Buxoroning so‘nggi amiri yiqqan shuncha xazina, boyliklar uning farzandlariga nasib etganmi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Haydarali Uzoqov va Sotimxon Xolboyev «Buxoro amirligining oltinlari» nomli nufuzli maqolasida Buxoro amirligi xazinasida to‘plangan behisob oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklar to‘g‘risida ishonchli hujjatlar asosida fikr yuritadilar. Ular Amir Olimxon o‘limi oldidan farzandlari za qarindosh-urug‘larnga bergan vasiyatini keltiradilar: «Peshavor bankida saqlanayotgan dollarlarga birorta qo‘l tekkizmaysan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, bu pullarni uning hisobiga o‘tkazasanlar. Londonda saqlanayotgan jamg‘armalar asosan avlodlar uchun, lekin uning bir qismi ham O‘zbekistonga berilnshi mumkin. Bu senlarga bog‘liq». Naqadar uzoqni ko‘zlab qilingan ibratli vasiyatnoma bu. Said Olimxonning farzandlari padari buzrukvorlarining bu muqaddas vasiyatnomasiga sodiq qolganlar. Moddiy jihatdan qnynalib yashaganlarida ham ularning birortasi bankdan yarim chaqa ham olmay, ota nasihatini vijdon amri, xaqiqat ko‘zgusi, kelajakka ishonchi, deb bilganlar. Bu Sharqqa xos qat’iyat, samimiylik, sabr-toqat, meqr-oqibat, vafodorlik va yuksak odamiylik namunasidir. Xo‘sh, qinnalib tirikchilik qilgan Amir Olimxon farzandlarining taqdiri ne kechgan?
Gap shundaki, amirning keyingi taqdiri, oila va farzandlari to‘g‘risida juda oz ma’lumotga egamiz. Uning o‘z qo‘li bilan bitilgan «Buxoro xalqining fojiasi» nomli nufuzli risolasida ham oilasi va farzandlari taqdiri haqida to‘liq ma’lumot berilmaydi.
Bolsheviklar Buxoroda 1920 yil 2 sentyabrda sodir etgan bosqinchilik to‘ntarishidan keyin amir Buxoroi sharifni tark etib, Afg‘on yurtiga ketishga majbur bo‘ladi. Qizil imperiyaning qasoskorlik tajovuzi oqibatida Said Olimxon palaponlaridan ajralgan burgut misoli o‘z nuridiydalaridan abadiy judo bo‘ladi!
Buxoroda o‘z hokimiyatini zo‘rlik bilan o‘rnatgan bolsheviklar Said Olimxonning 8—10 yashar o‘g‘illari Sultonxon, Shomurod, Rahimxonlarni nazardan qochirmaydilar. Amir farzandlarini Buxoroda saqlash qiyin bo‘lganligidan, Fayzulla Xo‘jayevning maslahati bilan Buxoro Xalq Sho‘rolar Hukumati ularni Buxorodan Moskvaga ko‘chiradi. Sho‘rolar hukumati amir farzandlarnki o‘z himoyasiga olib, ularning o‘qishi va tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
«Bosmachi» nomi taqilgan Vatan himoyachilarining bolsheviklarga qarshi shiddatli kurashi davom etgan yillari (20—30-yillar) Buxoro amiri Said Olimxon haqida va uning farzandlari, amir xazinalari to‘g‘risida sovet va chet el matbuotida xabarlar berib borildi. Bu o‘rinda amirning to‘rtinchi o‘g‘li Shomurodning o‘z otasi Said Olimxon nomnga 30-yillarda yo‘llagan va unga katta shuhrat keltirgan bir tarixiy maktubi xarakterlidir. Avval u Moskvadagi rabfakni, keyin harbiy muhandislik akademiyani tugatadi. Ikkinchi jahon urushida qatnashnb, Sovet Ittifoqi generali unvoniga sazovor bo‘ladi. Uning xatini o‘qir ekanmiz, sharq farzandi o‘z qiblagohiga alam-hasratlarga to‘la bunday maktubni yo‘llamasligiga amin bo‘lamiz. Noma mazmunidan u tegishli doiralar tomonidan to‘qilib, amirzoda nomidan e’lon qilinganligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.
