turib, tizzalab o‘tirdi. U endi atrofga ochiq yuz bilan boqar, ko‘nglida esa, notiqqa nisbatan minnatdor-lik barq urardi. Ravshan Hakim uch-to‘rt marta qattiq yo‘talgach, cho‘ntagidan to‘rt buklog‘-liq qog‘oz olib yoydi, boshi ustida ikki-uch orqa-oldinga olib borib ko‘rsatgach, so‘zida davom etdi:
– Viloyat firqa qo‘mitasi va tuman partiya qo‘mitasining birgalikdagi qaroriga ko‘ra «Zafar» kolxozining raisi Anvar Nazarov «Ural» radiopriyomnigi bilan mukofot-landi. Qani, sheryigitlar!
Teatrning ikki sozandasi sandiqcha shaklidagi jigarrang radiopriyomnikni olib kelib, Anvarning oldiga qo‘yishdi.
 – Rais, viloyat va tuman partiya qo‘mitalari menga bu sovg‘ani shaxsan o‘z qo‘lim bilan sizga topshirishni buyurishdi. Marhamat, rais! Ravshan Hakim qo‘lini uzatib, An-varni supa ustiga tortib chiqardi. Uzoq davom etayotgan qarsak to‘lqinini Anvarning xotirjam qiyofasi va minnatdor nigohi asta-sekin tinchlantirdi. Hatto sahna atrofida shovqin-suron ko‘tarayotgan sho‘x bolalar ham Rajab sarkorning baqirishi va po‘pisasidan cho‘chib, choyxona dahliziga qarashdi-da, o‘zlarini yerga tashlashdi. Anvar shu turishida yana bir necha lahza odamlarga qarab turdi-da, hammaning vujudi quloqqa aylanib o‘zi tomonga qaratilganini sezib, chuqur nafas oldi, ich-ichidan qaynab chiqayotgan har bir so‘zini taroziga solgach, urg‘ulagan holda gap boshladi. Odamlar bir necha yil davomida raislari-ni boshdan-oyoq o‘rganib olishgandi. Hozir ham uning avzoidan va ko‘z qarashlaridan o‘ziga xos samimiyat bilan dardli, og‘ir gapirishini, urushning noxush, yaxshi va yomon damlari-ni o‘ylab, iztirobga, hayajonga tushishini, odatiga ko‘ra qadoq qo‘llarini musht qilib bir-biriga qattiq uraverishini his qilib turishardi.
– Butun xalq boshiga og‘ir kunlarni solgan bu ofat yo‘q endi. Xalqimiz o‘zining jasorati, chidamli mehnati, ishchanligi bilan hammayoqni yondirib, kulga aylantirayotgan urush ofatlarini, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan qiyinchiliklarni yengib chiqqan ekan, endi buyog‘iga bizning metindek ruhimizni hech kim, hech narsa sindira olmaydi. Xalqni to‘g‘ri yo‘lga safarbar eta olgan VKP (b) Markaziy Qo‘mitasiga ming rahmat, yuz ofarin! G‘alabaning muborak damlari yetib keldi. Front ortida aka-ukalari, erlari, otalarining nomusi, sha’nini baland ko‘targan ayollarga ming rahmat. Keksaliklariga qaramasdan, ayni oyoq uzatib dam oladigan paytlari yoshlar o‘rniga qo‘llariga o‘roq va ketmon olgan otaxon va onaxonlarimizga ming rahmat. Men bu gaplarni o‘tgan bir necha yil davomida ming marta takrorlagandirman. Necha marta aytgan bo‘lsam ham kam, ha, kam, – Anvar bir necha lahza jim qolib, peshonasini tirishtirdi va oyog‘i ostiga tikildi.
– Ilohi, bani odam farzandi boshiga boshqa hech qachon urush balosi dahshatlari tushmasin. Dunyoda hamma ishlarni amalga oshirish mumkin. Qaytadan shahar qurasan, buzilgan uylarni obod etasan, kiyimdagi dog‘larni yuvib yo‘qotasan… Lekin odamlar yuragidagi urush dog‘ini yuvib yo‘qota olmaysan…
Anvar qanchalik yurak-yuragidan, aniq-jarangli, ta’sirli so‘zlashga urinmasin, lekin fikrlari tarqoq, ovozi o‘ziga bo‘ysunmasdan, iztirobli titrar edi. U bu so‘zlari-ning farzandlari, erlari, otalari, aka-ukalaridan umrbod ajralgan insonlar uchun aslo tasalli bo‘la olmasligini, kuygan yuraklari yarasiga malham qo‘ya olmasligini yaxshi bilardi. Anvar bu mazmunda yana bir necha og‘iz gapirdi-da, chehrasi biroz ochilib, radio-priyomnik tomon qaradi va mavzuni o‘zgartirdi.
– O‘rtoqlar, qon-qarindoshlar! Bugun menga viloyat va tuman partiya qo‘mitalari bergan bu radiopriyomnik sizning halol mehnatlaringiz mevasi bo‘ladi. Uning eng yaxshi joyi kolxoz choyxonasi deb hisoblayman. Endi boshqa urushning shumxabarini eshitmay-miz… to‘g‘rirog‘i, boshqa eshitmaylik.
Qarsak va g‘ala-g‘ovur qaytadan avjiga chiqdi. Anvarning ishorasi bilan radio-priyomnikni choyxona ichkarisiga olib kirishdi. Ravshan Hakim boshqalarga qo‘shilib qo‘l uchida qarsak chalgan bo‘ldi, asta egilib Sohibning burni ostida pichirladi.
– Bu odam hech qachon o‘z bilganidan qolmadi-qolmadi-da. Senga berishdimi, uyingga olib ketaver-da. E, bu tomosha odamlarni aldash uchun-da, ikki-uch kun o‘tgandan keyin bil-dirmaygina uyiga olib ketadi, albatta. Men odamlarni bilmasam ekan.
 – Birovning ko‘nglini topgin-da, qand yegin, deganlar. Hozir men odamlarni zim-dan kuzatib o‘tirdim, uni rosa hurmat qilisharkan, – Sohib qo‘lidagi olmani ikkiga bo‘lib, yarmini Ravshan Hakimga uzatdi.
 – Hurmat?! Zo‘rlik, uni qil-buni qilma, deya yolg‘on obro‘ topishni, siyosatni hurmat deb bo‘ladimi? Bizning odamlarimizga mana shunaqalar yoqadi yana, – Ravshan Hakimning ko‘zi nogoh Xubonning nigohi bilan to‘qnashdi. – Sohib… anovi … Xubon ayollar orasi-da-ku…
– Bilaman, nazarimda nigohi boshimning orqasini teshib o‘tyapti. Kelmoqchi emas-dim-u,.. – Sohib pastki labini norozi tishlab, bezovtalandi.
Anvar choyxona dahlizidan pastga tushishi bilanoq Bahodir hofiz uniqqan baxmal pardani chetga surib, tantanali bir ovoz bilan qo‘shiq aytishga kirishdi. Odamlar yoqimli musiqani eshitishlari zahoti og‘izlariga qulf solishdi va san’atkorlarning sehrli soz-lari kuyini berilib tinglay boshlashdi.
Xubonga na yoqimli kuy, na hofizlarning oshiqona qo‘shiqlari ta’sir qilmay qo‘y-di. U tobora alamli, mahzun o‘y-xayollarga berilgandi. Ravshan Hakimning o‘g‘rincha va qan-daydir bir ishorali nigohi Sohibning ortidan o‘tib Xubonni izlardi. Xubon uning uyat-siz ko‘z o‘ynatishiga qarata achchiq va g‘azabga to‘la nigoh bilan javob berdi.
Ayvonda qo‘lida dutor, kiyimlari o‘ziga yarashgan, yurishi chiroyli ayol paydo bo‘lishi zahoti ko‘pchilik erkaklar hayajonga tushishdi va pichir-pichirlar boshlandi. U noz-ishva bilan so‘ri ustiga o‘tirib, unda o‘tirganlarga ko‘z qirila sho‘x qarab qo‘ydi va dutorchasini tizzasiga qo‘yib, nozik harakatlar bilan chalishga tutindi. Uning boshidagi biryonlama bog‘langan farang ro‘moli, bo‘yalgan qosh-ko‘zlari, chehrasi va soch gajaklari avvaliga ayolni jozibali, chiroylidek ko‘rsatdi. Ayol dutorda sho‘x kuy chalgancha yoqimli, lekin past ovozda kuylay boshladi. Erkaklar mo‘ylovlarini burab, ko‘kraklariga urib bir-birlari bilan ma’noli ko‘z urishtirishardi.
Ayol mashhur bir g‘azal bilan aytilgan qo‘shiqni tugatgach, bir ajib quvnoqlik ila kuylash usulini o‘zgartirdi. Endi odamlar orasidan «jon», « yurak-bag‘rimni eritib yubording-ku» qabilidagi ovozlar eshitildi. Xonandaning ovozi tobora avjiga chiqib, quloqlarga xush yoqardi.

 Ey, ishqim-a, baland terakni havas etding.
 Kel, yarashay, desam, arazlab, qayon ketding?
 Na senda bir qaror, na menda bir orom yo‘q,
 Bu og‘riq dilingga, davo – men, bayon etdim.

Keyingi paytda og‘izdan tushmay qolgan mish-mishlarni eslagan erkak ham, ayol ham bu to‘rtlikni eshitgach, go‘yo bir ishoraga mahtaldek goh Sohibga, goh Xubonga qarab, pichir-pichirni qizitishdi. Sohib odamlarning ma’noli qarashlaridan xavotir tortib, hozir-gina taralgan qo‘shiq so‘zlarini eslashga urindi va quloqlari qip-qizarib olovlandi. U nima qilishini bilmasdan, tovoqdagi olmalarni olib, og‘irligini salmoqlashga urindi. Anvar Sohibning holatini ko‘rib, o‘zini noqulay his qildi va qo‘l yuvish bahonasida so‘ridan tushib, suv oqayotgan nov tomon yurdi.
Qo‘shiq Xubonning yuragini tilka-tilkalab tashlaganday bo‘ldi, uning so‘zlari ko‘nglini qiynab yotgan alamlarni ifoda etayotgandek edi. Hissiyotini yashirishga ortiq kuchi yetmadi, qo‘zidan yosh sizib chiqib, yuziga tomchiladi. U shoshgancha boshini quyi solib, ro‘molining uchida yuz-ko‘zini artdi. Yonidagi ayollar uning ahvolidan ta’sirlanib, achinib tikilganlaricha jim qolishdi.
Dutorchi ayol qo‘shig‘ini tugatib, ta’zim qilgach, sahnadan chiqib ketmoqchi bo‘ldi, lekin odamlar tinmay qarsak chalib, hay-haylashgancha yana joyiga o‘tirg‘izib qo‘yishdi. U iliqqina tabassum qilib, yana dutorini tizzasiga qo‘ydi, so‘ri tomonga yarim nigoh tash-ladi. Xubonning nazarida Sohib u ayoldan ko‘z uza olmas, es-hushi dutorchida bo‘lib, at-rofdagi boshqa odamlarni unutib qo‘ygandi. Endi dutorchi ayol yuzini so‘ri tomon o‘girdi va hozirgina o‘zi to‘qigan to‘rtlikni aytishga kirishdi.

 Qiliqlari yarashgan bir yigitga ko‘ngil qo‘ydim.
 Ey, ordenli, alpqomat raisjonim, jon raisjon.
 Ey, behuda g‘am chekma, indamasdan ket yo‘lingga,
 Sholon bir yon, Chashmador qizlari tikar senga jon.

Qarsaklar avjida va «aslo kam bo‘lmagin», «yasha, baraka top», «e, qoyil-e» kabi hayqiriqlar ostida dutorchi ayol ming noz-ishva, xirom ila ichkari kirib ketdi. Xubon so‘ri ustida o‘tirganlarning kulgisiga Sohib ham qo‘shilib, to‘xtovsiz «qoyil» deganday bosh tebratayotganini ko‘rdi. Xubonning yonidagi ayrim ayollar o‘zlariga kulishni ep ko‘r-masdan uning yuziga sinchkov nazar tashlashardi.
 – Uyati yo‘q, nomussiz bir ayol ekan. Ersiz o‘lib qoldingmi nima, buyoqqa kelib bosh-qalarning erini yo‘ldan urasan, – Xubon bilan birga kelgan sho‘x ayol hamma eshitsin, deganday ataylab baland ovozda gapirdi.
Xubon igna ustida o‘tirgandayin, nima qilishini bilmasdi. Uning butun vujudi-ni achchiq va hech bir kutilmagan hissiyot qamrab olgandi. Ko‘nglidan bu ayollar faqatgina Sohibning vafosizlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchungina bu yerga kelishgan, degan o‘y o‘t-di. Teatr qiziqchisi sahnaga chiqib, hammani o‘ziga qaratdi. Xubon o‘rnidan turib, odam-larni aylanib o‘tdi-da, ayvondan choyxonaga kirdi. Anvar uning bejo avzoini ko‘rib, xavotirlandi va tez-tez yurib ortidan ayvonga chiqdi. Ichkaridan bir ayolning dodlashi va g‘ala-g‘ovur eshitildi. Anvar eshikni zarb bilan ochib, ichkariga otilib kirdi. Bunday qarasa, Xubon o‘sha dutorchi ayolni tagiga yotqizgancha, bir qo‘li bilan tomog‘idan olgan, ikkinchi qo‘li uning sochini tutamlagancha, boshini to‘xtovsiz yerga urardi. Anvar ularning boshida to‘plangan ikki-uch kishini chetga surib tashlab, Xubonning bilagidan qattiq tortdi.
 – Bu qanday noma’qulchilik? Xubon, jinni bo‘lib qoldingmi? Bo‘ldi, deyapman1 Bas qil!
Xubon Anvarni ko‘rishi zahoti o‘ziga keldi va ayolni sekin qo‘yib yuborib, ustidan turdi. U peshonasini devorga tirab, titrab-titrab yig‘lashga tushdi.
 
