Sovuqqonlik haqida

Hamma narsani yaxshi deydigan yoki hamma narsani yomon deb hisoblaydigan, ayniqsa, hamma narsaga sovuqqon qaraydigan odamga ishonmang.
I. LAFATER

O‘rtamiyona odam hukmron fikr va hukmron modaga har doim moslashib oladi, u narsalarning hozirgi holatini yagona to‘g‘ri holat deb hisoblaydi va hamma narsaga passiv qaraydi.
K. LIXTENBERG

Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam yo‘q.
QOBUS

Eng katta gunoh hamyurtlarimizga nisbatan nafrat emas, balki sovuqqonlikdir.
B. ShOU

Ma’naviy sovuqqonlik o‘ta o‘qimishli kishilar kasalligidir.
A. AMIEL

Hamma narsani maqtaydigan odamga uncha ishonmang, hamma narsani qoralaydiganga esa yana ham kamroq ishoning, ammo hamma narsaga sovuqqon odamga esa mutlaqo ishonmasa ham bo‘ladi.
I. LAFLTER

Men «hammaga do‘st» odamlardan ko‘ra nodo‘stroq odamlarni bilmayman, ular doimo hamma narsadan zavqlanib, doimiy ravishda yovuzlarni rag‘batlantirib keladilar va o‘zlarining jinoyatkorona olijanobliklari bilan jamiyatga dog‘ tushiruvchi illatlarga xushomadgo‘ylik qiladilar.
J. J. RUSSO

Insoniy fazilatlarga begona, ona diyor taqdiriga, yaqin kishilari taqdiriga sovuqqonlik bilan qaragan odamdan xavfliroq kimsa yo‘q.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN

Dushmanlardan qo‘rqma — nari borsa, ular seni o‘ldirishlari mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma — nari borsa, ular senga munofiqlik qilishlari mumkin. Sovuqqon odamlardan qo‘rq — ular o‘ldirmaydilar va munofiqlik qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli yer yuzida sotqinlik va qotillik hukm suradi.
B. YaSENSKIY

Agar halol bir kishining yuziga tarsaki ursalar — sof ko‘ngilli odamlarning hammasi uning dardi va nafratiga, insoniy qadr-qimmati xo‘rlanganidan o‘ksishiga sherik bo‘lmoqlari kerak.
L. N. ANDREEV

Bir odamga qilingan adolatsizlik barchaga qilingan dag‘dag‘adir.
Sh. MONTESKE

Haqsizlikni ko‘ra turib indamaslik — o‘sha haqsizlikda qatnashish bilan baravar.
J. J. RUSSO

Kamtar bo‘lish yaxshi, lekin sovuqqon bo‘lish yaramaydi.
F. VOLTER

Gar sen o‘zgalarning qayg‘usiga loqayd qarasang, inson degan nomga noloyiqsan.
SA’DIY

Qayerdaki loqaydlik — u yerda xato, qayerdaki sovuqqonlik — u yerda jinoyat bor.
G. LIXTENBERG

Sovuqqonlik o‘taketgan zolikdir.
M. UILSON

Sovuqqonlik — qalbning og‘ir kasali.
A. TOKVIL

Sovuqqonlik qalbning falajligi, bevaqt o‘limdir.
A. P. ChEXOV

Sovuqqon bo‘lmang, chunki sovuqqonlik inson qalbini mahv etishi mumkin.
M. GORKIY

Sovuqqonlik kim kuchli bo‘lsa o‘shani, kim hukmronlik qilayotgan bo‘lsa o‘shani indamay qo‘llab-quvvatlashdir.
V. I. LENIN

Yaxshilik yomonlik bilan, haqiqat yolg‘on bilan, taraqqiyot tanazzul bilan hech qachon kelishmagan va kelishishi mumkin emas.
J. MADZINI

Do‘zaxning eng olovli xilqatlari buyuk ma’naviy sinov daqiqalarida betaraf turgan odamga atalgandir.
DANTE

Hayot shu darajada chalkash yaratilganki, nafratlanmay turib chinakamiga sevib bo‘lmaydi.
M. GORKIY

Ezgulikni yaxshi ko‘rish uchun bor vujud bilan yomonlikni nafratlash kerak.
V. VOLF

Yomonlikni butun vujudi bilan astoydil nafratlay bilgan odamgina yaxshilikni yurakdan seva oladi.
F. ShILLER

Yomonlikni chinakam yomon ko‘rmagan odam yaxshilikni ham chinakam yaxshi ko‘rmaydi.
R. ROLLAN

Yomonlikka shafqat ko‘rsatish yaxshilikka sovuqqon bo‘lish bilan qo‘shilishib ketadi.
N. S. LESKOV

Kim yaxshi ko‘rmasa, nafratlanolmaydi ham; kim zavqlana bilmasa, g‘azablanolmaydi ham; kim hech nimani ulug‘lamasa, hech nimani la’natlayolmaydi ham.
L. BERNE

Biron-bir narsani sevgan kishigina biron-bir qadr-qimmatga ega bo‘ladi. Qadr-qimmatsizlik bilan hech nimani sevmaslik ayni bir xil narsadir.
L. FEYERBAX