(? – 1806)
(1804-1806)
Xiva xoni, Muhammad Amin inoqning nabirasi. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Eltuzar davrida chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘ozi taxtdan tushirib, o‘ziga xon unvonini qabul qiladi (1804 yil). Shundan keyin, qo‘ng‘irot qabilasi Xiva xonligi taxtini 1804 yilda rasman ham egalladi. Eltuzar 1806 yilda Buxoroga qarshi urush chog‘ida halok bo‘ladi. Uning buyurig‘i bilan Munis Xorazmiy “Firdavs ul-iqbol” asarini yozgan.