8
 
Shomga yaqin raykom binosidan kolxozlar va qishloq kengashlari raislari o‘zaro suhbatlashib chiqaverishdi. Ertalab boshlangan yig‘ilish kechgacha cho‘zildi. Yig‘ilishda kolxoz raislaridan tashqari, biron kolxozga mutasaddi bo‘lgan obkom va raykom vakil-lari kun tartibidagi ayrim masalalar va oldinda turgan ko‘klamgi ekin-tikin ishlari haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ayniqsa, Anvar va Ravshan Hakim o‘rtasidagi bahs-munozara uzoq va keskin o‘tdi. Ravshan Hakim Anvarni o‘tgan ko‘klamda tog‘ etagidagi yigirma gektar yerga bug‘doy ekmasdan, olma, o‘rik, tut ko‘chatlari o‘tqazishda aybladi. Bu yillarda bir do‘ppi bug‘doy tonna-tonna mevadan a’lo, dedi u. Buning ustiga haydaladi-gan yerda nihol tikib, bog‘ yaratish hech bir mumkin emasligini aytdi. Daraxtlar ko‘karib ketsa ham, besh-olti yildan keyin hosil beradi, lekin u yerdan har yili g‘alla hosili una-yotgan edi. Tog‘ sharoitida har bir qarich yer oltindan qimmat turadi. Anvar Nazarov bo‘l-sa, bila turib va o‘zboshimchalik bilan bu ishni qildi. Mening gumonimcha, bu yer «Zafar» kolxoziga qaraganda «Mehnat» kolxoziga yaqinroq bo‘lgani uchun u bu ishni qilgan. U rah-barlarning ijozatini olmasdan turib bu yerni o‘zlashtirib olish niyatida… Oxirida Rav-shan Hakim «Zafar» kolxozi bu yerga ekin ekishning uddasidan chiqa olmasa, uni «Mehnat» kolxozi ixtiyoriga o‘tkazishga hali ham kech emas, dedi. U bundayin mas’uliyatsizlik va o‘zboshimchalik uchun Anvar Nazarovni javobgarlikka tortishni zo‘r berib talab qildi.
Anvar bir nuqtaga uzoq tikilgancha, jim qoldi. Hamma hozir u portlab ketib, Rav-shan Hakimning achchiq-tiziq gaplariga javob beradi, degan o‘yda edi. Lekin Anvar bosiq va odob saqlab turardi. Labiga ma’noli tabassum yugurdi. U Ravshan Hakimga hech narsa demasdan, raykom kotibiga yuzlandi.
 – Aytilayotgan o‘sha yerda, o‘rtoq Rustamov, har yili g‘alla o‘rniga xas-xashak unadi. Qilgan mehnatingizga achinasiz. Bug‘doy o‘raman deb chopib yurasiz. U yerda bitta, bu yerda bitta bug‘doy. Agar, ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda bir tup katta olma daraxti bor. Hosili ko‘pligidan shoxlari egilib, sinib ketadi. Menimcha, u yerda mevali bog‘ yaratish mumkin… Buning uchun suv ham, ortiqcha mehnat ham kerak emas. Biz bu yerning o‘rniga g‘alla ekish uchun toshariq yoqasida o‘n sakkiz gektarlik yangi yer ochdik. Bu yerning hosili o‘sha aytila-yotgan haydaladigan yerning besh yillik hosiliga teng…
Anvar fikrining tasdig‘ini olish maqsadida Sohib tomonga qaradi. Sohib o‘zini bilmaslikka olib, derazadan ko‘chani tomosha qilardi.
 – Jo‘jani kuzda sanaydi, deydilar. Yozda o‘sha toshariq yoqasidagi yerda ungan bug‘doy boshoqlarini bir ko‘raylik, keyin gaplashamiz. Lekin kuzga kelib o‘sha haydaladigan yerda daraxt nihollari o‘rniga yana yovvoyi o‘t-o‘lanlarning qurigan tuplarini sanab o‘tirmay-lik, deb cho‘chiyapman, – Rustamov qo‘lidagi qalamni barmoqlari orasida o‘ynatdi.
Raykom kotibi Ravshan Hakimning bayonotiga unchalik jiddiy e’tibor bermagan bo‘lsa-da, lekin ayni bir paytda tog‘ etagida bog‘ bunyod etish g‘oyasiga ham unchalik ishonqi-ramadi. Shuning uchun u har ikki tomon bahsiga xuddi shu ohangda xotima yasadi.
Sohib raykom binosidan ko‘chaga chiqayotganda, Ravshan Hakim uning yelkasidan tutib, o‘ziga karatdi.
 – Qalay, rosa bopladimmi?
 – Bu gal gapini o‘tkaza olmadi.
– Sohib, sen ikki og‘iz gapirganingda bo‘lardi…
– Unda ikkovi maslahatlashib olgan, degan o‘yga borishardi…
– Bir-ikki yil o‘tsin, ikkala kolxozni birlashtirishadi. Qulog‘im qiziyapti. Unga-cha asta-asta qimirlatib, Anvarning oyog‘idan madorni qochirish kerak. Sen frontovik raissan, orden-medallaring bor, u-chi? Ana undan so‘ng oilaviy ishlaringni bir yoqlik qilasan. E, agar u senga do‘st bo‘lganda, allaqachonlar Xubonni yo‘lga solardi. Lekin sening ishing yurishmasa, u miyig‘ida xursand bo‘lib yuraveradi. Kim issiq joyini sovu-tishni istaydi? – Ravshan Hakim Sohibning yelkasiga tapillatib urdi, bundan «hushyor bo‘l» ma’nosini chaqish mumkin edi.
Sohibning es-hushi «Zafar» kolxoziga ketib, chehrasi ochildi, labiga tabassum yugurdi. U bu orzuni qachonlardan buyon ko‘nglining bir chekkasida yashirib kelardi. Endi Ravshan Hakim uning bu orzusiga yangi to‘n kiygazyapti.
Qahraton kunlardan so‘ng fevral oyi oxiriga borib havo biroz yumshagan bo‘lsa-da, bir kun oralatib qor yog‘ardi. Bu yilgi katta qor ko‘klamgi ekish ishlarini ortga surardi. Kolxoz raislari ekinzor yerlardagi qor ustiga tuproq tortib, uni tezroq eritish tarad-dudiga tushishgandi. Anvar va Sohib tog‘ etagidagi shamolpana yo‘ldan keng Sari Pul dashtiga chiqishganda, shamol qor uchqunlarini o‘ynab-o‘ynab, ularning yuziga urdi. Otliq-lar yo‘lni ko‘rish uchun zo‘rg‘a ko‘z ochishardi. Anvar otining boshini orqaga burib, oq chak-moni tagidan belbog‘ini olib, qulog‘i aralash peshonasiga qattiq bog‘ladi. Sohib askarlik telpagining qulog‘ini pastga tushirib, shinelining yoqasini baland ko‘tardi. Ular ancha-gacha so‘z qotmay ketishdi. Yo‘l bo‘yi Anvarni bir o‘y tashvishlantirardi. «Ravshan Hakim ikkovimiz bahslashayotganimizda nega Sohib bildirmaslikka urinib uning gapini tasdiqlardi? Nega biron marta gapga qo‘shilmadi? U gap nimadaligini yaxshi bilmasmi-di.»
– Sohib! – Anvar kafti bilan peshonasini shamoldan to‘sgancha lab juftladi.
 – Labbay!
 – Ravshan Hakim ikkovimizning janjalimizga qo‘shilmading…
– Hammasi aniq bo‘lgandan so‘ng nimaga kerak?
– Nima aniq edi? – Anvar g‘azab bilan Sohibga qaradi.
– Xayr… kolxozingdagi yerlar, bog‘-rog‘larni Ravshan Hakimdan ko‘ra yaxshiroq bilasan, – Sohib chaynaldi.
– Nega shu gapingni aytmading?
– Hojati yo‘q edi…
– Yo‘q, Sohib, nima bo‘lganda ham, chinni chin, yolg‘onni yolg‘on deyish zarur. Shunday bo‘lganida edi, ortikcha dod-voylarga hojat qolmasdi. Agar har bir kishi shunday ish tut-sa, odamlar insofli bo‘lishardi, orqa-oldiga qarab gapirishardi, jinoyat qilishdan qo‘rqishardi, – Anvarning so‘z ohangi g‘azabli emas, balki hasratli tus oldi.
 – Bu gaplarning menga nima daxli bor, Anvarsho?
 – Daxli bor, Sohib…
– Menga daxldor joylarini hech bir qo‘shib-chatmasdan aytasan. Hech bir narsani unutmagin, – Sohib g‘azabini zo‘rg‘a ichiga yutdi.
– Mana qanday o‘ylarga boryapsan. Lekin gapning to‘g‘risini odamning yuziga ayta olish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi, Sohib. Hozir tili to‘g‘ri va beg‘araz gaplarni aytishdan ko‘ra yolg‘on va tuhmatni aytishga o‘ch odamlar yo‘q emas. Bismillohlari yolg‘on va g‘iybatdan boshlanadi.
Sohib ich-ichidan o‘zini yanirdi. Nega tuman markazidan Anvar bilan birga yo‘lga chiqdi-ya. Aftidan, Anvar undan qattiq xafa bo‘lgan. Endi uning nayzali ta’na-malomat-laridan qochib qutulib bo‘pti. Lekin nima bo‘lgandayam, chidashi zarur. Anvar bilan kalla tashlashish oson emas. Viloyatda obro‘si katta, gapi o‘tadi. Shu kunlarda u bilan «olti-etti» deb yurishning foydasi yo‘q, hozir aytishib yursa, kelajakda o‘ziga qiyin bo‘ladi, o‘ylagan hamma rejalari buzilib ketadi. «Agar yaqin orada Xubon bilan ishimni hal qilib olmasam, ana keyin holimga voy. Bu ishni Anvarning yordamisiz amalga oshira ol-mayman. Agar kelajakda ikkala kolxozni qo‘shib yuborishsa, ikkovimizdan birimiz rais bo‘lamiz. Yo u, yo men. O‘sha kungacha ilojini topib qo‘yish zarur. Xalq orasida ham, tuman va viloyat rahbarlari orasida ham mavqeimni mustahkamlashim, obro‘yimni oshirishim kerak. E, qurib ketsin, – Sohibning ichidan bir oh otildi. – Xubon yo‘limni to‘sib turibdi. U hamma orzu-umidlarimni chippakka chiqarishi mumkin. Yo u bilan murosa qil-sammi? Agar odamlar ko‘zidan yashirincha u bilan yarashib, borib-kelaversamchi? Yo‘q, yaxshilikcha, uni va onasini pul-mol berib ko‘ndiraman. Hozirgi qimmatchilik va qahatchi-lik yillarida bir-ikkita shohi-yu chit ko‘ylak, yarim qop un va gurunch hamma muammolar tugunini yechadi, ish jilovini qo‘limga olaman keyin».
Bu tasallibaxsh o‘ylardan Sohibning xira ko‘ngli yorishganday bo‘ldi. U endi ichi-da xushhol «keyinchi, keyin nima bo‘ladi», deya egar ustida, og‘irligini o‘ng oyog‘iga tash-lab, yana xayol daryosiga cho‘kdi. Bir zum o‘tmasdan, u o‘zini oldingi fikridan qaytardi. Endi ko‘z oldidan qal’achalik Nozimning kelishgan qomatli, suzuk nigohli qizi tez-tez o‘ta boshladi. Onasi « pokiza, uyni eplaydigan qiz», deya ta’rifini keltirib, ikki-uch qulog‘iga quygach, bundan ikki hafta oldin hech bir kutmaganda ariq oldida ko‘za ko‘tarib ketayotganda ko‘rib qoldi. Unga ko‘zi tushgach, avvaliga Sohibning oyoq-qo‘lidan jon qoch-ganday bo‘lib, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. O‘zini tutib olgach, otini sug‘orish maqsadida joni-vorning boshini burib, sharshara novidan quyiroqda qizga yaqin bordi. Sohibning niyati-ni sezib qolgan qiz unga o‘tkir bir nigoh tashladi-da, suv to‘la ko‘zasini ko‘tarib uyi tomon shoshdi. Xuddi o‘sha kuni kechqurun Sohib Nozimning qiziga sovchilikka bora-veringlar, deya ota-onasini quvontirdi. Bir haftadan keyin sovchilikka borasizlar, lekin hech kimga bildirmasdan, ta’kidladi u. U agar bu gap Xubonning qulog‘iga yetib borsa, biron g‘avg‘o chiqishi mumkinligidan qattiq xavotirlanardi. Yaxshisi, hozircha qizning ota-onasidan bo‘lak hech kim bilmagani ma’qul. Sohib Xubon bilan orani ochdi qilishni qanchalik istamasin, bu boradagi rejasini allaqachon pishirib qo‘ygan bo‘lma-sin, «karnaychidan bir puf» deganlariday Anvarning fikrini bilmoqchi bo‘ldi. U egar ustida o‘zini tik tutib, mulohazali, yumshoq ohangda so‘z boshladi.
– Bilasanmi, jo‘ra, shu … u yoqdan kelganimdan beri chiroq yoqsayam ichim yorishmayap-ti. Ko‘nglimga hech narsa sig‘maydi. Aftidan, o‘zing aralashmasang, bo‘lmaydiganga o‘xshay-di…
– Mayli aralashganim bo‘lsin, Sohib, faqat bir shart bilan! Xotining bilan yarashasan, u sho‘rlikni odamlarning «unday ekan, bunday ekan»idan qutqarasan. Gap shu, jo‘ra! – Anvarning ovozi qat’iy yangradi.
 – Nega hamma ishni ko‘ra-bila turib, uning tarafini olasan?.. O‘tgan gal yo‘limni to‘sib chiqdi, og‘ziga kelganini qaytarmadi, meni yerga qorishtirib tashladi. Bunisiga in-damay ketgandim, shuncha odamning ko‘zi oldida anov artist xotinni yumdalab tashladi. O‘zing aytchi, bunaqa yuzsiz xotin bilan qanday yashayman? Yo biron boshqa niyating bo‘lsa… – Sohib gapini oxiriga yetkazmasdan jim bo‘lib qoldi.
Anvar anchadan buyon Sohibning bu gapini kutgandayin qo‘llarini siltab-siltab, qattiq-qattiq so‘z boshladi. Sohib Anvarning qo‘lidagi qamchini qattiq qisayotganidan va egar ustida tebranayotganidan bor vujudi qahr-g‘azab alangasida yonayotganini his qildi.
– Gapingni ichingga yutma, Sohib! Mana shu «boshqa niyat»im borligini bir marta-gina yuzimga ochiq aytganingda edi, balki bilib ishimni qilgan bo‘lardim.
 – E, nima, to‘g‘ri-da. Xotining bilan yarash, u unday, bunday… Shunisi yetarli. Men odamlarning ta’na-tazyiqlariga ortiq chidayolmayman.
 – Xubonning hech bir aybi bo‘lmagan holda ta’nalar tagida qolib ketgani-chi? Xubon bu tuhmat va ig‘volarga indamasdan ko‘z yumib ketavermaydi. Nima qilayotgan bo‘lsa, alamidan, rashki kelib qilyapti. U seni yaxshi ko‘radi. Ha, buni senga aytib o‘tirishning hojati yo‘q, o‘zing yaxshi bilasan. Lekin «mening niyatim» masalasida ko‘ngling tinch bo‘l-sin, Sohib. Senga achchiq-tiziq gapirishimning sababi bor. Raislikka saylanganingdan so‘ng kibr otiga minib olding, – Anvar achchiq shamoldan og‘zini kafti bilan to‘sib, Sohib tomonga o‘girildi.
– Obbo, – Sohibning g‘ashi kelib Anvardan yuz burdi.
 – Sen mening odatimni yaxshi bilasan. Qulog‘imga bir nima chalindimi, uning sababini aniqlamaganimcha, ko‘nglim joyiga tushmaydi. To‘g‘risini ayt, Sholonga rais bo‘lish niyating bormi?
– Sen rosa qiziq odam ekansan-ku, Anvarsho. Nega qayoqdagi noto‘g‘ri xayollarga bor-yapsan? Mayli, qo‘ymading-qo‘ymading, aytganim bo‘lsin, men kimman-u, katta bir sertash-vish kolxoz qayoqda? Boshimdan oltin to‘kishsa ham …
– Sen odamning yuziga gapingni ayta olmaysan, eshit, mana men aytaman. O‘tgan hafta tuman markazida, bir ma’rakada nima deb qadah ko‘tarding?
– Odamlarning havoyi gaplariga ishonma. Sening to‘g‘ringda yomon so‘zlaganimdan ko‘ra, o‘zimni yaniganim yaxshi, – Sohib sir boy bermasdan, chehrasini sira o‘zgartirmasdan Anvarning ko‘ziga tik qaradi.
 – Ke, men bilan bunaqa ko‘zga ko‘z qadashlaringni qo‘y. Aytchi, men pora berib, urushdan qolganmanmi?
– Bu gapni aytgan odam ikkovimizning oramizni buzish niyatida bo‘lgan. Bitta gap-ni ushlab olmagin-da, Anvarsho, – Ravshan Hakimning amakivachchasi hamma gapni oqiz-may-tomizmay Anvarga yetkazganligiga Sohibning sira shubhasi qolmadi.
Bir oy oldin Ravshan Hakimning amakivachchasi uyida ziyofat bo‘lar ekan, viloyat vakili va Sohib kayflari taraq bo‘lib, Anvar haqida bo‘lmag‘ur yolg‘on-yashiq gaplarni ay-tishgan, rosa qulog‘ini qizitishgandi. Ularning ig‘vogarliklari va odamning ortidan gapirishlari uy egasiga yoqmadi. U ikkoviga ham bu gaplarni albatta Anvarga yetkazaman, dedi. Ikkov bu gapni hazilga yo‘ydi.
– Men shu paytgacha sabr qilib keldim. Avval o‘zingni og‘zingdan eshitay, dedim. Anvarning jinoyatini ochib tashlaganimdan so‘ng, «Zafar» kolxoziga rais bo‘laman, deganing yolg‘onmi?
– Nimalar, deyapsan, Anvarsho? Bu gaplaring na tovoqqa, na tovoqchaga sig‘adi! – Sohib otini «chu-chu»lab oldinga o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
– Shoshma, hali gapim tugagan emas. Agar men pora berib urushdan qochgan bo‘lsam, nega Ravshan Hakim ikkovlaring prokurorga murojaat qilmaysanlar? Mish-mish tarqa-tib, ig‘vogarlik qilgandan bu yaxshiroq emasmi? – Anvar jahl bilan ot sag‘riniga qamchi urib, Sohibga yetib oldi, – lekin bu gaplarni shundayicha qo‘ymayman, o‘g‘il bola.O‘rto-g‘ingga xiyonat qilishdan oldin to‘rt tarafni o‘ylagin, deya bu gaplarni aytyapman senga!
– Meni bunchalik go‘l, g‘ofil deb o‘ylamagin. Avval kim xiyonat qilganini ko‘rib turibman. O‘rtog‘ingni xotinini brigadir qilib qo‘yding, shundaygina yonimga keltirib oldim, bir qo‘l cho‘zsam, yetadi, deb o‘ylagansan-da. Xo‘p, shunday ham bo‘ldi, deylik. Bosh-qa… – Sohib aftini burishtirdi-da, ot yoliga yopishgan qorni qamchi bilan tushirishga tutindi.
– Sen bunchalik asabiylashma. Men bir kun bo‘lmasin, bir kun bu gapni aytishingni bilardim. Xotiringni jam qilaver. Bunaqa ig‘vo-tuhmatlar ketmaydi. Xiyonatmish, qoyil, odam ham shunday insofsiz bo‘ladimi? Lekin qulog‘ingga yaxshilab quyib ol: agar Sholonga rais bo‘lish da’voying bor ekan, men bunga qarshi chiqmayman. Tag‘in jahl usti-da yo hasad qilib aytyapti, deb o‘ylama. Men birga ko‘cha changitib yurgan, bolaligidan seni besh qo‘ldek yaxshi bilgan o‘rtog‘ing sifatida aytishim shart! Ha, shunday! Nimaga deysan-mi? Senday odamlar rahbarlik ishida o‘z aqli bilan ish yuritishlariga ishonaman. Bu-ning uchun maydonni kengroq olsang, bo‘ldi. Ha, o‘zining nimalarga qodirligini ayta olish uchun inson vijdonli, tanti bo‘lishi kerak. Bundan ortig‘iga kuchim yetmaydi, deya ayta olish oson emas. Gap ochildimi, ochig‘ini aytish zarur. Sen, jo‘ra, Chashmador qish-log‘ini eplay olishing mumkin. Sholonni emas. Bu yerda sen kalavani uchini yo‘qotasan, qishloqni obod qilish o‘rniga, vayronaga aylantirasan, – Anvar Sohibning yuziga sinch-kov tikildi.
– Obbo, rosa gap bilan hujum qilding-da. Bir tola sochini topib olganing-da, o‘zingni payg‘ambar e’lon qilarding. Seni vazifador qilishdimi, boshingga tushdimi, ishni olib ketaverasan-da, – Sohib og‘zini to‘ldirib gapirdi.
 – Qirq uchinchi yilda raykom byurosi bir odamni Kuybishev kolxozi raisligiga tasdiqladi. Men qarshi chiqdim, kechirasizlar, bu odam eplayolmaydi, dedim. Ayrimlar shovqin ko‘tarishdi, nimaga ekan, deyishdi. Byuro vazifador qildimi, erkak odam ishni uddalaydi-da, deyishdi. Yangi rais rosa harakat qildi, erta tongdan kechgacha jon koyitib ishladi. Lekin shuncha yelib-yugurmasin, ishi yurishmasdi. Tinimsiz yugurmoq boshqa-yu, ishning ko‘zini bilmoq boshqa. Natijada bir yarim yil ishlar-ishlamas arizabozlik, Jan-jal bilan uni ishdan olishdi. Ishning ko‘zini bilib, odamlarni safarbar eta olish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi, jo‘ra.
Ular otlarni o‘z holiga qo‘yib, har kim o‘zining xayoli bilan borardi. Anvar bu gapning ochilishidan xursand edi, o‘zini yengil his qilayotgandi. Chunki ko‘nglidagi gapni Sohibga ochiq ayta oldi. Balki achchiq gaplari do‘stini yaxshilab fikrlashga undar. Axir rahbarlik ishi quruq savlat va haybat bilan bo‘lavermaydi. Bu haqiqatni ayrimlar burnidan narini ko‘ra olmaslik va farosatsizligi tufayli sezishmasa, boshqa birovlar bilib-bilmaslikka olib, ishlab yurishaveradi. Qiziq-da. O‘zlarining obro‘-e’tiborli bo‘lishlarini faqatgina rahbarlik kursisiga bog‘liq deb o‘ylashadi. Bu toifadagi odam-larni otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi, deyishadi. Ular o‘zlarining layoqatsizligi-ga, bir ishni tuzuk eplay olmasligiga hech tan berishmaydi. Anvar avvaliga o‘zligini tanib, so‘ng odamlarni taniy oladigan bo‘lgach, o‘zini goh unga, goh unga urib yuradigan, lekin biron tashabbus ko‘rsata olmaydigan, g‘ayrati yo‘q, so‘zining ustidan chiqa olmaydi-gan, nodonligi bois boshqalar mehnati va shijoatini jamiyat foydasiga emas, balki ko‘p-roq uning zarariga qaratadigan, puch fikrli, o‘ylamay-netmay o‘zini biron ishloq, muas-sasa yo kolxoz buguni va kelajagi uchun bayroq deb biladigan kimsalarni ko‘rganida g‘azab-ga to‘lar, nafrati oshardi. U bu qabildagi odamlar bilan yig‘ilish yo davralar bo‘lsin, yig‘in yo uchrashuvlar bo‘lsin, bahslashar, talashib-tortishardi. Lekin ayrimlar o‘zlarini himoya qilish, oqlash uchun Anvarning talashib-tortishuvlarini og‘irfe’llikka, achchiq tillikka bog‘lashardi.
Anvar otining ustma-ust kishnashidan o‘ziga keldi va Sohib tomonga qaradi. U necha yillik do‘stining yo‘lidan adashgan kemasini to‘fon changali tomon haydab borayot-ganidan afsus chekdi.
 – Xayr, dunyoning ishi shu ekan-da, – sinovchan gap boshladi Sohib. – Yerni suv, odamni odam buzadi. Qaysi bir niyati buzuqning gapiga laqqa ishonib, rosa hujum qil-ding-da.
 – Sohib, bizning bir soat erta yo kech borishimiz hech narsani o‘zgartirmaydi. Otingni qaytar. – Anvar jilovni tarang tortib, otining boshini ortga burdi. – Yur, o‘sha odamni sen bilan yuzma-yuz qilaman. Agar ikkovimizning oramizga ig‘vo solgan bo‘lsa, u beti qora, muttaham bo‘ladi. Keyin na sening, na mening ko‘nglimda zarracha g‘ubor qol-maydi.
– Ke, gapni cho‘zmaylik. Bugundan boshlab har kim o‘z yo‘liga. Bo‘ldi, yetib-ortadi endi, – Sohib jilovni qo‘yib yuborib, ot sag‘riga ikki-uch qamchi urdi.
Anvar bilan munosabatining bundayin tugashini kutmagan Sohib o‘zini allanechuk noqulay sezib, jahlini bosolmasdan ot qamchilardi. Ot qalin qor bosgan tor yo‘ldan bir chiqib ketib, yana qaytib kirib, Sholon qishlog‘i tomon chopib borardi. Butun fikru xayoli hozirgina Anvar bilan kechgan suhbatdan uzila olmayotgan Sohib tez chopib borayotgan-ligi uchun terga botgan otiga e’tibor ham bermasdi. Ot qancha tez chopsa, uning yuragidagi qahr-g‘azab o‘ti pasayib, ruhi yengillashayotgan kabi edi.
Sholondan pastroqda Sohibning qarshisidan Ramazon oqsoqlana-oqsoqlana kelar-di. Ter bosgan, og‘zidan hovur sochilayotgan ot Ramazon bilan yuzma-yuz to‘xtadi. Sohib urushdan qaytganidan buyon haligacha Ramazon bilan yuzma-yuz bo‘lmagandi. Chehrasi hor-g‘in, ezgin Sohib Ramazonga adovat va gina aralash nigohini qadadi. Shu dam Ramazon ot-ning beqaror yonayotgan ko‘zini Sohibning ko‘ziga o‘xshatdi.
– Yo‘limdan qoch, la’nati oqsoq, – Sohib Ramazonning boshi ustida qamchi o‘ynatdi.
– Og‘zingga qarab gapir, Sohib! Menga ishing bo‘lmasin. Havoyi gaplarga ishon-ding. Shunday halol xotin senga hayf. Sen otga minib oldim, deb…
Sohib to‘satdan otning qorniga qamchi urib, uzangining yoni bilan Ramazonning yelkasiga turtib, uni qorga yiqitdi-da, egilib boshiga ikki-uch qamchi tushirdi. Ramazon qiynalgancha tayoqchasini boshi ustida aylantirib, otni uzoqlashtirishga urindi. Sohib-ning g‘azab o‘ti sira pasaymasdi. U otini Ramazonning atrofida aylantirib, yana ikki-uch qamchi tushirishni o‘ylardi. Ramazon zudlik bilan ortiga o‘girilib, qo‘liga tayangancha o‘r-nidan turdi, uning qo‘lidagi tayoq otning boshi tomon borib-kelaverdi. Ramazonning qo‘lidagi tayoq zarbidan cho‘chigan ot ortiga tisarilib, to‘satdan ikki oyog‘i sirpanib ketib, sag‘risigacha qorga botdi.
– Yaqinlashma! Boshingni ikkiga yorib tashlayman! Imonsiz, iflos, – Sohib qamchi-ni baland ko‘tarib, Ramazonning hujumidan najot izladi.
Ramazon g‘azabidan tishini tishiga qo‘yib, o‘tli nigohi bilan Sohibning vujudini yondirardi. Sohib ot ustiga cho‘zilib, qamchini aylantirgancha urmoqchi bo‘lib, tahdid sol-gancha qo‘rqitmoqchi bo‘ldi. Ramazon jon achchig‘ida ikki-uch tayoq ko‘tardi, lekin zarbalari Sohibning qo‘liga yetmasdan otning bo‘yniga, yoliga tegardi. Ot toqatsiz, qattiq kishnab, ikki oyog‘ini qordan chiqargandi, Ramazonning tayog‘i zarb bilan Sohibning bilagiga tegdi, qamchi o‘q tekkan qushdek uchib, qor ustiga tushdi. Ramazon Sohibga yomon-yomon qaragancha, keyin u bilan ishi bo‘lmay qoldi, shineliga yopishgan qor uchqunlarini qoqqancha oqsoq-lana-oqsoqlana pastga endi.
 
9
 
Sohib ariqdagi sigir yeliniga o‘xshash, osilib yotgan sumalaklarni sindirib, sovuq suvda apil-tapil yuz-qo‘lini yuvdi. Chehrasidan mamnunligi oshib-toshayotgan Salima xola ayvondan tushib, o‘g‘liga sochiq uzatdi.
– Kecha allamahalda kelding. Aytadigan gapim ichimda qoldi, bolam, – kampirning yuziga iliq tabassum yugurdi.
 – Qanday gap ekan?
 – Kecha Sangin polvon, Ziyoda kampir bilan birga Nozimning uyiga borgandik. Jon-jon deb rozi bo‘lishdi. To‘yni bizning ixtiyorimizga tashlab qo‘yishdi.
– Ularga hozirdan hammayoqqa jar solib yurmanglar, deya tushuntirdingmi? Ziyoda kampiringizning og‘zini qulf solib ham yopib bo‘lmaydi, deyishadi. Xudo ko‘rsatmasin, yana… – Sohib onasining ko‘ziga xavotirlanib tikildi.
– Yo‘q, bolam. Sangin polvon hammasini toblab qo‘ydi. Tashvishlanma.
Sohib kechgacha qal’achalik Nozimning qizi xayolida yurdi, uning oppoq, chiroyli yuzi, kelishgan qomati ko‘z oldidan ketmasdi. Quyoshning sarg‘ish nuri tog‘ ortiga yashiri-nib, kech bo‘lgan sari uni boshqa g‘am-tashvish qistovga oldi. Bugunning o‘zidayoq Xubon-ning oldiga borishi, ona-bolaning ko‘nglini yumshatib, xotirjam qilib qaytishi kerak. Aslida bu maqsadiga yetish uchun Sohib bir necha kundan buyon tayyorgarlik ko‘rardi.
Qosh qoraygandan keyin yana ancha o‘tib, Sohib Xubonlar hovlisining liqillab yotgan eshigi oldida turardi. U avvaliga tor ko‘chaga ko‘z yugurtirdi-da, so‘ng ohista eshik zanjirini tushirib, hovliga qadam qo‘ydi. Hovlida tirik jon ko‘rinmasdi. Sohib baland ayvonga chiqqanida, tizzasiga titroq kirdi, yurak gupillashi avjiga chiqdi. U anchagacha ayvon o‘rtasidagi sutunga suyangancha turib qoldi. O‘pkasini bosib olganday bo‘lib, oldin-dan pishitib qo‘ygan gaplarini yana bir marta eslab, astagina eshik oldiga borib, halqaga qo‘l uzatdi. Ichkaridan xurrak tovushi eshitildi. Sohib eshik halqasini ikki-uch marta urgach, ichkariga quloq tutdi. Xurrak eshitilmay qoldi, lekin hech kim ovoz bermadi. U yana ikki-uch marta eshik halqasini urgach, ichkaridan Xubonning onasi tovush berdi.
 – Kim?!
 – Men, ena, – Sohibning titroq ovozini zo‘rg‘a eshitish mumkin edi.
 – Kim deyapman? – bu gal kampirning ovozi balandroq eshitildi.
 – Men, Sohibman. Xavotir bo‘lmang. Maslahatga kelgandim, – Sohib o‘zini tez
 qo‘lga olib, shunda ham arang javob berdi.
Ona shoshgancha qo‘zg‘alib, Xubonning o‘rni tomon yurdi, uni qimirlatib, uyg‘otishga urin-di.
 – Uyg‘oqman, ona.
 – Sohib kelibdi, Sohib. Maslahat dey…
– Hamma gapini eshitdim. Chiroqni yoqasizmi, ona.
Xubon tez o‘rnidan turib, harir ko‘ylagi ustidan rangi o‘chgan uzun baxmal kamzuli-ni kiydi. Ona davrachiroqni yoqib, sandal ustiga qo‘ydi va tashvishini yashirmasdan so‘ra-di:
 – Nega u bevaqt, yarim kechada kelibdi? Tag‘in biron yomon niyati bo‘lmasin, qizim. Xudo haqi, u kelmasidan oldin bir qo‘rqinchli tush ko‘rdim, – kampir titroq qo‘llari bilan qizining sochini tartibga keltirardi.
 – Uyalganidan yarim kechada kelgan. Nohaqligini tushunibdi-da. Qani, ko‘raylik-chi, – Xubon sochini quloqlari ortiga oldi.
 Ona uy burchagiga yig‘ib qo‘yilgan ko‘rpachalar ustidan lo‘labolishni chaqqonlik bilan olib, Xubonning o‘rni oldiga keldi.
 – Nima qilyapsiz, ona?
 – Bismillohi rahmonir rahim, o‘zingni halol ering. Bu yarim tunda qayerga boradi, – ona lo‘labolishni Xubonning yostig‘i yoniga qo‘yib, o‘rin atrofida shoshib aylanib, uni kengroq to‘shamoqchi bo‘ldi. – Sen tez tashqariga chiq, men o‘rningni kengaytirib solaman.
– Xo‘p qiziq odamsiz-da, ona, nima men ersiz o‘lyapmanmi? O‘rinni yig‘ishtirib, ko‘rpacha to‘shang.
Xubon tokchadan ko‘zgu olib, yuziga, peshonasiga osilib tushgan soch tolalarini barmoqlari bilan tarab, tartibga keltirdi. Rangi uniqqan kelinlik kavushini sandiq ortidan olib kiydi-da, eshik oldiga beparvolarcha kelib, ovozi chiqmasligi uchun zan-jirni sekin tushirib, ayvon tomon mo‘raladi. Sohib ustun oldidan Xubon tomon ikki-uch qadam qo‘ydi-da, taqqa to‘xtadi.
– Nima, yangidan chimildiqqa kirdingmi? Qani, chiq, bir diydoringni ko‘raylik. Sovuqda muzlab, to‘ng‘ishimga oz qoldi, – Sohib hazillashdi va shu tariqa ona-boladagi vahima va qo‘rquvni aritmoqchi bo‘ldi.
– Hozir keldingmi? Uyga kir. Ayozda turma, – Xubonning mayin ovozi arang eshitildi.
Xubon Sohibning imo qilib bir necha lahza bo‘lsa-da, uni tashqariga olib chiqishini va onasining ko‘zidan narida mahkam bag‘riga bosishini istardi. O‘shanda Xubon albatta qachondan buyon unga aytishni o‘ylab yurgan shirin so‘zlarini ming noz-istig‘no bilan qulog‘iga pichirlab, iliq nafasidan halovat olardi. Lekin Sohib uning orzulariga qarama-qarshi o‘zi eshikni katta ochib, uyga kirdi. Xubonning onasi ostona-dan namatgacha uzun oq surp to‘shagandi. Bunday iliq kutib olishni aslo o‘ylamagan Sohibning birdaniga chehrasi ochildi, poyandoz ustida dadil qadam tashlab, Xubonning onasi oldiga bordi. Har ikkovi ochiq yuz bilan ko‘rishishdi va Sohibning barmoqlari onaning boshini silashga tutindi. Sohib salobat bilan hol-ahvol so‘ray ketdi. Ona sevinchidan ko‘z yoshlarini yengi bilan artib, Sohibning peshonasidan o‘pdi. Xubon lipil-lab yonayotgan chiroq yorug‘ida Sohibning yarim ko‘rinayotgan yuziga boqar ekan, chehrasidagi so‘niklik yuragini g‘ijimladi.
 – Ustunga suyanib o‘tirasanmi yo sandalga o‘tasanmi?
 Xubon Sohibning chiroq yorug‘iga o‘tishini va uning yuzini yaxshiroq ko‘rishni istardi.
– Ustun yonida oyoq uzatib o‘tiraman, – Sohib ustunga suyandi va o‘zini oyog‘idagi yara haligacha azoblayotganday ko‘rsatdi. – Qani, o‘tiring, ona. Bu odamlarning mish-mishlari, sassiq gaplaridan keyin sizni kelib ko‘rishga hech betlay olmadim.
– Kelib, yaxshi qilding, bolam. Odamlarning og‘zida tubi bormi, deysan. Quruq tuh-matdan alhazar, deydilar. Bu yolg‘on gaplarni ig‘vogar Soliha yoygan ekan. Ramazonning qo‘shnisi bor-ku Soliha degan, o‘sha. Baxilligidan. Ramazonda ko‘ngli borakan. Birovga tuhmat qilsang, o‘zingga o‘n baravar uradi, deyishlarini bilmasmikan. Mening bu noyob gulim qayerda-yu, u qayerda… – ona Xubonning nimalarnidir ta’kidlayotgan ginali qarashi-ni ko‘rib, birdaniga og‘iz yumdi, dasturxon bahonasida o‘rnidan turib, dahlizga o‘tdi.
Sohib haligacha bezovta o‘tirardi, goh uy shiftiga, goh atrofga ko‘z yugurtirardi, Xubonning nigohidan panoh izlardi. Xubon sandalning bir chetiga suyanib, Sohib tomon-ga bildirmasdangina ko‘z qiri tashlar, uning yarim kechada kelishidan yuragini iztirob qamragandi. Ular bir necha marta bir-birlariga sinovchan boqib, jim o‘tirishardi. Nihoyat, Sohib boshidan telpagini olib, ich-ustiga tikildi va aytmoqchi bo‘lgan so‘zlari-ni undan topgandayin, jur’atsizlik bilan og‘iz ochdi:
– Xubon, ko‘p o‘ylab ko‘rdim. Tortgan azoblarimni o‘zim bilamanu, Xudo biladi. Xayolimda qishloqdagi daraxtlar, toshlar ham ko‘z chiqarib tomosha qilishgan, og‘iz chiqa-rib, mening ustimdan kulishgani-kulishgan. Mayli, bo‘lgan ish bo‘ldi. Buyog‘i yaxshi bo‘l-sin.
– Bo‘ladigan ishni aytyapsanmi? – birdaniga qattiq hayajondan Xubonning ko‘zlari kattalashib, o‘t chaqnadi.
 – Eshitdingmi, yo‘qmi, u imonsiz oqsoqdan alamimni oldim. Agar ish shunday keta-versa, biron kun baxtsizlik changaliga tushishi mumkin, – Sohib Xubonga xavotirlanib qaradi.
 – Yaxshi qilmabsan. Katta-kichikka yana gap topib beribsan. Xudo hozir, na uning, na mening gunohim bor…
 – Mening o‘rnimda kim bo‘lsayam, shu ishni qilardi. Oson emas. U ataylab yo‘limni poylab turgandi.
Xubonning onasi dasturxon olib keldi, lekin Sohib uni ochishga qo‘ymadi:
 – Hech narsa kerak emas, ena. Keling, yaqinroqroq o‘tiring. Kelishimdan maqsad – maslahatlashib, yarashish. O‘tgan ishga – salavot. Hozir Xubonga aytdim. Mening qo‘yadigan xotinim yo‘q, – Sohib o‘ylab-o‘ylab pishitgan gaplarini ayta olmayotgani uchun o‘zini ich-ichidan yanirdi.
 – Xudoyimning o‘zi ko‘nglingga insof, rahm solgan bo‘lsa, ulug‘ ish bo‘libdi, – ona yengining uchida ko‘z yoshini artib, kulganicha Xubonga qaradi.
Sohib jasurroq bo‘lib, maqsadini to‘liq ayta olish uchun shineli tagidan gul uril-gan qiyiqchasini olib, katta ochdi-da, ko‘z-ko‘z qilayotganday namat ustiga qo‘ydi. Qiyiqcha-ga bir kiyimlik o‘ralgan edi. Sohib avvaliga qiyiqchani ochmoqchi bo‘ldi, lekin fikridan qaytib, bir yo‘taldi-da, ona tomon o‘grildi. U Xubonning mehribon, tez gapga kiradigan onasi bilan til topa olishiga ishonardi. Lekin Xubonni ko‘ndirish oson emas. Sohib-ning gapirish ohangidan, chaynalayotganidan Xubon tobora ma’yuslashib, uning harakat-larini parvosizgina kuzatib o‘tirardi. U Sohibning kutilmaganda kelishining sababsiz emasligini taxmin qilayotgandi.
 – Gapni chuvalatib, nima qilasan. Kel, o‘zingni qiynamasdan nimaga kelganingni ochiq aytaver, – Xubon hayajonini bosish uchun kamzulining cho‘ntagidan saqich olib og‘ziga soldi.
 Sohib bir necha lahza zo‘raki jilmayib, goh Xubonning onasiga, goh Xubonga jav-diradi.
 – Hali gapimning uchini chiqarmasimdan darrov hujumga o‘tyapsan. Ena, avvaliga biz yaxshi bo‘lsak ham, yomon bo‘lsak xam, sizga farzandmiz. Shunday emasmi? Oramizga sovuqchilik solish do‘stdan bo‘ldimi, dushmandanmi, mayli orqasidan quvib yurmaymiz. Buning hammasiga odamlarni har xil yo‘lga solgan qattol urush sababchi, – Sohib bu gapi Xubonning izzat-nafsiga qattiq tekkanini sezib qoldi. – To‘g‘risini aytsam, odamlar-ning gapiga ishonganimda, allaqachonlar Xubonning javobini berib yuborgan bo‘lardim. Lekin sabr qildim, chidadim. Biz bir-birimizga ko‘ngil qo‘yib turmush qurganmiz. Mana bugun o‘sha mehr-muhabbat ipi meni bu yerga tortib keldi. E, gapga ovora bo‘lib, naq esim-dan chiqayozibdi.
Sohib qiyiqni ochdi-da, bir kiyimlik chit va bir juft kalish olib, Xubonning onasi oldiga qo‘ydi. Ona hech narsa demasdan, Xubonga cho‘chigannamo qaradi. Xubon ma’no-li kulgancha, jim o‘tirardi. Sohib o‘rog‘lik qog‘ozni ochib, bir kiyimlik shohi va binaf-sharang ro‘mol olib, sandal ustiga, Xubonning oldiga qo‘ydi.
– Nima bo‘lgandayam, men bir necha yil yo‘q edim. Quruq qo‘l bilan kelishni o‘zimga ep ko‘rmadim.
– Kelishingni o‘zi biz uchun katta davlat. Gap narsada emas, bolam. Zovutdan kelayot-ganing yo‘q-ku. Mayli, iloho, ikki dunyoda ham kam bo‘lmagin., bolam – ona minnatdorchi-lik bildirgancha sovg‘ani olib, sandal ustiga qo‘ydi.
Ishining yurishayotganidan ko‘ngli ko‘tarilgan Sohib bundan keyin kampirning uyiga un, yog‘ va topgan-tutganini keltirib turishga og‘zini to‘ldirib va’da berdi. Uy ega-sidek tez-tez xabar olib turaman-da, dedi. U onaga yumshoq-yumshoq so‘zlar, Xubonni o‘t oldiradigan biron bejo so‘z og‘zidan chiqib ketmasligi uchun tirishardi. Nihoyat, gapni tekislagandan so‘ng, maqsadga ko‘chdi:
– Hamma narsaning ilojini topdim, lekin chol-kampirni ko‘ndirish qo‘limdan kel-madi. Agar Xubonni uyga olib kelsang, u ostonadan o‘tishi zahoti yohu deya, boshimni olib ketaman, deyishdi. Endi buyog‘ini endi o‘zlaring o‘ylab ko‘ringlar. Men xotinimdan ajra-moqchi emasman. Billohi azim, nimani o‘rtaga qo‘yib qasam ich, desanglar, qasam ichaman.
 – Nimalar deyapsan? Nega qasam ichasan, sen kelib uyimiz obod bo‘lganining o‘zi qasam emasmi, – Xubon past ovozda, lekin qat’iy so‘zlardi. – Ha, bolam, odamning o‘zi harom, labzi halol. Yolg‘onning ham, tuhmatning ham umri tom ustidagi qorning umriday qisqa bo‘ladi. Ha, qor erib ketgandek, birovning haqiga qilingan tuhmat ham vaqti kelib, suv bo‘lib oqadi, faqat loyqa suv bo‘lib. Mana ko‘rasan, bordi-keldi qilaversak, gina-kudurat o‘rtadan ko‘tariladi, – ona Xubonning ko‘zlariga qarab, bu gaplarining qanchalik ta’siri, qurbi borligini aniqlamoqchi bo‘ldi.
Haligacha Xubonning xavotirli nigohi Sohibdan uzilmas, hatto onasining gap-larini ham tuzuk-quruq eshitmayotgandi. Sohibning ota-onasi haqida gap ochishi Xubon-ning shunday ham alam to‘la yuragiga qaytadan xavotirlik soldi. U saqichni qattiq Tish-ladi-da, ich-ichidan otilib kelayotgan jahlini arang bosdi. Maqsadini ochiq ayta olgani-dan yengillashgan Sohib endi tap tortmay so‘zlashga tutindi:
– Chol-kampirning ko‘nglini og‘ritmaslik uchun… – Sohib yo‘talib oldi-da, madad izlaganday ona tomon javdiradi. – Yana Xubon biron yomon o‘yga bormasin, deyman-da.
– Ke, gapingni ochiq aytaver, bolam. Maslahatli to‘n tor kelmas.
– Agar shu chol-kampirning ko‘nglini topib, tinchlantirsak, bizga sababi bo‘lsayam, bo‘lmasayam hujum qilaverishmaydi. Endi… qarigan paytlarida ulargayam biron dastyor kerak. Nima dedingiz, ena? Ana keyin biz bu hovliga kelib, egalik qilib o‘tiraveramiz… Men kelajakda xush-xursand yashashimizni o‘ylayapman…
– Qanaqa dastyor? Tushunmadim, bolam…
– Chol-kampirga qarab turish, ko‘ngillariga taskin berish uchun biron ayol hovlini supurib-sidirib, qora qilib tursa bo‘ldi. Ana shunda biz ularning da’volari-yu hujum-laridan xalos bo‘lamiz. Shunday emasmi, ena? Agar onamning og‘zini shunday yo‘l bilan yopmasak, billohi azim, uzib-uzib oladigan qattiq gaplari qish chillasidagi qordek boshimga yog‘ilaveradi. Uning zug‘umidan yaxshi kun ko‘rib bo‘libmiz. Hujum ustiga hujum qilaversa, kul bo‘lib ketaman-ku.
 – Sen kulga aylanmasliging uchun men nima qilayin? Xotin xumori tutayotgan bo‘lsa, gapni chuvalashtirib o‘tirganing nimasi. Ochig‘ini aytaver, nima istaysan? – Xubon bir titrab ketdi, ich-ichidan otilib chiqayotgan g‘azab o‘ti yuz-ko‘zini yondirishidan xavotir-landi.
– Ana, xolos. Aytmadimmi, ona. Xubon gapning tagiga yetmasdan darrov xafa bo‘la-di. Axir, bu ish har ikkimizning foydamizga bo‘ladi. Ularning tinmay vaysashlaridan, g‘udullashlaridan qutulamiz. U xotin shunday, nomiga bo‘ladi. Qo‘rqma, jamoat daftarida sening noming turgach, uni qayd qilisharmidi, – Sohibning ixtiyori o‘zidan ketib borar, u zorlanib, yalinishga o‘tayotgandi.
Xubon sandalning ustidagi sovg‘alarni olib, Sohibning oldiga surdi. Sohibning nazarida chiroqning lipillayotgan xira yorug‘ida Xubonning g‘azabga to‘lgan ko‘zlari yonayot-gan laxcha o‘tga o‘xshardi.
– Mening gaplarimni tushunmading, Xubon. Men nahot…
 – Tushundim. Havoyi gaplar, ig‘vo, tuhmat suyak-suyaginggacha singib ketibdi. Sen qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, mening pok vijdonimni qiynamoqchisan, halol etagimga g‘ubor yopishtirmoqchisan. Sening buyog‘iga oilani tiklashni o‘ylamasligingni tushundim. Men singan bo‘lsam, ham to‘kilmadim. Yangi xotin havasi aqlingni olibdi. Xavotir bo‘l-ma, erta borib, jamoat daftaridan nomimni o‘chirtiraman. Mening joyimga o‘sha beva xotinning nomini yozdir. Yarim tunda nimaga kelganing sababini endi tushundim. Tur o‘rningdan!
 – Tezlik qilma, Xubon, – Sohib goh onaga, goh Xubonga javdirab, nima qilishini bilmasdi. Tilini ichiga yutib yuborganday edi.
– Tur, deyapman! Bu yerdan chiq-da, mening nomim o‘rniga o‘sha bevaning nomini yozdir.
 – Iloho, og‘ziga kuchi yetmagan tuhmatchilarning uyi g‘am tutuni bilan qoraysin, – ona qizining yelkasini silab, uni tinchlantirishga urindi.
Sohib alamidan zo‘rg‘a o‘rnidan qo‘zg‘alib, eshikni astagina ochdi-da, hovliga chiqdi. U bu uchrashuvdan faqat bir narsaga umid qilayotgandi. Xubon bir so‘zli ayol, aytdimi, endi jamoatga borib, daftardan nomini o‘chirtiradi.
Sohib chiqib ketganidan so‘ng birdan o‘ziga kelgan Xubon o‘rnidan sachrab turib, kiyimliklar va namat ustidagi qiyiqni changallab olib hovliga otildi. Hovlining chetan devori ortidan Sohibning qorni g‘ijirlatib borayotgani va itlarning vovullashi eshitilardi. Sohib hovlidan ancha uzoqlashgan edi. Xubon qo‘lida osilib borayotgan kiyimlik va qiyiqni ko‘cha chetidagi qorto‘da ustiga irg‘itdi-da, alam o‘tini bosolmasdan hovli tomon sudraldi.
 
10
 
Shivalab yoqqan yomg‘irdan so‘ng, tush paytiga kelib bulutlar qiytig‘i orasidan quyosh yuz ochdi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, mart, aprel va may oylari oldingi yillardagiga qaraganda iliq keldi. Oy boshlarida sel yuvib ketgan shudgorlangan may-donlarga qaytadan ekin ekishga to‘g‘ri keldi. Havoning bunday kelishini ko‘rgan Anvar endi faqatgina kuzgi ekinga umid bog‘lashdan o‘zga iloj topa olmayotgandi.
Sangin polvon raisni kutaverib, toqati toq bo‘lib, idora hovlisida to‘xtovsiz u tomon-bu tomonga borib-kelardi. Yuragi siqilib, bo‘shashib borayotgan qariya yo‘l chetida-gi tut tomon yurdi. U to‘ni etagini to‘rt bukladi-da, kungay yerda tutga suyangancha o‘tirdi. Quyoshning iliq nuri birpasda Sangin polvonni allalab, uyqu qariyani yengdi-qo‘ydi. U boshini orqaga tashlagancha, og‘zini katta ochib, hamma narsani unutdi.
Anvar Sangin polvonning oldidan o‘tar ekan, nariroqqa o‘tdi-da, ataylab qattiq-qattiq yo‘talib, uni uyg‘otmoqchi bo‘ldi. Qariya idoraga kelib, yo‘lini poylab o‘tirgani-ning albatta biron sababi bordir, deb o‘yladi u. Anvar iloji boricha tezroq uning arzi-ni eshitib, so‘ng o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lishni o‘ylardi. Sangin polvon ko‘zlarini istar-istamas ochib, bir necha lahza ko‘m-ko‘k osmonga tikilib qoldi va birdan qayerda ekanligi va nimaga kelganligini eslab qolib, idora ayvoni tomon o‘grilib, raisni ko‘rdi. Bo‘sha-shib borayotgan oyoqlarini tik turishga zo‘rg‘a ko‘ndir-di-da, Anvarning ortidan idoraga kirdi.
– Men bir arz bilan kelganman, – qariya so‘rashganlaridan so‘ng salmoqlandi, – shu… ajalning changalidan qutulish yo‘lini topa olaman, lekin Xubon va onasidan qutulishga ko‘zim yetmayapti. Agar, sen biron ilojini topmasang, meni tiriklayin go‘rga tiqishadi… Hazillashayotganim yo‘q, Rais, – Sangin polvon Anvarga mahzun va ta’bi olinganday tikildi.
 – O‘ylamay-netmay qilgan ishingni mevasi-da bu, Polvon. Murosaga solish o‘rniga sen yonib turgan alanga ustiga moy sepgansan.
– Valekin, men savob olaman deya o‘ylagandim. Kunduzi chiroq yoqib qidirsang ham, erkak topilmaydigan bu zamonda yigit degan ikki-uchta xotin olsa yaxshi ish bo‘lardi, degan o‘yga boribman. O‘zing ko‘rib turibsan, ayrim qizlar tog‘orada turaverib, achib ket-gan xamirdek uvol bo‘lishyapti. Valekin, biron erkakka ko‘zlari tushib qolsa, yurakchalari gupillab ketadi. Shu soddaligim qurib ketsin-da, birov gah-gah desa, uchib borib qo‘liga qo‘naveraman-da.
Anvar Sangin polvonga uzundan-uzoq xomush tikilgancha o‘yga cho‘mdi. Chindan ham Sangin polvonga o‘xshash odamlar soddaliklaridanmi, yo uzoqni o‘ylamaslikdanmi, yaxshi-lik qilaman deb, yomonlik qilib qo‘yishadi, zarar keltirishadi. Bu toifadagi odamlar bir umr dunyo ishini oson hisoblab, hamma narsaga o‘ylamay-netmay, ko‘nglida zarracha og‘riq his etmasdan qarashga o‘rganib qolishgan. Atroflaridagi voqealarga har doim hazil tariqasida, yengil-elpi qarashadi.
– Agar odam qachon o‘lishini oldindan bilganida edi, o‘ylab ish tutgan bo‘lardi. Buni qara-ya, – Sangin polvon lab tishlagancha jim qoldi.
– Qari bo‘lgin-u, ishning ko‘zini bilgin, deyishadi. Sovchilikka borishdan oldin bunday boshingni ishlatsang bo‘lmasmidi? Qilgan ishing yaxshi emas, Polvon. Yo Xubon va Ramazon shaytonning gapiga kirishgan bo‘lsa, men eshitmay qolganndirman? – Anvar bil-maslikka olib, Sangin polvonga savol nazari bilan ko‘z qadadi.
 – Valekin, rais, bosh qotirib o‘ylashga imkon topmadim. Menga falon joyga sovchilikka borasan, deyishdi. O‘rnimdan turib, o‘shayoqqa ketaveribman. Lekin Xubon bilan Ramazonga kelganda, Xudo haqi, men hech narsa bilmayman. Bir musulmonni nohaq ayblab, gunoh orttirmoq ne kerak?
Har gal Xubon va Ramazon haqida gap ketganda, Anvar toqatsizlanib, asabiy-lashardi. Nahotki, hech qanday bir asosi yo‘q, ochiqdan-ochiq tuhmat odamlarga shunchalik zarur bo‘lsa. Yo‘qsa, nega haligacha tovuqqa o‘xshab go‘ng titishgani-titishgan. Bir gunohsiz inson yuragiga nashtar sanchib, qanday rohatlanishadi? Birdaniga Anvarning ko‘z o‘ngida Sohib qiyofalandi, u o‘ta ketgan jirkanch va o‘zidan boshqani zig‘ircha o‘ylamaydigan odam-chaday gavdalandi. Anvar ortiq chidayolmasdan, o‘rnidan sachrab turdi-da, bor qahru g‘azabi-ni Sangin polvonga sochdi.
– Bilasanmi, bu nima degan gap, bilasanmi? Bu vijdonsizlik degani, odamgar-chilik nima ekanligini unutmoq degani. Urush yaralari odamlarga ozlik qildimi? Ayt, ozlik qildimi? Bu yetmaganday, biz yana qora qilmishlarimiz bilan yara ko‘ngillarni qayta tirnaymiz. Biz, boshqalarga malham bo‘ladigan, yo‘l-yo‘riq o‘rgatadigan kattalar betamizlik , buzuqilik qilsak, sho‘rlik xalq nima qilsin? E, bu…
Anvar deraza oldiga borib, Xubonning idoraga kelayotganini ko‘rib, jim qoldi. Sangin polvon ikki-uch marta «to‘g‘ri aytasan, rais», deya pichirlab, uning gaplarini tas-diqlaganday bo‘ldi va bildirmasdangina o‘rnidan qo‘zg‘alib, eshikni mo‘ljalladi. Lekin ostonada Xubonga urilib ketayotib, o‘zini yo‘qotib qo‘yay deya, joyiga borib o‘tirdi. Xubon Sangin polvon tomon xunuk qarash qildi-da, g‘azabini bosolmasdan ketishga urindi. Anvar uni yo‘ldan to‘xtatdi.
– Ke, Xubon, senga zarur gapim bor.
– Sangin bobo chiqib ketsin, keyin kiraman.
-Mayli, qizim, mayli. Rais, mening uzrimni unga o‘zing aytasan, – Sangin polvon o‘ziga yarashmagan chaqqonlik bilan tashqari chiqdi-da, idora hovlisida Anvarni kutib turdi.
Xubon uzun taxta o‘tirgichning bir chetiga o‘tirgancha, uy shiftiga tikildi. Kursiga borib o‘tirgan Anvar uzoq vaqtgacha ko‘rsatkich barmog‘i bilan manglayini siladi. Idorada anchagacha yeb qo‘ygudek sukunat hukmronlik qildi. Xubon bu qiyin ahvoldan o‘zini ham, raisni ham tezroq qutqarish maqsadida mayin-mayin yo‘taldi.
 – Onang tuzalib qoldimi? – Anvar ovozini o‘zi zo‘rg‘a eshitdi.
– Shukur, ancha yaxshi bo‘lib qoldi. Issig‘i tushdi, – Xubon ko‘zini yerdan uzmasdan gapirardi.
 – Kampirning sovuqligi oshgandir. Omborda biroz asal qolgan. Qog‘oz yozdirgin-da, borib olgin, foydasi tegib qolar.
 – Hammasi o‘tib ketdi, rais aka.
 Ikkovlari anchagacha jim qolishdi. Haligacha g‘azabini bosa olmayotgan Anvar hozir Xubonga yumshoq gapirishga urinardi. Ishqilib, uning g‘am-alamga to‘la yuragini yana azob-lab qo‘ymasa bo‘lgani.
– Mendan xafa bo‘lma, rais aka. Koyib-netib yurma ham. Birovga ish buyurish nari tursin, hech kimni ko‘rishni istamayman, – Xubon zo‘rg‘a bosh ko‘tarib Anvarga parvosiz boqdi.
 – Boshqalarda nima gunoh, Xubon. Brigada a’zolaring seni hurmat qilishadi. Shu bu yil chidab bersang, keyingi yil o‘rningga boshqa odam toparmiz. Hozir, gapning to‘g‘ri-si, ishning ko‘zini yaxshi bilgan, odamlar ko‘ngliga yo‘l topa oladigan boshqa birontasi ko‘zimga chalinmayapti, – Anvar qo‘lidagi qalamni barmoqlari orasida o‘ynatib, Xubonga sinchkov nazar tashladi.
 – Yo‘q, buyog‘iga brigatlik qilish istagim yo‘q.
 Ikki-uch kun orasida Xubonning rangi o‘chib, ko‘zlari ich-ichiga botib ketgandi. Quyoshda toblangan chehrasidan va jozibali sho‘x ko‘zlaridan asar ham qolmagandi. Uning bu holatini ko‘rgan Anvarning yuragi ezildi. Bu latofatli ayolning vujudiga in qurgan g‘am zuluk kabi qonini so‘rib, borgan sari sillasini quritayotgandi.
 – Singlim, qaysi xudobexabarning gap qarmog‘iga ilinding? Nega nikoh qaydidan chiqding?
-Chidadim, toqat qildim, foydasi bo‘lmadi. U … shuni istardi. Itni bo‘ynidan bog‘lab, zo‘rlab ovga olib borib bo‘larmidi… – Xubon ostki lablarini tishlar ekan, yosh otilish o‘rniga ko‘zlari g‘azab o‘tidan yondi.
 – O‘tgan juma Sohibni ko‘rgandim, – Anvar bosiqlik bilan so‘zladi. – Xabaring bordir, balki, munosabatimiz yaxshi emas. Shunga qaramay, gapini olmoqchi bo‘ldim. Qishda ikki-uch marta Xubonning oldiga bordim, yarashishni istamadi, dedi. Uning aytishicha, uyingga borgan kunining ertasiga nikoh qaydidan chiqibsan, – Anvar aslida nima bo‘lganligini Xubonning o‘zidan bilishni istardi.
 – Ha, uyga borgandi, men bilan yarashib, ustimga boshqa xotin olmoqchi ekan. Men bunday uyatsizlikka chidayolmayman. Ertasi sahar turib jamoat idorasiga borib, Sohibni chaqirib kelishlarini so‘radim. Ana keyin … uni topib kelishdi. Meni nikoh qaydidan chiqarishlarini talab qildim. Jamoat raisi avvaliga «yo‘q-yo‘q»lab turib oldi. Lekin hech bo‘lmagach, ikkalamizning roziligimizni oldi…
– Yaxshi ish qilmading, Xubon. Odam degani taqdir bilan bundayin o‘ynashmaydi. To‘g‘risi, bu gal Sohibga organ vositasida gapirmoqchi edim. Lekin sening bu ishing uning tilini uzun qilib qo‘ydi, – Anvarning gap ohangi qattiqlashdi.
Anvar Xubonni idoraga chaqirib, birinchidan uning besh kundan buyon ishga chiqmas-dan, brigadirlik vazifasidan bosh tortayotganini , ikkinchidan, uning nikoh qaydidan chiqishi tafsilotlarini har tomonlama bilmoqchi edi. Chunki u xalq orasida o‘rmalab qol-gan mish-mishlardan Sohib kelasi hafta to‘y qilish taraddudini ko‘rayotganini eshitgan-di. Uning bilganidan qolmayotganligi va yuzsizlarcha hech kimni pisand etmasligi Anvar-ni tashvishga solgandi. U Sohibning bu qiliqlari bilan hech bir kelisha olmayotgandi.
 – Yuzsizligini ko‘ring, o‘tgan oy, yarim tunda yana uyga keldi. Men uylanadigan bo‘l-sam, sen janjal qilmagin, shikoyat qilib yurmagin, men seni yana nikohimga olaman, deb yalinib-yolvordi. Qo‘limga tayoq olgandim, qochib qoldi… Yaqinda u kishim xotin olarkan-lar. Qo‘ying, armoni qolmasin. Ming kuyib-yonsam ham, hech bir foydasi yo‘q. Odamning yuragiga mehru shafqat, insof kiritib bo‘larkanmi. Hech gap emas, rais aka, yaqin orada bu dardu alamlar unut bo‘lib ketadi. Faqat orzularimning kuyib, kul bo‘lganiga afsuslana-man.
 – Sen o‘zingni biroz qo‘lga olgin, singlim, – o‘yga tolgancha so‘zladi Anvar. – Mana ko‘rasan, bir kun emas, bir kun vijdoni azob berib, yarashish yo‘lini qidiradi. Lekin bu-yog‘iga murosa qilib yurganim yetarli, deyman. Indamagniga… Endi o‘zidan gina qilaver-sin.
 – Yo‘q, hech qachon bunday qilmang! Majburiy turmush achchiq o‘tadi. U o‘zining tut-ganidan qolmaydigan, oqibat nimaligini bilmaydigan ekan, rais aka. Men… avvaliga raykom kotibini bir ko‘ray degandim. Aytaylik, kotibning gapini yerda qoldirmas… Keyinchi? Xudoning bergan kuni janjal, g‘urbat, ta’na- malomat! Yo‘q, bunday turmushga inson zoti chidayolmaydi, – Xubonning lablari titrab, ko‘zlarida yosh halqalandi. – Hur-matini shunchalik o‘ringa qo‘yganim yetar! Endi ortiqcha g‘am chekmayman, boshimni og‘rit-mayman. Uni deb kuyishlarim hayf…
Xubon birdan o‘rnidan turdi-da, jon achchig‘ida oh tortib, idoradan chiqdi. Endi-gina otidan tushib Sangin polvon bilan hol-ahvol so‘rashayotgan Ravshan Hakim orqa-ol-diga qaramasdan ketib borayotgan Xubonning vajohatini ko‘rib, cholga ma’noli qaradi. Xubon qarshisida Ravshan Hakimni ko‘rib, hech narsa bo‘lmaganday boshini baland ko‘ta-rib, tez-tez yurgancha idora hovlisidan o‘tib ketdi. Ravshan Hakim uning ortidan taaj-jublangancha uzoq qarab qoldi-da, ot jilovini Sangin polvonga tutqazib, idoraga kirdi.
 – Salom alaykum, rais! Bu ayolni qaysi qora bosdi, idoradan aza tutgandek chiqib ketyapti?
Anvar boshini ko‘tarib, Ravshan Hakimga sinchkov qaradi.
– Ha, aytganday, men boshqa bir maqsadda… Ertaga rosa soat o‘nda kotib huzurida bo‘ling. Majlis bo‘ladi. Ko‘klamgi ekish ishlari haqida hisobotingizni berasiz, – Rav-shan Hakim gapini aytarkan, Anvarning bejo avzoiga razm soldi. – Bo‘pti, men Chashmador qishlog‘iga ketdim. Esingizdan chiqmasin-a! Hisobot, ko‘klamgi ekishning natijasi!
Ravshan Hakim zaharli jilmaydi, kibr bilan eshikni katta ochib, kutilmagan
xabari Anvarni tashvishga solib, o‘ylantirib qo‘yganidan huzur qilib, oti tomon yo‘nal-di…
 
 Sangin polvon tun bo‘yi mijja qoqmasdan, Anvarning achchiq-achchiq «kosa tagida nimkosa» gaplarini o‘ylab chiqdi. Bomdodga yaqin qariya bir burda zog‘orani tez-tez chay-nab, sopol kosadagi o‘rik sharbatini ho‘pladi-da, boshini eggancha, og‘ir xayollarni yengishga urinib, Xubonlarning hovlisi tomon jo‘nadi. Xubon suv olib kelish uchun qishloq o‘rta-sidagi buloqqa ketgan edi. Onasi esa, hech kutilmaganda Sangin polvonni iliq kutib oldi. Qariya uzoq uzr so‘radi. Kampir qishdagi voqea va bundan bir oy oldin Sohibning yana yarim kechada uylariga kelishi, oralarida o‘tgan gaplar haqida oqizmay-tomizmay hikoya qildi. Kampirning gaplari Sangin polvonning uyqusirab, g‘uvullayotgan miyasini chayqaganday bo‘lib, u tez-tez kiprik qoqib, javdiragan charchoq ko‘zlari to‘rt tomonga alanglab, lablari qimirlab, nimalarnidir g‘uldullayotganga o‘xshardi. Sangin polvon kampirning hovlisidan chiqib, to‘g‘ri Qal’acha tomonga jo‘nadi. Yo‘lda ikki-uch joyda dam olib, nihoyat, Nozimning uyiga yetib bordi. Sangin polvon qizning ota-onasiga asil voqea qandayligini kuyina-kuyina tushuntirdi. «Men sovchilikka kelganimdan ming pushaymonman. Valekin, savob ish qilaman degan o‘yda, qop-qop gunoh orttiribman. Men – g‘ofil banda Sohib qanoti qayrilgan qizingizni Xubonning ustiga olmoqchi bo‘lgan-ligini bilmabman. Siz guvohsiz, Xudo guvoh, men sovchilikni boshimdan soqit qilaman.
Qizning gapuqmas, badfe’l otasi bu gaplarni eshitar ekan, bo‘rimisol uvillagan-day bo‘lib, og‘ziga kelganini qaytarmay, Sohibni haqoratlagancha, to‘yga yuborgan narsa-larini aravaga yuklatdi.
 
