Abdulahad ibn Amir Muzaffarxon
(1859 yil 16 mart – 1911 yil 6 yanvar)
(1885-1910)
Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning davrida Chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886 yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini xom-ashyo ba’zasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y – Samarqand temiyo‘li o‘tqazdi (1900-1901). Shuningdek, Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaygan.