Abu Ibrohim ibn Nuh

Amiri Muntasir

(? – 1005)

(1000-1005)

Somoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan somoniylar amiri. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999-1000)ning birodari. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi Mahruyning buyrug‘i bilan o‘ldiriladi. Al-Utbining yozishicha, bu voqea 1005 yilning boshlarida ro‘y beradi va u Maymurg‘ qishlog‘ida ko‘miladi.