Jizzakilik

Achchiq ustida hech narsani boshlama! Bo‘ron paytida kemaga o‘tirgan odam ahmoqdir.
I. GAUG

Sustkashlik faqat g‘azablangan vaqtdagina foydali.
PUBLILIY SIR

G‘azablanganingda g‘azabingni bosishni o‘zingga majburiyat bil.
QOBUS

G‘azabga tushgan bo‘lsang, gapirishdan avval o‘ngacha sana, juda ilojn bo‘lmasa yuzgacha sana.
T. JEFFERSON

Kimki kuchli g‘azabdan o‘zini tutsa, u ancha-muncha aqlli.
PLAVT

Odamlar ko‘pincha o‘z kaltafahmliklarini g‘azab bilan to‘ldiradilar.
U. OLJER

Odamlar doimo gazabimdan es-hushimni yo‘qotib qo‘yibman, deb yuradilaru, aslida o‘sha paytda o‘zlarining haqiqiy basharalarini ko‘rsatadilar.
E. XOU

G‘azab — ojizlik quroli.
Jazava — zaiflik alomati.
A. DYuMA (otasi)

G‘azab — bir oniy aqlsizlik-dir…
GORASIY

G‘azab — johillik manbai.
ShARL DE KOSTER

G‘azab bir muddatlik oshkora nafratdir; nafrat yashirin, doimiy g‘azabdir.
Sh. DYuKLO

G‘azabimiz va alamimiz bizni g‘azablantirgan narsadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi.
J. LEBBOK

G‘azab hatto aqli raso odamni ham ezib, yerga uradi.
BABRIY

Jahl ahli bila kimki ulfat bo‘lg‘ay,
Ul ulfati ichra yuz ming ofat bo‘lg‘ay.
A.NAVOIY

G‘azab boshqalarga qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, g‘azablanayotgan odamga ko‘proq og‘ir. G‘azab bilan boshlangan narsa uyat bilan tugaydi.
L. N. TOLSTOY

Bizni g‘azablantirgan odamga achchiq ustida shunday ayblarni qo‘yamizki, osoyishta paytimizda o‘ylab qarasak, o‘zimizga ham kulgili tuyuladi.
K. D. UShINSKIY

G‘azab ustida jazo berish jazolash emas — qasd olishdir.
P. BUAST

G‘azab ustida bergan har bir zarbamiz oxir-oqibat o‘zimizga kelib tushadi.
U. PENN

G‘azabnok bo‘lish ko‘pincha birovlarning aybi uchun o‘zimizdan qasd olishimizga o‘xshaydi.
J. SVIFT

G‘azabga tushish birovning xatosi uchun o‘zimizdan o‘ch olishimizdir.
A. POP

G‘azab hamma joyda, ayniqsa, haq ishda o‘rinsizdir. Chunki uni xiralashtirib loyqalatadi.
N.V.GOGOL

G‘azab uchun dalilning keragi yo‘q. U faqat sabab axtaradi.
I. GYoTE

G‘azab doimo asosga, ammo ko‘pincha bo‘sh asosga ega.
B. FRANKLIN

G‘azabning emas, aqlning ovoziga quloq sol.
V. ShEKSPIR

G‘azab hamisha yomon nasihatchidir.
E. ZOLYa

G‘azab qo‘ziganda gapirish ham, nimadir qilish ham kerak emas.
PIFAGOR

Betayin va jilovsiz g‘azab xuddi betayin saxovat yoki mehribonlik kabi halokatlidir.
K. D. UShINSKIY

Haddan oshgan g‘azab qo‘rquv tug‘dirur, me’yorsiz erkalash olomon ko‘z o‘ngida obro‘yingni to‘kur. Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada mo‘min bo‘lma.
SA’DIY

Kimki o‘z tengiga bo‘sh kelmasa, kuchlilar bilan munosabatda o‘z qadr-qimmatini saqlasa, himoyasizlarga nisbatan o‘zini yqii tuta bilsa — u hammadan o‘zib ketadi.
FUKIDID