Kitobxonlarning yangi avlodi paydo bo‘larkan, ularning badiiy asardan yanada ko‘proq estetik zavq olishi, muallif tafakkurini idrok etishi, qahramonlarning ruhiy kechinmalariga hozirgi kun nuqtai nazaridan baho berishi, pirvardida avvalgi tarjimalardagi kemtiklarni bartaraf qilish maqsadida mutarjimlar tarjimaga qo‘l uradilar. Boshqacha aytganda, tarjimashunos olim Najmiddin Komilov “Bu qadimiy san’at…” risolasida ta’kidlaganidek, “qayta tarjima hayotiy zaruratdir”.
Abdulla Qodiriy shaxsi biz uchun tarixiy siymo va uning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari xuddi Alisher Navoiy dostonlari singari adabiy yodgorlik maqomidadir. Adabiy yodgorlikning har bir so‘zigina emas, har bir harfi ham daxlsiz, asrab-avaylashni talab etadigan injulardir[1].
Demak, mazkur asarlarning tarjimalariga ham shunday talab, murakkab vazifa qo‘yilishi darkor. Zero, XIX asr rus mumtoz adabiyotining yirik vakili F. M. Dostoyevskiy ta’kidlaganidek, badiiy tarjimada bitta so‘z kam yoki ko‘p bo‘lmasligi kerak[2].
“O‘tkan kunlar” romanining rus tilidagi tarjimalariga kelsak, «Za partiyu» jurnalining 1928 yil mart oyidagi sonida rus adibi M. Sheverdinning «Pervыy uzbekskiy roman» sarlavhali maqolasi chop etilgan[3]. Mazkur maqolada asardan olingan bir nechta xatboshi va jumlalar rus tilida berilgan bo‘lib, mazkur tarjimalar kim tomonidan bajarilgan yoki kimlar unga taglamalar tayyorlab berganligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq shunisi ham ma’lumki, M.Sheverdin o‘zbek tilini bilmagan. Biz bu haqda quyiroqda batafsil to‘xtalamiz.
Birinchi marotaba roman rus tiliga adibalar L.Bat va V.Smirnova tomonidan XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmida o‘girilgan va 1958 yilda O‘zbekiston badiiy adabiyotlar davlat nashriyotida chop etilgan[4]. Biroq bu tarjimani ham to‘liq tarjima deb bo‘lmaydi, chunki mafkuraviy bosim ostida asarning eng muhim hisoblangan vatan va istiqlol istiqboli, milliy o‘zlikni anglash ruhida yozilgan parchalari olib tashlangan. Bu holat romanning eng muhim bo‘limlaridan rus kitobxoni mahrum bo‘lganligidan dalolat beradi. Shunga qaramasdan, roman «Minuvshiye dni» nomi bilan rus kitobxonlari orasida katta shuhrat qozongan.
Tarjimon L. Bat romanning birinchi qismini to‘liq, uchinchi qismining 8-bobidan 17-bobigacha tarjima qilgan bo‘lsa, mutarjim V. Smirnova ikkinchi qismini to‘liq, uchinchi qismning 1-bobidan 7-bobigacha tarjima qilgan. XXI asrga kelib asarni asliyat tilini biladigan tarjimon M. Safarov yangitdan rus tiliga o‘girgan va u 2009 yilda “Sharq”nashriyotida chop etilgan[5].
L. Bat va V. Smirnovalar asliyat tilini bilmagan holda taglamalar asosida tarjima qilishgan. Mazkur tarjimalar mafkuraviy bosim ostida bajarilganligini mutolaa jarayonida sezish mumkin.
Asarning birinchi bo‘limidagi “Xon qiziga loyiq bir yigit” nomli ikkinchi faslida Ziyo shohichining uyida mehmondorchilikda bo‘lib, ziyofatda Otabekning ruslar hukmronligi ostidagi shaharlarga borganligi, ayniqsa, Shamay (Qozog‘istonning hozirgi Semey) shahri taassurotlari atrofdagilarni hayratga soladi. Otabek ruslarning idora usuli haqida hayajon bilan gapiradi va o‘z idora usulimiz orqada qolib ketganligini kuyunib so‘zlaydi. Mazkur parchadan biz nainki Otabekning, balki muallifning ham dunyoqarashini anglaymiz.
