(1926 yil 15 yanvar, Bo‘stonliq tumani)
(1988-1989)
Siyosat va jamoat arbobi. 1951 yildan tuman partiya komiteti kotibi, Toshkent shahri partiya komiteti bo‘lim mudiri, Toshkent shahri ijroiya qo‘mitasi raisi. O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashi kotibi (1963-70). 1970 yildan Shri Lanka Respublikasi va Maldiv Respublikasida SSSRning Favqulodda va muxtor elchisi, SSSRning Iordaniyadagi elchisi. O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1985-86). O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1986-88). O‘zbekiston KP MK 1-kotibi (1988-89), SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi (1989-91).
R. Nishonov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qat’iyatsizligi, uzoqni ko‘ra bilmagani tufayli Markazning O‘zbekistonga nisbatan g‘arazli siyosati va qatag‘onlari davom etdi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot og‘irlashdi, millatlararo adovatlar kuchaydi, respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘yicha volyuntaristik qarorlar qabul qilindi.