Bu daftar temir yo‘l stantsiyasida, uning uchun maxsus yasalgan kontorka ustida yotipti. Kontorka kalidi «stantsiya jandarmasida saqlanadi» deyilsa ham, aslida hechqanaqa kalidning keragi yo‘q, chunki kontorka hamisha ochiq. Daftarni oling-u, o‘qiybering.
«Muhtaram janob! Pero sinaldi!?»
Bu yozuv osgiga uzun burunli va shoxli basharaning surati solingan bo‘lib, tegiga yozib qo‘yilgan:
«Sen bir rasm — men-chi portret, sen mol, rostim, satqai odam ket… Men, sening basharangman».
«Mana shu stantsiyaga yaqinlashib kelayotib, oynadan tabiatni tamosha qilar ekanman, boshimdan shapkam uchib ketdi. I. Yarmonkin».
«Kim yozganini bilmayman, lekin men ahmoq o‘qiyman».
«Xotira qoldirdim da’volar stoli boshlig‘i Kolovroyev».
«Boshliqlarga koiduktor Kuchkipnipg mening xotinimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani yuzasidan shikoyat bayon qilaman. Mening xotinim mutlaqo g‘ovg‘a ko‘targani yo‘q, aksincha, u hamma ish osoyishtalik bilan bo‘lishiga harakat qildi. Shuningdek jandarm Klyatvinni ham qo‘pollik bilan yelkamdan tortganini arz qilaman. Men Andrey Ivanovich Ishcheev uyida turaman. Qanday xulqli odam ekanimni o‘sha kishi biladilar. Kontorchi Samoluchshev».
«Nikandrov sotsialist ekan!»
«G‘azabimni qo‘zg‘otgan voqeani o‘z ko‘zim bilan ko‘rib… (o‘chirilgan). Mana shu stantsiyadan o‘tib ketayotganimda quyidagi voqea butun vujudimni g‘azablantirdi… (o‘chirilgan). Ko‘z o‘ngimda kishini g‘azablantiradigan pana shunday voqea bo‘lib o‘tdiki, bu narsa bizning temir yo‘llarimizda tartib qanday ekanini ravshan bo‘yoqlarda ko‘rsatib beradi… (Shundan keyingi barcha yozilganlar o‘chirib tashlangan, faqat imzosi qolgan). Kursk gimnaziyasining 7-sinf o‘quchisi Aleksey Zudev».
«Poyezdning jo‘nab ketishini kutib o‘tirib, stantsiya boshlig‘ining basharasini o‘rganib chiqdim va undan mutlaqo norozi bo‘ldim. Bu narsani butun liniyaga ma’lum qilaman. Noumid bo‘lmovchi chorbog‘chi».
«Bu gapni kim yozganini men yaxshi bilaman. Buni M. D. yozgan».
«Janoblar! Teltsovskiy muttaham!».
«Kecha jandarmning xotini bufetchi Kostka bilan daryoning narigi tomoniga borishdi. Ish qilib ishlari o‘igidan kelsin. Qayg‘irma, jandarm!»
«Shu stantsiyadan o‘tib ketayotib, qornim och bo‘lgani tufayli biror nima yeb olishni fikr qilib, shuncha izlasam ham, yovg‘on ovqat topilmadi. Dyakon Duxov».
«Nima bo‘lsa shuni tushiraver-da…»
«Kimki charm portsigar topib olsa kassaga, Andrey Yegorichga keltirib bersin».
«Meni xizmatdan quvishayotgani sababli, go‘yo men ichkilikbozlik qilgan emishman, shuni aytib qo‘yayki, hammalaringiz muttaham va o‘g‘risizlar. Telegrafchi Kosmodemyanskiy».
«Ezgu hislatlar bilan o‘zingizni bezating».
«Katinka, men sizni juda-juda sevaman!».
«Iltimos, shikoyat daftariga aloqasi bo‘lmagan gaplar yozilmasin. Stantsiya boshlig‘i o‘rniga qo‘l qo‘ydim. Ivanov 7-nchi».
«7-inchi bo‘lsang ham baribir, ahmoqsan.».
S. Abduqahhorov tarjimasi