Usmonxo‘jayev Inomjon Buzrukovich

(1930 yil 21 may, Bag‘dod tumani)

(1983-1988)

Partiya arbobi. O‘rta Osiyo politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgan (1955). Marg‘ilon shahri bosh me’mori (1959), Farg‘ona viloyati partiya komiteti instruktori (1960), Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i (1961), Farg‘ona shahri ijroiya qo‘mitasi raisi (1962-64), Sirdaryo viloyati partiya komiteti kotibi (1965-69), KPSS MK instruktori (1969-72), Namangan viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi (1972-74), Andijon viloyati partiya komiteti 1-kotibi (1974-78), O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1978-83). O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1983-88).

I. Usmonxo‘jayev respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qat’iyatsizligi va jur’atsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984-88 yillarda O‘zbekistonning ko‘plab xo‘jalik va partiya arboblarini “paxta ishi” va “o‘zbeklar ishi” degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatag‘on qilinishiga, xalqning milliy g‘ururi va qadriyatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yib berdi.