Taqdir o‘yiniga qarang: ota-bola Rossiya imperiyasining generallari, faqat farq shundaki, Amir Said Olimxonga xamda Abdulahadga «oq» generallikni Nikolay podsho topshirgan bo‘lsa, amirning ug‘li Shomurodga «qizil» general unvonini I. Stalin bergan. Zamona zayli bilan ota-bola generallarning biri «oq imperiya»ga, ikkinchisi «qizil imperiya»ga xizmat qilib, butun bor-yo‘g‘idan ajralishgan. Shomurod Olimovning «Izvestiya» gazetasi sahifasida o‘z otasiga yozgan ochiq mak-ubida shunday satrlarni o‘qiymiz:
«Men senga birinchi va so‘nggi maktubimni yozayapman. Istaymanki, o‘rtamizda hech qachon aloqa tiklanmasin. Ammo keyingi yuz bergan voqealar meni majbur etdiki, qonga to‘lgan yuragimdan chiqarib, mana shu so‘zlarni yozib ma’lum qilmoqdaman. Kirdikorlaringning bari hanuz ko‘z oldimda turibdi: sening zulmnngdan Registon qon qusar edi. Zulm-istibdodingdan dodga kelgan xalqni maslakdoshlaring shafqatsiz talar edi. Sen kecha-kunduz ayshu ishrat bilan band bo‘lib, haramdan boshing chiqmas edi. Biz ikkimiz—men — o‘g‘il, sen — ota bo‘lib, bir yilda bir marta ko‘risharmidik, rostini ayt-chi. Mana hozir Moskvada tahsil ko‘rmoqdaman. Do‘stlarim, o‘rtoqlarim huzurida o‘zimni shod sezaman. Men berahimligingu shafqatsizligingdan, afsus, kech ogoh bo‘ldim. Hozir o‘zimni otasiz hisoblayman. Va senga ham maslahatim shuki, bundan buyon o‘g‘lim bor, deb aslo o‘ylama. Farzandim bor deb o‘ylashga haqqing yo‘q».
9-10 yashar bola qalbida padari buzrukvoriga nisbatan bu qadar hurmatsizlik, sinfiy nafrat o‘ti to‘lib-toshganligiga aslo ishonging kelmaydi. «Izvestiya» gazetasi sahifalari orqali olamga taralgan mazkur maktub afg‘on tog‘u dashtlaridan o‘tib, ona-Vatanndan uzoqda bo‘lgan sobiq hukmdor Said Olimxon qo‘liga ham yetib boradi. Sevikli farzandining nafrat to‘la bu dahshatli maktubini o‘qigan otaning ahvoli ne kechganligini tasavvur qilish mumkin…
Biroq amir farzandlarining keyingi taqdiri bizga noma’lum. Amirning so‘nggi kanizagi bo‘lgan O‘zbekiston Xalq artisti Maryam Yoqubova bilan suhbatlarimizdan birida u Said Olimxonning o‘g‘illari to‘g‘risida hikoya qilib bergan edi. O‘shanda menga amirning o‘rtancha o‘g‘li Shomurodning harbiy kiyimdagi rasmini ko‘rsatib: «U harbiy muhandis, general, Moskvada yashaydi, men bilan deyarli tengdosh, bordi-keldimiz bor, faqat buni siz hech kimga aytmang, uka»,— degan edi opa ehtiyotkorlik bilan.
Yaqin-yaqinlargacha Buxoro amiri Sand Olimxonning to‘rtta o‘g‘li borligidan xabardor edik. Biroq keninchalik Said Olimxonning sakkiz o‘g‘li Turkiya mamlakatida yashayotganligi matbuot xabaridan ma’lum bo‘ldi. Buxoro hukmdorining farzandlari: Said Ibrohim, Said Rahimxon, Said Xodixon, Said Ibod, Said Kabir, Said Mansur, Said Rauf ozod va hur jumhuriyat — O‘zbekiston mustaqilligining ikki yillik to‘yi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasnning Prezidenti Islom Karimov nomiga tabriknoma yo‘lladilar («Xalq so‘zi», 1993 yil 1 sentyabr).
Buxoro amiri Said Olimxon ona-Vatanni qo‘msab, sog‘inib, qarigan chog‘ida Buxoroga qaytish orzusida Sovet hukumati boshliqlari I. Stalin, M. Kalininga murojaat etadi. Biroq, u toshbag‘ir istilochilar rad javobini berishadi. Istiqlolimiz tufayli ona-Vatanini ko‘rish uning farzandlarnga nasib etdi. Ular 1993—1994 yillarda birin-ketin ota yurti, ona diyori mustaqil O‘zbekistonga tashrif buyurdilar.
Keyingi e’lon qilingan ma’lumotlarga qaraganda, Buxoroning sobiq amiri Said Olimxonning bir necha xotini bo‘lib, ulardan 37 farzand — 16 o‘g‘il, 21 qiz bo‘lgan.
Qardosh Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati «Leninobod haqiqati» gazetasining 1993 yil 1 iyul sonida jurnalist Muhiddin Olimpurning «Buxoro so‘nggi amirining achchiq qismati» nomli maqolasi e’lon qilindi. Maqolada yozilishicha, 70-80-yillar bir necha bor Afg‘onistonda bo‘lgan Muhiddin Olimpur Said Olimxon haqida material to‘plagan. Biroq u Buxoro amiri va uning farzandlari haqida qoniqarli ma’lumotlar yig‘a olmagan. Shundan keyin u Amerikada bo‘lib, Said Olimxon farzandlari: qizi—jurnalist Shukriya Ro’l va o‘g‘li Saidumar Olimiylar bilan uchrashib, muloqotda bo‘ladi. Said Olimxonning kenja qizi Shukriya Ro’l Afg‘onistonda tavallud topgan. U sakkiz oylik paytida padari buzrukvori olamdan o‘tadi. Shukriya Kobuldagi oliy bilimgohning jurnalistika bo‘limida ta’lim olgan va jurnalist sifatida Afg‘onistonda va xorijiy mamlakatlarda xizmat qilgan. U arab, fors, tojik, urdu hamda turkiy xalqlar tillarini yaxshi biluvchi qalam sohibi hisoblanadi.
Muxbirning aka-singillaringiz haqida gapirib bersangiz, otadan nechtasizlar? — degan savoliga Shukriyaxonim shunday javob qiladi:
— Qadimgi odatga ko‘ra otam ko‘p uylanganlar, inilarimiz o‘n beshta bo‘lsa, singillarimiz yigirma nafar.
Ularning ismlarini yoddan bilasizmi?
— Albatta.
Shukriyaxonim, siz opa-singillaringizni, Saidumar, siz og‘a-inilaringizni tanishtirsangiz?
— Bosh ustiga. Muhsina, Shukriya, Uzri, Xayriya, Muslima, Soliha, Nazokat, Muborak, Mo‘mina, Sofiya.
Saidumar o‘g‘illarni sanay boshladi: — Xonadonning bosh farzandiman. Uch akam vatanda — O‘zbekistonda qolgan, ismim Saidumar, ikkinchi nomi Said Omonullo, ikkinchi inim Saidmurod (3—4 yil avval Makkai Muazzamada vafot etgan). Uchinchi o‘g‘il Said Ibrohim (u hozir Turkiyada yashaydi), Said Abdurahim, Said Abdulfattoh, Said Abdukabir, Azimshoir, Said Mansur (shoir). Said Abdullo (Olmoniyada yashaydi), Said Abdulhodi, Said Abdug‘affor, Said Hoji (Turkiyada yashaydi, tish do‘xtiri), Said Abdusattor. Said Abdurauf, Said Muhammadsaid (Olmoniyada yashaydi), Said Orif.
Said Olimxon farzandlari Shukriya va Saidumarning aytishlaricha. Said Olimxon Afg‘onistonga muhojir yoki qochoq sifatida emas, balki Afg‘oniston hukumatidan ko‘mak so‘rab, qurol-yarog‘ olgani kelgan ekan. Afg‘oniston shohi Amonulloxon bir necha marta Amir Said Olimxonga: «Agar siz kelsangiz, albatta yordamimni ayamayman», — degan ekan.
Lekin, ming afsuski, «qizil imperiya»ning bosqinchilik siyosatidan cho‘chigan Amonulloxon Buxoro amiri Said Olimxonga yordam berishga botina olmaydi.
Ona-Vatanni qizil shaytonlardan ozod qilish, o‘lkada ozodlik va istiqlol barq urishi umidi bilan yashagan mang‘it amirlarining so‘nggi hukmdori amir Said Olimxon yuragida bir olam orzu-armon bilan ketdi. Uning Vatanni ozod qilish, ona diyorini mustaqil ko‘rish orzulari bizning zamonamizda, 1991 yil 1 sentyabrda O‘zbekiston mustaqil respublikaga aylangandan keyin amalga oshdi.
Iqtidorli yozuvchi A. Hasaniy «Nido» («Buxoro haqiqati», 1992 yil 3 iyun) nomli maqolasnda yozishicha, Said Olimxonning katta o‘g‘li Sultonxon 1910 yilda Buxoroda tavallud topgan, u inqilobdan keyin, 20-yillarda Moskvadagi rabfakda o‘qiydi va tugallanmagan oliy ma’lumot oladi. Urush nogironi bo‘lgan Sultonxon uzoq vaqt Moskvadagi ko‘zi ojizlar uyida ishlaydi.
Biroq amirning uchinchi o‘g‘li — Rahimxonga va uning umr yo‘ldoshiga fojiali taqdir nasib etdi. Buxoro hukumati yordamida Moskvadagi rabfakda ta’lim olgan Rahimxon 1937 yilda GPU xodimlari tomonidan josuslikda ayblanib, qatl etiladi. Rahimxonning xotini eri haqidagi mash’um xabarni eshntib, o‘zi ishlayotgan sovun ishlab chiqarishining qaynoq qozoniga o‘zini tashlab halok bo‘ladi. Xuddi Rossiya podshosi Nikolay II ning oilasi bolshevik terrorchilar qo‘lida halok bo‘lganidek, Buxoro amirining farzandlari ham ulardan o‘lim topadi.
Biz mo‘g‘ul-tatar bosqinchilarining 200 yildan ortiq davr ichida rus xalqi va boshqa xalqlarni ezib kelganligini tarixdan yaxshi bilamiz. Oltin O‘rda xonligi ruslarga va boshqa xalqlarga o‘tkazgan zulm va zo‘ravonlikni qattiq qoralab kelganmiz. Biroq insof yuzasidan fikr-mulohaza yuritadigan bo‘lsak, Chingizxon va uning farzandlari hukmdorligi davrida rus xalqi va boshqa xalqlar ham Oltin O‘rda xoniga o‘lpon to‘lab, o‘z cherkovlarida ibodat qilib, o‘z ona tillarida o‘qib, hunar o‘rganib keldilar. Ruslar mamlakati ustidan uzoq davr hukmronlik qilib kelgan chingiziylar mahalliy xalq savdo-sotiq ishlarini, e’tiqodi va milliy an’analarini davom ettirib, rivojlantirishlariga monelik qilmaganlar.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Chingizxonning Rossiyaga yurishini Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishda ko‘rsatgan vahshiyliklari, xalq mulkini talon-toroj qilishi bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, rus bosqini mo‘g‘ul-tatar bosqinidan o‘n chandon dahshatli, vahshiyona bo‘lganligiga iymon keltiramiz. Chunki O‘rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini harbiy kuch bilan bosib olgan Rossiya imperiyasi o‘lka xalqlari tarixi, madaniyati, dini, tili, barcha milliy an’analarini yer bilan yakson qilib, tarix g‘ildiragini necha yuz yillar orqaga burib yubordi.
Sadriddin Ayniy «Buxoro jallodlari», «Buxoro tarixi uchun materiallar», «Doxunda», «Etim» va «Esdaliklar» kabi nasriy asarlarida O‘rta Osiyo, ko‘proq Buxoro tarixi, bu o‘lka xalqlari hayotini ishonchli tasvirlagan. Yozuvchi mashhur «Doxunda» romanida o‘zbek va tojik xalqlarining ma’rifiy va inqilobiy uyg‘onishini badiiy timsollar vositasida tasvirlab bergan.
Buxoroning suyukli ijodkor farzandi bo‘lgan Sadriddin Ayniy Buxoroning mang‘it amirligi tarixida feodal amirlikning so‘nggi hukmdori Said Olimxonning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, amirlik va darbor ahlining yashash sharoiti, turmush tarzidan kelajak avlodlarga san’atkorlarcha hikoya qilgan. Jumladan, «Doxunda» romanida Said Olimxonning so‘nggn to‘rt, besh (1917—1921) yillik davlatchilik va jamoatchilik fgoliyatini, uning M. Frunze boshliq bosqinchi bolsheviklar tajovuzidan toj-taxtni, ona-Vatanni, boy xazinani tashlab, noiloj qo‘shni Afg‘on o‘lkasiga ketib jon saqlashining tafsilotini bayon etgan. Romanda Said Olimxon, uning yaqinlari, Mirzo Urganjiy, amir xazinaboni Imonqul, Hoji Yusuf Muqimboy, Hoji Alimboy va boshqa o‘nlab tarixiy shaxslar yovuz niyatli odamlardan Vatanni, dinni, ma’naviyat va iymonni himoya qilish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatganliklari tasvirlab berilgan.
Shuni ham ta’kidlash joizki, boshqa xonliklarga nisbatan Buxoro amirligi Rossiyaga ko‘p hamiyat ko‘rsatib kelgan. Xususan, unga amir Abdulahadning moddiy va ma’naviy yordami sezilarli bo‘ldi. Masalan, 1914 yili, birinchi jahon urushi davrida Rossiya iqtisodiy tanglikka uchrab, Buxoro amiridan moddiy yordam so‘raganida ham Said Olimxon rus podshosi Nikolay II iltimosini o‘z vaqtida qondirib, Rossiyaga 10 dona to‘p, 500 dona beshotar miltiq, 1500 ta chopqir ot va boshqa kerakli narsalarni in’om etgan.
Ammo O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro amirligi Rossiya bilan qanchalik yaxshi, yumshoq munosabatda bo‘lmasin, aslida imperiya hukmdorlarining niyati buzuq edi. Misol uchun jahon urushidan keyin ikki yil o‘tgach, chor Rossiyasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalaridan arzon ishchi kuchini jalb qilish, mahalliy xalqlardan 50 million kishini mardikorlikka majburiy olish harakatlarini boshlab yubordi. Bunga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilganida o‘sha amir tortiq qilgan to‘p, beshotar miltiq va chopqir tulporlar o‘zimizga qarshi ishga solinib, begunoh xalq vakillarining qoni to‘kildi. Yaxshilikka yomonlik degani shu bo‘lsa kerak. Bu ruslarning «Bo‘rini qancha boqmagin, baribir o‘rmonga intiladi» degan maqoliga juda mos keladi. 1917 yil oktyabr to‘ntarishi, fuqarolar urushi, besh yilliklar davridagi qatag‘on-qirg‘inbarotlar qurbonlarini tarix, xalq hali unutgan emas va unutmaydi ham.
Ma’lumki, 1868 yili Buxoro bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan sulhga binoan Rossiya fuqarolari Buxoro amirligiga soliq to‘lashdan ozod etildi. Lekin Rossiya savdogarlari Buxoro bozorlarida sotgan mollarining ikki yarim foizini Buxoro amirligiga to‘lashlari shart edi. Biroq keyinchalik Nikolay II davrida bu shartlarga amal qilmay, Rossiya amaldorlari, harbiylari Buxoroda oq podshoning Turkistondagi vakili sifatida ish ko‘ra boshladilar. Ayni paytda ular Buxoroning chet ellar bilan va, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston bilan bo‘ladigan savdo yo‘lini kesib qo‘ydilar.
Buxoro inqilobi davrida amirni taxtdan quvishda bolsheviklar tomonida bo‘lgan Fayzulla Xo‘jayevning yaqin do‘sti, ma’rifatparvar siymo, davlat va jamoat arbobi Qori Yo‘ldosh Po‘latov M. Frunze askarlarining Buxoroni ishg‘ol qilish voqeasnni shunday hikoya qilgan: «Biz, yosh buxoroliklar, 1920 yil avgust oyining oxirlarida Buxoro shahriga yarim kechada kirib bordik. Qizig‘i shundaki, to amir saroyiga, Arkka borganimizda ham odam zoti ko‘rinmadi. Bildikki, amir qochib ulgurgan. Ark ichidagi xonalarning birida yoniq chiroq yonida bir kishi o‘tirardi. Fayzulla Xo‘ja uni tanidi: u amirning jiyani, amakisining o‘g‘li edi. U o‘zini amir xazinaboni deb tanishtirdi. Aytishiga qaraganda, amir bilan ketishga rozi bo‘lmabdi: «Men xazina va kitoblarni asrayman», — debdi. Ertasi kuni Fayzulla meni chaqirib, Frunze bilan amir xazinasini ko‘rib chiqishimni buyurdi. Frunze, xazinachi va men birin-ketin 5-6 xonaga kirib chiqdik, ularda taxminan 15-20 qopcha tilla tanga hamda katta hajmda shaklsiz quyma tillalar joylashgan edi. Boshqa xonalar xotinlarning yoqut va noyob toshlar bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarn, zar to‘nu kamdan-kam uchraydigan qorako‘l teridan ishlangan kiyim-boshlar, shohona toj va qimmatbaho qilichlar bilan liq to‘la edi. Qilichlar orasidan dastasiga brilliant va yoqut naqshlangani Frunzega juda yoqib qoldi. U qilichni uch marta taqib ko‘rib, yana joyiga qo‘ydi.
Oxirgi xona boyligi faqat kitoblardan iborat ekan. Frunze negadir uydan tez chiqib ketdi. U bizning odamlarga ishonmay, xazinani qo‘riqlash uchun o‘z soqchilarini qo‘ydi. O‘sha kuni ko‘chadan ikki askarning o‘ligi topildi. Ularni bolsheviklar ataylab o‘ldirgan edilar. Bu o‘ldirish hisobi kechgacha 6 kishiga yetdi.
