Abdulla Mirzo

(1433-1451)

(1450-1451)

Movarounnahr hukmdori (1450-1451). Temuriylardan. Ulug‘bekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh bo‘lgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsiddin Sheroziy boshqargan. 1447 yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448 yilda esa amakasi Ulug‘bekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnahr taxtiga o‘tirgan. Ammo toju taxt da’vogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok bo‘lgan.