Abdulla Qodiriy fikrati tarjimalarda qay darajada o‘z aksini topganligini aniqlash maqsadida, uni asliyat bilan chog‘ishtirib ko‘ramiz.
Asliyat: “Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘imizni ko‘rib; boshqalar ham shundaydir, deb o‘ylar edim, – dedi bek, – lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib, o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchiq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim… Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa, holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmay qoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanimga uchsam, to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasiga tushsam-da, o‘risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-da, barcha elga yorliq yozib, o‘risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, men ham bir oy ichida o‘z elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam… ammo o‘z elimga qaytib ko‘rdimki, Shamayda o‘ylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish. Bu yerda so‘zimni eshitkuchi birav ham bo‘lmadi, bo‘lsalar ham:
“Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam ham, so‘ng‘g‘idan to‘g‘ri so‘zni aytkanlarini bildim. Darhaqiqat, mozoristonda “hayyya alalfalah” xitobini kim eshitar edi”[6].
M. Sheverdin maqolasidagi tarjima: «Uvidya upravleniye russkix i sravniv yego s nashim, ya ne mogu ne schitat poslednee prostoy igroy. Yesli tak budet dalshe, ya ne mogu sebe predstavit, kakovo budet nashe polojeniye. Ax, yesli bы u menya bыli krыlya! – mechtal ya buduchi v Semipalatinske, – ya seychas je poletel bы v nash kray, spustilsya bы v xanskom dvortse i dolojil bы povelitelyu o poryadkax urusov. Ya uveren, chto xan vыslushal bы menya i otdal bы prikaz vvesti nemedlenno vsyudu russkiye poryadki upravleniya… V samoye korotkoye vremya, – mechtal, – ya uviju svoy narod v dovolstve, podobno russkomu».
«Strana podobna kladbiщu: kto mojet uslыshat moy prizыv»[7].
L. Bat tarjimasi: «Do poyezdki v Shamay ya dumal, chto vsyudu vlast takaya, kak u nas. No v Shamaye perevernulis vse moi predstavleniya, ya vsyo teper viju po-inomu. Nado priznat, chto urusы umeyut upravlyat; ryadom s nimi nashi poryadki poxoji na igru. Uma ne priloju, kak bыt, yesli i dalshe tak budet idti! Uvidev, kakiye poryadki v Shamaye, ya xotel na krыlyax letet domoy, yavitsya k xanu, rasskazat o zakonax urusov. Ya mechtal, chtobы xan vыslushal menya, napisal ukaz rukovodstvovatsya ix primerom… Ya xotel, chtobы nash narod za odin mesyats dognal urusov! No uvы, vernulsya ya na rodinu i uvidel, chto eto nesbыtochnaya mechta. Nikto daje i slushat menya ne xotel, a yesli naxodilsya kto-nibud. To tut je oxlajdal moi porыvы: «I tы dumayesh, chto xan stanet slushat tebya, a beki budut ispolnyat podobnыe prikazы?!» Snachala ya ne xotel verit etim slovam, no vskore ponyal, chto lyudi govoryat pravdu. Razve na kladbiщe uslыshit kto nibud prizыv «spasite!»[8]?
M. Safarov tarjimasi: «Do poyezdki v Shamay ya dumal, chto vlast vsyudu takaya je, kak u nas, – utochnil bek, – odnako Shamay polnostyu perevernul moyo predstavleniye ob etom, i nыne mne viditsya vsyo po-inomu. Ya vыnujden priznat, chto po sravneniyu s administrativnыmi poryadkami u russkix, nashi ustoi napominayut jalkoye podobiye igrы… Uma ne priloju, chto je nas ojidayet vperedi, yejeli v nashix uchrejdeniyax budet vse ta je nerazberixa. Prebыvaya v Shamaye, ya xotel obresti krыlya i letet domoy, yavitsya v pokoi xana i podrobno rasskazat yemu obo vsex zakonodatelnыx aktax pravitelstva russkix. Ya mechtal, chtobы xan vыslushal menya i vnyal moim prosbam, predpisal bы tverdo rukovodstvovatsya poryadkom kak u russkix, i rezultatom chego yavilos bы lish za mesyats dostijeniye nashim narodom urovnya urusov… no, uvы, vernuvshis na rodinu, ya ubedilsya, chto mechtы moi yavlyayutsya lish nesbыtochnыmi, sladkimi gryozami. Nikto i slushat menya ne xotel, a yesli i naxodilsya kto-nibud, to tut je vvergal menya v unыniye: «Razve stanet tebya slushat xan, a beki – ispolnyat podobnыe prikazы?» Vnachale ya ne xotel prislushivatsya k etim slovam, odnako pozdnee osoznal ix pravotu. V samom dele, razve na kladbiщe kto-libo uslыshit prizыv «xayyya alalfalax»[9]?
Mazkur lavhada muallif bosh qahramonning ichki iztiroblarini yuksak badiiy mahorat bilan ochib bergan, uning atrofdagi hodisalarga befarq emasligini ko‘rsatgan, Otabekning tilidan so‘zlab, davlat boshqaruvi haqida o‘z fikrlarini ifoda etgan, lekin xon va beklarning manfaatparastligi, uzoqni ko‘ra olmasligi, xudbinligi tufayli vatanining jar yoqasiga kelib qolganligini afsus nadomatlar bilan kuyunib gapirgan.
Asliyatdagi birinchi gap: “Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘imizni ko‘rib; boshqalar ham shundaydir, deb o‘ylar edim, – dedi bek, – lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib, o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi”. M. Sheverdin maqolasidagi tarjimada bu gap umuman berilmagan. L. Bat uni bunday tarjima qilgan: «Do poyezdki v Shamay ya dumal, chto vsyudu vlast takaya, kak u nas. No v Shamaye perevernulis vse moi predstavleniya, ya vsyo teper viju po-inomu». Mutarjim asliyatdagi mazkur zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni ikki sodda gapga bo‘lgan holda tarjima qilgan. Muallif antiteza badiiy vositasini qo‘llaganligi uchun ham tarjimon ikkinchi gapda rus tilidagi «no» zidlov bog‘lovchisini ishlatgan. Ruschasiga Semipalatinsk shahri nomini muallif “Shamay” shaklida berganidek, L.Bat ham Shamayligicha qoldirgan va shu bilan davr ruhi hamda milliy koloritni yarata olgan. Asliyatdagi “hukmdorlig‘imiz”so‘zini «vlast» tarzida o‘girib, asosan, to‘g‘ri yo‘lni tanlagan. “Manim fikrimni ost-ust qilib” jumlasini «perevernulis vse moi predstavleniya» shaklida tarjima qilgan. “O‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi” jumlasini esa muqobil tarjima emas, balki erkin tarjima usulidan foydalanib, asliyat mazmunini tarjimada aynan o‘zidek bera olmasa ham, muallif maqsad-muddaosini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilgan.
Mutarjim M. Safarov mazkur gap shaklini aynan asliyatnikidek rus tiliga o‘girgan. Mazmunida esa L. Bat tarjimasiga aynan bo‘lmasa-da, yaqin tarjima qilgan: «Do poyezdki v Shamay ya dumal, chto vlast vsyudu takaya je, kak u nas, – utochnil bek, – odnako Shamay polnostyu perevernul moyo predstavleniye ob etom, i nыne mne viditsya vsyo po-inomu». Bunda oldingi o‘girmaning ta’sirida shunday o‘xshash tarjima vujudga kelgan degan gumonimiz ham yo‘q emas.
Parchadagi “Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchiq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim…” degan ikkinchi gap M. Sheverdin maqolasida quyidagicha tarjima qilingan: “Uvidya upravleniye russkix i sravniv yego s nashim, ya ne mogu ne schitat poslednee prostoy igroy”. Mutarjim tomonidan “o‘risning idora ishlarini ko‘rib” jumlasi asliyatga yaqin “uvidya upravleniye russkix” tarzida tarjima qilingan, “idora ishlari” so‘z birikmasi «upravleniye» so‘zi bilan berilgan, biroq «sravniv yego s nashim» jumlasi asliyatda umuman yo‘q, «o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchiq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim…» jumlasi «ya ne mogu ne schitat poslednee prostoy igroy» deb o‘girilgan.
L. Bat tarjimasida esa quyidagichadir: «Nado priznat, chto urusы umeyut upravlyat; ryadom s nimi nashi poryadki poxoji na igru». E’tibor bergan bo‘lsangiz, tarjimon rus tili sintaksisi qonun-qoidalariga muvofiq, asliyatdagi gapning oxirida kelgan “iqror etishka majbur bo‘ldim”birinchi shaxs birlikda qo‘llanilgan kesimni «Nado priznat» deb fe’lning noaniq shaklida tarjima qilib, gapning boshida bergan, so‘ngra asliyatdagi “Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib…” gapini «chto urusы umeyut upravlyat…» tarzida o‘girib, asliyatdagi “men” olmoshini tushirib qoldirgan, “o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini” jumlasini «ryadom s nimi nashi poryadki poxoji na igru…» deb o‘girgan. L. Bat asliyatdagi bayon shaklidan chekingan bo‘lsa-da, tarjima davr ruhiga mos ravishda bajarilgan. Ayniqsa, “o‘ris” so‘zining ruschada «urus» deb berilishi tarjimada o‘ziga xos milliy koloritni yaratishga xizmat qilgan.
Mazkur gapni mutarjim M. Safarov tarjima qilishda boshqacha yo‘l tutgan: «Ya vыnujden priznat, chto po sravneniyu s administrativnыmi poryadkami u russkix, nashi ustoi napominayut jalkoye podobiye igrы…». E’tibor bering: tarjimada asliyatda yo‘q bo‘lgan «administrativnыe poryadki» birikmasi ishlatilgan. Tarjimon hech qachon zamon va makon qonuniyatini unutmasligi kerak. Agar o‘sha vaqtda chor Rossiyasi va Turkiston xonligida ma’muriy qonun-qoidalar tizimi mavjud bo‘lganida, buni tushunsa bo‘lar edi. Yuqoridagi so‘z birikmasi kitobxonni voqea-hodisa hozirgi kunlarda sodir bo‘lgan ekan, degan xato xulosa chiqarishga olib keladi. Mazkur tarjimaning bir yutuq tomoni shundaki, “bir o‘yinchiq bo‘lg‘anlig‘ini” jumlasini «jalkoye podobiye igrы», “o‘z idoramizning” birikmasini «nashi ustoi» shaklida asliyat mazmuniga nihoyat darajada yaqin tarjima qilgan.
Tahlilga tortilgan parchaning “Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa, holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmay qoldi” degan uchinchi gapi M. Sheverdinning maqolasida quyidagicha tarjima qilingan: «Esli tak budet dalshe, ya ne mogu sebe predstavit, kakovo budet nashe polojeniye». Asliyatdagi ba’zi so‘zlar tarjimada tushib qolgan: idoramiz; bu kungi tartibsizlik; aqlim yetmay qoldi. Tarjimon erkin tarjima uslubidan foydalangan hamda gapning mazmuni va muallif g‘oyasini to‘g‘ri mushohada qilib, rus tilida in’ikosini toptirgan. L. Batning ham erkin tarjima uslubidan foydalanganligi ko‘rinib turibdi: «Uma ne priloju, kak bыt, yesli i dalshe tak budet idti!». U ham asliyatdagi ba’zi so‘zlarni tarjimada bermagan: bizning idoramiz; bu kungi tartibsizlik; holimiz.
M. Safarov ushbu gapni «Uma ne priloju, chto je nas ojidayet vperedi, yejeli v nashix uchrejdeniyax budet vse ta je nerazberixa» shaklida rus tiliga ag‘darib, muayyan ma’noda muqobil tarjima uslubiga murojaat qilgan. Asliyatdagi asosiy ma’no va mazmunni mujassam etgan barcha so‘zlar ag‘darmada o‘z aksini topgan. Yuqorida ikki tarjimon tushirib qoldirgan so‘zlar tarjimada to‘liq berilgan: v nashix uchrejdeniyax; budet vse ta je nerazberixa; uma ne priloju. Biroq tarjimon «holimizning nima bo‘lishiga» jumlasini o‘girmada «chto je nas ojidayet vperedi» shaklida berib, asliyatdan sal chetlashgan. Ushbu gapning uchta tarjimasini bir-biri bilan qiyoslaganda, uchinchi tarjima nisbatan maqbulroq deyishimiz mumkin.
Tahlilni davom ettirib asliyat parchasidagi oxirgi gaplarni tarjimalar bilan chog‘ishtiramiz: “Bu yerda so‘zimni eshitkuchi birav ham bo‘lmadi, bo‘lsalar ham: “Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam ham, so‘ng‘g‘idan to‘g‘ri so‘zni aytkanlarini bildim. Darhaqiqat, mozoristonda «hayyya alalfalah» xitobini kim eshitar edi». M. Sheverdin maqolasida mazkur qismning faqat so‘nggi gapi: «Strana podobna kladbiщu: kto mojet uslыshat moy prizыv», – skazal Atabek» tarzida tarjima qilingan.
L. Bat bu lavhani rus tiliga quyidagicha ag‘dargan: «Nikto daje i slushat menya ne xotel, a yesli naxodilsya kto-nibud. To tut je oxlajdal moi porыvы: «I tы dumayesh, chto xan stanet slushat tebya, a beki budut ispolnyat podobnыe prikazы?!» Snachala ya ne xotel verit etim slovam, no vskore ponyal, chto lyudi govoryat pravdu. Razve na kladbiщe uslыshit kto nibud prizыv «spasite!»?
M. Safarov tarjimasini keltiramiz: «Nikto i slushat menya ne xotel, a yesli i naxodilsya kto-nibud, to tut je vvergal menya v unыniye: «Razve stanet tebya slushat xan, a beki – ispolnyat podobnыe prikazы?» Vnachale ya ne xotel prislushivatsya k etim slovam, odnako pozdnee osoznal ix pravotu. V samom dele, razve na kladbiщe kto-libo uslыshit prizыv «xayyya alalfalax»[10]?
Keltirilgan asliyatdagi parchaning eng muhim lug‘aviy ma’nosi mujassam bo‘lgan holat tarjimada qanday aks etganini ko‘rib chiqamiz. M. Sheverdin maqolasidagi tarjimada «meni ma’yus qildilar» jumlasi umuman berilmagan hamda “mozoristonda «hayyya alalfalah” xitobini kim eshitar edi” gapi mutlaqo matn kontekstiga nisbatan zid holatda tarjima qilingan: «Strana podobna kladbiщu: kto mojet uslыshat moy prizыv». Otabek vatanini qabristonga qiyos qilmaydi, balki mubolag‘a o‘rnida qo‘llab, so‘fining azoni hayot bo‘lgan mo‘minlarga qaratilgan bo‘lib, haqiqatda qabristonda yotgan mayitlar uchun bu chaqiriq foydasizligini bildiradi. Uning tinglovchilarga qaratilganligini ta’kidlaydi. M. Sheverdin maqolasidagi mazkur qo‘pol xato birinchi o‘zbek romaniga yozilgan taqrizning naqadar yengil-elpi, chuqur mulohaza qilinmasdan yozilganligidan dalolat beradi.
