Shaxsiy munosabatlar madaniyati haqida

Turmush — aslida siyqa tushunchadir, bu tushunchani jonlantirib turish, uning mohiyatini shaxsiy munosabatlar madaniyati bilan ochib berish kerak.
M. M. PRIShVIN

Biz bir-birimizga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmog‘imiz kerak.
M. GORKIY

Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni o‘rganmagunimizcha, to o‘sha payt kelmaguncha hayotimizdagi qa-bihlik va yolg‘ondan qutula olmaymiz.
M. GORKIY

Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling.
M. GORKIY

Jahonda inson uchun odamlardan ko‘ra g‘aroyibrog‘i yo‘q.
V. GUMBOLDT

Ko‘nglimda saqlagan durri nihonim — bu yaxshilarga nisbatan o‘tli munosabatimdir.
M.M.PRIShVIN

Demokratik ta’limotlardan eng birinchisi — barcha odamlar ma’naviy go‘zaldir, deya tan olishdan iboratdir.
G. ChESTERTON

Har bir kishi — butun bir kitobdir, hamma gap uni o‘qiy olishda.
U. ChENNING

Biz birinchi taassurotdan keyinoq yoki ikki-uch tashqi belgi bilanoq bir-birimiz haqimizda hukm chiqara olishimiz uchun har birimizda ko‘p murvatlaru g‘ildiraklaru va qopqoqchalar mavjud.
A. ChEXOV

Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar o‘zida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmog‘i kerak.
M. GORKIY

Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda kamtarlik qobig‘i bilan o‘ralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan bo‘ladi.
J. LABRUER

Kishilar haqidagi hukmimizda tasodifiy qadamlarga katta e’tibor berishdan saqlanmoq kerak. Tasodifiy ishlar bilan ojiz kishilar o‘zlariga izzat-ikromlarni qaytarmoqchi, shuhratparastlar — jamiyat ko‘z oldida o‘zlarini azizu mukarram qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
G. TEYLOR

Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon bo‘lmaydilar.
F. LAROShFUKO

Kishi olijanobligi haqida uning ahyondagi g‘ayratiga qarab emas, balki kundalik ishlariga qarab baho berilishi kerak.
B. PASKAL

Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, agar diqqat bilan o‘rganilsa, «yomon odamlar» yaxshi chiqib, «yaxshilar» esa yutqazib qo‘yadilar.
G. LIXTENBERG

Kishi haqida hukm chiqazishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak.
BALZAK

Kishining tashqi ko‘rinishiga qarab baho berib bo‘lmaydi — ko‘rinishga qarab faqat taxmin qilish mumkin.
J. LABRUER

Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
L.FEYERBAX

Odamlar bilan ellashish va ularga yoqimli bo‘lish uchun aqldan ko‘ra qalb ko‘proq foyda beradi.
J. LABRUER

Kishilarni o‘zgartirmoq uchun ularni sevish kerak. Ularga ta’sir o‘tkazish bilan ularni sevish proportsionaldir.
I. PEST ALOSSI

Kimningdir fazilatini baholamoqchi bo‘lgan odamning o‘zi ham shu fazilatga yot bo‘lmasin.
V. ShEKSPIR

Yaqinlarimiz qanchalik bizga o‘xshagan bo‘lsalar, ular shunchalik bizga xush yoqadilar; kimnidir qadrlash — bu aftidan, uni o‘ziga tenglashtirishning o‘zginasidir.
J. LABRUER

Boshqaning insonligini his etgan taqdiringdagina inson bo‘la olasan.
A. N. RADIShEV

O‘zi haqida hukm chiqazishni o‘rganmagan odam boshqalar haqida hukm chiqarolmaydi.
I. GYoTE

Kimki insonlikni o‘zida sinab ko‘rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIY

Har bir kishi boshqalardan ajralib turadi va kundan-kunga o‘zidan ham farqlanib boradi.
A. POP

Kishiga tug‘ilgan joyiga qarab emas, uning ma’naviy qiyofasiga, qaysi yurtdanligiga qarab emas, qanday nuqtai nazar bilan yashashga jazm qilganiga qarab baho beriladi.
APULEY

Kishi qanchalik dono bo‘lsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. O‘rtamiyona shaxslar ko‘pchilik orasida u qadar sezilmaydi.
B. PASKAL

Birovni tushunmoq uchun o‘zingni uning o‘rniga qo‘yib ko‘rmog‘ing, uning sevinchi va dardini his etmog‘ing lozim.
D. I. PISAREV

Yoningdagi kishini his qila bil, uning qalbiga kir, ko‘zlariga boqib, ichki olamini — shodligi, qayg‘usi, baxtsizligi, g‘am-alamini ko‘ra bil.
V. A. SUXOMLINSKIY

O‘zga odamning daxlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, aya. Odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini og‘ritma, tashvish va notinchlikka qo‘yma.
V. A. SUXOMLINSKIY

Butun hayot davomida insonga yengiltaklik va loqaydlik bilan qarash mumkin hisoblangan biron soniya ham bo‘lmasligi kerak.
D. I. PISAREV

O‘zingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyatni e’zozla.
D. I. PISAREV

Boshqalarni hurmat qilish o‘z-o‘zini hurmat qilishga olib keladi.
R. DEKART

Odamlarni hurmat qilish — o‘zini hurmat qilishdir.
J. GOLSUORSI

Kim hech kimni sevmasa, menimcha, uni ham hech kim sevmaydi.
DEMOKRIT

Boshqalarni hurmat qilgan odamgina hurmatga loyiq.
V. A. SUXOMLINSKIY

Kimki boshqalarga nisbatan hurmat hissini yo‘qotishga moyil bo‘lsa, u avvalambor o‘zini hurmat qilmaydi.
F. M. DOSTOEVSKIY

Hech qachon kishiga yaxshiligidan ko‘ra yomonligi ko‘p deya yondashmang.
M. GORKIY

Hammavaqt boshqa odamlardan yomon jihatlarni emas, yaxshi jihatlarni qidir.
L. N. TOLSTOY

Chinakam yaqinlik o‘zaro muruvvat ko‘rsatishdadir.
PUBLILIY SIR

Hech kimni xush ko‘rmaydigan kishi hech kimga yoqmaydigan kishidan ko‘ra ancha baxtsizroqdir.
F. LAROShFUKO

Bizga tashvish orttiradiganlarga ko‘pincha muruvvat bilan qaraymizu, ammo tashvishimizni yeganlarning esa qadriga yetmaymiz.
F. LAROShFUKO

Hech kimga ziyonimiz tegmaydi, deb yuradigan odamlar aksar hollarda ko‘pchilikka ziyondosh bo‘ladilar.
F. LAROShFUKO

Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oqko‘ngil, xushmuomalali va ko‘ngilchandirlar.
A. P. ChEXOV

Boshqalar qusrini afv eta olish yuksak kamolot belgisidir.
G. VINKLER

Nazokat o‘rinli bo‘lsa, ya’ni shaxsning g‘ayrati va o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi mutanosib kelsa, u yuksak insoniy fazilatlardan biriga aylanadi. Soflik, adolat va o‘z qurdoshlari taqdiriga faol aralashish unga omixta bo‘lib keladi.
N. A. DOBROLYuBOV

Yaqin kishilarimizga o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur etamiz.
I. GYoTE

Buyuk qalblarning iste’dodi boshqa odamlardagi ulug‘likni bilishdir.
I. M. KARAMZIN

Kishini maqtash foydalidir, bu unda o‘ziga hurmat hissini oshiradi, o‘z ijodiy kuchlariga ishonchni kuchaytirishga yordamlashadi.
M. GORKIY

Kishi erkalash — hech qachon ziyon keltirmaydi.
M. GORKIY

Agar kishiga hammavaqt “cho‘chqasan” deyilaversa, darhaqiqat, oxir-oqibatda u hurillab yuboradi.
M. GORKIY

O‘zingizga nisbatan ishonch hissiyotiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlardan qoching. Bu mayda odamlarga xos xususiyat. Buyuk odam, aksincha, sizning ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligiga ko‘nglingizda ishonch tug‘diradi.
MARK TVEN

O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li — kimningdir ko‘nglini ko‘tarishdir.
MARK TVEN

Mehnati kam kishilar boshqalarni kam maqtaydi.
PLUTARX

Odamlarga diqqat bilan razm solsangiz, hech kimni maqtamaydigan, hammani yomonlab, hech kimdan ko‘ngli to‘lmaydigan odamlarning o‘zi ayni hech kim yoqtirmaydigan odamlar ekanini bilib olasiz.
J. LABRUER

Agar sizni hech kim yoqtirmasa, imoningiz komil bo‘lsinki — ayb sizda.
F. DODRIJ

Inson qadr-qimmatini oyoq osti qilish, o‘zini juda baland olib, boshqalarni nazarga ilmaslik katta nuqsondir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Bir xil toifa kishilar o‘z fuqarolarini kamsitib, buni sharaf deb bilishlari menga hamisha aql bovar qilmaydigan hol bo‘lib tuyuladi.
M. GANDI

Birovni yerga ursang, bu bilan o‘zing ham yerga urilasan.
B. VAShINGTON

Atrofidagilarni kamsitgan odam hech qachon buyuk bo‘lolmaydi.
I.ZEYME

Odamlar birgina nurdan bunyod bo‘lgan farishtalar emas, lekin ular hayvon ham emaski, og‘ilxonaga haydab kiritilsa.
V. G. KOROLENKO

Hech qachon o‘zing qilishing mumkin bo‘lgan ishni birovga yuklab, uni tashvishga qo‘yma.
L. N. TOLSTOY

O‘zingni o‘ylab, birovning halovatini o‘g‘irlash adolatdan emas.
TOMAS MOR

Boshqalarni o‘zingga tenglashtirishga majbur etishdan ko‘ra, o‘zingni boshqalarga tenglashtirish ko‘pincha oson va foydalidir.
J. LABRUER

Odamlar bilan muomalada bo‘lib, o‘z foydangni emas, o‘sha odamlarning foydasini o‘yla, o‘zing haqingda o‘zing emas, sen haqingda ular nima fikr yuritishini o‘yla.
L. N. TOLSTOY

Biz yordam kutgan odamlarimizning emas, balki yordam bermoqchi bo‘lgan odamlarimizning xayrixohligini izlashimiz kerak.
J. LABRUER

Odamlar bilan munosabatda ehtiyot bo‘l, eng muhimi — kulgili xushomadgo‘ylikka o‘tma.
E. DELAKRUA