Kuybishev Buxoroga kelgan kunining ertasi amir xazinachisi otib o‘ldirildi. Biz hayratga tushdik. Bu voqea Frunze bilan Kuybishev xazinani aylanib yurganida sodir bo‘ldi. Xazinachi o‘ldirilgach, xazina kaliti Frunze bilan Kuybishev qo‘liga tegdi. Shu kuni Fayzulla Xo‘jayev ichki ishlar nozirligiga: «2—3 kishi Ark atrofini kuzatib yursin, shu kecha nimadir bo‘ladigandek ko‘rinadi», — deydi. Menga esa yaqin oradagi majlisda orden ta’sis etish to‘g‘risida taklif kiritgin, deb buyurdi. Frunze Buxoroga kelgan kunidan boshlab Ark ichida yashayotgan edi. Kuybishevga ham yashash uchun Ark ma’qul bo‘ldi. Biz ularga xizmat uchun odam bermoqchi edik, negadir rad qilishdi. O‘zlariga sodiq askarlardan birini tanlab olishdi. Ertasi kuni Fayzulla Xo‘jayev ichki ishlar noziri bilan uzoq vaqt suhbatlashdi. Keyin mening oldimga kelib; «Kecha men o‘ylagan voqea yuz berganga o‘xshaydi», — dedi. U odatiga ko‘ra yuzma-yuz gaplashdi. Men undan: «Qanday voqea yuz berishi mumkin?», — deb so‘rasam: «Kechasi Arkka «cherniy zona»dan bir necha bo‘sh arava kelib, yuk bilan chiqib ketibdi.
Xazinani o‘marishganga o‘xshaydi, — dedi. Shu kuni biz Frunzedan ordenga ishlatish uchun tilla kerak, deb xazinaning kalitini oldik. Kirsak, bir kechada xazinaning qariyb hammasini gumdon qilishibdi. Qayerga, nima uchun olib ketishganini bila olmadik». (I. Xudoyor. Fayzullaning armoni. «Xalq so‘zi», 1992 yil 23 may).
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining maorif, moliya noziri vazifasida ishlagan Qori Yo‘ldosh Po‘latov ham Buxoro xalq nozirining taqdirini surishtirib bilishga jur’at eta olmagan. Bordi-yu, so‘roqlab xazina o‘g‘rilarnni aniqlagan taqdirda ham mahalliy hukumat rahbarlarining qo‘lidan hech narsa kelmasligi o‘z–o‘zidan ayon edi. Amir o‘rniga Frunze, Kuybishevga o‘xshagan kelgindilar xo‘jayinlik qilishayotgandi.
Ma’lumki, shu voqealardan 60 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, boylik uchun, xalqimizning bor-yo‘q topganini supurib-sidirib olib ketish uchun uni ochiqchasiga masharalab, tahqirlash, haqoratlash yana bir bor takrorlandi. 80-yillarda «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» bahonasida Markaz, KPSS malaylari, izquvar shaytonlari bo‘lmish Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi terrorchi jinoiy-qidiruv xodimlari olib borgan «qonuniy» poraxo‘rlik, mafiya dastidan qanchadan-qancha iste’dodli rahbar kadrlarimiz va paxta ilmining zaxmatkashlari jabr ko‘rdi. Ular mehnatsevar, mehmondo‘st, saxiyqalb o‘zbek xalqini tekinxo‘rlik, aldamchilik, dangasalikda ayblab, butun jumhuriyatimizni qoralab, uning ustiga mag‘zava ag‘darishdi. Biroq aslida esa, Gdlyan va Ivanovlarning tan olishlaricha, ayb moshda emas, toshda — poraho‘rlikning boshi Markazga, Kremlga borib taqalardi. Markazdagi yuho ajdaholar nafsini qondirish uchun O‘rta Osiyo respublikalari, jumladan, O‘zbekiston topganini ularga tashib, markazga mute bo‘lib yashashi kerak edi. Uzoq yillar shunday davom etdi. Xo‘sh, poraxo‘rlik, g‘alamislik va o‘sha markaz bilan munosabatlarimizdagi boshboshdoqlikning asl ildizi qayerdan boshlangan o‘zi? Yana tarixga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Rossiya oq podsho imperiyasi va qizil imleriya davrida (1852—1991 yil) Turkistonni bosib olgan chor harbiylari, chinovniklari bu yerdagi xonliklar boyligini va mehnatkash xalq mulkini talashdan tashqari O‘rta Osiyo boylari, amaldorlariga va mehnatkash xalqqa og‘ir soliqlar soldilar, ulardan katta-katta sovg‘a-salomlar, poralar olib turdilar. Masalan, Nikolay II taxtga o‘tirishi munosabati bilan 1883 yilda O‘rta Osiyodagi uch xonlik amaldorlari katta sovg‘a-salomlar bilan Rossiya podshosi huzurida bo‘lib qaytgan edilar
Rus yozuvchisi V. N. Gogol o‘z asarlarida, jumladan, «Revizor» nomli asarida poraxo‘rlik Rossiyada keng avj olganligini tarixiy tipik shaxslar timsoli orqali tasvirlab bergan.
