Antuan de Cent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Antuan 1900 yilda Frantsiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijda o‘qigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.
1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekayer» aviakompaniyasiga ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi.
Uning qachon va qayerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting – 38»ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.
Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Men tarbiyachilarni huzurimga chaqirib, ularga qarata dedim:— Sizlarning vazifangiz murg‘ak qalblardagi insonni poymol etib, faqatgina o‘z inida yashashga moslashgan qumursqalarga aylantirish emas. Chunki inson miyasi ma’lumotlar bilan qay darajada to‘ldirilgani men uchun muhim emas. Eng muhimi — insonning inson bo‘lishi. davomi…