L. Bat yuqoridagi jumla va gapni o‘ziga xos tarzda rus tiliga o‘girgan: «to tut je oxlajdal moi porыvы» hamda «Razve na kladbiщe uslыshit kto nibud prizыv «spasite!» Tarjimon asliyat tilini bilmasa-da, taglama asosida amalga oshirgan o‘girmasida muallif fikrini to‘g‘ri ilg‘ay olgan va erkin tarjima imkoniyatlaridan foydalanib, asliyatdagi mazmunni rus kitobxoniga imkon qadar yetkazishga harakat qilgan. Biroq roman muallifi asliyatda ishlatgan islomiy istiloh: “hayyya alalfalah» – qutqarilishga shoshilinglar, najotga kelinglar” rus kitobxoniga mavhum bo‘lib qolgan.
M. Safarov esa quyidagicha tarjima qilgan: «vvergal menya v unыniye» va «V samom dele, razve na kladbiщe kto-libo uslыshit prizыv «xayyya alalfalax?» Tarjimonning asliyat tilini bilishi unga boshqa mutarjimlarga nisbatan muayyan darajada ustunlik bergan. M.Safarov muallif g‘oyasini to‘g‘ri idrok etib, mazmunni to‘lig‘icha rus tiliga o‘girishga harakat qilgan. So‘fining namozga chaqirig‘ini ham aynan so‘zma-so‘z o‘girgan: «prizыv «xayyya alalfalax». Islomiy istilohlardan uzoqroq bo‘lgan rus kitobxoni ushbu chaqiriqni tushunmasligi mumkinligini inobatga olgan mutarjim sharh va izohlardan keng foydalangan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davr ruhi, milliy koloritni tarjimada qayta yaratishda mutarjimlar qabul qiluvchi muhitning imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari, buni amalga oshirish uchun o‘zga til leksikologik qatlamidagi arxaik so‘zlar va istorizmlarni unumli qo‘llash, tarixiy asarni tarjima qilishda hozirgi zamon rus tiliga emas, ularning mualliflari yashagan davr, ular qo‘llagan uslub va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda, asar quruq ommabop-publitsistik tarjimaga aylanib qoladi.
«Jahon adabiyoti» jurnali, 2018 yil, 4-son
____________________
[1] Qarang: Rahmonov V. So‘ngso‘z //Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992. – 507-b.
[2] Qarang: Fyodorov A. V. Osnovы obщey teorii perevoda. – M.: Vыsshaya shkola, 1983. – S. 210.
[3] Qarang: Sheverdin M. Pervыy uzbekskiy roman (A. Kadыri. «Utkan kunlyar» (Proshlыe dni) //Za partiyu: Organ SredAziatskogo Byuro SK VKP (b) i Kazkraykoma VKP(b). – Tashkent, 1928. – № 3. – S. 88–96.
[4] Kadыri A. Minuvshiye dni: Roman. – T.: Gosudarstvennoye izdatelstvo xudojestvennoy literaturы UzSSR, 1958.
[5] Kadыri A. Minuvshiye dni. – T.: Glavnaya redaktsiya izdatelsko-poligraficheskoy aktsionernoy kompanii «Sharq», 2009.
[6] Qodiriy A. Tanlangan asarlar. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2014. – 15-b.
[7] Sheverdin M. Pervыy uzbekskiy roman (A. Kadыri. «Utkan kunlyar» (Proshlыe dni) //Za partiyu: Organ SredAziatskogo Byuro SK VKP (b) i Kazkraykoma VKP(b). – Tashkent, 1928. – № 3. – S. 89–90.
[8] Kadыri A. Minuvshiye dni. – T.: Gosudarstvennoye izdatelstvo xudojestvennoy literaturы UzSSR, 1958. – S. 36–37.
[9] Kadыri A. Minuvshiye dni. – T.: Glavnaya redaktsiya izdatelsko-poligraficheskoy aktsionernoy kompanii «Sharq», 2009. S. 48–49.
[10] Kadыri A. Minuvshiye dni. – T.: Glavnaya redaktsiya izdatelsko-poligraficheskoy aktsionernoy kompanii «Sharq», 2009. S. 48–49.