Lion Feyxtvanger. Doktor B. kashfiyoti (hikoya)
Fiziolog doktor B. o‘z hamkasblari orasida katta mavqega ega edi. Tadqiqotlarining puxtaligi va xulosalarining beg‘arazligini bilganlar tomonidan ayniqsa juda qadrlanardi, bundan quvongan B. ko‘ngli qanchalik sust ketmasin, erishgan natijalarini sinchkovlik bilan qayta-qayta tekshirib, nazaridan o‘tkazishni qo‘ymasdi. Har qanday boshqa odam davomi…


Lion Feyxtvanger (Lion Feuchtwanger) “Yahudiy Zyuss”, “Kazzob Neron”, “Goyya yoki mashhurlikning mashaqqatli yo‘li”, “Aka-uka Lautenzaklar” kabi tarixiy va zamonaviy mavzularda yozilgan asarlari bilan mashhur. Adib natsistlar hukumati tomonidan ta’qibga uchragan va umrining oxirigacha avval Frantsiyada, so‘ngra esa AQShda muhojirlikda yashagan. Ikkinchi jahon urushi fojialarini o‘z boshidan kechirgan L.Feyxtvanger ijodiy umrini natsizm mafkurasining insoniyatga qarshi tajovuzkor mohiyatini qahramonlari taqdiri timsolida badiiy tadqiq etishga bag‘ishladi.