Maqtanchoqlik

Odamlar hammavaqt ham boshqalar o‘ylaganchalik bo‘lavermaydilar.
G. LESSING

O‘z afzalliklarini ko‘p gapiradigan odam ko‘pincha yaxshi odam bo‘lib chiqmaydi.
J. NERU

O‘z yaxshiliklari bilan maqtangan odamdan qo‘rqaver.
M. EBNER-EShINBAX

Odamlar o‘z nuqsonlarini ko‘rsatmaydilar — ulariing aksariyati nuqsonlarini soxta niqob bilan yashirishga urinadilar.
O. BALZAK

Ma’naviy majruhlik ko‘pincha va g‘oyat mohiroia bir tarzda tashqi yoqimtoylik bilan nardalanadi.
M. GORKIY

Maqtanchoqlar ham sirti jimjima miltiq kabi ichi qaltiroq tashi yaltiroq.
PIFAGOR

Mardlik haqida ko‘proq qo‘rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichiqoralar gapirishadi.
A. N. TOLSTOY

Hozirgi ishidan maqtanolmagan odam ilgarigi xizmatlari bilan maqtanadi.
SISERON

Maqtanchoq odamlar donolarga kulgi, ahmoqlarga esa hayratomuz pesha, xushomadgo‘ylarga osongina o‘lja va o‘z shuhratparastliklarining qulidirlar.
F. BEKON

Kuch bilan maqtanish buqani yelkada ko‘tarmoq, ya’ni: o‘sha buqaga o‘xshash bilan barobardir.
V. FONTENEL

Maqtovning ortidan quvma, ammo bor kuching bilan maqtovga sazovor bo‘lishga intil.
Ya. KOMENSKIY

O‘z-o‘zini maqtash kishini yerga uradi.
M. SERVANTES

Kimki sirdoshi oldida maqtansa, so‘zsiz, kulgiga qoladi.
EZOP

Aslida serhimmat bo‘lgan kishilar hech vaqt kerilmaydilar.
F. LAROShFUKO

Odam o‘zini-o‘zi ko‘tara olmaganidek, o‘zini-o‘zi maqtamasligi ham kerak. Aksincha, o‘zini maqtashga har qanday urinish kishilar ko‘zi o‘ngida uning obro‘yini to‘kadi.
L. N. TOLSTOY

Tashqi ko‘rinishini ko‘z-ko‘z qilgan odamlarning ichi bo‘sh.
O. BALZAK

O‘z aqlliligidan maqtanmaslik uchun ham zo‘r aql kerak.
F. LAROShFUKO

Kishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, u bizga shuncha ko‘p yoqadi.
R. EMERSON

Agar o‘zingizga dushman orttirishni istamasangiz, odamlardan ustunligingizni sezdirmang.
A. ShOPENGAUER

O‘z fazilatlarimiz to‘g‘risida qancha ko‘p gapirsak, unga shuncha kam ishonadilar.
P. BOShEN

Sizning yaxshiligingizga odamlar ishonishini istaysizmi? Unda o‘sha yaxshiligingizni maqtamang.
B. PASKAL

Kishi o‘zini ayblasa hammavaqt ishonadilaru maqtasa sira ishonishmaydi.
M. MONTEN

Barchaga yoqish istagi eng kulgili istakdir.
I. GYoTE

Kishilarda bor xislatlar u qadar kulgili emas, o‘zi yo‘gu, ammo bo‘lishini istaganlari kulgili.
F. LAROShFUKO

Zaruratsiz o‘zing haqingda bir og‘iz ham gapirma. Avval qilgan, hozir qilayotgan va keyin qiladigan ishlaring xususida ham sira maqtanma.
K. D. UShINSKIY

O‘zi haqida ko‘p gapirishdan ham xunukroq ish yo‘q.
J. LEOPARDI

Yaxshisi, biz o‘zimizni maqtamaylik, birov bizni maqtasin.
DEMOKRIT

Biz aslida qanday bo‘lsak, shunday bo‘lganimizda va hech qachon boshqacha bo‘lib ko‘rinishga urinmaganimizda edi, biz odamlar ko‘zi o‘ngida yutardik.
F. LAROShFUKO

Men aslida boshqachaman, deb dono kishilarni ishontirishingdan ko‘ra, chindan ham o‘zing istaganingdek bo‘lishing ko‘p jihatdan osonroqdir.
G. LIXTENVERG

Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami-kechmi, harqalay pand yeyishadi.
V. ShEKSPIR