Genrik Ibsen. Arvohlar (uch ko‘rinishli oilaviy drama)
Q A T N A Sh U V Ch I L A R: E l ye n ye A l v i n g x o n i m — kapitan va kamerger Alvingning bevasi. O s v a l davomi…
Genrik Ibsen (Henrik Johan Ibsen, 1828.20.3, Shiyen — 1906.23.5, Kristianiya) — norveg dramaturgi. Bergendagi birinchi milliy norveg teatriga (1852—57), Kristianiyadagi norveg teatriga (1857—62) rahbarlik qilgan.
Ilk she’rlari va «Katlina» (1850) dramasi Yevropadagi 1848 yil inqilobi ta’sirida yaratilgan. Rim, Drezden, Myunxenda yashagan (1864—91). «Estrotlik Inger xonim» (1855), «Gelgelandagi urushlar» (1858), «Taxt uchun kurash» (1863) tarixiy dramalarida Yevropa romantizmining ta’siri seziladi. «Brand» (1866) va «Per Gyunt» (1867) falsafiy-ramziy poetik dramalarida norveg kiborlari hayoti tasvir etilgan.
Ibsenning «Jamiyat peshvolari» (1877), «Uya» (1879), «Sharpalar» (1881), «Xalq dushmani» (1882) pesalari mashhur. «Yovvoyi o‘rdak» (1884), «Rosmersxolm» (1886), «Dengizdan kelayotgan ayol» (1888), «Gedda Gabler» (1890) kabi dramalarida so‘nggi davrga xos ramziy unsurlar aks etgan. «Quruvchi Solnes» (1892), «Kichkina Ey-olf» (1894) va boshqa asarlari Yevropa realistik dramaturgiyasining yutuklaridan hisoblanadi. Ibsen jahon dramaturgiyasi va teatriga katta ta’sir o‘tkazdi.
Q A T N A Sh U V Ch I L A R: E l ye n ye A l v i n g x o n i m — kapitan va kamerger Alvingning bevasi. O s v a l davomi…