Anvar Ridvan. Yaxshi niyat (hikoya)
Masita quduq yonidagi ariqda yuz-qo‘lini yuvib oldi. Arqonda ilinib turgan sochiqni olib, badanini arta boshladi. Qishloq suv quygandek jim-jit. Barcha shirin uyquda. Quduq yoniga ekilgan daraxtlarning barglari tongi shabadada lipillab o‘ynardi. Xo‘rozlarning qichqirig‘i va qushlarning sayrashi tobora avjga chiqqan. Masita davomi…


Anvar Ridvan (Anwar Ridhwan) – yozuvchi, olim. Malayziyaning Sabak-Bernama shahrida (Selangor shtati) tug‘ilgan. 1973 yil Malayya universitetini tamomlagan. Keyinchalik magistrlik, doktorlik darajasini olgan. 1986 yil Ayova (AQSh) universitetida yozuvchilarni tayyorlovchi xalqaro dastur asosida o‘qigan. “Musavvirning so‘nggi kunlari” (1979), “Oqim” (1985), “Oxirgi sayohat” (1971), “Kiyevdan Moskva tomon” (1992) kabi qissalari, ko‘plab hikoyalari chop etilgan. 2009 yil “Malayziya xalq yozuvchisi” unvonini olgan.