Anna Zegers. Barhayot o‘liklar (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19 noyabr 1900, Maynts — 3 iyun 1983, Berlin) — nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida ta’lim olgan. 1933 yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan so‘ng u Frantsiyaga ketadi. 1940 yili gitlerchilar qo‘shini Frantsiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi.
1941 yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik «Genrix Geyne klubi»ni va «Ozod Germaniya» jurnalini tashkil etadi. Urushdan so‘ng u Berlinga qaytadi. Zegers Butundunyo Tinchlik sho‘rosi a’zosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958—1978); Nemis san’at akademiyasi a’zosi bo‘lgan.
Uning eng mashhur asarlari: «Uning boshi uchun to‘lov» (1933), «Ettinchi xoch» (1942), «Tranzit vizasi» (1944), «O‘lik qizlar sayri» (1946), «Barhayot o‘liklar» (1949), «Gaitidagi to‘y» (1949), «Karib lavhalari» (1962), «Gaitilik uch ayol» (1980).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
TINChLIKShu turkumdagi novellalardan QABR Yaqinda yangi uyli dehqon besh yil burun pomeshchik yerini taqsimlaganlarida o‘ziga tekkan qarag‘ayzordagi daraxtlarni kesdi. Qabr toshi o‘rnatilgan joydan keng sayhonlikning hammayog‘i ko‘rinadigan bo‘ldi, uning ko‘ksida dehqonlarning paykal-paykal yerlari go‘yo saranjom xotinning peshgiridagi yamoqlardek olaquroq bo‘lib davomi…