Bir gal xorijda mashhur rus tarixchisi va olimi Karamzindan:
— Rossiyada ahvol qalay?, — deb so‘raganda, u qisqa qilib:
— Rossiyani o‘g‘irlamoqdalar («voruyut»), — deb javob bergan ekan. Hozirda esa faqat Rossiyadagina emas, butun sobiq SSSR hududida jinoyatchilik, bezorilik va o‘g‘rilik, mafiya Karamzin zamonasidan bir necha yuz baravar oshganligi oddiy haqiqat bulib qoldi. Ajablanarli joyi shundaki, biz yomonlab kelgan Buxoro amirligi hududida yashagan 3 milliondan ziyod aholidan faqat o‘n, o‘n besh kishi o‘g‘rilikda ayblanib, zindonga tashlanardi. O‘g‘ri, muttaham kamligi, dyoyarli yo‘qligidan inqilobga qadar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda qulf ishlatilmas edi. Yozuvchi Abdulla Qahhor yozganidek, rus bosqini bizga qulf bilan aroqni olib keldi. Oqibatda o‘g‘rilik avjiga chiqdi, dinimiz, urf-odatlarimiz va barcha qadriyatlarimiz poymol qilindi. Shunday ekan, Rossiyadagi ba’zi siyosiy doiralar «avval o‘zingga boq, so‘ng nog‘ora qoq» qabilida ish tutish o‘rniga boshqa respublikalar xalqlarini hamon aybsiz ayblab kelmoqdalar. Zo‘ravonlik, adolatsizlik hukm surgan mustabid tuzum faqat turkistonliklarnigina emas, balki butun Rossiya o‘lkasini ham iqtisodiy, siyosiy halokat yoqasiga olib kelib qo‘ydi.
Oktyabr tuntarishidan keyin, 20—50-yillardagi stalincha qirg‘inbarot davrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida ham ming-minglab begunoh odamlar qurbon bo‘ldi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmida harbiy kuch bilan bosib olingandan keyin O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, ya’ni Turkiston Rossiyaning 150 yillik mustamlaka yurtiga aylanib qoldi. «Oq imperiya» (1721 — 1917) va V. I. Lenin boshliq «qizil imperiya» (1917—1991) o‘z mustamlakasi mehnatkashlarini har jihatdan ezib, xalqning moddiy za ma’naviy boyligini markazga tashishdan tolmadi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qariyb bir yarim asr davomida chor Rossiyasi va keyingi 74 yillik Sovet imperiyasi zamonida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkasida begunoh qurbon bo‘lganlar taqdiri va Rossiyaga tashib ketilgan behisob Xazina boyliklarining hisob-kitobi masalasi hamon ochiq qolmoqda. Bu masalani hal etish, chamasi, hushyor, dovyurak, idrokli, aqli raso, iste’dodli yoshlarimiz – kelajak avlodlar zimmasiga tushadi. Ular eski tutqunlik zamonlariga qaytishga ham hech qachon yo‘l qo‘ymasliklariga iymonimiz komil.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.