Amirning oshidan
Faqirning mushti yaxshi.
Beva xotinning tushiga er kirar,
Kambag‘alning tushiga — yer.
Bevaga bozor bo‘lmas,
Etimga — hayit.
Bedavlat bozorga borsa,
Shum xabar keltirar.
Bedavlatdan osh qochar.
Bedavlatlik bo‘lgan so‘ng,
Qarindoshlar g‘ash bo‘lar.
Badavlatlik bo‘lgan so‘ng,
Begonalar do‘st bo‘lar.
Bedavlatning noni yarim.
Bepul bozorga borguncha,
Kafan olib mozorga bor.
Bechoraning daryo to‘pig‘idan kelmas.
Bir bog‘ beda — bir tanga,
Baytal boqmoq osonmi.
Botmon bug‘doy — yuz tanga,
Xotin olmoq osonmi.
Bozorda bari bor,
Puling bo‘lmasa, nari bor.
Boy boy uchun tirishar,
Kambag‘al kambag‘alga bo‘lishar.
Boy bo‘lsang, kunda hayit, kunda to‘y,
Yo‘q bo‘lsang, kunda hasrat, kunda o‘y.
Boy kiysa — qulluq bo‘lsin!
Kambag‘al kiysa— qayoqdan olding?
Boyning ko‘zi nonda,
Kambag‘alniki — imonda.
Boy to‘y tuzar,
Kambag‘alning to‘ni to‘zar.
Boy qo‘shningdan so‘raguncha,
Yo‘q uyingni axtar.
Boyga mehmon bo‘lsang, baqirasan,
Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, kekirasan.
Boyga mehmon bo‘lsang, joning chiqar,
Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, qoming chiqar.
Boydan amr bo‘lsa,
Boyvachchadan xamir bo‘lar.
Boydan qarzing uzilguncha,
Bo‘yning uzilar.
Boyning bir yo‘qligi,
Ochning bir to‘qhgi.
Boyning bojasi ko‘p,
Qulning — xo‘jasi.
Boyning bug‘doy nonidan,
Kambag‘alning bug‘doy so‘zi yaxshi.
Boyning jon bergani bilinmas,
Kambag‘alning — non bergani.
Boyning ko‘zi — boy,
Yo‘qning ko‘zi — loy.
Boyning ko‘zi — xonda,
Yo‘qning ko‘zi — nonda.
Boyning moli ardoqli,
Yo‘qning — joni.
Boyning xotini bo‘lguncha,
Kambag‘alning kavushi bo‘l.
Boyning xotini o‘lsa, to‘shak yangi bo‘lar,
Kambag‘alning xotini o‘lsa, boshi qayg‘uga qolar.
Boyning o‘g‘li kelsa — to‘rga,
Kambag‘alning o‘g‘li — go‘rga.
Boyning o‘g‘li — hangamachi,
Yo‘qning o‘g‘li — dangamachi.
Boyning qizi — sepi bilan,
Yo‘qning qizi — ko‘rki bilan.
Bor borgan joyida to‘yadi,
Yo‘q topgan joyida to‘yadi.
Borga — bozor, yo‘qqa — guzar.
Borga — bor dunyo,
Yo‘qqa — tor dunyo.
Borga yetti kun hayit,
Yo‘qqa — bir kun.
Borga — mumlik,
Yo‘qqa — shumlik.
Bordan — davlat,
Yo‘qdan — mehnat.
Bu dunyoning xo‘rligi —
Kissangda pulning yo‘qligi.
Bulutning qadri yo‘q, oy yonida,
Faqirning qadri yo‘q, boy yonida.
Engi yo‘qning tengi yo‘q.
Erga tushgan yetimniki.
Esirning yetmish yerda kasri tegar.
Etim boy bo‘lmas,
Boy bo‘lsa ham, boyvachcha bo‘lmas.
Etim bola yetti yilda uyaltirar.
Etim o‘z ishini o‘zi qilar,
Kishi minnatini eshitar.
Etim o‘z kindigin o‘zi kesar.
Etim o‘g‘lon it bo‘lar,
Yoqasi to‘la bit bo‘lar.
Etim qizga yelpig‘ich chikora.
Etim qizdan yetim xotin yaxshi.
Etim qizning yetmish onasi bor.
Etim qizning yangasi ko‘p.
Etim qo‘zi asrasang,
Og‘zi-burning yog‘ etar.
Etim bola asrasang,
Og‘zi-burning qon etar.
Etim ko‘zi sutga to‘ymas.
Etimning yegani — yelim,
Ichgani — iring.
Etimning yegani — zahar,
Kiygani — kafan.
Etimning joni — yetti.
Etimning kiyganin boy o‘g‘li yirtar.
Etimning ko‘ngli — yarim.
Etimning otasi — yetti.
Etimning otasi ko‘p,
Joniga foydasi yo‘q.
Etimning rizqi yerda.
Etimning qorni — yetti.
Etimning hayiti yangi ko‘ylak kiyganda.
Etimning haqi yetti daryoni quritar.
Etimcha — yetti kulcha.
Zolim bo‘lsang, osarlar,
Faqir bo‘lsang, bosarlar.
Zog‘oradan to‘ydi yetim,
Zarra-zarra qo‘ydi yetim.
Yirtiq to‘nni it qopar.
Kambag‘al bosh ko‘tarsa,
Boy tosh ko‘tarar.
Kambag‘al bo‘lsang, ko‘chib ko‘r,
Boy bo‘lsang — o‘lib.
Kambag‘al non yeydi,
Boy — qon.
Kambag‘al osh topsa,
Qo‘ygani idish topmas.
Kambag‘al — piyoda,
Boy — tuyada.
Kambag‘al — topganda,
Boy — sog‘inganda.
Kambag‘al tuxum topsa,
Ichidan sarig‘ini topmas.
Kambag‘al to‘ysa, boy uxlamas.
Kambag‘al o‘lay desa, o‘lolmaydi,
Tiriklay go‘rga kirolmaydi.
Kambag‘alda lafz yo‘q.
Kambag‘allik ayb emas.
Kambag‘allik asar qildi,
Zig‘ir yog‘i kasal qildi.
Kambag‘alni urma-so‘kma, to‘nini yirt.
Kambag‘alning ayroni — o‘ziga totli.
Kambag‘alning baxti
Boyning taxtini yiqitar.
Kambag‘alning bir to‘ygani —
Chala boyigani.
Kambag‘alning boyligi — tanining sog‘ligi.
Kambag‘alning ko‘ziga kepchak non bo‘lib ko‘rinar.
Kambag‘alning ming o‘ylovi —
Boyning bir mo‘ylovi.
Kasal dardini sog‘ bilmas,
Och qadrini to‘q bilmas.
Kasalga so‘z yoqmas,
Kambag‘alga — o‘yin.
Ma’qul gapga qoruv yo‘q,
Kambag‘al o‘lsa, boruv yo‘q.
Moling borida — ana do‘st.
Moling yo‘g‘ida — qani do‘st.
Oriq o‘lsa, mazasi yo‘q,
G‘arib o‘lsa — azasi.
Och qayg‘usini ochiqqan bilar,
Yo‘q qayg‘usini — tariqqan.
Ochdan oladiganing,
Bekka beradiganing bo‘lmasin.
Ochilib yoqqan havodan qo‘rq,
Kulib turgan — podshodan.
Oqchalining qo‘li o‘ynar,
Oqchasizning — ko‘zi.
Yalang‘ochlik uyga kirgizar,
Ochlik ko‘cha kezdirar.
Yantoqning yog‘i yo‘q,
Kambag‘alning — bog‘i.
Yaxshi bo‘lsa — boydan,
Yomon bo‘lsa — kambag‘aldan.
Qashshoq osh topgan kuni og‘zi kuyar.
Qulning qudasi ko‘p.
G‘aribning — ko‘ngli siniq.
Hayit— otliniki,
To‘y — to‘nliniki.
Holvani hokim yer,
Kaltakni — yetim.