Gikalo Nikolay Fyodorovich

(1897-1938)

(1929)

Sovet partiya arbobi. 1917 yildan KPSS a’zosi. Shimoliy Kavkazda sovet hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashganlardan biri. 1925 yildan Shimoliy Kavkazda davlat kotibi. 1929 yilda Gikalo O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashining I-kotibi bo‘lgan. Keyingi yillarda Ozarbayjon Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining bosh kotibi, Moskva Davlat qo‘mitasi va mahalliy qo‘mita raisi lavozimlarida ham ishlagan. 1932-1937 yillarda Belarussiya Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining kotibi. 1930 yildan markaziy-inqilobiy qo‘mita a’zosi. 1934 yildan Butun ittifoq Kommunistlar partiyasi markaziy qo‘mitasi a’zoligiga nomzod. U SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan.