Abdulazizxon (ashtarxoniy)

Abdulazizxon ibn Nadrmuhammadxon

(1614- Balx -1681)

(1645-1680)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Buxoro xoni Nadrmuhammadxonning o‘g‘li. 1626 yildan Xuttalon hokimi, 1630 yildan Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi, 1645 yilda bir guruh fitnachi amirlar otasi Nadrmuhammadxonning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib Abdulazizni Buxoro xonligi taxtiga o‘tkazgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi -1652 yilda qurilgan va b.).