Chor Rossiyasi istilochilari 1877—1878 yillari rus-turk urushi bilan band bo‘lishiga qaramay, 70-yillarda Xivani zabt etgach, asosiy kuchni Turkmanistonni, Akltaka vodiysida joylashgan Dinglitepa va Ko‘ktepa qal’alarini bosib olishga qaratdilar.
Bosqinchi rus generallari Skobelev, Lomakin, Golovachev, Lazerev, Grodekov, Kuropatkin, Fon Kaufmandan iborat harbiy qo‘shin avval katta kuch bilan Dinglitepa qal’asiga hujum qiladi. Turkman himoyachilarining qattiq qarshiligiga uchragan rus bosqinchilari Kavkaz tomon chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin istilochilik rejalaridan voz kechmagan oq imperiyaning kallakesar generallari bir yil o‘tgach, 1879 yilning 28 avgustida katta harbiy kuch bilan yana Dinglitepa va Ko‘ktepaga hujumga o‘tadilar.
Qal’a himoyachilari — turkman xalqining botir o‘g‘lonlari Tiqma Sardor, Kochar Sardor, Murodxon Sardor, Mahtumqulixon, Nurberdixon sardorlar boshliq yovmutlar, takaturkmanlar rus bosqinchilariga qaqshatqich zarba beradilar. Imperiya bosqinchilari ikkinchi marta mag‘lubiyat alamini totadilar. Vatanparvar, botir turkman xalqining qaqshatqich zarbasiga uchragan, katta talafotlar ko‘rib mag‘lub bo‘lgan bosqinchi generallar, zobitlar rus podshosidan qo‘shimcha harbiy yordam: askar, qurol-aslaha, harbiy mutaxassislar so‘rashadi. Shu alpozda chor Rossiyasi bosqinchilari yana ikki yil zo‘r tayyorgarlik ko‘radilar. Turkiston eli esa dushmanga qarshi kurashda o‘zaro birlasha olmaydi. Bosqinchilik urushlarida bag‘ritoshligi, vahshiyligi bilan dong taratgan general Skobelev boshchiligida Lomakin, Golovachev, Kuropatkin kabi generallar qo‘l ostidagi ming-minglab rus, kazak zobitlari va askarlari har tomonlama qurollanib, turkmanlar yurtiga, eng avvalo Dinglitepa, Ko‘ktepa qal’alariga yana hujum qiladilar. Dushman Qo‘qon, Xiva xonliklarini yakkalab yengadi. Ularning birlashishlariga, o‘zaro yordamlashishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Chor generali Lomakin 16 yarim batareya, 20 ta yuzlik eskadron. 20 to‘p-zambarak qurilmasi bilan, ikkinchi bir rus generali Kuropatkin esa 540 piyoda rus, 318 kazak askarlari, 2 tog‘ to‘pi, 2 raketa qurilmasi bilan birlashadi. Har ikkala general qo‘l ostidagi askarlar, qurolli kuchlar general Skobelevning umumiy qo‘mondonligida 45 ta rota, 11 eskadron, 74 to‘p, 11 ta raketa qurilmasi, 8000 rus va kazak askarlari bilan 40 mingdan ziyod turkman himoyachilariga qarshi dahshatdi urush boshlaydilar. Bosqinchi dushman hujumiga qarshi yetti yashardan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiki turkman botirlari Vatan himoyasida turadilar. Aslida imperiya shunchalik katta harbiy kuchi bilan yarim Yevropani zabt etishi mumkin edi. Lekin Ko‘ktepa qal’asini 6 oygacha ololmagach, chor bosqinchilari hiyla ishlatishga o‘tadilar. Ular himoyachilar kuzini shamg‘alat qilib, qal’a devori ostiga lahm qazib borishadi va juda ko‘p miqdorda portlovchi modda joylab, yarim tunda portlatadilar. Dushman bilan qo‘rg‘on himoyachilari o‘rtasida misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi. Rus bosqinchilariga qarshi turgan 40 mingdan ziyod botir himoyachining 20 mingdan ortig‘i jangda halok bo‘ladi, ko‘plari yaralanadi.
Shu tariqa 1881 yil 12 yanvarda Dinglitepa va Ko‘ktepa qal’alari chor Rossiyasi istilochilari tomonidan zabt etiladi. General Skobelevning farmoni bilan rus kazak-askarlari g‘alabani uch kun shodiyonalik bilan nishonlaydilar. Rus harbiy tarixchilari va mahalliy tarixchilar, jumladan, Muhammad Yusuf Bayoniyning yozishicha, oq podsho bosqinchilari qal’a ichida tirik qolgan himoyachilarni ham bitta quymay qilich damidak o‘tkazganlar. Chor bosqinchilari butun turkman elini vayron etib, mulkini talon-toroj qilganlar. Xalqning barcha boyliklari, chorva mollari, otlari, tuyalari, o‘liklarning taqinchoqlari va hatto itlarigacha Sankt-Peterburgga olib ketiladi. 5 mingga yaqin mahalliy xotin-qizni zo‘rlab bosqinchilik urushidan mast-alast kayfu safoda bo‘lgan rus, kazak zobitlari va askarlariga tortiq qiladilar. Ko‘ktepa bosqini misli ko‘rilmagan vahshiylik bo‘lganligi to‘g‘risida rus halqining ilg‘or vakillari, jumladan, Lev Tolstoy ham cheksiz g‘azab va nafrat bilan yozgan. Hatto Sovet hokimiyatining dastlabki davrlarida bu oshkora e’tirof etib kelindi. Masalan, 1931 yilda Moskvada chop etilgan «Kichik sovet entsiklopediyasi»ning 897—915-betlarida qonxo‘r jallod Skobelevning qilmishlari shunday ta’riflangandi: «Turkiston istilosi aqlga va hayolga sig‘mas darajadagi bir zulmlar shaklida sodir bo‘ldi. Masalan, Ko‘ktepa ishg‘olidan keyin xalq mudofaachilaridan minglarchasi general Skobelev amri bilan qilichdan o‘tkazildi. Shahidlar soni bir necha o‘n minglab bo‘lgan». Bu xil badbaxtlik, qotillikdan so‘ng, 28 yanvarda Ashgabad jangsiz olinadi. Mana sizga «oq imperiya»ning Sharq xalqlariga, jumladan, Markaziy Osiyo—Turkiston o‘lkasini zo‘rlik bilan egallash bobida ko‘rsatgan harbiy siyosatidan bir shingil qonli tafsilot. Shunisi taajjubliki, chor Rossiyasining manfur bosqinchilari Kuktepa qal’asi olingan 1881 yil 12 yanvar kunini g‘alaba bayrami sifatida nishonlab kelganlar.
SSSR nomli qizil imperiya parchalanib, qardosh turkman xalqi 1991 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritganidan buyon o‘sha ayanchli 12 yanvar har yili milliy xotira kuni sifatida nishonlanib, shahidlar xotirasi yod etib kelinmoqda. Ko‘ktepa qal’asi o‘rnida Ona-Vatan fidoyilariga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi, go‘zalligi, sig‘imi jihatidan aqlni lol qoldiradigan jome’ masjidi bunyod etildi.
Butun Turkiston, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududidagi qator shahar va qishloqlarda ham bunday qurbonlar juda ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, juda yuzaki, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga qaraganda, butun O‘rta Osiyoda xalqimizning 500 mingdan ortyq asl farzandlari chor Rossiyasi jallodlari qo‘lida jon bergan. Biroq biz fidoyi farzandlarimiz xotiralarini abadiylashtirishni o‘ylayotganimiz yo‘q.
Akademik Bo‘riboy Ahmedov «O‘zbeklar» maqolasida yozganidek, oq podshoning Turkistondagi ma’muriyati va rus sanoatchilari millatfurush mahalliy feodallarning ko‘magiga tayanib, o‘lkaning zahmatkash, mo‘min xalqinn bearmon talagan. Muallifning ta’kidlashicha, Turkistonning kelajagi 1886 yili qabul qilingan «Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida nizom» bilan belgilab berilgan. Chor Rossiyasi ma’muriyati tez orada Turkistonda quyidagi tadbirlarni amalga oshirdi:
1. O‘sha paytlarda Rossiya qishloqlarida vujudga chelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish va dehqonlarning g‘alayonlarini bostirish maqsadida o‘ta «tinib-tinchimas» rus dehqonlarining bir qismini Rossiyaning ichki tumanlaridan Turkiston o‘lkasiga ko‘chirdilar. Ular asosan o‘lkaning Yettisuv, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga olib kelib joylashtirildi. Mahalliy dehqonlar azaldan foydalanib kelgan yerlar majburiy tortib olindi, ya’ni ekspropriatsiya qilindi va ko‘chib kelganlarga taqsimlab berildi. 1891 yilga kelib Sirdaryo viloyatida, Avliyoota va Toshkent uyezdlarida 19 ta rus qishlog‘i (aholisi 1238 kishi) tashkil etildi, 1896 yili Xo‘jand uyezdidagi 6 ta rus qishlog‘ida 1000 ga yaqin rus yashardi. Shaharlar ham ruslashtirila boshlandi. Masalan, inqilobdan avvalgi Toshkentning bir qismiga rus aholisi joylashtirildi, ular uchun Marg‘ilonning yonginasida Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahri bunyod etildi.
2. Turkiston o‘lkasining shaharlarida Rossiya sanoat korxonalarining, asosan to‘qimachilik firmalarining maxsus vakolatxonalari, agentliklari, omborxonalari tashkil etildi. Ular oldiga Turkistonda Rossiya sanoati uchun zarur xom ashyo (paxta, pilla, jun, teri va hokazo.) yig‘ish, Rossiya korxonalari ishlab chiqargan gazlama va boshqa mollarni pullash vazifasi qo‘yilgan edi.
3. Rossiya sanoatining ehtiyojlarini qondirish va boshqa harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‘zlab Turkistonda shitob bilan temir yo‘l va sanoat qorxonalarini qurish boshlandi.
1906 yili Orenburg Toshkent bilan bog‘landi, faqat 1900—1910 yillar orasida o‘lkamizda 233 korxona qurilib, ishga tushirildi. Bular asosan paxta tozalash, pillakashlik, ko‘nchilik, yog‘-moy ishlab chiqaro‘vchi zavodlar edi. 1914 yilga kelib bunday zavod va fabrikalar soni qariyb ikki baravar ortdi, ya’ni 425 taga yetdi. Bu korxonalarning ko‘pchiligi rus za chet el kapitalistlariga qarar edi.
4. Chor hukumati Rossiya to‘qimachilik korxonalari taraqqiyotining muhim xom ashyo manbai hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Buning uchun eng avvalo qadimdan ekib kelinayotgan jaydari g‘o‘za o‘rniga paxtaning serhosil Amerika navlari joriy etildi. Bundan tashqarn, paxta maydoni tez sur’atlar bilan kengaytirildi. Masalan, bu ekin ekiladigan yerlar 1900—1915 yillar orasida Farg‘ona viloyatida 188 ming 400 desyatinadan (bir desyatina 1,09 gektarga teng) 250 ming desyatinaga, Samarqand viloyatida 17 ming desyatinadan 29 ming 300 desyatinaga, Sirdaryo viloyatida 15,5 mingdan 67 ming desyatinaga, Turkiston o‘lkasida hammasi bo‘lib 346 ming 100 desyatinadan 496 ming 100 desyatinaga ko‘paydi. Paxta asta-sekin boshqa ekinlarni surib chiqara boshladi. Masalan, 1885 yili Farg‘ona viloyatida paxta ekin maydonlarining faqat 14 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1913 ynlga kelib 44 foizga yetdi. Shu davr ichida makkajo‘xori ekiladigan maydonlar 22 foizdan 11 foizgacha, beda 15 foizdan 8 foizga, sholi 16 foizdan 7 foizga tushib qoldi (qarang: «Muloqot» jurnali, 1991, 1-son, 59—60-betlar). Tarixchi olimlarimizdan B. Ahmedov, A. Asqarov, H. Ziyoyev, R. Shamsutdinov, H. Sodiqov, I. Habibullayev, Sh. Karimov, F. Jumaboyev, H. Bobobekov kabilarning qator ishlari qishloq xo‘jaligida «paxta yakkaxonligi» tarixiga bag‘ishlangan. Zahmatkash olim Haydar Bobobekov Qo‘qon xonligi davridagi xalq harakati va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga bag‘ishlangan ajoyib kitobida («Narodnne dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomicheskiye predposыlki», T., 1990).
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga yurishi faqat xalq boyliklarinigina emas, balki ma’naviy boyliklar, o‘tmish osori-atiqalari va qadimiy Ulug‘ ipak yo‘lini ham vayronaga aylantirganliginn ishonchli misollar asosida ko‘rsatib bergan. Masalaning bu tomonlarini millatparvar adiblarimiz M. Behbudiy, M. Abdurashidov, Fitrat va Cho‘lpon ham o‘z asarlarida keng yoritganlar. Inqilobdan keyingi davrlarda va hatto 20—40-ynllarda nashr etilgan tarix kitoblarida, darsliklar va barcha adabiyotlarda O‘rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olnnganligi va uning mustamlakasiga aylantirilganligi to‘g‘risida ko‘p aytilgan va yozilgan edi. Biroq 50-yillarning ikkinchi yarmiga kelib «pardali» diplomatiya, qorani oq, oqni qora deb aytish yo‘liga o‘tib olindi. Natijada uzoq yillar davomida O‘rta Osiyo Rossiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan degan bema’ni, yolg‘on gaplarni aytib va yozib keldik. Sovet tarixchi olimlari zamonasozlik bilan bor haqiqatni ochnq-oydin ayta olmay, insof-diyonatga xilof ravishda bor tarixiy haqiqatni yashirdilar yoki buzib ko‘rsatdilar.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.