Shved maqollari (121 ta)

• Adolat qolmagan yerda pul hukmronlik qiladi.
• Nafas olib turgan hamma o‘ladi.
• Sharob kirgan boshdan aql uchadi.
• Ochlik — eng yaxshi ziravor.
• Sevgi tugagan joyda nafrat boshlanadi.
• Oy ostidagi hech narsa abadiy emas.
• Eng zo‘rlar ham adashadi.
• Kafanning cho‘ntagi bo‘lmaydi.
• Xotin soya kabidir. Unga intilsang qochadi, uzoqlashsang ortingdan yuguradi.
• Agar hokimiyat qonundan ilgari yursa, fuqarodan ko‘ra hokim bo‘lgan afzal.
• Ayolning yuragi o‘nta erkakning ko‘zidan yaxshi ko‘radi.
• Ko‘rni ko‘r yetalasi ikkisi ham chohga qulaydi.
• Sevgining ko‘zi ko‘r, yangi uylanganlar — shapko‘r.
• Yoshning go‘zal yuzi bor, qarining go‘zal ruhi bor.
• Eski sevgi zanglamaydi.
• Erkak aqli bilan sevadi, ayol qalbi bilan o‘ylaydi.
• Urush va sevgida barcha vositalar ishga solinadi.
• Musibat ko‘pincha qo‘sh keladi.
• O‘zi berib, O‘zi oladi.
• Og‘riq og‘riq bilan tuzaladi.
• Katta hokimiyat — katta javobgarlik.
• Tashqi ko‘rinish ko‘pincha aldaydi.
• Bo‘rini qancha tarbiyalasang ham bo‘riligicha qolaveradi.
• Ajab, maymunni hamma biladi. U esa hech kimni tanimaydi.
• Hamma insonlar har xil.
• Hammamiz gunohkorlarmiz.
• Har ishning o‘z vaqti bor.
• Kar ayol va gung erkak kam so‘kinadilar.
• Dehqon bilan dehqon tilida, olim bilan lotin tilida so‘zlash.
• Eski ishq eski yaraga o‘xshaydi, tez-tez og‘rib turadi.
• Ko‘r tovuq ham donni topa oladi.
• Pul daraxtda o‘smaydi.
• Qizni nikohga qiziqish undaydi, bevani — odati, qari kampirni — shayton.
• Arzon topilgan oson sarflanadi.
• Bekasiz uy hidsiz gul kabidir.
• Hayot bir marta beriladi.
• Sevgisiz hayot yozsiz yilga o‘xshaydi.
• Unut va kechir.
• Taqiqlangan meva shirin bo‘ladi.
• Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan sinaladi.
• Quyoshning ham dog‘i bor.
• Vijdon nima ekanligini ming til bilan ham tushuntirib bo‘lmaydi.
• Xo‘jayini qanday bo‘lsa, xizmatkor ham shunday.
• Osmondan osh yog‘sa, kambag‘alning qoshig‘i yo‘q.
• Uyda mushuk yo‘qligida sichqonlar raqsga tushadi.
• Oqsoch ayolga uylangan oxir oqibat xizmatkorga aylanadi.
• Urushqoq o‘z jonini sevmaydi.
• O‘zini bilmagan odam qo‘shnisi bilan urushadi.
• Bir marta aldagan odamga qayta ishonmaydilar.
• Tavakkal qilgan — g‘alaba qiladi.
• Qalbida gina bo‘lmagan kishi hammaga ezgu nigoh bilan qaraydi.
• Ayolini avaylagan o‘zini ham avaylaydi.
• Yomon gapirgandan ko‘ra sukut afzal.
• O‘rmondagi o‘nta qushdan, qo‘ldagi bittasi afzal.
• Meni sevsang itimni ham sev.
• Kichik yordam ham — ko‘mak.
• Kichik ushoq ham non.
• Qo‘y terisini yopinib yuradigan bo‘rilardan hayiq.
• Kichik jilg‘alar daryo bo‘ladi.
• Sevgisiz yoshlik, donoliksiz qarish — yo‘qotilgan hayotdir.
• Sukut — rozilik belgisi.
• Er bosh bo‘lsa, ayol — qalpoq.
• Xatolar ko‘p narsaga o‘rgatadi.
• Toblangan temirdan va sevgidan kuyish oson.
• Umid eng so‘nggida o‘ladi.
• Uxlayotgan ayiqni uyg‘otma.
• Aso bilan yuruvchi hamma ham avliyo emas.
• Sevgi va mumni o‘tga yaqin olib borma.
• Chelak ushlagan hamma ham qiz bola emas.
• O‘lik qarg‘a uchun o‘qni isrof qilma.
• Itga terisiga qarab baho berma.
• Quyosh botmay turib kunni maqtama.
• Tikansiz atirgul bo‘lmas.
• To‘kilgan sut uchun yig‘lash shart emas.
• Hamma ilmni to‘liq biladigan hech kim yo‘q. Hamma oz-ozdan biladi.
• Bir qaldirg‘och yozni olib kelmaydi.
• Sevgidan ko‘pchilik qahramonga aylanadi, ko‘pchilik — telbaga.
• Hammaga ham darvozani ochaveradigan eshikbon eng yomon posbondir.
• Gumon kir vijdon bilan birga yuradi.
• Firibgarlik chiroyli yuzga yashiringan bo‘ladi.
• Firibgarni dorga osganing bilan u yetkazgan zararni qoplab bo‘lmaydi.
• Tovuqlarni tulki yeb ketgandan so‘ng tovuqxonani qulflashning hojati yo‘q.
• O‘zingni angla, boshqalarni ham tushunasan.
• Hayot mavjud ekan, umid so‘nmaydi.
• Sotib olishda qulog‘ingga emas, ko‘zingga ishon. Uylanishda esa ko‘zingga emas, qulog‘ingga ishon.
• O‘zingga o‘zing yordam ber. Shunda Xudo ham senga madad beradi.
• Sham ostida hamma qizlar ham go‘zal.
• Tan olingan xato — foydali xatodir.
• Bo‘sh bochkadan kuchliroq ovoz chiqadi.
• Sheriklikdagi dard — yarim dard, quvonch — ikki quvonch.
• Qizarishni bilgan bolani Xudo asraydi.
• Rim bir kunda qurilmagan.
• Shudring loyga ham, lolaga ham tushadi.
• O‘z o‘chog‘ing — oltin.
• Kuchli bilak bilan aqlli bosh kira olmagan ko‘p ko‘chalarga kirish mumkin.
• Cho‘chqani egarlaganing bilan u ot bo‘lib qolmaydi.
• Yeyish oson, to‘lash qiyin.
• So‘z — kumush, sukut — oltin.
• Yaxshi boshlanish — yarim g‘alaba.
• Kimningdir o‘limi — boshqaning noni.
• G‘iybat — yarim yolg‘on.
• Eski sevgi hech qachon zanglamaydi.
• Ishlamagan Xudodan ham non so‘ramasin.
• Ochko‘zlikning oxiri yo‘q.
• Ayolning makri shaytondan kuchli.
• Yoqimtoy bolaning ismi ham ko‘p bo‘ladi.
• Omad omadsizlikda.
• Omad kuchli insonlargagina hamroh bo‘ladi.
• Qaysar hech qachon dono bo‘lmaydi.
• Tonggi soat oltin bilan o‘lchanadi.
• Xatosiz inson bo‘lmaydi.
• Odam bir marta o‘ladi.
• Inson o‘zi xohlaganini eshitadi.
• Yurishni o‘rganishdan avval yiqilishni o‘rgan.
• Oshpaz ko‘p bo‘lsa, sho‘rvaning mazasi qochadi.
• Qo‘rquv bor joyda zarar ko‘p.
• Haqiqat eng uzoq yashaydi.
• Haqiqat — o‘rmondagi eng baland daraxt.
• To‘rtta ko‘z ikkitadan yaxshi ko‘radi.
• Toza vijdon — eng yaxshi yostiq.
• Boshqaning xatosini tuzatish oson.

Davronbek Tojialiyev tarjima qildi.

Shvedlar — Yevropadagi xalq, Shvetsiyaning asosiy aholisi (9,45 million kishi, 2011). Shvedlar Ispaniya (65 ming), AQSh (4,5 million), Norvegiya (28 ming) va Avstraliyada (100 ming) ham yashaydilar. Umumiy soni 15 millionga yaqin. Shved tilida so‘zlashadi. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuteranlar).