Bilim haqida

Yaxshi yashamoq uchun yaxshi ishlamoq zarur, shu zaminda dadil turmoq uchun ko‘p bilmoqlik darkor.
M. GORKIY

Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q; bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir.
M. GORKIY

Inson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli.
M. GORKIY

Siviliatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin: qancha ko‘p bilsang, shuncha ko‘p qodirsan.
E. ABU

Bilimga intilish tuyg‘usidan ko‘ra tabiiyroq tuyg‘u bo‘lmasa kerak….
M. MONTEN

Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to‘xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.
U. JEYMS

Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug‘vor qiladi.
D. I. PISAREV

Narsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bi-lish buyuk odamga xos.
D. DIDRO

Sizni ulug‘likka undaydigan hech bir narsaga e’tiborsiz bo‘lmang.
STENDAL

Bizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.
A. P. ChEXOV

Aqlli, bilimli odamlar kerak; insoniyat porloq hayotga yaqinlasha borgan sayin, bunday odamlar aksariyatni tashkil etmaguniga qadar, ularning soni ko‘payib boraveradi.
A. P. ChEXOV

Har kim otasi va bobosi ko‘rgan va bilganiga qaraganda ko‘proq ko‘rish va bilishga intilmog‘i lozim.
A. P. ChEXOV

Bilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim,
Orlanib so‘ramagan — o‘ziga zolim.
A. NAVOIY

Oz-ozdan o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
A. NAVOIY

Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani.
Qarilik chog‘i xarj qilgil ani.
A. NAVOIY

O‘qish, o‘rganishda mardi maydon bo‘l! Sening qadr-qimmating — o‘z imkoniyatlaringdan to‘la foydalanib o‘qishingda. Er kishining izzat, sha’ni — tekinxo‘r, hamtovoq bo‘lmaslikda. Fikr yalqovligidan hazar qil!
V. A. SUXOMLINSKIY

Bilim — kuch, kuch esa bilimdadir.
F. BEKON

Bilim va qudrat — ikkovi egizak.
F. BEKON

Eng dovyurak odam ham toki unda qat’iy e’tiqod yo‘q ekan, nomardga aylanishi mumkin.
E. DELAKRUA

Bilim — barcha kulfatlarga qalqon.
A. RUDAKIY

Bilim shunday kuchki, bu kuchga bizni qurshab turgan tabiat inerniyasi qarshi turolmaganidek, eng tosh qotgan yanglishishlar ham dosh berolmaydi.
A. I. GERSEN

Odamlar mehnati bilan yaratilgan, fanda jamlangan bilim tobora o‘sib, teranlashib, beqiyos tig‘nz bo‘lib bormoqda va bizning bilish qobiliyatimiz, njodiy quvvatimizning benihoya yuksalishi uchun tayanch xizmatini o‘tamoqda.
M. GORKIY

Insonga bilimning zarurligini uqtirish, unga ko‘rishning ahamiyatini uqtirish bilan baravardir.
M. GORKIY

Ruhiyat ham tana singari muttasil ozuqlanishsiz yashay olmaslik qonuni izmidadir.
L. VOVENARG

Bilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O‘qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.
M. GORKIY

Bilganlarimizning cheki bor, bilolmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.
LAPLAS

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A. FIRDAVSIY

Bilim manbai behad: insoniyat bu yo‘lda qanchalik yutuqlarga erishmasin, barcha odamlarning izlanishi, kashfi va bilimi uchun o‘rin topiladi.
I. A. GONChAROV

Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.
I. GYoTE

Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.
E. ZOLYa

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydn.
I. GYoTE

Siz nimani tushunmasangiz, u sizga begona.
I. GYoTE

Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.
N. G. ChERNIShEVSKIY

Bilimsizlik — kulfatdan qutulishning yomon vositasi.
SENEKA

Bilmaslik — ulg‘aymaslik, harakatsizlik bilan baravar.
M. GORKIY

Bilim insonga hamma yo‘lida hamrohdir.
D. GURAMIShVILI

O‘z turmushini yaxshilash ehtiyoji aqliy mehnatga intilish zaruriyatini tug‘diradi.
N. G. ChERNIShEVSKIY

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu — faoliyatdir.
B. ShOU

Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.
F. NANSEN

Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotiringdan ham ayrilasan.
I. GYoTE

Har qanday bilim bizni g‘ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir.
I. ETVES