Yana o‘sha achchiq xotiralar ko‘z oldimda gavdalandi. So‘nggi vidolashuv onlari R. to‘zg‘igan sochlari ostidan go‘yo g‘am azobi yemirib ado qilgan, ammo qordek oppoq bir jussa bo‘lib ko‘rinar, u bo‘lsa menga taqdir hukmi bilan bandi etilgan bolishidan boshini asta qimirlatib qisqa muddatga ko‘zlarini yumadi. Go‘yoki endi men uni qayta ko‘rgani kelmaydigandek eshikni ortidan shafqatsizlarcha ohista yopdim. Ertasi kuni kasalxonadan uning narsalarini, ayniqsa, o‘sha mash’um kundan avvalroq elektr tokiga to‘yingan ustarasini olib kelmoqchi edim. Ustara elektr toki bilan jonlandi-ku, ammo uning joni uzildi.
Buvijonim-chi, uzoqlashib borarkanman u zulmat xonaning derazasi yonida turib olib, yana qayta kelishimga mushtoq qo‘l silkirdi. Uning ortidagi biz endigina xayrlashgan dahlizda shu’la taratayotgan elektr chiroq nurlari buvimning jussasiga ravshanlik berib turardi. Oradan ikki kun o‘tgach esa u joniga qasd qildi, men uni yana kasalxonaning jonlantirish bo‘limida jonsiz yuzlari-yu hayotdan zada yumuq ko‘zlariga duch keldim. Bir qancha muddat-dan so‘ng u bizga bu borliqni in’om etdi-yu ketdi.
R. ning mashina va yoki biror yangi uyga munosabatini bildirish chog‘i qanday boshi-ni silkishi hecham o‘ylarimga tinchlik ber-maydi, men hatto uning vengercha raqslar uyida lo‘lilar raqsini tomosha qilarkan kuchli ehtiros sababmi entikkanini his etgandim. Oshxonaga patnis ko‘tarib kirib kelarkan, kelishgan, keng yelkalari ko‘z o‘n-gimdan hech nari ketmaydi. Buvijonim haqi-a ham mabodo biror yerga oshiqarkan, qay ohangda „bo‘la qolgin, bo‘l endi“ deyi-shini bilardim-u, ammo shoshganda nima qilishni bila olmasdim. Uning qadoq qo‘l-lari-yu beso‘naqay tirnoqlari, go‘zal tabas-sumini xotirlayman. Har holda u tabassum qilganida lablari bu yorug‘ olamga sadaf tishlarini ko‘z-ko‘z qiladimi yo yo‘qmi pay-qay olmasdim, biroq bu tabassumning go‘zal jarangi quloqlarim ostidan hali-veri ketmasligi, bu yoqimli tabassum esa o‘zga-lar ichra asta-sekin yo‘qolib ketishini ham bilardim.
Xotiralarim bilan ko‘z oldimda gavda-lantirish va his etish mumkin bo‘lgan nima-niki jonlantira olsam, ularning bari ozday tuyuladi. Kimningdir ko‘z oldida jonlanavermas o‘y-xayollar tafakkurimga ko‘chadi, xuddi o‘sha iztirob mening azobim, lekin achchiq xotiralarning unsiz faryodi bir lahzada va yoki bo‘lmasa biroz kech bo‘lsa ham bir kun o‘z ta’sirini yo‘qotar albat. Haqiqat imkon topa olmas ekan cho‘zmoqqa bo‘y, ustixonlar tuproq bilan ketgay qorishib. So‘nggi paytlarda hali bu yorug‘ olamdan bahramand bo‘layotgan kimsa-lar qarshisida uzoq qolib ketaman, unga shunchalik termulamanki, go‘yo u nigohlarim dengiziga g‘arq bo‘layotgandek. Zangori ekran orqali berilayotgan bugunning filmini ko‘rarkanman uni yarim umidvor va yana yarim to‘la hayolarini ajratib olaman. O‘tkinchi xotiralarni avvaldan yod eta olga-nimdamidi, yillar o‘tgach, dil qo‘msaganda ularga peshvoz chiqarmidim. Men haqimda qanday xotiralar qolarkan deya o‘ylab qolaman, kimningdir yodida nafratli qo-rong‘u illatlarimmi yo bo‘lmasa bir-biri-ning ta’zirini berayotgan ikki kimsani ko‘rib zavqlanayotgan chog‘im va yana beixtiyor ochiq qolgan oyoqlarimnidir ehtimol?
Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi