Arpa yotsa, ombor sol.
Arpaga — o‘rim,
Bug‘doyga — ko‘rim.
Bedov boylovda semirar,
Qo‘y-qo‘zi — yaylovda.
Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.
Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar terar.
Bog‘bon bog‘ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.
Bog‘bon bo‘lsang, sarxar qil,
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil.
Bog‘ni qishda ko‘l qil,
Yozda cho‘l qil.
Bug‘doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo‘xori polga.
Bug‘doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo‘zga ek.
Bo‘lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo‘qliging.
Dehqon bo‘lsang, roshida bo‘l,
Cho‘pon bo‘lsang — qoshida.
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil,
Mulla bo‘lsang, takror qil.
Dehqon bo‘lsang, qoshida bo‘l,
Sipoh bo‘lsang — boshida.
Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho‘pon cho‘pondan qolsa, qirq yilda yetar.
Dehqon — yer sultoni,
Cho‘pon — yaylov sultoni.
Dehqon yoqqanda tinar,
Cho‘pon — o‘lganda.
Dehqon ishlab don sochar
Elga rizq yo‘lin ochar.
Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.
Dehqon ekkanini yeydi,
Cho‘pon — boqqanini.
Dehqon qorda tinar,
Cho‘pon — go‘rda.
Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog‘liq.
Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho‘kizi o‘lmasin.
Dehqonning o‘zi kasal bo‘lsa ham,
Ho‘kizi kasal bo‘lmasin.
Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.
Dehqonchilik — chilik-chilik,
Bo‘lmasa — quruqchilik.
Er boyligi — el boyligi.
Er deganing oltin qoziq,
G‘ajib yesang, tugamas.
Er — dehqon xazinasi.
Er — don, dehqon — xazinabon.
Er ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog‘ ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.
Er ola — yurt ola.
Er olgan — er,
Er sotgan — qora yer.
Er ochganning baxti ochilar.
Er siylaganni el siylar.
Er-suv — bitmas kon.
Er tekis — hosil tekis.
Er to‘ydirar,
O‘t kuydirar.
Er to‘ymaguncha, el to‘ymas.
Er — xazina, suv — gavhar.
Er — xamir, o‘g‘it — xamirturush.
Er charchasa, hosil bermas.
Er el bilan obod,
El yer bilan obod.
Er qudrati — dehqon quvvati.
Erga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.
Erga mehr — elga mehr.
Erga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.
Erga rosh yarashar,
Qizga — qosh.
Erga sochsang, yer beradi,
Elga sochsang — el.
Erga tushgan gul bo‘lar,
O‘tga tushgan — kul.
Erga qarasang, bog‘ bo‘lar,
Ko‘ngil ochilib, chog‘ bo‘lar.
Eri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.
Eri semizning — eli semiz.
Erini aldagan och qolar.
Erni boqsang, boqadi.
Boqmay qo‘ysang, qoqadi.
Erni boqsang, elni boqar.
Erni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.
Erni to‘ydirsang, to‘ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.
Yomon dehqon — yer qo‘rir,
Yomon xotin — er.
Yomon cho‘pon tikonga berar,
Yaxshi cho‘pon — do‘konga.
Javdar joyiga tushsa, bug‘doy bo‘lar,
Bug‘doy joyiga tushmasa, javdar bo‘lar.
Jo‘xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.
Jo‘xori eksang, tagiga ko‘za botsin.
Zar bo‘lmasa, zargar — xarob,
Er bo‘lmasa, dehqon — xarob.
Kariz suvi — jon suvi.
Katta xirmon qizil bo‘lsa, chori chiqmas.
Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.
Kosibning qo‘lidan dehqonning oyog‘i halol.
Kurkurak ko‘rmay, tok ochma.
Ovchining zo‘ri sher otar,
Dehqonning zo‘ri yer ochar.
Omoch seni to‘ydirgay,
Omboringni to‘ldirgay.
Omoch chiqdi — ko‘moch keldi.
Omochning o‘n borgani —
Molaning bir borgani.
Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.
Paxtadan echki o‘tsin,
Jo‘xoridan — tuya.
Pilla — tilla.
Pishgan qovun palakda yotmas.
Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.
Sada soya berar,
Tol — xoda.
Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.
Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.
Sara urug‘ — hosili bo‘lug‘.
Semiz qo‘y o‘zini kanorada ko‘rar.
Semiz qo‘yning umri kalta.
Sen yerni yer qilsang,
Er seni sher qilar.
Sigir olsang, sog‘ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,
Sigiri bor och qolmas.
Sigirli uyda sil bo‘lmas.
Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.
Sinamagan sigirni sog‘ish qiyin.
Suv — zar, suvchi — zargar.
Suv keldi — nur keldi.
Suv qatrasi — dur qatrasi.
Suv — g‘o‘zaning joni,
O‘g‘it — uning darmoni.
Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.
Suvning ko‘rinishi muloyim,
Bag‘ri — tosh.
Suvning ozi ham bir balo,
Ko‘pi ham bir balo.
Suvsiz yer — jonsiz jasad.
Sut bermagan sigir etga so‘yilar.
Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.
Tarvuz — davo, qovun — sabo.
Terakning soyasi tagiga tushmas.
Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.
Tol eksang, tagini ho‘l qil,
Uzum eksang, tagini cho‘l qil.
Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.
Toshsiz tog‘ bo‘lmas,
Ko‘chatsiz bog‘ bo‘lmas.
Tuya tilini karvon bilar.
Tuyali boy — dunyoli boy.
Tuyali yerda tut bo‘lmas.
To‘qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.
Uypang joyda o‘t bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.
Uyqu kasal chaqirar.
Urug‘ sepmay, ekin o‘rmas.
Urug‘ eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.
Uch oylik ko‘kcha — boylik.
Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.
Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.
Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.
Cho‘ponga — suhbat harom.
Cho‘ponning tayog‘i — otlining oyog‘i.
Shaftolidan bog‘ qilma,
Echkidan mol qilma.
Shishak so‘ydim — pishak so‘ydim.
Sho‘rali yerda ekin bitmas.
Ega qo‘li em bo‘lar,
Siypalasa, yem bo‘lar.
Ekin ekkan tekin yer.
Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.
Ekkan o‘rar, qilgan topar.
Eksang terak, elga kerak.
El hayoti yer bilan,
Er hayoti suv bilan.
Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.
Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o‘tin.
Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.
Echki boqqan chorvador bo‘lmas,
Shaftoli ekkan — bog‘bon.
Echkisi ko‘pning so‘zi ko‘p.
Eshak munchoq toj bo‘lmas,
It uzumi tok bo‘lmas.
Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo‘laman desang, hisori.
Yantoqdan yog‘ chiqmas,
Jangaldan — bog‘.
Yaxshi go‘sht — yaxshi sho‘rva,
Yaxshi sut — yaxshi qaymoq.
O‘rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar.
Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil.
Qalpog‘ingni qaytoqi qilguncha,
Qo‘ylaringni bo‘rdoqi qil.
Qarovsiz bog‘ bo‘lmas,
Qorsiz — tog‘.
Qirq kun yoqqan yog‘indan,
Elib o‘tgan suv yaxshi.
Qovun ekkan qovoq olmas.
Qor yerning — ko‘rpasi,
Yomg‘ir — yerning sho‘rvasi.
Quruq yog‘och yonar, so‘nar,
Ho‘l yog‘ochdan hosil unar.
Qo‘zining sarasi uzoqdan bilinar.
Qo‘zichoqdan qo‘y bo‘lar,
Qulunchadan — toy.
Qo‘y kerak bo‘lsa, sunbulada qirq,
Jun kerak bo‘lsa — mezonda.
Qo‘y semizi — qo‘ychidan.
Qo‘y semirsa, qovurg‘asi kichrayar.
Qo‘y tug‘ar, qo‘zi bo‘lar,
Yil o‘tmay o‘zi bo‘lar.
Qo‘y qassob qo‘lida halol.
Qo‘yni boqsang, qo‘zilar,
Molni boqsang, buzoqlar.
Qo‘yni o‘t ichidan o‘tkazma,
O‘tni qo‘y ichidan o‘tkaz.
Qo‘yni qo‘y, Echkini so‘y.
Qo‘sh haydagan xo‘p bilar,
O‘z ishini ko‘p bilar.
Hosiling kam bo‘lsa,
havodan ko‘rma.
Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.