Azaga borgan xotin
O‘z dardini aytib yig‘lar.
Bir yig‘ining bir kulgusi bor.
Boshimni bosh desam,
Oyog‘imda nima g‘am.
Gado non topsa, to‘rva topmas.
Dard tomirni yer,
Hasrat — umrni.
Dard ustiga chipqon.
Devorni nam yiqitar,
Odamni — g‘am.
Yomg‘irdan o‘t-o‘lan o‘sar,
Qo‘shiqdan — ko‘ngil.
Jahl bilan qartayasan,
Kulgi bilan yasharasan.
Jon bor joyda qazo bor.
Joni borning g‘ami bor.
Zang temirni kemirar,
G‘am — odamni.
Issiq cho‘pni quritar,
Qayg‘u erni qaritar.
Ming qayg‘u bir ish bitirmas.
Moli ko‘pning — g‘ami ko‘p.
Mushukning o‘limi — sichqonga to‘y.
Odam odam bilan,
Odam ado g‘am bilan.
Odam odam bilan,
Pista bodom bilan.
Ota-onaning dog‘i — oz-moz,
Farzand dog‘i tinch qo‘ymas.
Og‘rimagan quloqqa — oltin sirg‘a.
Og‘riqsiz bosh bosh emas.
Oh tortmasang, soch oqarmas.
Sayohat tanga rohat,
Tan emas, jonga rohat.
Suygan ham qo‘shiqchi,
Kuygan ham qo‘shiqchi.
Tug‘ilish to‘lg‘oqsiz bo‘lmas.
Yuragi to‘lganning — yig‘isi ko‘p.
O‘ylasang, qayg‘u ko‘p,
O‘ylamasang, qayg‘u yo‘q.
O‘ynab-kulgin yigitdek,
Siqilmagin chigitdek.
O‘limdan achchiq narsa yo‘q,
Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.
O‘tda yongan kuyar,
G‘amda yongan o‘lar.
Qayg‘u bitar, shodlik o‘tar.
Qayg‘u keltirar shodlikdan
Yomg‘ir keltirar momaqaldiroq yaxshi.
Qayg‘u — umr egovi.
Qayg‘u qaritar, g‘am o‘ldirar.
Qayg‘uli boshga qor yog‘ar.
Qayg‘uni ko‘z yoshi yuvolmas.
Qayg‘usiz qora suvga semirar.
Qari-yosh qayg‘usiz bo‘lmas.
Qo‘rqqandan quvongan yomon.
G‘am yema, beg‘am ham bo‘lma.
G‘am yuki tog‘dan og‘ir.
G‘amsiz oshim — da’vosiz boshim.
G‘ash ko‘ngilga keng uy ham tor.
Hamdardi bor dard — yarim dard.
Har kechaning kunduzi,
Har kunduzning kechasi bor.
Har kim o‘z go‘riga yig‘lar.
Har kunning o‘z tongi bor.
Har narsaga g‘am yema,
Parcha nonni kam yema.