Riyokorlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik

Riyokorlik, xushomadgo‘ylik va ikkiyuzlamachilik eng katta yovuzlikdir. Niqobga o‘ralgan bu yovuzliklarni seza bil, unga nisbatan g‘azabkor va murosasiz bo‘l!
V.A.SUXOMLINSKIY

Tentaklar orasida riyokorlar deb ataluvchi bir toifa bor,ular to‘xtovsiz
ravshda o‘zlari va o‘zgalarni aldashni o‘rganganlari o‘rgangan, ammo aslida ular hammadan ko‘ra ko‘proq o‘zlarini aldaydilar.
LEONARDO DA VINChI

Boshqalarga qaraganda ko‘pincha eng riyokor kishilar aldanib qoladilar.
U. GEZLITT

Odammi o‘gshga maqtash xushomadgo‘ylik belgisidir.
ARASTU

Hammani maqtaydigan odamga ishonma.
J. KOLLINZ

Ishonmagil maddoh, so‘zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
SA’DIY

Maqtov nodonlarda, gumon o‘zingdan
Bo‘lur, gururlanma go‘zal so‘zingdan.
SA’DIY

Hadeb maqtayverish — xushomadgo‘ylik.
ARASTU

Birovga yoqish san’ati — aldash san’atidir.
L. VOVENARG

Barcha xushomadgo‘ylar odatda aldamchilar.
I. ENGELS

Achchiq tanbehdan qo‘rqma, Allalovchi so‘zdan ko‘rq.
Ye.BARATINSKIY

Inson haqida uning xulqi, voqea va hodisalar haqida ko‘ngling nima desa, o‘shani gapir. Sendan kimdir nimadir kutayotgan taqdirda ham xushomad qilma. Bu seni munofiq, laganbardor va oxiri borib razil muttahamga aylantirish uchun qilingan harakatdir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Riyokor — doimiy kul.
R. ROLLAN

Illatning qo‘lidan kelgan yaxshilik — riyokorlik.
F. LAROShFUKO

Yaxshilik niqobiga o‘ranmagan yoki uning ko‘magiga suyanmagan bironta ham illat yo‘q.
J. LABRUER

Riyokorlik — og‘ir ish emas, har bir yaramasning qo‘lidan keladi, lekin ochiqchasiga, samimiy va yurakdan gapirish va kulish esa faqat olijanob qalb egalarigagina xosdir.
Sh. PETEFI

Firibgarlik bilan tilyog‘lamalik — tug‘ishgan og‘a-inilardir.
A. LINKOLN

Xushomadgo‘y odamlar surbetlarcha riyokorlikka hurmat bilan qaraydilar.
O. BALZAK

Manfaat uchun yoqimtoy bo‘lib qolgan odamlar — eng tund odamlardir.
L. VOVENARG

Olgirlar hech narsadan jirkanmaydilar.
L. VOVENARG

Xushomadgo‘y kim? U epchil va ziyrak aql egasi bo‘lib, sal ko‘zingiz tushishi bilanok, yetti bukilib kulimsiraydi, har bir so‘zingizni entikib qarshi oladi va nima qilsangiz, hammasini ko‘r-ko‘rona olqishlaydi.
J. LABRUER

Buyuk kishilar hech qachon xushomad qilmaydilar, xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.
O. BALZAK

Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g‘iybat qiladi.
PIFAGOR

Illat va nuksonlaringni ko‘ra-bila turib, ularni oqlaydigan na hatto ma’qullaydiganlarga yaqin yo‘lama. Bunday kishilar yo laganbardor, yo qo‘rqoq, yoki.ahmoqdirlar. Har qanday baxtsizlik yoki kulfatda ulardan yordam kutma.
G. S. SKOVORODA

Xushomad sadoqatga mutlaqo yopishmaydi.
ERAZM ROTTERDAMSKIY

Xushomadgo‘ylik nafratdap xavfliroq.
B. GRASIAN

Tulki terisini yopingan tekin maqtovdan qo‘rq.
GORASIY

G‘animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma; birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi.
SA’DIY

Xushomad rasmdagi aslaha-yaroqqa o‘xshaydi: ko‘zingni quvontirgani bilan hech bir nafi yo‘q.
PIFAGOR

Kimki xushomadni taqdirlasa, u o‘sha xushomadni qidirgan.
T. FULLER

Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdai qo‘rq.
QOBUS

Xushomadgo‘y uy hayvonlari ichidagi eng xavflisidir.
DIOGEN

Bo‘ysungandek ko‘rinib, keyin hukmron bo‘lish uchungina xushomad qiladilar.
N. G. ChERNIShEVSKIY

Qullarcha bo‘yin ekkan odamning bari ham qul bo‘lavermaydi.
G. LIXTENBERG

Xushomadgo‘y shuning uchun xushomad qiladiki, u o‘zi haqida ham, o‘zgalar haqida ham yaxshi fikrda bo‘lmaydi.
J. LABRUER

Hurmatlagan odamlariga hech qachon tilyog‘lamalik qilmaydi-lar, chunki hurmat odamni ulug‘laydi, tilyog‘lamalik esa yerga uradi.
PUBLILIY SIR

Xushomadgo‘ylardan qoching — ular bashang kiyinib olgan o‘g‘-rilardir.
U. PENN

Xushomadgo‘y — dushmandan yomon.
TASIT

Kimdir tovoningni yalasa, tishlashga ulgurmasidan oyog‘ingda ezib tashla.
N. VALERI

Qabih xushomadgo‘y va aldamchidan ko‘ra oshkora dushman yaxshi; bundaylar insoniyatni bulg‘aydilar.
PETR

Nafrat va xushomad — haqiqat kushandalari.
F. LAROShFUKO

Kimki xushomadga uchsa, himoyasiz qoladi.
A. GRAF

Tentaklarni xushomad bilan qo‘lga tushiradilar.
M. ANDERSEN-NEKSE

Sirkadan ko‘ra asalda pashsha ko‘proq o‘ladi.
J. LAFONTEN

Xushomadgo‘y illatlar ko‘mak-chisi.
SISERON

Xushomad — jinoyatlarni tug‘diradigan oziq.
J. GEY

Xushomadni tentaklarning ozig‘i, deb aytishadi, lekin shunga qaramay, qanchadan-qancha dono kishilar ham ma’lum vaqt davomida shu oziqdan ozgina bo‘lsa-da, totib qolishga urinadilar.
J. SVIFT

Biz huquqlarimiz to‘g‘risida gapirgan odamlarni mamnuniyat bilan eshitamizu, ammo burch-majburiyatlarimizni eslatgan-larni esa uncha xush ko‘rmaymiz.
E. BORK

Odatda biz bizdan hayratlanganlarnigina chin yurakdan maqtaymiz.
F. LAROShFUKO

Dunyoda ming bora ayon haqiqat:
Xushomad — xunuk hol; lekin
Qalbga yo‘lni qanday toparkin.
I. A. KRILOV