Fenimor Kuper. Chingachguk fojiasi (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Jeyms Fenimor Kuper (1789.15.9, Berlington, Nyu-York — 1851.14.9, Kuperstaun) — amerika romantik yozuvchisi. Birinchi romani — «Ehtiyotkorlik» (1820). Amerika inqilobi tarixiga oid «Josus» (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta shuhrat keltirgan. Kuperning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor. «So‘nggi mogikan» (1826), «Cho‘l» (1827), «Izquvar» (1840), «Chingachguk — ulkan ilon» (1841) va boshqa romanlarida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan. «Lotsman» (1823), «Boston qamali» (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Yevropadagi voqealar tasvirlangan tarixiy romanlar turkumi («Qandingni ur», 1831; «Geydenmauer yoki Benediktliklar», 1832; «Jallod yoki uzumzorlar abbatligi», 1833 va b.) Kuper ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. Kuper 30-yillarning 2-yarmidan boshlab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. «Monikinlar» (1835) romanida ma’rifatparvarlar va J. Svift ijodiga xos ramziylik, majoziylik an’analarini davom ettirgan. Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Kuper asarlari jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.