11

Hali oy tog‘ ortidan mo‘ralamagan edi. Shom yegan oy nuri tog‘ cho‘qqilarinigina yoritardi. Tun jim-jit, havo yoqimli edi. Yorug‘ yulduzlar o‘zaro bahslashgan misol ko‘k toqidan yerga ko‘z qisishardi. Ikki bo‘lak oq bulut yorishib borayotgan ufq tomon suzardi.
 Xubon osmon va yulduzlarning kishiga ajib bir halovat baxsh etayotgan tomosha-sidan ko‘ngil uzib, yotgan joyidan shoshib turdi va oyoq uchida onasining o‘rni tomon yur-di. Ona asta-asta nafas olardi. Xubon cho‘kkalagancha onasining ustiga egildi, oyning goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolayotgan nuri yorug‘idan nurliroq chehraga uzoq-uzoq, to‘yib-to‘yib tikildi. Tomog‘ini achchiq yig‘i tirnadi. U qattiq hayajon va azobni yengib, pichirlashga tushdi. «Xayr, onajon. Oq sutingga rozi bo‘lgin». Xubon tobora yorishib kelayotgan ufqqa qaradi-da, onasining yonidan shoshilib turib, ketmoqqa tutindi. U oy chiqqancha hovlidan va mahallaning egri-bugri ko‘chalaridan uzoqlashishni istardi. U tungi ko‘ylagini chaq-qonlik bilan yechdi-da, gul urilgan oq ko‘ylagini kiydi. Kavushini qo‘liga olib, yerga ozor bermasdan yurib, ko‘chaga chiqdi…
Tun yarmidan og‘gandi. Ramazon yashaydigan guzarda daydi itlardan tashqari biron jonzot ko‘rinmasdi. Xubon pastgina paxsa devordan ichkariga mo‘raladi. Qamish bilan o‘ralgan qo‘rada bitta sigir ko‘rindi. Uy tomini, hovlini oy nuri yoritdi. Xubon og‘il-ning past tomida oppoq o‘rinni ko‘rdi. U hovlida hech kim yo‘q degan o‘yga bordi, kavushi-ni yechib, ichkariga otdi va o‘zi devorga yopishib, ustiga chiqdi. Lekin qattiq xayajon bos-ganidan, muvozanatini yo‘qotib, hovliga guppa yiqildi. Tom ustidan Ramazonning yo‘tal-gani eshitildi. Xubon devor soyasi ostida bir necha lahza qimirlamay o‘tirdi-da, Ramazon o‘zini ko‘rmaganligiga ishonch hosil qilgach, asta o‘rnidan turib, kavushini qidirib top-gach, og‘il tomiga qarab yurdi…
Ramazon o‘sha urushdan majruh bo‘lib qaytganidan so‘ng hovlida yolg‘iz bir o‘zi yashar-di. Otasi o‘ttizinchi yillar boshlarida Vaxsh kanali qurilishida bezgakka chalinib, vafot etgandi. Onasi urush boshlanganda dunyodan o‘tdi. Qishloqda Ramazonning yaqin-laridan faqat bir amakisi qolgan bo‘lib, u ham turmush tashvishlari halqasida o‘zi bilan o‘zi ovora edi. Buni yaxshi bilgan Xubon hech narsadan qo‘rqmasdan og‘il tomiga qo‘yilgan shotidan tepaga ko‘tarildi. Oy yorug‘ida Ramazonning ustiga ko‘rpa yopmasdan, yarim yalang‘och yotgani ko‘rindi. Xubon yuragi tez va gupillab urayotganini his qildi. U ikki oyog‘ini shotiga qo‘ygancha tom chetida omonat o‘tirdi va avvaliga ko‘nglini tinchlantirib, so‘ng Ramazonning o‘rniga yaqinlashishni o‘yladi. Ko‘z o‘ngidan keyingi kunlarda bo‘lib o‘tgan hamma voqea va kechinmalar, onasi va Sohibning chehrasi tez-tez o‘taverdi. Lekin u bular-ning hammasiga parvo qilmaslikka urindi. U shu ko‘yi ancha o‘zini tutib olgach, tom cheti-dan ehtiyot bo‘lgancha turib, Ramazonning yostig‘i yoniga keldi va uni qanday qilib uyg‘o-tishni o‘ylay boshladi. Xubon Ramazon yotgan o‘rinning past tomoniga o‘tib, ko‘rpaning bir chetidan tortdi. Oyoqlaridan mador qochib, bo‘shashib borayotganini, ovozi lablaridan zo‘rg‘a uzilayotganini sezdi.
 – Ramazon aka… Ramazon… aka!
 Ramazon ko‘zini ochib bir atrofga qaradi-da, nigohi oppoq ko‘ylak kiygan mav-judotga tushar ekan, qo‘rqqanidan ustiga ko‘rpa tortdi.
 – Lo havla, valo quvvata. Bismillohi… – Qo‘rqma, Ramazon aka. Men farishta ham emasman, ajina ham emasman, Xubon-man, – Xubon yumshoq, past ovozda gapirardi, Ramazonning ko‘zlarida aks etayotgan qo‘rquv va vahimani nari haydashga intilardi.
 – Lo havla… Yo‘q, ishonmayman! Xubon? U yarim tunda bu yerga kelmaydi. Sen pari-san, yo… Bismillohi rahmoni rahim.., – Ramazon ko‘rpani boshigacha tortib «qulhu-ollohu» degancha baralla duo o‘qishga tushdi.
Xubon nima qilishini bilmay qoldi. Bir ko‘ngli Ramazonning ustidan ko‘rpani tortib olmoqchi bo‘ldi, lekin tag‘in qo‘rqqanidan yuragi yorilmasin, degan o‘yga bordi. U tomga o‘tirib, ohista gap boshladi.
– Ramazon aka, Xudo haqi, men Xubonman. E, sen qanaqa erkaksan? Men jonimni kaftimga olib, oldingga maslahat uchun kelsam… Namuncha joning aziz bo‘lmasa, bunday tuzukroq qarasang-chi…
Ramazon ko‘rpani astagina boshidan pastga tushirib, Xubonga uzoq tikilib qoldi. Lekin haligacha vahima va qo‘rquvdan butkul qutulmagandi.
– Xudoyim-ey, hademay tong oqaradi, sen haligacha o‘zingizga kelmayapsan. Ramazon
 aka, xotinlardan ham o‘tkazib yubording-ku. E, ko‘ylagingni kiygin-e! – Xubon Ramazon-ning bosh tarafidan ko‘ylagini olib uzatdi.
– Hozir. Hech ishongim kelmayapti! Parilar, ha, ajinalar ham oq ko‘ylak kiygan ayol qiyofasiga kirib kelishadi, deyishadi-ku. Endi yuragim ozgina tin oldi-ya. Odamning o‘lib qolishi hech gap emas ekan, – Ramazon ko‘ylagini egniga kiyar ekan, to‘xtovsiz gapirar-di. – Tinchlikmi o‘zi?
– Tinchlik, Ramazon aka, tinchlik, sekinroq gapir. Qo‘shnilaring uyg‘onib ketish-masin.
– Pastga tushsakchi?
– Yo‘q, ana-mana deganimizcha, tong otadi. Shu yerda o‘tiramiz. Qara, qanday chiroyli oydin kecha, – Xubon o‘ylab o‘tirmasdan ko‘rpaning bir chetiga o‘tirdi.
– Xudo ko‘rib turibdi, haliyam tush ko‘ryapmanmi, xayolimmi, degan gumondaman. Qani, gapir. Xubon, agar biron sababi bo‘lmasa, yarim kechada mening oldimga kelmaysan. Uch kechadan buyon tomda yotyapman. Qaysi bir go‘rdan molo‘g‘rilar chiqibdi, deb eshitgan-dim…
 – Shu yotishingda mol bir yoqda tursin, og‘ilni ko‘tarib ketishsayam, bilmasding, – Xubon kulgisini yashira olmadi.
– Bugun hovlida tinmay g‘imirladim. E, shu arabning o‘ligidek uxlabman-chi. Qani, gapir Xubon, ko‘nglim joyiga tushsin. Kelishingdan maqsading nima? – Ramazon hayajon aralash so‘radi.
Xubon o‘n to‘rt kunlik oyga, kumushrang yorqin ufqqa va tog‘ning vahimali qop-qora soyasiga bir necha lahza tikilib, o‘yga cho‘mdi. Oppoq ko‘ylagi va undan ham oqroq yuzi oy yorug‘ida uni Ramazonga afsonaviy pari qilib ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin edi.
Endi Xubonga hammadan alamli va vujudini yondirayotgan o‘y azob berardi. U yolg‘on mish-mishlar, Ramazonning chidab bo‘lmas qiliqlariga qasdma-qasd shu lahza tanini Rama-zonga bag‘ishlash va so‘ngra ko‘ngli taskin topib, o‘zini hovuzga tashlab, cho‘kib o‘lishni is-tardi. Mayli, bundan keyin odamlar uni nopok deyaverishsin. Lekin bu maqsadiga qanday qilib, qaysi yo‘l bilan erishadi? – Xubon xayolini yig‘ishtira olmasdan Ramazonga qarab pichirladi:
– Yomonlar bizni yomonotliqqa chiqarib, maqsadlariga yetishdi, Ramazon aka. Tuhmat va yolg‘on mish-mishlarni haddan oshirishdi. Hayotimni kuydirishdi, – Xubonning ko‘zlari-dan ketma-ket oqqan yosh tomchilari yuzida dumaladi.
– Buncha g‘am chekmagin, Xubon. Tuhmatning umri qisqa, deydilar. Nima qilsam-da, o‘zimni senga munosib deb bilmayapman, bo‘lmasa, oyog‘ing tagidagi tuproqni yuz-ko‘zimga surtishga tayyorman. Menga ishongin, hammasi o‘tib ketadi. U … Sohib bo‘lmag‘ur odam… – Ramazonning gapi og‘zida qolib, qadoq qo‘llari beixtiyor Xubonning sochini silay bosh-ladi.
– Bilasanmi, Ramazon aka, ko‘p o‘yladim. Gunohsiz yongandan ko‘ra, gunoh qilib yongan yaxshiroq… Bunisi odamga alam qilmaydi.
 – To‘g‘ri aytasan, Xubon, – Ramazon Xubonning maqsadini tushunmasdan, uning o‘tkir nigohidan lol bo‘lib, qotib qolgandi.
– Mening gunohimdan o‘tgin, Ramazon aka. Men shu gunohni… o‘rnimdan turdim-da, oldingga kelaverdim. Qo‘rqma, men to‘g‘rimda yomon o‘ylarga borma. Men yaxshi so‘zga, bu o‘ksuk ko‘nglimni ko‘tarishlariga zorman. U mening ishqimga zomin bo‘ldi, – Xubon yostiq-ni tortib, bosh qo‘ydi. – Uyqungni harom qildim. Kel, sen ham cho‘zilgin.
– Xo‘p, hozir, Xubon. U imonsiz seni qay ahvolga solibdi-ya.
Ramazon o‘rnidan turib, Xubonning ustiga ko‘rpa tortdi, boshini yumshoq-yumshoq silashga tushdi. Kutilmagan bir baxt va qattiq hayajondan u kalavaning uchini butunlay yo‘qotayozgandi. U o‘z ko‘zlariga ishonmasdi, hozirda uni o‘z yoniga chorlayotgan ayol Xubon ekanligiga ishona olmasdi. U Xubonni bolaligidan beri jon-dili bilan yaxshi ko‘rar, lekin biron marta bo‘lsin, yuragini ochishga botina olmasdi. Faqat urushdan qaytib kel-gach, sirg‘a yasab berish bahonasida u bilan ikki marta gaplashdi. Ramazon Xubon uchun yasa-yotgan sirg‘aga butun hunarini, ko‘z nurini, mehr-muhabbatini bag‘ishladi va shu tariqa ko‘nglini ochmoqchi bo‘ldi. Lekin shu kungacha fikri yodi Xubonda bo‘lsa-da, uning qalbiga yo‘l topa olmasdi.
Xubon tog‘ ustida anchagina balandga ko‘tarilgan oyga qarar ekan, xavotirlana bosh-ladi. Qulog‘iga Qal’acha qishlog‘idan Sohibning qah-qahlab kulayotgani va doira gijbangi eshitilganday bo‘laverdi. Ikki-uch soatdan keyin tong otadi. Xubon ko‘rpaning bir cheti-ni ko‘tardi-da, Ramazonga jilmaydi:
– Sovqotding, kel, joyingga kir.
Ramazon es-hushini yo‘qotib, chaqqonlik bilan ko‘rpaga kirdi-da, pishillab nafas olgancha Xubonni qattiq bag‘riga tortdi.
– Namuncha ayiqqa o‘xshamasang. Qochib ketayotganim yo‘q-ku. Sabr qil, men hozir, – Xubon yostiqdan bosh ko‘tarib, ko‘ylagini yechdi-da, o‘rinning chetiga qo‘ydi.
Bunday bo‘lishini hech bir kutmagan Ramazon ko‘zlari hayratga to‘lgancha Xubonning yalang‘och yelkasiga boqdi-da, astagina, bir so‘z demasdan ko‘rpa ostidan chiqdi. Ramazon endi o‘ziga kelgan, Xubonning holiga achinardi. Uning butun vujudini qattiq qaltiroq bosgan, manglayi va kuraklarini sovuq ter qoplagandi.
 – Xubon, ko‘ylagingni kiy!
 – Ramazon aka, men o‘z istagim bilan, qasdma-qasdiga…
 – Bunday demagin. Nahot shunga ko‘ngling yo‘l qo‘ysa, nahot qadringni bilmasang…
 – Qadr deysanmi? Meni qanday qadrlashganini ko‘rmadingmi?
 – Xudo haqi, sen boshga ko‘tarib yurishga arziysan. O‘zingni yerga urma, Xubon. Boshingni baland tutib yurgin, niyati yomonlar ko‘rib, alamlaridan ko‘r bo‘lishsin, ko‘r! Oy osmonning o‘rtasiga yetib kelgandi. O‘z oyog‘i bilan kelgan baxtdan masrur, topib bo‘lmas diydordan mast Ramazon ko‘rpa ustida tizzalab o‘tirgancha Xubonning boshi-ni mehribonlik bilan yumshoq-yumshoq silardi. Oyning yorug‘ nurida anordek qizargan yuzda ikki tomchi yosh ovozsiz yig‘i shiddatidan simobdek titrardi.
– Yig‘lama, Xubon. Agar rozi bo‘lsang, qolgan umrimni sening xizmatingga, sening baxtiyor bo‘lishing uchun bag‘ishlardim. Xudo ko‘rib turibdi, senga jonimni fido qila-man. Turmushimiz shirin o‘tadi, – Ramazon bir qiyig‘i, bir qadoq qo‘li bilan Xubonning ko‘z yoshini artardi.
Xubon boshini boshqa tomonga burib, bir necha lahza qovoq uygancha xayolga toldi va so‘ngra Ramazonni birinchi marta ko‘rayotgandek mehribon, ochiq chehrasiga uzoq tikilib qoldi. Ramazon asta undan yuz burdi, o‘ylamay-netmay aytgan gaplarim Xubonning ko‘ngli-ni og‘ritdi, degan gumonga bordi. Lekin Xubon qo‘lini cho‘zib, yana Ramazonni o‘ziga qarat-di va unga uzundan-uzoq termulib qoldi. Ramazonning chaqnoq ko‘zlari va tabassumga moyil chehrasi Xubonning xira parda tortilayotgan ko‘nglini biroz ochdi.
 – Zoti pastlarning gapi ortidan quvib yurma. Foydasi yo‘qligini ko‘rding. Buyog‘i nima bo‘lishini o‘ylab ko‘r, Xubon, – Ramazon ikki-uch og‘iz shirin so‘z topib aytishga urin-di, lekin negadir tili tanglayiga yopishib qolganday edi.
– Yuzingni o‘gir, men ketaman.
Xubon u yer-bu yeridan paxtasi chiqib yotgan ko‘rpani boshigacha tortdi-da, uning tagida ko‘ylagini kiyib, o‘rnidan turdi. O‘rinni tartibga keltirib, Ramazonning yoniga o‘tirdi va o‘yga cho‘mgancha uning yelkasiga bosh qo‘ydi. Ramazon Xubon yelkasidan boshini ko‘tarishidan cho‘chib, qimir etmasdan, jimgina turardi.
– Uzun kechalar uyqum kelmasdi, xayolim senda edi. Mening nomimni yomonotliqqa chiqarishdan nimaga umid qilishgandi, yo birontasi foyda ko‘rdimi? Kimga kerak edi bu, kimga?! – Xubon Ramazonning yelkasidan boshini olmasdan past tovushda, lekin keskin so‘zlardi.
 – Kimga kerak deysanmi? Birovning baxtsizligidan yil –o‘n ikki oy og‘zi qulog‘i-da yuradigan odamlar bor. O‘zgalarning umriga suv quyishadi, lekin o‘z umrlarini o‘ylash-maydi. Bo‘lmasa, tuhmat va ig‘vo qilib, boshqa nimayam topishardi…
Tun asta-sekin uzun etaklarini yig‘ishtira boshladi. Qo‘shnining suvoqlanib, oq-langan devori, tog‘ tomon o‘rlab ketgan ilonizi yo‘l xiraroq bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib borardi.
– Bilasanmi, sening oldingga aslida boshqa maqsadda kelgandim. Odamlarning gaplariga qasdma-qasd, Sohibga qasdma-qasd o‘zimni nopok qilmoqchi va undan keyin, – Xubonning so‘zi tomog‘iga tiqildi, u shoshgancha Ramazonning yelkasidan bosh olib, tilini tishladi.
 – Undan keyin nima qilmoqchi eding, – Ramazonning sabri chidamadi.
– So‘ng… Chinorondagi hovuzga o‘zimni tashlamoqchi edim…
– Chinoron hovuziga?
Ramazon boshi qattiq bir narsaga urilganday o‘rin etagiga surildi, Xubonga qat-tiq g‘azab va istehzoli tikildi. Bu nigohga chidayolmagan Xubon o‘zini qo‘yarga joy izlar-di.
 – Xubon, shayton vasvasasini boshingdan chiqarib tashla! Odam degani shunchalikka boradimi? O‘z-o‘zingga jabr qilganing yetmaganiday, tili bilan yuradiganlarning tegir-moniga yangi suv quymoqchimiding, – Ramazon yana Xubonga yaqinroq siljidi.
– Meni qaysi jin urganini o‘zim ham bilmayman. Hammasi o‘tib ketdi. Xayriyat, hozir miyam tong sahardagi havo kabi toza. Boshimni ariday talayotgan og‘ir o‘ylar to‘rt tomonga tarqab ketdi. Ishonavergin, Chinoron hovuziga cho‘kib, dunyo g‘alvalaridan qutu-lish istagi hov qayoqlargadir qaytmas bo‘lib uchib ketdi, – Xubonning g‘amgin, yig‘layotgan ko‘zlari tobora kulgiga moyil bo‘lib borardi. – Xudo haqi, to‘g‘risini aytyapman, bu yerga onam bilan xayrlashib chiqib kelganman. Agar Sohib uylansa, bu nomus yukiga chidayolmay-man, deb o‘ylagandim. Tovba qildim, shu hafta ikki marta hovuz oldiga borib o‘tirdim. Tinchgina hovuz suvi tiniq, nazarimda uning tubidan mehribon ko‘zlar menga tikilgani-cha bag‘riga chorlardi…
– Bo‘pti endi, bo‘pti, qo‘y o‘sha hovuzni, uning suvini. Bu xayol biron hech narsada yo‘q, burnidan narini ko‘rmaydiganning boshiga in qursa, hayron bo‘lmasdim, – Ramazon tilini tishlab, chetga o‘grildi.
– Bilasanmi, hozir miyamga nima keldi? – Xubon Ramazonga ishonqiramay yuz bur-di.
– Ilohim, yaxshi o‘y bo‘lsin.
– Senga qanday tushuntirsam ekan, tilim aylanmayapti… Xudo hozir, hayotga picha ko‘nglim ilidi. Men seni shunchalik yaxshi insonligni bilmagan ekanman. Qo‘ygin, gapim-ni aytib olayin. Sening mehribonliging, chin yurakdan aytgan so‘zlaring meni o‘zimga keltirdi. To‘g‘ri aytding, men endi boshimni baland ko‘tarib yuraman, u buni ko‘rib yon-sin, kuyib kul bo‘lsin, ko‘r bo‘lsin, – Xubonning chehrasiga bir qat’iylik yugurib, qosh-larini chimirdi. – Faqat sendan bir iltimosim bor. Agar ko‘nglingda bo‘lsa, uyimizga sovchi yuborasan, onamni ko‘ndirsang, Sohibdan ilgari to‘y qilamiz. Nima deding?
Ramazonning javobi qanday bo‘lishini bilmagan Xubon undan yuzini o‘girdi.
-Bo‘pti, Xubon, bo‘pti! Senga yetishish uchun butun hayotimni bag‘ishlayman… Sen … sen men uchun bir jahonsan…
– Bilmadim, yuragimda undan qasos olish o‘yi paydo bo‘ldi. Buni sening yordaming bilan amalga oshiraman. To‘y qilamiz…Dard nima, alam nimaligini uyam bir bilib qo‘y-sin, – Xubon qattiq g‘azab va hayajondan barmoqlarini bir-bir qattiq tortgandi, qisir-lab ketdi.
– Xubon, kek saqlamagin. Shu bugundan qoldirmasdan rais bilan maslahatlashaman, to‘y boshlaymiz. Sen uning nomini ikkinchi marta og‘zingga olma, – Ramazon Xubonga il-tijoli tikildi.
Ramazonning gaplaridan so‘ng Xubonning qayg‘u, iztirob egallab olgan chehrasi o‘z-garib, asta-sekin ko‘zlarida quvonch porlay boshladi. Jismida ajib bir yengillik tuygan Xubon chaqqon o‘rnidan turib, Ramazonning o‘rnini yig‘ishtira ketdi. Ta’bi chog‘ Ramazon turgan joyida qimirlamasdan Xubondan ko‘z uza olmasdi. Shu on qo‘shni hovlidan tunuka laganning «darang»lagan ovozi quloqqa chalindi. Ramazon va Xubon ovoz kelgan tomon o‘g-rilishdi. Qo‘lidagi laganni tushirib yuborgan qo‘shni ayol hovli o‘rtasida qimirlamasdan turgancha, hayrat to‘la ko‘zlarini ular tomondan uzmasdi.
 
12
 
Ravshan Hakim hali kolxoz idorasiga yetib bormasdan bir qariyadan Anvar Nazarovning Ramazonning uyidaligini, to‘y taraddudida ekanligini bilib oldi. U qariyadan nima gapligini ipidan ignasigacha surishtirib olgach, otiga mindi-da, Ramazonning uyiga qarab jo‘nadi. Bunday bo‘lishini sira kutmagan Ravshan Hakim butunlay hayratda qoldi. Yo‘l-yo‘lakay o‘z-o‘zicha xulosa chiqarish uchun Ramazon va Xubonning oldingi munosabatlari haqida o‘ylab borardi.
Ikki kundan buyon Xubon mahallaning bo‘y yetgan qizlarini uyiga chorlab, bazm qilib, qo‘shiq aytib, o‘ynab-kulishardi. Qoshlariga o‘sma tortig‘lik qizlar doiraning sho‘x gijbangiga navbatma-navbat raqsga tushishardi. Qishloqda bu to‘yga har kim o‘zi bilgan-day, o‘z o‘lchoviga ko‘ra baho berdi. Ramazon va Xubon o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi gaplarni yolg‘on, tuhmat deya hisoblab yurgan ko‘pchilik birdaniga boshlanib ketgan to‘yga nima deyishni bilmasdan, hayron edi. Lekin mish-mishlarning to‘g‘riligiga avvaldan zarracha shubha qilmagan odamlar «ko‘rdingizmi», «eshitdingizmi», «ana, gapim to‘g‘ri ekanmi», deya butun mahallaga jar solishardi.
Ikki kun oldin Ramazon va Xubon Anvarningoldiga maslahat uchun borishganda, u ham quloqlariga ishonmadi, nima deyishini bilmay qoldi. Uzoq sukut saqlagan Anvar ularga qattiq-qattiq gapirib, idoradan quvib chiqarishiga bir bahya qoldi. Anvarning vajohatini ko‘rgan Xubon nega to‘y qilmoqchi ekanliklarini tushuntirishga kirishdi, odamlarning nohaq gap-so‘zlariga qasdma-qasd turmush qurmoqchi ekanliklarini aytdi. Raisning o‘zi to‘ylariga bosh bo‘lishini istashlarini bildirdi. Bu gaplardan so‘ng Anvar asl maqsadni tushunib yetdi va yelkasidan og‘ir bir tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. U Xubonning taqdiri haqida o‘ylar, lekin hech bir iloj topolmasdi. Ana endi u Ramazon va Xubonga qo‘shilib, anchadan beri yuragini kemirib yotgan og‘ir azobni itqitib tashladi, ularning quvonchiga sherik bo‘ldi.
Ravshan Hakim allanechuk bir tushunib bo‘lmas o‘ylarga cho‘mgan holda otini soydan chetga haydadi-da, asta sekinlatdi. Xubonning uyi tomondan doira ovozi eshitilardi. Xayolidan to‘yxonaga borib, Anvarni ko‘rishdan oldin Sohib bilan ko‘rishgan yaxshiroq degan fikr o‘tdi. Nima bo‘lgandayam, uning fikrini, munosabatini bilmoq zarur. Hali ot boshini yo‘lga burmasdan, orqadan g‘ovur-g‘uvur va Xubonning ovozi quloqqa chalindi. Rav-shan Hakim ortga o‘grilib, bog‘dan chiqib, o‘zi tomon kelayotgan Xubon va ikki kampirni ko‘rdi. Boshida xamirtog‘ora Xubon Ravshan Hakimning oldidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganda, u otdan sakrab tushib, yuzma-yuz turib oldi.
 – Assalomu alaykum, Xubon! Raisni qayerdan topsam ekan, deb borayotgandim, siz bilmaysizmi?
– Bilamiz, uka, bilamiz. Rais Ramazonning uyida. To‘y qilyapmiz, to‘y, uka, – Xubon-ning onasi xursandligiga sherik izlagan bo‘ldi.
– To‘y? Muborak bo‘lsin, ena! Bu qanday to‘y o‘zi? – Ravshan Hakim o‘zini bilmaslik-ka olib so‘radi.
– To‘y…
– Ertaga bizning to‘yimiz, Ravshan Hakim, siz ham keling. Nahotki, eshitmagan bo‘l-sangiz? Ramazon ikkovimizning to‘yimiz, – Xubon Ravshan Hakimga zaharli jilmaygancha javob berdi va xamirtog‘orani boshidan olib, onasining boshiga qo‘ydi. – Men shu yerdan qaytaman, ona. Uyda qizlar mensiz zerikib qolishmasin.
 – Aqlli ish qildingiz. Ramazon qobil odam, usta, birinchi navbatda u frontovik. Endi u … anov… alamidan boshini qaysi toshga ursa, xotinlarga o‘xshab rosa noz qilib, o‘zini bozorga soldi-da, – Ravshan Hakim Xubon va onasidan gap olish ilinjida ilmoqli gap tashladi.
 – Boshini qayerga urishini-yu, ichidagi sirini kimga aytishini siz yaxshiroq bila-siz. Endi mening boshimga u haqidagi kichkina o‘y ham sig‘maydi. Xayr, ona, men ketdim. Agar biron gap bo‘lsa, darrov menga yetkazinglar, – chehrasiga jiddiylik yugurgan Xubon kelgan yo‘liga qaytdi.
Ravshan Hakim uning ortidan surbetlarcha tikilib, so‘ng kampirga yuz o‘girdi:
 – Ena, keling, tog‘orani menga bering. Siz oldinga o‘ting, – u og‘ir jussasini zo‘rg‘a egarga tashlab, tog‘orani oldi va noiloj Ramazonning uyi tomon yo‘naldi…
 
Anvar kun bo‘yi qishloq ma’rakalariga bosh-qosh bo‘lib yuradigan ikki-uch qariya bilan Ramazonning uyida u yoq-bu yoqni epaqaga keltirishga bosh bo‘lishdi va to‘y masla-hatini qilishdi. Uzum ishkomi ostiga poxol va quruq o‘t-o‘lan to‘shab, o‘tirgani joy tayyor-landi. Ravshan Hakim «Hoy, to‘y egasi, to‘ylar muborak», deya hovliga kirar ekan, qariya-lar va Anvar allaqachon dasturxon atrofiga o‘tirib, tandirdan yangi uzilgan patir va zog‘ora non «tuzini bilishga» kirishgan edilar.
Kechqurun Ramazon mehmonlarga tovuq qovurib, ziyofat berdi. Kolxozning Xoli brigadiri allaqayerdan qo‘lbola sharob topib kelib, dasturxonga qo‘ydi. Anvar birinchi qadahni Ramazon va Xubonning baxti uchun ko‘tarishlarini so‘radi va biroz sukut saqla-gach, qo‘shimcha qildi:
 – Og‘aynilar, bu qishlog‘imizda urushdan keyingi birinchi nikoh to‘yi. Odamlari-miz to‘y, surnay, dutor ovozini sog‘inib qolishgan. Bu to‘yni biz qizitishimiz zarur. Chunki bu to‘y ham kolxoz ahlining bir ma’rakasi. Kecha Xubon yuragidagi barcha dardini, niyatini to‘kib soldi. U «tuhmat, ig‘vo yukini ko‘tarib yurishdan ko‘ra, Ramazon bilan turmush quraman. U kimdan kam? Uyimizni obod qilamiz. Biz bir-birimizning qadri-mizga yetib, ro‘zg‘orimiz obodligi, totuv turmushimiz bilan hasadchilar ko‘zini ko‘r qila-miz», dedi. Chin inson bo‘lsang, hech qachon kam bo‘lmaysan, deydilar. Men Ramazonning ham, Xubonning ham aql-farosatli, imonli ekanligiga hech bir shubha qilmayman. Lekin, o‘rtoqlar, men bu hayotda bir narsani orzu qilaman. Odamlar bir-birlarining orqalari-dan itarib, tezroq go‘r labiga surib borishni o‘ylagandan ko‘ra, inson umrini uzaytirish yo‘lini qidirganlari yaxshi emasmi… Buning uchun bir-birimizga mehribonlik qilsak, yaxshi gapirsak, ko‘ngil ko‘tarsak, yiqilganda tepib o‘tmasdan, suyasak, muruvvatimizni ayamasak bo‘lgani…
Anvarning ishorasi bilan qo‘ldagi qadahlar bo‘shatildi va ko‘zlar bir necha lahza dasturxondan uzilmay, oraga sukunat cho‘kdi. Ravshan Hakim sukunatni buzish uchun davra-ni qizitsin deya, Sangin polvonni topish maqsadida atrofga alangladi. Uni topolmasdan kibr aralash gerdayib o‘rnidan turdi-da, tizzalab o‘tirib, sharob to‘la piyolani ko‘tardi. U «vakil» sifatida davra ahlidan «to‘yni namunali o‘tkazishni» talab qilib, «urushdan keyingi bu to‘yning siyosiy ahamiyatga egaligini», ta’kidladi. U o‘z tomonidan to‘yga viloyat teatri hofizlarini yuborishga va’da berdi.
Tong saharda Ravshan Hakimni elas-elas eshitilayotgan doira ovozi uyqudan uy-g‘otdi. U boshini yostiqdan ko‘tarib, idora ayvoni pastida ikki-uch kishi bilan nimalar-nidir gaplashayotgan Anvarni ko‘rdi. Ravshan Hakim tezgina kiyimini, etigini kiyib, ariqdagi suvga yuz-qo‘lini yuvdi va istar-istamas idora tomon boraverdi. Shu lahza doiraning past ovozini bir ayol aytayotgan qo‘shiq ovozi bosib ketdi.
– Rais, kecha gap mavridi emas edi. Hozir, to‘y boshlanmasdan oldin, bir yig‘ilish o‘tkazish zarur. Pilla qurti chiqarish ma’rakasi kattalarni bezovta qilibdi…
Ravshan Hakim hali gapini tugatmasdan burun Chashmador qishlog‘i tomondan kalta soqolli, bug‘doy rang kishi pishillagancha uning oldiga yetib keldi.
– Sohib bir aravaga ko‘chini ortib aeroport tomonga qarab ketyapti.
 Nozim yuborgan to‘yini, bor mayda-chuydasigacha qoldirmay qaytarib yuborgan, Xubon va Ramazonning to‘yi bo‘larmish degan gap qulog‘iga chalingan kundan boshlab, Sohibning ko‘zlaridan uyqu, tanidan orom qochdi. U hovlisiga qamalib olgan, to‘xtovsiz biron chora izlab topishga urinardi. Uning nazarida Chashmador, Qal’acha va Sholondagi odamlarning hammasi unga dushman, g‘araz bilan qarashardi. Go‘yo hamma unga qarshi til biriktirgan, uning baxtsizligini istardi. Yo‘q, qarab turishsin, bir yerni topib ko‘chib ketadi, keyin hech qancha o‘tmasdan uning qilgan ishlarini eshitib, hammasi kuyib o‘ladi. Xubon, albatta, ishq o‘tiga chidayolmasdan ortidan izlab boradi. Anovi oqsoq bilan tur-mushi yaxshi o‘tib bo‘pti.
Kecha peshinga yaqin Sohib idoraga borib, kolxoz kotibiga muhrni topshirdi. Uyiga qaytib ko‘ch-ko‘ronini yig‘ishtirdi-da, Vaxsh vodiysiga borish taraddudini ko‘rdi. Ota-onasining zorlanib yig‘lashlari, qariyalar va yaqinlarining nasihatlari uni yo‘ldan qaytara olmadi…
Ravshan Hakim Sohib ketadigan yo‘lni to‘sib chiqdi-da, otdan tushmasdan turaver-di. Ancha uzoqda selyo‘li yoqalab kelayotgan yuk to‘la arava, uning ortidan ergashgan erkak-ayollar ko‘rindi. Ravshan Hakim otdan tushib, yo‘l chetidagi toshga o‘tirib, ularning yetib kelishlarini kuta boshladi. Hammadan ham bir o‘y Ravshan Hakimni bezovta qilardi. Agar Sohib kolxozni tashlab ketsa, shak-shubhasiz Ravshan Hakimga «vakil» sifatida gap tegadi. Kelajakda u biron-bir kattaroq martabaga ko‘z tika olmaydi. Aravaning bir yoni-da Sohib qovoq uygancha, hech kimga gap qotmasdan qadam tashlab kelardi. Kuzatib kelayot-ganlar orasida Sohibning ota-onasi ham bor edi. Arava yaqinlashib kelgach, Ravshan Hakim tosh ustidan turib, yo‘lga chiqdi. Aravakash «tiss», deya otni to‘xtatdi.
– Sohib, bu qanday noma’qulchilik? Nega kolxozni tashlab ketyapsan? Bu – jinoyat! So‘rash kerak edi… Qani, aravani orqaga qaytar! – Ravshan Hakim aravakash tomon ikki-uch qadam tashlab, buyruq berdi.
– Sening ishing bo‘lmasin! Men endi sendan so‘rab o‘tirmaymn. Qoch, yo‘limdan! – Sohib oldinga chiqib Ravshan Hakimga o‘qraydi.
– Sohib, bolalik qilma! Avval kolxozni topshirib, ijozat olish kerak. Senga nima yetmaydi? Yo biron shaytonning gapiga kirdingmi? Hoy, yigit, aravani qaytar! Sohib, bunchalik lovillama, xammasi o‘tib ketadi. Qiziq gap…
-Hammasi o‘tib ketmas ekan, o‘tib ketmas ekan! – Sohib tish g‘ijirlatgancha Ravshan Hakimga yaqinlashdi. – Yo‘limdan qoch, ikkiyuzlama, imonsiz! Kecha kelin-kuyovning baxti uchun araq ichib, ustiga mening sharmandla bo‘lishimni istab, bugun yo‘limni to‘smoqchimi-san! Endi o‘zingdan ko‘r…
Alamiga chidayolmagan Sohibning miyasiga birdaniga o‘t tepib, nima qilayotganini bilmay qoldi. Bir sakrab Ravshan Hakimning yoqasidan oldi-da, quloq-chakkasiga musht tushirdi. Ravshan Hakim kutilmagan zarbadan o‘zini o‘nglamasdan turib, Sohib uni itarib yubordi. Ravshan Hakim ariqqa orqasi bilan yiqildi. Sohib o‘rnidan turgan Ravshan Hakimning qorniga, oyoqlariga ikki-uch tepdi. Yo‘li to‘silgan ariq suvi toshib, Ravshan Hakimning ustidan oqa boshladi. Aravakash va kuzatib kelayotganlar birgalashib Sohibni bir iloj qilib, arava ortiga tomon sudraganday o‘tkazishdi-da, Ravshan Hakim-ni ariqdan chiqarib olishdi.
– Hayda! – Sohib boshqa hech kimga qaramasdan arava oldiga o‘tdi-da, to‘xtamasdan ketaverdi.
 – Padaringga la’nat, Isoning uchini Musadan olasanmi? – Ravshan Hakim arava-ning ortidan baqirdi. – Hali qarab tur, mening shikoyatim sendan oldin Vaxsh vodiysiga yetib boradi. Seni javobgar qilmasam, Ravshan Hakim nomimni boshqa qo‘yaman!
Kiyimlari ivib ketgan Ravshan Hakim tosh ustiga omonat o‘tirib, etigini yechib, ag‘darib, ichidagi suvini to‘kkancha Sohibning ortidan o‘taketgan adovat bilan uzoq qarab qoldi. To‘yxona tomondan esa, doira va qo‘shiq aytayotgan ayol ovozi bir-biriga hamohang ravishda tobora balandroq yangrardi.
 
 Tojik tilidan O‘rinboy USMON tarjimasi